Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
buyrugʻi
VINO ISHLAB CHIQARISH XODIMLARI UCHUN MEHNAT MUHOFAZASI QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi 267-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalarini qayta koʻrib chiqish va joriy etish dasturi” ijrosi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2007-yil 6-iyundagi 20-15-142/22-sonli xati ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. “Vino ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnat muhofazasi qoidalari” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
3. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2007-yil 28-maydagi “Vino ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnat muhofazasi qoidalari”ni tasdiqlash haqidagi 14-27-sonli buyrugʻi bekor qilinsin.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2007-yil 5-noyabr,
M-44-son
Mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish vazirining
2007-yil 5-noyabrdagi
M-44-sonli buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
muhofaza qilish vazirining
2007-yil 5-noyabrdagi
M-44-sonli buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Vino ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnat muhofazasi
QOIDALARI
Keyingi tahrirga qarang.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Vinochilik sohasi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari (keyingi oʻrinlarda — Qoidalar) vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga doir barcha ishlarda mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, xodimlarning salomatligini saqlash va ishlab chiqarish sanitariyasi boʻyicha asosiy talablar va meʼyorlarni oʻz ichiga oladi.
2. Qoidalar vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va barcha ishlab chiqarish usullaridagi korxonalar (yoki ish beruvchilar), shuningdek ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish ahvolini nazorat qiluvchi shaxslar tomonidan qoʻllanilishi shart.
3. Qoidalar amaldagi qonunchilik, davlat standartlari, qurilish va sanitariya meʼyorlari hamda boshqa meʼyoriy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Qoidalar Qurilish meʼyorlari va qoidalari, Sanitariya qoidalari va meʼyorlari, Davlat standartlarining tegishli boʻlimlari va boblari, shuningdek aniq ishlab chiqarishda belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa tarmoq normativ hujjatlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Qoidalar qonun hujjatlari, davlat standartlari va davlat organlari tomonidan tasdiqlangan boshqa meʼyoriy hujjatlar oʻzgarganda va yangi texnika hamda texnologiyalar joriy qilinganda amal qilish muddati tugashidan oldin qayta koʻrib chiqilishi mumkin. Qoidalarga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar mazkur Qoidalar kelishilgan vazirliklar hamda idoralar bilan majburiy tartibda kelishilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Mazkur Qoidalar joriy qilinishi bilan avvalgi qoidalar oʻz kuchini yoʻqotadi.
7. Mazkur Qoidalarning bajarilishini nazorat qilish korxona (tashkilot)ning xavfsizlik texnikasi boʻyicha xizmati (muhandisi) zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil qilish toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom”ga (1996-yil 14-avgust, roʻyxat raqami 273 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1996-yil) muvofiq ichki nazoratning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:
a) ishlarga rahbarlik qiluvchi va boshqa mansabdor shaxslarning tezkor nazorati;
b) maʼmuriy-jamoatchilik nazorati (uch bosqichli nazorat);
v) bosh mutaxassislar xizmati tomonidan amalga oshiriladigan nazorat.
Quyidagilar nazorat qilinishi lozim:
a) ish joylarining ahvoli;
b) mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi;
v) mehnatni muhofaza qilishni boshqarish vazifalarini amalga oshirishga doir ishlarni bajarish;
g) ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oʻz vaqtida va toʻgʻri oʻrganib chiqilishi;
d) mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi;
e) mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablagʻlarning toʻgʻri sarflanishi.
Keyingi tahrirga qarang.
II bob. Umumiy xavfsizlik talablari
1 §. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil qilish, oʻqitish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish
9. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish “Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil qilish toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom”ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 3-iyundagi 25-2019-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1754-3, 24.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2019-y., 10/19/1754-3/3325-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Korxonalarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tuziladi) va yuritiladi:
a) mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilishni yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari boʻyicha boʻlimni oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
b) tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
v) mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
g) ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
d) mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
e) ishchi va xizmatchilar bilan yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi.
12. Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha davlat nazorat idoralari belgilagan tartib va muddatlarda oʻqishlari, yoʻl-yoʻriqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan oʻtkazishlari hamda qayta attestatsiyadan oʻtishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Bevosita ishlab chiqarishda ishlarni tashkillashtirish va bajarish bilan bogʻliq ishchilar, rahbarlar, muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish “Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom”ga muvofiq amalga oshirilishi lozim (1996-yil 14-avgust, roʻyxat raqami 272 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1996-yil).
Keyingi tahrirga qarang.
14. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizom”ga (2000-yil 7-yanvar, roʻyxat raqami 870 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-yil) muvofiq ishlab chiqiladi va ishlovchilar hamda ish joylarini shu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tuzilmaviy boʻlinmalar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni oʻrganish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni oʻrganish va hisobini yuritish toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Korxonalarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 3-iyundagi 25-2019-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1754-3, 24.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2019-y., 10/19/1754-3/3325-son)
2 §. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari. Ish hududining havodagi zararli moddalari
17. Vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi har bitta korxona GOST 17.2.3.02-78 boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish hamda texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish omillari, ularning tasnifi, yuzaga kelish manbalari, ishchilarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
18. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining xavfli hamda zararli omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovlari natijalari va ish joylarini attestatsiya qilish, jumladan mehnatning ogʻirligini attestatsiya qilish natijalari bilan tasdiqlanishi lozim.
19. Har bitta korxona yoki alohida ishlab chiqarish xavfli va zararli mehnat sharoitlarga ega boʻlgan kasblar, ish oʻrinlari va hududlarining Sanitariya qoidalari va meʼyorlariga muvofiq zararlilik va xavflilik sinfi koʻrsatilgan roʻyxatiga, ishlab chiqarish omillarining zararlilik va xavflilik koʻrsatkichlari, mehnat jarayonining ogʻirlik koʻrsatkichlari boʻyicha mehnat sharoitlarining amaldagi gigiyenik tasnifiga ega boʻlishi lozim.
20. Ish hududiga yoki atrof muhitga zararli moddalarni bugʻ, gaz, chang koʻrinishida ajratishi mumkin boʻlgan texnologiyalardan foydalanishda ularning kimyoviy va mikrobiologik tarkibi va GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablar” (mazkur Qoidalarning 1-ilovasida keltirilgan) boʻyicha ruxsat etilgan eng koʻp miqdori koʻrsatilgan toʻliq roʻyxati tuzilishi lozim.
21. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli omillar yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda roʻyxatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
3 §. Ishlovchilarning himoya qilish vositalarini qoʻllashi
22. Ishlovchilarni zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish ishlovchilarni himoya qilish boʻyicha tegishli standartlar talablariga, aniq vositalar boʻyicha tasniflar va standartlarga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
23. Jamoaviy himoya vositalari (ventilyatsiya, aspiratsiya, yerga ulash, tunukadan qilingan gʻiloflar bilan berkitish, mahalliy soʻrgʻichlar va boshqalar) zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillari xonadagi barcha ishlovchilarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va korxonani qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
24. Yangi ishlab chiqarish uskunalari va texnologiyalarini joriy qilish yangi jamoaviy himoya vositalarini joriy qilish yoki mavjud boʻlganlarini rekonstruksiyalash bilan birga amalga oshirilishi lozim.
25. Jamoaviy himoya vositalari zararli va xavfli omillarni ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qoʻllanilishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz kishilarning ishtiroki va ishlar amalga oshirilishi taqiqlanadi.
26. Ishchi va xizmatchilar shaxsiy himoya vositalari bilan korxona tomonidan taʼminlanadi.
27. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda ishlovchilar ularning qoʻllanilishi, himoya xususiyatlari, amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi hamda ulardan foydalanishga oʻrgatilishi lozim.
28. Korxona maʼmuriyati yoki ish beruvchi quyidagilarni taʼminlashi shart:
a) amaldagi meʼyorlar boʻyicha mazkur ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan barcha shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasini;
b) himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
v) qoʻllanilayotgan himoya vositalarining samaradorligi va sozligini tekshirish;
g) shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilish (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
4 §. Oʻta xavfli kasblar va ishlar
29. Har bitta korxona oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyxatda aniq texnologik jarayon, ishlab chiqarish uskunasi, ishlatiladigan xom ashyo va ishlarni amalga oshirish xususiyatlari bilan bogʻliq xavflar hisobga olinishi lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, sigʻimlarda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, qozonnazorat obyektlariga, yuk koʻtarish kranlari, elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar va amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
30. Oʻta xavfli ishlarga, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr qurilmalari, maxsus mashinalar va mexanizmlarga xizmat koʻrsatish ishlari bilan shugʻullanishga faqat belgilangan tartibda tasdiqlangan maxsus oʻqitilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarga ega boʻlgan shaxslarga ruxsat etilishi lozim.
31. Oʻta xavfli ishlarni ularni bajarishning xavfsiz usullari boʻyicha yoʻl-yoʻriq bermasdan va masʼul shaxs tomonidan tasdiqlangan maxsus rasmiylashtirilgan “naryad-ruxsatnoma”siz amalga oshirish man etiladi (mazkur Qoidalarning 2-ilovasida koʻrsatilgan). Elektr uskunalarda bajariladigan ishlar xavfsizligini taʼminlovchi tashkiliy chora-tadbirlar Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalarining (2004-yil 20-avgust, roʻyxat raqami 1400 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 33-son, 379-modda) 2-paragrafiga muvofiq bajariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Korxona maʼmuriyati yoki ish beruvchi xavflilik darajasi yuqori boʻlgan ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va ularga nisbatan belgilangan talablarga qatʼiy muvofiqlikda amalga oshirish uchun toʻliq javobgar hisoblanadi.
