OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRINING
BUYRUGʻI
YOʻL HARAKATI QOIDALARINI BUZILIShIGA DOIR MAʼMURIY IShLARNI KOʻRIB ChIQIShNI TAShKIL ETISh HAQIDAGI YOʻRIQNOMAGA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 28-yanvarda 933-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011-yil 31 maydagi 68-sonli “Yoʻl harakati qoidalarining buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2240, 05.07.2011-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-125-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-oktabrdagi 216-sonli “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 41-42 son, 419-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2000-yil 23-apreldagi 87-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Yoʻl harakati qoidalarini buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqishni tashkil etish haqidagi yoʻriqnoma”ga (2000-yil 9-iyun, roʻyxat raqami 933) ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Yoʻl harakati qoidalarini buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqishni tashkil etish hamda haydovchilik guvohnomasiga talon berish va almashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomalarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 2007-yil 27-dekabrdagi 235-sonli buyrugʻi bekor qilinsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2008-yil 15-yanvar,
14-son
Yoʻl harakati qoidalarini buzilishiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqishni tashkil etish haqidagi yoʻriqnomaga kiritiladigan qoʻshimchalar
1. 3.3-banddagi “1281-moddasi birinchi qismida” degan soʻzlardan keyin “1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 3.4-bandning:
birinchi xatboshisi “1281-moddasi birinchi qismida” degan soʻzlardan keyin “1282-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshisi “1281” raqamidan keyin “1282,” raqami bilan toʻldirilsin.
3. 3.5-bandning birinchi xatboshisi “1281-moddasi birinchi qismida” degan soʻzlardan keyin “1282-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4. 3.6-bandning birinchi xatboshisi “1281-moddasi birinchi qismida” degan soʻzlardan keyin “1282-moddasi birinchi qismida,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
5. 3.7-bandning birinchi xatboshisi “125-moddasi toʻrtinchi” soʻzidan keyin “va beshinchi qismlarida,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
6. 3.10-bandning birinchi xatboshisi “va 1281-moddasi 1-qismida” degan soʻzlardan keyin “hamda 1282-moddasi birinchi qismida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
7. 3.23-bandning uchinchi xatboshisi “1281-moddasi birinchi qismida” degan soʻzlardan keyin “1282-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
8. 5.4-band “1281” raqamidan keyin “1282” raqami bilan toʻldirilsin.
9. 8.3.3-bandning ikkinchi xatboshisi “transportda telefondan foydalanish” degan soʻzlardan keyin “va transport vositasini boshqarish paytida transport vositasi salonining old qismiga ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan oʻrnatilgan monitordan (displeydan) tele, videodasturlar tomosha qilish uchun foydalanish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 5-son, 21-modda)