5 §. Kasbiy tanlov
33. Har bitta vinochilik ishlab chiqarish korxonasiga ishga qabul qilishda kasbiy tanlov talab qilinadigan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
34. Korxona maʼmuriyati yoki ish beruvchi kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha kasbiy tanlovni tashkillashtirishi hamda amalga oshirishi shart.
35. Kasbiy tanlov vakolatli organlar tomonidan kasbiy muvofiqligi toʻgʻrisida rasmiy xulosa berilgan holda amalga oshirilishi lozim.
36. Maʼmuriyat yoki ish beruvchi kasbiy tanlovdan oʻtgan va ishga qabul qilingan shaxslarni tanlov toʻgʻri boʻlganini amaliy tasdiqlash va zarur hollarda tuzatishlar kiritish maqsadida nazorat qilishlari lozim.
6 §. Xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishiga ruxsat berish
37. Korxona xodimlari ishni bajarishning kasbiy usullariga, ishlarni xavfsiz yuritishga oʻqitilib, olingan bilimlari “Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom”ga muvofiq hujjatli rasmiylashtirilgan holda sinovdan oʻtkazilgandan soʻng ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishga ruxsat etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Oʻta xavfli ishlarga, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr qurilmalari, maxsus texnologik uskunalar va mashinalarga, mexanizmlarga xizmat koʻrsatish ishlariga tegishli kasbiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslarni qabul qilish man etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Oʻn sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qoʻllanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari roʻyxatiga (roʻyxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 3-iyundagi 25-2019-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1754-3, 24.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2019-y., 10/19/1754-3/3325-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 3-iyundagi 25-2019-B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1754-3, 24.06.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2019-y., 10/19/1754-3/3325-son)
7 §. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
41. Korxona maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qoʻmitasi va vakolatli sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning koʻrikka kelishini taʼminlashi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
42. Tibbiy koʻriklar korxonaning tibbiy-sanitariya qismlari va poliklinikalari, ular mavjud boʻlmagan holda davolash-profilaktika muassasasi tomonidan oʻtkazilishi lozim. Tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
Korxona maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qoʻmitasi tibbiy koʻrik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada koʻzda tutilgan barcha tadbirlar va koʻrsatmalarni bajarishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
43. Maʼmuriyat davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlarini kasaba uyushmasi bilan kelishishda tegishli hujjatlarga (jamoaviy shartnoma, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bitim, ishlarni amalga oshirish boʻyicha shartnoma va hokazo) kiritishi lozim.
44. Xodimning mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda yuzaga kelgan va tibbiy koʻrik paytida aniqlangan kasalliklarga tashxis qoʻyish murakkab boʻlgan hollarda maʼmuriyat bemorni maxsus davolash muassasalariga yuborishi shart.
45. Har bitta ishlab chiqarishda ishlovchilarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida zarur dorivor preparatlar va bogʻlash vositalari bilan taʼminlangan tibbiyot punkti tashkil etilishi lozim.
8 §. Korxona hududining tuzilishi va saqlanishiga doir talablar
46. Sanoat korxonalari hududini rejalashtirish va qurish, oziq-ovqat sanoati korxonalarini loyihalashtirishga doir talablar hisobga olingan holda amaldagi qurilish meʼyorlari va qoidalari talablariga qatʼiy muvofiq ravishda amalga oshirilishi lozim.
47. Korxona hududida quyidagilar joylashtirilishi lozim:
atmosfera yogʻinlarini binolar va inshootlardan oqova suvlar chiqib ketuvchi quvurlarga yoʻnaltirgichlar;
yuzasi qattiq qoplama bilan qoplangan, tegishli oʻlchamga, ruxsat etilgan qiyalik va doira radiuslariga, yoʻl belgilariga ega oʻtish joylari;
qattiq qoplama bilan qoplangan omborxona, yuk ortish-yuk tushirish maydonchalari;
qurilish meʼyorlariga muvofiq tashkil qilingan yongʻin va xoʻjalik suv oʻtkazgichlari, kanalizatsiya va yongʻin suv havzalari;
Keyingi tahrirga qarang.
tashqi yoritish tarmogʻi;
hududning boʻsh joylarini koʻkalamzorlashtirish.
48. Korxona hududini koʻkalamzorlashtirish:
a) sanitariya-himoyalash hududida;
b) korxona ichi, magistral va boshqa yoʻllar boʻylab;
v) qurilishdan holi maydonchalar va maishiy xizmat koʻrsatish, oshxona, sogʻlomlashtirish punktlari, maʼmuriy binolar va dam olish joylari joylashgan hududlarda amalga oshirilishi lozim.
49. Korxona hududi balandligi 2,4 m gacha boʻlgan devor bilan oʻralishi va umumiy foydalanish yoʻllariga chiqish uchun oʻtish joyining eni va balandligi 4,5 m dan kam boʻlmagan kamida ikkita darvozaga ega boʻlishi lozim.
50. Kirish va chiqish darvozalari ularni istalgan kishi yopishiga yoʻl qoʻymaydigan moslamaga, transport harakatidan ogohlantiruvchi yorugʻlik yoki tovush signalizatsiyasiga ega boʻlishi lozim.
Kirish darvozalari va avtomobil tarozilari maydonchalari oldida yoʻnaltiruvchi ustunchalar oʻrnatilishi lozim.
51. Transport vositalari oʻtishi uchun moʻljallangan darvozalardan korxona yoki sex xodimlarining doimiy kirib-chiqishi uchun foydalanish man etiladi.
52. Ishlab chiqarish korpuslariga boradigan yoʻllarning eni kamida 6 m, avtomobillar bir tomonlama harakatlanadigan boshqa yoʻllarning eni esa kamida 3,5 m boʻlishi lozim.
53. Avtomobil yoʻllarining temir yoʻl bilan kesishgan joyidagi oʻtish qismi relslarning balandligiga teng darajada har tomonga kamida 10 m uzunlikda takomillashgan qoplamaga ega boʻlishi lozim.
54. Korxona maʼmuriyati avtotransport vositalarini saqlash joylarini va yoʻlning toʻxtash man etilgan joylarini belgilashi va ularni tegishli belgilar bilan koʻrsatishi lozim.
55. Har bitta korxonada ruxsat etilgan yoʻnalishlar, burilishlar, toʻxtash, kirish, chiqish joylari koʻrsatilgan korxona ichki transportining harakatlanish sxemasi tuzilishi lozim. Ushbu reja bilan barcha xodimlarni tanishtirish, uni korxona ichki transportining toʻxtash joylari, yoʻllar kesishgan joylari, temir yoʻl rampalari, yuk ortish-yuk tushirish maydonchalarida osib qoʻyish zarur (transportning harakatlanish tezligi mazkur Qoidalarning 3-ilovasida koʻrsatilgan).
56. Temir yoʻllarni kesib oʻtish joylari avtomobil yoʻllarining gorizontal qismida joylashtirilishi, relslar orasi yogʻoch qoplamaga ega boʻlishi va kelish yoʻllari ustunlar yoki toʻsiqlar bilan toʻsilgan boʻlishi zarur.
57. Temir yoʻlning korxona darvozasiga kirish joylarida lokomotiv yaqinlashib kelishiga 50 m qolganda ishga tushadigan avtomatik signalizatsiyali yoʻl toʻsiqlari priborlari oʻrnatilishi lozim.
58. Korxona ichidagi temir yoʻlni kesib oʻtish joylarida “Poyezddan saqlaning” ogohlantiruvchi belgilari, shuningdek harakatlanuvchi tarkib toʻgʻri yoʻlning kesib oʻtilgan joyiga yaqinlashishiga 50 m qolganda va burilish joylaridagi yoʻlning kesib oʻtilgan joyiga yaqinlashishiga 75 m qolganda signal beruvchi avtomatik yorugʻlik-tovush signalizatsiyasi oʻrnatilishi lozim.
59. Yoʻlovchilar uchun yoʻlaklar maksimal darajada qisqa, yuk oqimlari bilan kesishish joylari eng kam darajada: eni kamida 1.6 m boʻlishi lozim. Yoʻlaklar asfalt, beton, plitka yoki boshqa qattiq materiallardan iborat qoplamaga ega boʻlishi zarur.
60. Yoʻllarni kesib oʻtgan, baland oʻtish yoʻllari va estakadalar, ularning zinapoyalari, kanallar va transheyalar orqali oʻtuvchi koʻpriklar kamida 1 m balandlikdagi pastki qismi kamida 0.2 m balandlikdagi yaxlit qismdan iborat boʻlgan toʻsiqqa ega boʻlishi lozim. Ularga tutashuvchi yoʻllar boʻsh boʻlishi lozim.
61. Yer ostiga joylashtirilgan sigʻimlar, suv havzalari, quduqlar, lyuklar, chuqurlar, kanallar tutash hudud bilan bir xil yuzadagi mustahkam qopqoqlar bilan yopilishi yoki taʼmirlash ishlarini bajarishda atrofi oʻralgan boʻlishi lozim. Usti yopilmaydigan chuqurlar pastki qismi kamida 0.2 m balandlikdagi yaxlit qismdan iborat boʻlgan 1.2 m balandlikdagi toʻsiqlarga ega boʻlishi lozim.
Yer osti muhandislik tarmoqlari quduqlari mavjud boʻlmagan holda tarmoqning joylashishini aniqlash imkonini beruvchi tanish belgilariga ega boʻlishi lozim.
62. Tez alangalanuvchi va yonilgʻi suyuqliklari maxsus idishlarda va ajratilgan joylarda saqlanishi zarur.
63. Korxona hududining yuk ortish-yuk tushirish ishlari bajariladigan va transport mexanizmlari muntazam harakatlanadigan uchastkalari “Yuk ortish-yuk tushirish ishlari. Umumiy xavfsizlik talablari” (GOST 12.4.026-76) ga mos boʻlishi lozim.
64. Barcha doimiy yuk ortish-yuk tushirish maydonchalari yuklarni qoʻlda tashish zaruratini imkon qadar bartaraf etuvchi tegishli mexanizatsiyaga (transportyorlar, samopodavatellar, shtabelukladchiklar, avtoyuklagichlar, bunkerlar, uzkokoleykalar, lebedkalar, mexanik lopatalar, tushirish lotoklari va hokazo) ega boʻlishi lozim.
65. Doimiy yuk ortish-yuk tushirish ishlarini amalga oshirish uchun korxonada yopiq maydonchalar-platformalar qurilishi, ularning uzunligi boʻylab qoʻriqlash bortlari oʻrnatilishi lozim.
Platformaning yuqori darajasi rels yoʻli tomondan rels boshidan 1.2 m va avtotransport keladigan tomondan yer sathidan 0,9-1 m yuqori boʻlishi lozim.
66. Temir yoʻl vagonlaridagi yuklarni faqat maxsus ajratilgan joylarda zavod yoʻllari boʻylab tushirishga ruxsat etiladi, bunda tushiriladigan materiallarni vagondan kamida 1,5 m uzoqlikda joylashtirish lozim.
Oʻtish joylari va yoʻllarini, shuningdek ularga tutash yoʻllarni yuklar bilan yopib qoʻyish man etiladi.
67. Yuk shtabellarini avto va elektr yuk ortgichlar yordamida taxlashda yoki ajratishda ularning ish hududini yuklarni qoʻlda tashish yoʻllari kesib oʻtmasligi lozim.
Korxonada turli yuklarni avto va elektr yuk ortgichlarda tashishda taxlash sxemalari ishlab chiqilishi lozim.
68. Yuk ortgichda yuklarni tashishda yoʻlning ruxsat etilgan maksimal qiyaligi KMK 2.09.12-98 “Omborxona binolari” boʻyicha ombor ichida 16 foizdan va unga kelish yoʻllarida 10 foizdan oshmasligi lozim.
69. Xom ashyoni konteynerlarda va sochilgan holda yetkazib berish va saqlashda barcha yuk ortish-yuk tushirish ishlari mexanizatsiyalanishi lozim. Konteynerlarda taxlash balandligi 1.5 m (3 qator)dan oshmasligi lozim.
70. Xom ashyoni qoplarga solingan holda avtomashinalar (pritseplar)da keltirishda ular xom ashyo maydonchasida taglikdagi paketlarga joylanishi va saqlash yoki tushirish joyiga avto va elektryukortgichlar bilan tashilishi lozim. Yopiq xom ashyo maydonchalarida avtoyukortgichlardan foydalanish man etiladi. Taglikdagi qoplar bir-biriga perpendikulyar taxlanishi lozim. Taxlash balandligi 2 m dan oshmasligi lozim.
71. Korxonaning barcha hududi toza saqlanishi lozim. Atmosfera yogʻinlarini chiqarib yuborish uchun moʻljallangan oqova suv tarnovlari tasdiqlangan jadvalga muvofiq muntazam ravishda tozalanishi va taʼmirlanishi lozim. Yoʻllar, oʻtish yoʻllari va binolar, qurilmalar hamda inshootlar orasidagi hududlardan materiallarni saqlash uchun foydalanish, ularga uskunalar yoki ishlab chiqarish chiqindilarini taxlab qoʻyish man etiladi.
72. Oʻtish joylari va tor yoʻllarni muntazam ravishda axlatdan tozalab turish, yozgi paytda suv sepish, qishki paytda esa qordan tozalash va muzlab qolgan taqdirda — qum yoki tuz sepish zarur.
73. Korxona hududida ishlab chiqarish chiqindilari va axlat tashlash uchun toʻplagichlar oʻrnatilishi lozim. Toʻplagichlar binolardan 25 metr uzoqlikda boʻlishi kerak. Ular suv oʻtmaydigan, qopqoqlari mustahkam yopiladigan boʻlishi lozim.
Toʻplagichlar har kun tozalanishi lozim. Ular tozalangandan soʻng 10 foizli xlorli ohak eritmasi yoki 20 foizli yangi soʻndirilgan ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi lozim.
Toʻplagichning sigʻimi ikki kunlik toʻplanadigan axlat va chiqindilar miqdoridan ortiq boʻlmasligi kerak. Toʻplagichlar betonlangan yoki asfaltlangan maydonchalarga joylashtirilishi, maydonchalar toʻplagichning asosidan har tomonga 1 m katta boʻlishi lozim. Maydonchalar yuvish uchun suv bilan taʼminlanishi va kanalizatsiya tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
74. Korxona hududini yoritish mazkur Qoidalarning II bobi 13-paragrafi talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
75. Gradirnya basseynlari va boshqa suv havzalaridan choʻmilish uchun foydalanish man etiladi. Ularning devorlariga taqiqlovchi yozuvlar osib qoʻyilishi lozim.
76. Korxona hududida chekishga faqat maxsus ajratilgan, “Sanoat korxonalarida yongʻin xavfsizligi boʻyicha namunaviy qoidalar” SHMQ 2.01.02-04 ga muvofiq jihozlangan joylarda ruxsat etiladi.
77. Yoʻllarning alohida uchastkalari va oʻtish joylarini faqat yongʻindan qoʻriqlash xizmati bilan oldindan kelishilgan holda yopishga ruxsat etiladi. Yongʻin uskunalari, yongʻin gidrantlari va suv havzalariga kelish yoʻllari doimo ochiq boʻlishi lozim. Yongʻin gidrantlari oldida tungi paytda ham yoritiladigan koʻrsatkich-yozuvlar osib qoʻyilishi lozim.
78. Quduqlar va magistrallarni koʻzdan kechirishning barcha turlari suv oʻtkazish-kanalizatsiya magistrallari ahvoli uchun masʼul shaxsni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9 §. Ishlab chiqarish xonalari va ularning saqlanishini nazorat qilishga doir umumiy talablar
79. Ishlab chiqarish, maishiy xonalar va inshootlarni rejalashtirish, jihozlash va saqlash amaldagi qurilish meʼyorlari hamda qoidalari va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
80. Har bitta xodim uchun ishlab chiqarish xonasi hajmi kamida 15 m3, maydoni esa kamida 4,5 m2 boʻlishi lozim. Asosiy ishlab chiqarish xonalarining polidan yopish konstruksiyalarigacha boʻlgan balandligi kamida 2,6 m boʻlishi kerakligini koʻzda tutish lozim.
Omborxonalarning balandligi mahsulotlar va materiallarni taxlash usuliga bogʻliq ravishda belgilanishi zarur.
Energetik xoʻjalik xonalarining balandligi oʻrnatiladigan energetik uskunaning oʻlchamidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ishlab chiqarish xonalarida maydonchalar oʻrnatilganda, maydonchaning balandligi poldan joylashtirilgan konstruksiyalar yoki kommunikatsiya liniyalaridan yuqorida joylashgan chiqib turuvchi konstruktiv elementlarning pastki qismigacha ishlovchilar muntazam oʻtib turgan joyda kamida 2 m va ishlovchilar oʻtadigan joyda kamida 1,9 m boʻlishi lozim. Maydonchalar va zinalarga doir talablar mazkur Qoidalarning IV bobi 3-paragrafida koʻrsatilgan.
81. Galereyalar va estakadalar oʻlchami quyidagi talablardan kelib chiqqan holda belgilanishi zarur:
a) poldan galereya tomining chiquvchi konstruksiyalarigacha boʻlgan balandlik kamida 2 m boʻlishi lozim;
b) evakuatsiya galereyalaridan tashqari, yoʻlovchilar yuradigan galereyalarning eni bir smenada bitta yoʻnalishda oʻtuvchilar soni koʻpi bilan 400 kishini tashkil qilganda kamida 1,5 m boʻlishi lozim, oʻtuvchilar soni koʻrsatilgan miqdordan yuqori boʻlganda galereyaning eni ortiqcha 200 kishiga 0,5 m dan kengaytirib boriladi;
v) transport va kommunikatsiya galereyalari va estakadalarining eni uskunalar va quvurlardan holi kamida 0,7 m yoʻlak qoldirish imkonini berishi lozim.
82. Isitiladigan binolarning derazalari va yoritish chiroqlari oynalarining qatlamlari soni tashqi va ichki havo harorati hisob oʻzgarishlariga bogʻliq ravishda amaldagi loyihalash meʼyorlariga muvofiq belgilanishi lozim.
83. Ishlab chiqarish xonalarida ventilyatsiya qurilmalari oʻrnatilgan boʻlishidan qatʼi nazar, shamollatish moslamalari koʻzda tutilishi zarur. Har bitta deraza kamida bitta ochiladigan framugaga ega boʻlishi lozim.
Xonalarni shamollatish uchun ishlatiladigan yorugʻlik teshiklari mexanik va qoʻlda ochiladigan uskunalar va moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Koʻrsatilgan talablar havo konditsionerlanadigan xonalarga tegishli emas.
84. Havo almashuvi aeratsiya yordamida amalga oshiriladigan xonalardagi tavaqali deraza panjaralari yoki boshqa ochiladigan moslamalar shunday joylashtirilishi lozimki, bunda poldan yilning issiq paytida havo kirishi uchun moʻljallangan deraza oʻrni (tavaqali panjara)gacha boʻlgan masofa 1,8 m dan ortiq boʻlmasligi lozim.
85. Derazalar va chiroqlarni taʼmirlash va ularga oyna qoʻyish, oynalarni ikki tomondan tozalash, shuningdek aeratsion teshiklar va yoritish armaturasiga xizmat koʻrsatish uchun ushbu ishlarni qulay va xavfsiz bajarishni taʼminlovchi maxsus qurilmalar hamda moslamalar koʻzda tutilishi lozim. Qurilmalar va moslamalar xavfsiz ishlatish uchun sinovdan oʻtkazilishi lozim.
86. Ishlab chiqarish xonalaridagi pollar konstruksiyasi amaldagi qurilish meʼyorlari va qoidalariga hamda zarur hollarda texnologik talablarga muvofiq qabul qilinishi lozim.
87. Ishlab chiqarish xonalaridagi pollar teshiklarsiz, tekis, nishabliksiz boʻlishi va quyidagi materiallardan tayyorlanishi lozim:
asfalt pol — xom ashyo sexlarida va yogʻoch tara ishlab chiqarish sexlarida, navbatchi slesarlar va elektr montyorlar xonalarida, taʼmirlash-mexanika ustaxonalarida, tayyor mahsulot, yogʻoch tara omborlarida, avtomashinalar, avto yuklagichlar, elektr mashinalar garajlarida;
beton pollar — spirt olish, saqlash va berish xonalarida;
sement pol (yoki metall plitalardan iborat pol) — yuvish, kalibrovka xonalari, sex omborlari, chiqindilarni utilizatsiya qilish, kir yuvish xonalarida, yonilgʻi-moylash materiallari omborlarida, nasos, suv quvurlari va kanalizatsiya, qozonxona, elektr stansiyalari va boshqalarda. Oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan xonalarda pollarni boʻyash uchun qoramoy va ular asosidagi mastikalardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
88. Yondosh xonalardagi pollar turli gorizontal darajada joylashgan holda oʻtish joylari yoki yoʻllaridagi eng yuqori nishablik yoki koʻtarilish 0,02 m dan yuqori boʻlmasligi lozim.
89. Pollarning metall qoplamalari taram-taram novga ega boʻlishi, maydonchalar, estakadalar, oʻtish yoʻllari, zinapoyalar choʻzib tortilgan poʻlatdan tayyorlanishi lozim.
90. Ishlab chiqarish xonalarida odamlar va yuk oqimlari oʻtadigan eshiklar yoki darvozalar alohida boʻlishi lozim.
91. Ishlab chiqarish xonalarining eshik oʻrinlari va texnologik teshiklarida sovuq paytda tuman, devor va uskunalar yuzasida kondensat hosil boʻlishining oldini olish, shuningdek ishchilarni harorat oʻzgarishlari va shamoldan himoya qilish uchun tamburlar yoki havo-issiqlik pardasi yaratilishi lozim.
92. Ishlab chiqarish xonalarining devorlari silliq, oson va tez tozalanadigan, yuqori sanitariya-gigiyenik talablar qoʻyilgan xonalarning (yuvish-quyish, aralashtirish va boshqalar) devorlari keramik plitalar bilan qoplanishi yoki kamida 2 m balandlikkacha namlikka chidamli boʻyoq bilan boʻyalishi lozim.
93. Barcha ishlab chiqarish binolarining tomlarida amaldagi qurilish meʼyorlari va qoidalariga muvofiq oqova suvlar tarnovlari oʻrnatilishi lozim.
94. Ishlab chiqarish xonalari va uskunalarini boʻyash sanoat korxonalari ishlab chiqarish binolarining interyerlariga rangli bezak berishni loyihalashga doir koʻrsatmalarga, “Texnologik uskunalar va texnologik quvurlar” GOST 12.2003-76, GOST 12.2002-69 va “Signal ranglari va xavfsizlik belgilari” GOST 12.4.026-76 qurilish meʼyorlari va qoidalari talablariga muvofiq bajarilishi lozim.
95. Kanalizatsion traplar texnologik sexlar va boʻlinmalarning barcha xonalarida oʻrnatilishi lozim. Pollar kanalizatsion traplar tomonga 0,02 nishablikka ega boʻlishi lozim, traplar panjaralar va gidravlik tambaga ega boʻlishi lozim. Traplar uskunadan oqova chiqish joylari oldida, hamda polning har 100 m2 ga bittadan joylashtiriladi.
Oqova suvlarni uskunadan kanalizatsiyaga quyish yopiq usulda amalga oshirilishi lozim.
Oqova suvlarni ishlab chiqarish xonasi poliga tashlash, shuningdek kanalizatsiyaga tashlash uchun ochiq tarnov oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
96. Korxona maʼmuriyati binolar va inshootlarni saqlash, ularni ekspluatatsiya qilish va taʼmirlash ustidan nazoratni amalga oshirishi shart.
Umumiy tekshirishda barcha binolar va inshootlar, jumladan bino yoki uskunaning barcha konstruksiyalari, shu jumladan muhandislik uskunalari, turli pardoz va tashqi bezak elementlari yoki barcha binolar va inshootlar kompleksi koʻzdan kechiriladi. Qisman tekshirishda kompleksning alohida binolari yoki inshootlari, uskunalar turlari koʻzdan kechiriladi.
Qoidaga koʻra navbatdagi umumiy texnik tekshirishlar bir yilda ikki marta — bahorda va kuzda oʻtkaziladi.
97. Bahorgi tekshirishdan koʻzlangan maqsad qishki qor-yomgʻirlardan soʻng binoning ahvolini aniqlashdan iborat boʻlishi kerak. Qor yogʻmaydigan hududlarda bahorgi tekshirishlar muddatlari korxona direksiyasi tomonidan belgilanadi.
Bahorgi tekshirishda bajariladigan binolar va inshootlarni yoz paytida joriy taʼmirlash ishlari hajmi aniqlanadi va keyingi yil rejasiga kiritish uchun kapital taʼmirlash ishlari hajmi belgilanadi.
Kuzgi texnik taʼmirlash paytida quyidagilarni bajarish zarur:
a) tutib turuvchi va toʻsuvchi konstruksiyalarning holatini tekshirish va ularda yogʻingarchiliklar va boshqa taʼsirlar natijasida yuzaga kelgan buzilishlarni aniqlash;
b) derazalar, fonarlar, darvozalar, eshiklar va boshqa qurilmalarning mexanizmlari va ochiluvchi elementlarini tekshirish;
v) tarnovlar, quvurlar va sel qabul qilgichlarning holatini tekshirish hamda tartibga keltirish.
98. Kuzgi tekshirish binolar va inshootlarni qishga tayyorlash maqsadida amalga oshiriladi. Ushbu davrga kelib barcha yozgi joriy taʼmirlash ishlari yakunlanishi lozim. Kuzgi tekshirishda quyidagilarni bajarish zarur:
a) binolar va inshootlarning tutib turuvchi va toʻsuvchi konstruksiyalari holatini sinchiklab koʻzdan kechirish hamda turli teshiklar va yoriqlarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
b) binolar qoplamalari, ish inventarlari, shuningdek tarnovlar va quvurlar holatini tekshirish;
v) derazalar, fonarlar, darvozalar, eshiklar va boshqa qurilmalarning ochiluvchi elementlarining sozligi hamda qish sharoitida ishlashga tayyorligini tekshirish.
99. Binolar va inshootlar navbatli tekshirishlardan tashqari navbatdan tashqari koʻzdan kechirilishi ham mumkin (tabiiy ofatlar, boʻronli shamollar, kuchli doʻl yoki qor yogʻishlar, seysmik faol hududlarda sodir boʻlgan zilzilalar yoki avariya va yongʻinlardan soʻng).
100. Texnik tekshirishlar natijalari boʻyicha yuqorida qayd etilgan vazifalardan tashqari binolarni texnik ekspluatatsiya qilishni yaxshilash, shuningdek barcha turdagi taʼmirlash ishlari sifatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishi lozim.
101. Binolar va inshootlarni umumiy koʻzdan kechirish komissiyasi tarkibi korxona rahbari tomonidan tayinlanadi va uning oʻzi komissiyaga rahbarlik qiladi.
10 §. Omborxonalar, yarim fabrikatlar, tayyor mahsulotlar va xom ashyoni saqlashga doir talablar
102. Yangi korxonalarni loyihalash va qurishda hamda rekonstruksiya qilishda omborxonalar QMQ 2.09.12-98 “Ombor binolari” talablariga javob berishi lozim.
103. Omborlar, ayvonlar, estakadalar va ochiq ombor maydonchalari qurilish meʼyorlari va qoidalari hamda xom ashyo va materiallarni ochiq saqlash omborlari uchun yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga javob berishi lozim. Spirt, mazut, benzin va boshqa portlovchi yonilgʻi moddalarni saqlash uchun xonalar va maydonchalar qurilish meʼyorlari va qoidalari talablariga javob berishi lozim.
104. Gaz bilan toʻldirilgan ballonlarni saqlash ombori Oʻzbekiston Respublikasining Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi tomonidan tasdiqlangan “Bosim ostida ishlaydigan idishlarning jihozlanishi va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalari” talablariga javob berishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
105. Omborlardagi odamlar oʻtishi uchun moʻljallangan eshiklarning eni va boʻyi 2 m dan kam boʻlmasligi lozim. Tayyor mahsulot omborlari kamida ikkita eshikka ega boʻlishi lozim.
106. Sex transporti (telejka, shtabel taxlagichlar, elektr yuk ortgichlar, elektr mashinalar va boshqalar) harakatlanadigan omborlardagi oʻtish yoʻllarining eni yuk ortilgan transport vositalarining oʻlchami hisobga olingan holda qoʻshimcha bir tomonlama harakatlanishda yana 0,8 m, ikki tomonlama harakatlanishda devordan kolonnagacha har ikki tomondan 1,0 m masofa boʻlishi lozim.
107. Ikkinchi va undan yuqori qavatlarda joylashgan omborlarda polning 1 m2 ga ruxsat etilgan yuk ogʻirligi koʻrsatilgan yozuvlar osib qoʻyilishi lozim.
108. Butilkalarga qadoqlangan mahsulotlar joylangan qutilar shtabellari balandligi 2 m dan ortiq boʻlmasligi va shtabellar orasidagi masofa 2 m dan ortiq boʻlmasligi lozim.
Boʻsh qutilar toʻgʻri burchakli shtabellarga ikki metrdan ortiq boʻlmagan balandlikda taxlanishi lozim, soʻngra qutilar ushbu shtabelga piramida koʻrinishida taxlanadi. Piramidaning gorizontga nisbatan qiyaligi 450 dan oshmasligi lozim. Shtabelning umumiy uzunligi 6 m dan ortiq boʻlmasligi lozim. Qutilar “bogʻlanish” usulida taxlanishi zarur.
109. Omborxona binolari va inshootlarini joylashtirishda uchastkalarda ularga avtomobil transportining kelishi koʻzda tutilishi lozim. Temir yoʻl transporti tegishli iqtisodiy asos mavjud boʻlganda koʻzda tutiladi.
110. Ombor binolari asosan binolarning birinchi qavatida joylashtirilishi lozim.
Turli maqsadlarga moʻljallangan omborxonalarni bitta binoda yoki ishlab chiqarish binolari yoki boshqa binolar bilan blokirovka qilish, bu texnologik jarayon shartlariga, sanitariya va yongʻin xavfsizligi talablariga zid boʻlmagan va texnik-iqtisodiy mulohazalarga koʻra maqsadga muvofiq boʻlgan barcha holatlarda amalga oshirilishi mumkin.
111. Umumiy maqsadlarga moʻljallangan omborxonalarni yertoʻla va yarim yertoʻla qavatlarda joylashtirishga faqat tegishli asos mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
112. Zaharli gaz (sulfidli angidrid va boshqalar) solingan ballonlar tegishli meʼyorlar va qoidalar bilan tartibga solinadigan maxsus yopiq xonalarda saqlanishi lozim.
Boshqa gazlar solingan ballonlar maxsus xonalarda, shuningdek yogʻingarchiliklar va quyosh nuri taʼsiridan himoya qilingan holda ochiq havoda saqlanishi mumkin.
113. Gaz solingan ballonlar saqlanadigan yopiq omborxonalardagi harorat +35 oC dan oshmasligi lozim va ushbu darajadan oshib ketgan holda omborxonalarni sovutish choralari koʻrilishi lozim.
11 §. Sanitariya-maishiy va qoʻshimcha xonalarga doir talablar
114. Har bitta vinochilik korxonasida qurilish meʼyorlari (QMQ 2.09.12-98 “Korxonalarning maʼmuriy va maishiy xonalari”) talablari, oziq-ovqat sanoati korxonalari, bino va inshootlarni loyihalash qoidalari va mazkur Qoidalarga muvofiq sanitariya-maishiy va qoʻshimcha xonalar qurilishi lozim. Maishiy va qoʻshimcha binolarni loyihalash hamda qurish ularni ishlab chiqarish obyektlari bilan bir paytda ishga tushirish zarurligini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Maxsus maishiy xonalar va qurilmalar tarkibi ishlab chiqarish jarayoni guruhlariga bogʻliq ravishda belgilanadi (mazkur Qoidalarning 4-ilovasida koʻrsatilgan).
115. Maishiy xonalarni rejalashtirish ishlovchilarning qarshi oqimini istisno etishi lozim. Maishiy xonalar imkon qadar ish joylariga yaqin joylashtirilishi zarur.
116. Ishlab chiqarish binolari va ularning qoʻshimcha binolarida joylashgan maishiy xonalar ishlab chiqarish xonalaridan shlyuzlar, yoʻlaklar va zina xonalari bilan ajratilishi lozim.
117. Uy va ish kiyimlari saqlanadigan garderoblar, hojatxonalar, yuvinish va choʻmilish xonalari erkaklar va ayollar uchun alohida boʻlishi lozim.
118. Garderoblar, hojatxonalar, yuvinish va choʻmilish xonalari, ayollarning shaxsiy gigiyena xonalari pollarida namlikka chidamli, sirpanchiq boʻlmagan yuzali, och rangda, nishablikka ega traplar boʻlishi lozim. Devorlar va toʻsiqlar yuzalari oson tozalash va issiq suvda yuvish imkonini beradigan och rangdagi, namlikka chidamli materiallar bilan toʻliq qoplangan boʻlishi lozim.
Yuvinish xonalarining shiplari bilan och ranglardagi namlikka chidamli boʻyoqlar, boshqa maishiy xonalarning shiplari esa suvli, yuvilmaydigan boʻyoqlar bilan boʻyalgan boʻlishi lozim.
119. Maishiy xonalarni hoʻllab tozalash uchun issiq va sovuq suv kranlari koʻzda tutilishi lozim. Garderoblar, dushxonalar va boshqa maishiy xonalar davriy ravishda dezinfeksiya qilib turilishi lozim.
120. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim. Hojatxonalarning pollari quruq holda saqlanishi lozim.
121. Ovqatlanish punktlari umumiy ovqatlanish korxonalari uchun belgilangan sanitariya qoidalari talablariga javob berishi lozim.
122. Garderobxonalar koʻcha, uy va ish kiyimlarini saqlash uchun moʻljallangan boʻlishi lozim.
123. Ish kiyimlari uchun moʻljallangan garderoblar koʻcha va uy kiyimlari garderoblaridan alohida joylashtirilishi lozim. Maishiy xonalar QMQ 2.09.12-98 “Korxonaning maishiy va maʼmuriy binolari” talablariga muvofiq oqib keluvchi va soʻruvchi ventilyatsiya bilan jihozlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
124. Toza va kir ish kiyimlarini saqlash omborchalari alohida va har birining maydoni kamida 3 m2 boʻlishi lozim.
125. Garderoblarda kiyim saqlash uchun oʻrinlar soni quyidagicha boʻlishi lozim:
a) kiyimlar ilgakda saqlangan holda — ikkita eng koʻp kishi ishlaydigan yondosh smenalarda ishlovchilar soniga teng miqdorda;
b) kiyimlar shkaflarda saqlangan holda — barcha ishlovchilarning roʻyxatdagi soniga teng miqdorda.
126. Garderob uskunalari va ularning joylashtirilishi qurilish meʼyorlari va qoidalari talablariga javob berishi lozim.
127. Haftada kamida bir marta shkaflar hoʻllab tozalanishi va bir oyda kamida bir marta dezinfeksiya qilinishi lozim.
128. Garderoblar issiq va sovuq suv keltirilgan va elektr sochiq oʻrnatilgan yuvinish joyiga ega boʻlishi lozim.
129. Hojatxonalar eng chekka ish joyidan koʻpi bilan 75 m uzoqlikda joylashtirilishi lozim. Hojatxonadan bino tashqarisidagi ish joylarigacha boʻlgan masofa 150 m dan oshmasligi lozim.
130. Koʻp qavatli ishlab chiqarish binolarida hojatxonalar har bir qavatda boʻlishi lozim.
Ikkita yondosh qavatda ishlovchilar soni 30 nafargacha boʻlgan holda ikkita qavatga bitta hojatxona oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi va hojatxona ishlovchilar soni koʻp boʻlgan qavatda joylashtirilishi lozim.
Qavatlarning birida ishlovchilar boʻlmagan holda, shuningdek uch qavatda ishlovchilar soni 10 nafardan oshmagan hollarda uchta qavatga bitta hojatxona oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
131. Hojatxonalardagi shlyuzlarda 4 kabinaga bitta yuvinish jihozi, kabinalar soni kam boʻlganda har bitta hojatxonaga bitta yuvinish jihozi oʻrnatilishi lozim.
132. Kanalizatsiya yoʻq uchastkalarda joylashtirilgan statsionar turdagi tashqi hojatxonalar tuproq, quduqlar, ichimlik va texnologik suv taʼminoti havzalarini ifloslantirmasligi lozim. Ushbu hojatxonalar isitish, havo tortish va sunʼiy yoritish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Tozalanadigan hojatxonalar qopqogʻi zich yopiladigan, suv oʻtkazmaydigan boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
133. Yuvinish joylari garderoblarga yondosh xonalarda yoki garderob xonalarida joylashtirilishi lozim va yuvinish joyidan shkafgacha boʻlgan masofa kamida 2 m boʻlishi lozim.
134. Maʼmuriy-boshqaruv xodimlari uchun yuvinish joylari hojatxonalardagi shlyuzlarda joylashtirilishi lozim.
135. Har bitta yuvinish jihozi issiq va sovuq suv keladigan quvurlarga ulangan boʻlishi lozim.
Yuvinish xonalarida elektr sochiqlar, koʻzgu, kiyim ilgichlar, suyuq sovun uchun idishlar va qattiq sovun solgichlar, shuningdek eng koʻp sonli smenada 40 kishiga bitta qurilma hisobidan kelib chiqqan holda qoʻlni xlorli eritmada yuvish moslamasi koʻzda tutilishi lozim.
136. Yuvinish joylaridagi kranlar soni ishlab chiqarish jarayonlari guruhiga bogʻliq ravishda eng koʻp sonli smenada ishlovchilarning hisob soni boʻyicha belgilanadi. Yuvinish joylaridagi kranlar sonini belgilashda oshxonalar va hojatxonalarda oʻrnatilgan kranlar hisobga olinmaydi.
137. Dushxonalar garderoblarga yondosh xonalarda joylashtiriladi. Dushxonalarda artinish va kiyim almashtirish uchun moʻljallangan dahlizchalar koʻzda tutilishi lozim.
138. Dushxonalar bir qator yoki ikki qator joylashtirilgan ochiq kabinalar bilan jihozlanishi lozim.
139. Dushxona kabinalari kabinaga kirish joyiga oʻrnatilgan boshqaruv armaturasiga ega issiq va sovuq suv moslamalari, shuningdek yuvinish jihozlari uchun polkalar va rezina gilamchalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Dushxonalarda sovuq suvni isitish uchun bugʻdan foydalanish man etiladi.
140. Dushxona setkalari soni eng koʻp sonli smenada ishlaydigan bitta dush setkasiga toʻgʻri keladigan kishilar soniga va ishlab chiqarish jarayonlari guruhiga bogʻliq ravishda belgilanadi.
141. Eng koʻp sonli smenada 15 va undan ortiq ayollar ishlaydigan korxonalarda Sanitariya meʼyorlari va qoidalariga muvofiq ayollar uchun shaxsiy gigiyena xonalari koʻzda tutilishi lozim.
142. Ayollar uchun shaxsiy gigiyena xonalarida yechinish joyi, shuningdek pedalli boshqariladigan alohida issiq va sovuq moslamalariga ulangan gigiyenik dushlar bilan jihozlangan individual kabinalar oʻrnatilishi lozim.
Kabinalar soni eng koʻp sonli smenada ishlaydigan 100 nafar ayolga bitta kabina hisobida belgilanadi.
143. Kunduzgi smenada 100 nafardan kam boʻlmagan ayollar ishlaydigan korxonalarda bolalarni emizish (ovqatlantirish) xonalari boʻlishi lozim.
144. Bolalarni emizish (ovqatlantirish) xonalari tarkibida kutish xonasi, hojatxona va emizish xonasi boʻlishi lozim.
Bolalarni emizish (ovqatlantirish) xonasida issiq va sovuq suvga ulangan yuvinish moslamasi va qoʻl uchun elektr quritgich oʻrnatilgan boʻlishi lozim. Xonada kamida ikkita bolani yoʻrgaklash stoli, stullar va oyoq kiyim qoʻyiladigan skameyka, zarur tibbiy vositalar va moslamalar (yod eritmasi, koʻkdori, kaliy permanganat, vazelin, 2 foizli soda eritmasi, bolalarga (talk) sepadigan dori, bint, paxta, tibbiy termometr, pipetka), elektr plitkasi yoki sut isitish uchun boshqa asbob oʻrnatilishi lozim.
145. Bolalarni emizish (ovqatlantirish) xonasining maydoni bir nafar onaga 1,5 m2 hisobida boʻlishi kerak. Bunday onalar soni eng koʻp sonli smenada ishlovchi ayollarning 2,5 foizga teng miqdorda olinadi.
146. Chekish xonalari hojatxonalar yoki ishlovchilarni isitish xonalari bilan yondosh joylashtiriladi. Ishlovchilar soni eng koʻp sonli smenada 100 nafardan oshmagan holda chekish joylarini tozalash uchun shlyuzlar bilan birlashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
147. Chekish joyining maydoni eng koʻp sonli smenada ishlovchi erkaklar uchun bir kishiga 0,03 m2 va ayollar uchun 0,01 m2 hisobida belgilanadi, biroq 9 m2 dan kam boʻlishi mumkin emas.
Chekish xonalarida sigeret qoldiqlari uchun suv solingan axlat idishlari va skameykalar oʻrnatilishi zarur.
148. Kir yuvish xonalari mexanizatsiyalashtirilgan va ishlab chiqarish xonalariga ulanmagan boʻlishi lozim.
149. Kir yuvish va quritish maydonlari amaldagi qurilish meʼyorlari va qoidalariga muvofiq belgilanishi lozim. Kir yuvish xonalarida ish kiyimlarini taʼmirlash ustaxonasi tashkil qilinishi lozim.
150. Ishlovchilarni isitish xonalari ochiq havoda, sovutkichlarda va harorati +5 oC dan past boʻlgan boshqa ish joylarida ishlovchilar uchun koʻzda tutilishi lozim.
Isitish xonalari ichkarida ishlovchilar uchun alohida va ochiq havoda ishlovchilar uchun alohida boʻlishi lozim.
Isitish xonasining maydoni eng koʻp sonli smenada ishlovchi bir nafar ishchiga 0,1 m2 hisobida belgilanadi va 12 m2 dan kam boʻlmasligi lozim.
151. Har bir korxonada ishlovchilar tanaffus paytlarida va tushlikdan soʻng dam olishlari uchun dam olish xonalari koʻzda tutilishi lozim.
12 §. Umumiy ovqatlanish xonalari va ichimlik suvi taʼminotiga doir talablar
152. Eng koʻp sonli smenada 200 nafar va undan ortiq kishi ishlovchi korxonalarda oshxonalar boʻlishi lozim.
Bir smenada ishlovchilar soni 200 nafardan kam boʻlgan holda oshxonadan keltiriladigan issiq ovqatlar tarqatiladigan bufetlar, bir smenada ishlovchilar soni 30 kishidan kam boʻlgan sharoitda esa — ovqatlanish xonalari tashkil qilinishi lozim.
Uzluksiz texnologik jarayonda ish joylarida ovqatlanish tashkil qilinishi lozim.
153. Oshxona va bufetlarda oʻtirish joylari eng koʻp sonli smenada 4 kishiga bitta oʻrin hisobida belgilanishi lozim.
Oshxonalar, bufetlar va yordamchi xizmatlar umumiy ovqatlanish korxonalari sanitariya qoidalari talablariga javob berishi va maxsus ajratilgan xonalarda joylashtirilishi lozim.
154. Ovqatlanish punktlarini portlash va yongʻin xavfi boʻlgan binolarda joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
155. Suv taʼminoti moslamalari eng koʻp sonli smenada ishlovchi 200 kishiga bitta moslama hisobida belgilanadi.
156. Ishchilarni gaz suv bilan taʼminlash korxona maʼmuriyatini ishchilarni umumiy asosda bir kishiga smenada 4-5 l hisobida qaynatilgan ichimlik suvi bilan taʼminlash majburiyatidan ozod qilmaydi. Ichimlik suvini tarqatish otilib chiquvchi uchlik va boshqa moslamalarga ega yopiq baklardan amalga oshirilishi lozim.
157. Sanitariya qoidalari va meʼyorlariga muvofiq ish joylaridan suv ichish moslamalarigacha boʻlgan masofa 75 m dan oshmasligi lozim. Suv harorati Sanitariya qoidalari va meʼyorlariga muvofiq 20 oC dan yuqori va 8 oC dan past boʻlmasligi lozim.
158. Ishchilarni suv bilan taʼminlovchi xodimlar toza xalatlarda ishlashi, belgilangan muddatlarda tibbiy koʻriklar va tekshiruvlardan oʻtishi hamda shaxsiy gigiyena vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
Gazli suv tarqatish punktlari stakanlarni yuvish moslamasiga, suvni oqizib yuborish chanoqlari yoki maxsus suv oqizib yuborish qurilmalariga ega boʻlishi hamda toza saqlanishi lozim.
13 §. Ishlab chiqarishni yoritish va yoritish armaturalarini ekspluatatsiya qilishga doir talablar
159. Korxonaning ishlab chiqarish va maishiy xonalaridagi tabiiy va sunʼiy yoritish amaldagi qurilish meʼyorlari va “Tabiiy va sunʼiy yoritish” qoidalariga muvofiq (mazkur Qoidalarning 5-ilovasida koʻrsatilgan) boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
160. Kishilar uzoq vaqt davomida boʻladigan barcha ishlab chiqarish va qoʻshimcha xonalar tabiiy yoritilishi lozim. Sex omborlari, moddiy omborlar, termostat, boyler, ventilyatsion kameralar tabiiy yoritilmaydigan xonalarda joylashtirilishi mumkin.
161. Yorugʻ boʻlmagan yoki yorugʻlik yetarlicha boʻlmagan paytda bir maromdagi ish, ishlovchilar va transportning harakati sharoitini taʼminlash uchun sunʼiy yoritishdan hududning barcha xonalarida, platformalar va maydonchalarida foydalanilishi lozim.
162. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy yoritish (TYOK) tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti va koʻrish ishi razryadiga muvofiq bajarilishi lozim.
163. Ishlab chiqarish xonalarida ishchi yuzalarni sunʼiy yoritish, gaz zaryadli lampalar va choʻgʻlanuvchi lampalar yordamida Sanitariya qoidalari va meʼyorlariga muvofiq yoritilganlik meʼyorlariga rioya qilingan holda amalga oshirilishi mumkin.
164. Ishlab chiqarishda “Isteʼmolchilar tomonidan elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari” (2004-yil 9-iyul) talablariga amal qilinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
165. Ishlab chiqarish xonalarining yorugʻlik lampalari shisha yuzalarini kirdan tozalash mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda tasdiqlangan jadval boʻyicha, biroq bir oyda kamida bir marta amalga oshirilishi lozim.
166. Yozgi paytda insolyatsiyadan himoya qilish uchun himoya moslamalari (pardalar, shishani oqlash) qoʻllaniladi.
167. Yorugʻlik oynalarini bino tashqarisidan va ichkarisidan uskunalar, tayyor mahsulotlar, yarim fabrikatlar va hokazolar bilan toʻsib qoʻyish man etiladi.
168. Bitta xonadagi sunʼiy yoritish lyuminessentli lampalar yoki choʻgʻlanma lampalar bilan amalga oshiriladi.
Ranglar farqlanishi (xom ashyoni tekshirish, saralash) talab qilinadigan xonalarda choʻgʻlanma lampalar oʻrnatilishi lozim.
Ishlab chiqarish, qoʻshimcha va maʼmuriy-maishiy xonalardagi yoritilganlik meʼyori (mazkur Qoidalarning 5-ilovasida) koʻrsatilgan.
169. Umumiy yoritish chirogʻlari uchun 220 V dan yuqori boʻlmagan kuchlanish talab qilinadi.
170. Mahalliy va koʻchma yoritish chirogʻlari uchun tegishli ravishda 42 V va 12 V kuchlanishdan foydalanish lozim.
171. Chiroqlarning poldan va ish maydonchalaridan balandligi kamida 2,5 m boʻlishi lozim. Elektr simlari metall quvurlar yoki qoplamlarda olib kelingan, konstruksiyasi maxsus moslamalarsiz chiroqqa yetib boʻlmasligi koʻzda tutilgan holda chiroqlarni 2,5 m dan past balandlikda oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
172. Choʻgʻlanma lampalar va gaz zaryadli lampalar kolba yoki u singanda shisha boʻlaklari tushib ketish imkonini bermaydigan himoya va yorugʻlikni sochuvchi armaturaga oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
173. Barcha texnologik sexlar va ochiq havoda oʻrnatilgan chiroqlarning metall qismlari atrof-muhit taʼsiridan himoya qiluvchi (namdan saqlovchi) qoplamaga ega boʻlishi lozim.
174. Stellajlar orasida va yuk platformalarida koʻchma chiroqlarni ulash uchun 42 V kuchlanishdagi shtepsel rozetkalar oʻrnatilishi lozim.
175. Koʻchma chiroqlar chang oʻtkazmaydigan boʻlishi, shisha qalpoq, metall toʻr bilan himoyalangan boʻlishi lozim.
Koʻchma chiroqlarni oziqlantirish alohida birlamchi va ikkilamchi elektr oʻramli pasaytiruvchi transformatorlardan amalga oshirilishi lozim.
176. Koʻchma chiroqlar, koʻchma pasaytiruvchi transformatorlarni elektr tarmogʻiga ulash rozetkalari, umumiy oʻrama yoki shlangdagi egiluvchan simlar yordamida amalga oshirilishi lozim.
177. Barcha texnologik sexlar va boʻlinmalarda mustaqil quvvat manbaidan favqulodda yoritish koʻzda tutilishi lozim.
Ishlarni davom ettirish uchun favqulodda yoritish ish joylarini ular uchun belgilangan meʼyorning kamida 10 foizi darajasida yoritishni taʼminlashi lozim.
178. Evakuatsiya qilish uchun favqulodda yoritish barcha ishlab chiqarish va maishiy xonalarda, zinalar va galereyalarda oʻrnatilishi hamda polda yoki zinalarda 0,3 Lk yorugʻlik darajasini taʼminlashi lozim.
Evakuatsiya qilish uchun favqulodda yoritish chiroqlari ishchi yoritish tarmogʻidan mustaqil tarmoqqa ulanishi lozim.
179. Favqulodda yoritish uchun ish chiroqlaridan turi yoki oʻlchamiga koʻra farq qiluvchi chiroqlar oʻrnatilishi lozim yoki ularga chiqishga harakatlanish yoʻnalishi koʻrsatilgan belgilar qoʻyilishi kerak.
180. Yoritish moslamalarini ekspluatatsiya qilish jarayonida quyidagilarni amalga oshirish zarur:
davriy ravishda, biroq bir yilda kamida bir marta nazorat nuqtalaridagi yoritilganlik darajasini va xonalarning umumiy yoritilganlik darajasini tekshirish;
davriy ravishda elektr xoʻjaligi uchun masʼul shaxs tomonidan belgilangan muddatlarda yoritish moslamalarining ahvolini (loyihaga muvofiqligini, chiroqlarda oyna, panjara, toʻrlar mavjudligini va hokazo) tekshirish;
chiroqlar va yoritish armaturasini davriy ravishda tozalab turish.
14 §. Ventilyatsiya va ventilyatsiya uskunalariga doir talablar
181. Ishlab chiqarish, qoʻshimcha, shuningdek sanitariya-maishiy xonalar va ovqatlanish punktlari ventilyatsiyasi “Isitish, ventilyatsiya va konditsionerlash” QMQ 2.04.05-97, “Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimi sanitariya meʼyorlari” SanQM 0058-96, “Umumiy ovqatlanish korxonalari sanitariya qoidalari” SanQM 0083-98 qurilish meʼyorlari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi tavsiya etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
182. Ventilyatsiya quyidagilarni taʼminlashi lozim:
sanitariya meʼyorlariga muvofiq mikro iqlimni;
ish hududi havosidagi zararli moddalar miqdori — ruxsat etilgan konsentratsiyadan yuqori boʻlmasligini.
183. Korxona xonalarining ventilyatsiyasi va ventilyatsiya tizimlarining jihozlanishi amaldagi Qurilish meʼyorlari va qoidalari, ish hududi havosi standartlari va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ishlab chiqarish xonalari uchun metrologik sharoitlar meʼyorlari (mazkur Qoidalarning 6-ilovasida), optimal va ruxsat etilgan meʼyorlar (mazkur Qoidalarning 7-ilovasida) koʻrsatilgan.
184. Barcha texnologik sexlarda mexanik yoqiladigan va yilning sovuq faslida uzatiladigan havo haroratini avtomatik tartibga soladigan oqib keluvchi-soʻruvchi ventilyatsiya oʻrnatilishi lozim va issiq faslda esa tabiiy usulda havo almashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
185. Karbonat kislota ajralib chiqadigan xonalarda toza havo yuqoridan berilishi va pastki hududdagi havo soʻrib olinishi lozim.
186. Vinochilik va konyak ishlab chiqarishda achitish, vinomateriallar va vinolar, konyak spirtlari va konyaklarga ishlov berish hamda ularni saqlash boʻlimlari, koʻpiruvchi vinolar ishlab chiqarishda biokimyoviy boʻlimlar, nazorat saqlashi, ishlov berish, oʻrash omborlari oqib keluvchi-soʻruvchi ventilyatsiyaga ega boʻlishi lozim.
187. Birlamchi zavodlarning utilizatsiya sexlari achitish va apparat boʻlinmalari xonalariga tabiiy havo oqib kirishi taʼminlanishi lozim.
188. Butilka yuvish boʻlimlari oqib keluvchi-soʻruvchi ventilyatsiyaga ega boʻlishi lozim.
189. Laboratoriya xonalarida, shkaflardagi havoni mexanik soʻrib olishdan tashqari, yuqori va pastki hududlardan havoni mexanik soʻruvchi soatiga 2-3-marta havo almashishini taʼminlovchi umumiy ventilyatsiya moslamalari oʻrnatilishi lozim. Yoʻlaklar va yondosh xonalardan havo oqib kelishiga yoʻl qoʻyiladi.
190. Soʻruvchi shkaflar yuqori va pastki soʻrgʻichlar bilan (yengil va ogʻir gazlarni soʻrib olish uchun) jihozlanishi lozim.
191. Ekspeditsiya va butilkalarni qabul qilish boʻlinmalari oqib keluvchi ventilyatsiyaga va teshiklarda mahsulotni qabul qilish va berish uchun havo qatlamiga ega boʻlishi lozim.
192. Shakar qaynatish xonalari, vakuumbugʻli moslamalar oqib keluvchi-soʻruvchi ventilyatsiyaga ega boʻlishi lozim.
193. Ammiakli va freonli sovutish moslamalari oʻrnatilgan xonalarni ikki marta havo almashtiruvchi oqib keluvchi ventilyatsiya va uch marta havo almashtiruvchi-soʻruvchi ventilyatsiya bilan jihozlanishi lozim. Bundan tashqari, xonada havoni soatiga yetti marta almashtiruvchi avariya ventilyatsiyasi oʻrnatilishi lozim.
194. Qozonxonada deraza va shaxta framugalari orqali aeratsiyalari tabiiy ventilyatsiyaga ruxsat etiladi.
195. Barcha tashqi darvozalar, sex eshiklari, transportyorlar uchun kirish joylari yon tomondan issiq havo uradigan boʻlishi lozim.
196. Ventilyatsiya moslamalarining havo oʻtadigan quvurlari germetik yopiladigan lyuklar va tozalash hamda havo bosimini aniqlash uchun teshiklarga ega boʻlishi lozim.
197. Ventilyatsiya moslamalarining havo chiqadigan teshiklari tomdan kamida 1 m baland boʻlishi, oqib keluvchi ventilyatsiya moslamalarining soʻruvchi teshiklari hudud yuzasidan kamida 2 m balandlikda va iflos havoni soʻrish imkoniyati boʻlmagan joylarda oʻrnatilishi lozim. Havoni soʻrish joyidan chiqarish joyigacha boʻlgan masofa QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilyatsiya va konditsionerlash” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
198. Ventilyatorlar orqali suv bugʻlari oʻtadigan sharoitda ventilyator kojuxi kondensatni ushlab qolish uchun sifonli drenaj bilan jihozlanishi lozim.
Ventilyatorlarning havo quvurlari bilan ulanmagan soʻruvchi teshiklari yacheykalarining oʻlchami 15—20 mm boʻlgan himoya toʻrlari bilan yopilishi lozim.
199. Havoga birdaniga katta miqdorda zaharli yoki portlovchi moddalar chiqishi ehtimoli boʻlgan ishlab chiqarish xonalarida favqulodda soʻruvchi ventilyatsiya oʻrnatilishi lozim.
Favqulodda soʻruvchi ventilyatsiya maxsus havo oqimini keltirish bilan kompensatsiyalanmaydi va undan foydalanishda xonalarni vaqtincha sovutishga yoʻl qoʻyiladi.
200. Ventilyatsiya uskunalariga xizmat koʻrsatish bilan korxona boʻyicha buyruq bilan tashkil qilinadigan komissiya tomonidan bilimlari sinovdan oʻtkazilgan shaxslar shugʻullanishiga ruxsat etiladi. Tekshirishlar davriyligi uch yilda bir martani tashkil qiladi.
201. Yongʻin va portlash xavfi boʻlgan barcha ishlab chiqarish xonalarida ventilyatsiya tizimlari buziq boʻlgan texnologik uskunalarni ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
202. Ventilyatsiya kanallari, qutilari va shaxtalari orqali gaz quvurlari va tez alanga oladigan moddalar haydash quvurlarini oʻtkazish, shuningdek kanallar va qutilarning ichki va tashqi devorlariga elektr simlarini montaj qilish man etiladi.
203. Portlovchi moddalar saqlanadigan xonalarning ventilyatsiya tizimlari elektr dvigatellari va ventilyatorlari quyidagicha:
elektr dvigatellar portlashdan himoya qiluvchi, ventilyatorlar esa portlash xavfi boʻlmagan turda tayyorlangan boʻlishi lozim.
204. Derazalar va chiroqlar framugalari xonaning ish hududidan mexanik ochish moslamalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Framuganing boshqaruv pultida aeratsiya boʻyicha yoʻriqnoma boʻlishi lozim.
205. Har bitta yangi montaj qilingan yoki kapital taʼmirlangan ventilyatsiya qurilmasi maxsus tashkilot tomonidan ruxsat etilishi lozim. Ushbu tashkilot ventilyatsiya uskunasining pasportini tuzadi va undan foydalanish yoʻriqnomasini tayyorlaydi.
206. Har bitta ventilyatsiya uskunasi montaj qilingan yoki kapital taʼmirlangandan soʻng korxona rahbariyati tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan sinovdan oʻtkazilishi hamda qabul qilinishi lozim. Sinovlar paytida ish joyidagi harorat, namlik, harakat tezligi va havoning ifloslanish darajasi, shuningdek ventilyatsiya uskunalarining shovqin darajasi oʻlchanishi lozim. Ushbu oʻlchovlar natijalari sanitariya meʼyorlariga muvofiq boʻlmagan holda loyihalash va montaj tashkilotlari ventilyatsiya havoni meʼyor darajasida taʼminlashi, ventilyatsiya uskunalari ishlashida shovqin ruxsat etilgan darajadan oshmasligi uchun zarur choralarni koʻrishi shart.
207. Ventilyatsiya uskunalarini saqlash va ishlatishni nazorat qilish korxona buyrugʻi bilan muhandis-texnik xodimlardan biriga yuklatilishi lozim. Ushbu shaxsning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
ventilyatsiya uskunalarini montaj qilish ustidan texnik nazorat oʻrnatish;
ventilyatsiya uskunalarini taʼmirlash jadvalini tuzish;
xonalar va ulardagi alohida uchastkalar ventilyatsiyalarini rekonstruksiya qilish rejasini tuzish;
sexlarni rekonstruksiyalash va ularga yangi mashinalar hamda apparatlarni oʻrnatishda ventilyatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
bosh muhandisga ventilyatsiyani loyihalash, montaj qilish va ishga tushirish uchun boshqa tashkilotlarni jalb qilish boʻyicha takliflar berish;
ventilyatsiyani qabul qilish sinovlarini tashkillashtirish va ularda ishtirok etish;
ventilyatsiyani ekspluatatsiya qilish va jihozlash bilan bogʻliq rejalar, takliflar va boshqa masalalar boʻyicha bosh muhandisga xabar berish;
ventilyatsiya uskunalarining pasportlarini yuritish.
208. Ventilyatsiya uskunalarini ekspluatatsiya qilish asosiy xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilingan holda amalga oshirilishi lozim. Ushbu Qoidalar quyidagilardan iborat:
ventilyatsiya uskunasi faqat harakatga keltiruvchi remenlar, birlashtiruvchi muftalar va boshqa aylantiruvchi qismlar, panjaralar yoki kojuxlar bilan himoyalangan taqdirdagina ishga tushirilishi mumkin;
ventilyatsiya kameralari, kanallari va maydonchalarini ortiqcha begona buyumlar bilan toʻsib qoʻyish mumkin emas;
elektr dvigatellar, ventilyatorlar va boshqa uskunalarni faqat aylanuvchi qismlar toʻliq toʻxtagandan soʻng tozalash va taʼmirlash mumkin;
shovqin, zarb yoki vibratsiya sezilishi bilan uskuna oʻchirilishi lozim.
15 §. Shovqin, vibratsiya xavfsizligiga oid talablar
209. Korxonani qurish yoki rekonstruksiya qilishda loyihaga amaldagi Qurilish meʼyorlari va qoidalarining shovqindan, jumladan ham ish joyidagi, ham seliteb (ommaviy) hudud muhitidagi shovqindan himoyalashga doir talablari kiritilishi lozim.
210. Texnologik-ishchi loyihalarni ishlab chiqishda ularga ishchilarga taʼsir qiluvchi umumiy va mahalliy vibratsiya darajasini kamaytirishga doir texnik yechimlar kiritilishi lozim.
211. Ish joylaridagi tovush darajasi “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va sanitariya meʼyorlari va qoidalari (mazkur Qoidalarning 9-ilovasida koʻrsatilgan) standartiga doir ruxsat etilgan meʼyorlar darajasidan oshib ketmasligi lozim.
212. Ish joylari, jumladan transport vositalari haydovchilarining oʻrinlaridagi umumiy va mahalliy vibratsiya tezligi darajasi amaldagi Vibratsion xavfsizlik, Umumiy talablar standarti boʻyicha ruxsat etilgan darajadan oshmasligi lozim.
213. Barcha texnologik uskunalar, jumladan transport vositalari tovush quvvati darajalari va/yoki ish joylaridagi tovush darajalari koʻrinishidagi shovqin tavsifnomalariga ega boʻlishi lozim. Ular mavjud boʻlmagan holda amaldagi standartlar boʻyicha aniqlanishi lozim.
214. Transport vositalarining ish joylaridagi umumiy va mahalliy vibratsiya darajalari (vibrotezlik, vibrotezlanish) ularning texnik pasportlarida koʻrsatilishi lozim. Ushbu maʼlumotlar mavjud boʻlmagan holda ular amaldagi standartlar uslublari boʻyicha butunlay soz uskunada oʻlchanishi lozim.
215. Ish joylarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiya qilishda shovqin darajasini, umumiy va mahalliy vibratsiya darajalarini oʻlchash shart.
216. Ishlovchilarni ishlab chiqarishning zararli shovqinidan himoya qilish uchun jamoaviy va individual himoya vositalari qoʻllanilishi lozim, ular quyidagilarni qoʻllashni koʻzda tutadi:
shovqinga qarshi texnik vositalar (shovqin manbaining tovush quvvatini kamaytirish, kam shovqinli texnologik jarayonlar va tovush izolyatsiyasi vositalari);
qurilish-akustika vositalari (shovqinli va kam shovqinli texnologik uskunalarni ratsional joylashtirish, xonalarning tovush izolyatsiyasi va tovush yutishini oshirish, akustik ekranlashtirish);
tovush izolyatsiyalangan boshqaruv va kuzatuv kabinalarini qoʻllash;
tashkiliy-profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish (oqilona ish va dam olish rejimini tanlash, shovqin darajasi yuqori boʻlgan sharoitda boʻlish vaqtini qisqartirish, davolash-profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish);
tovush darajasi 80 dBa dan yuqori boʻlgan ish joylarida individual himoya vositalaridan foydalanish.
217. Ventilyatsiya, isitish qurilmalari, konditsionerlash tizimlari, havo kompressor stansiyalari va quvurlarning shovqinini kamaytirish uchun quyidagilar qoʻllanilishi lozim:
shovqin pasaytirgichlar va havo chiqish joylarida tovush izolyatsiyasini oʻrnatish;
ventilyatorlar va elektr dvigatellarni vibratsiya va shovqin yutuvchi konstruksiyalarda oʻrnatish;
uskuna ostidagi fundamentlarning xona poli va devorlari bilan ajralishlarini tuzatish;
ventilyatorlarning kirish va chiqish teshiklarini egiluvchan moslamalar yordamida birlashtirish;
ventilyatorlar va elektr dvigatellari, harakatlantirish shkivlari va birlashtiruvchi muftalarning texnik holati, ventilyatorlar gʻildiraklari va elektr dvigatellar rotorlari balansirovkasini nazorat qilish.
218. Tovushli maʼlumotlarni olish bilan bogʻliq ish joylarida (uskunalar ishini nazorat qilish, tovushli buyruqlar, ogohlantiruvchi signallar va hokazo) shovqindan individual himoya vositasi sifatida faqat shovqinga qarshi quloqchinlardan foydalanish lozim. Bunday ish joylarida boshqa turdagi vositalardan foydalanish maqsadga muvofiq emas.
219. Ishlovchilarni umumiy va lokal vibratsiyaning zararli taʼsiridan himoya qilish uchun jamoaviy va individual himoya vositalari qoʻllanilishi lozim, ularda quyidagilarni qoʻllash koʻzda tutiladi:
vibratsiyaga qarshi kurash texnik vositalari (mashina va mexanizmlarning vibratsion xususiyatlarini yaxshilash, vibratsiyalanuvchi uskunalarning tagidagi fundamentni xona poli va bino devorlaridan ajratish, transport vositalaridagi ish joylarining vibroizolyatsiya va amortizatsiyasi, ishlab chiqarish uskunasining texnik holatini nazorat qilish va hokazo);
tashkiliy-profilaktik tadbirlar (ratsional ish va dam olish rejimini tanlash, vibratsiyaning taʼsir vaqtini qisqartirish, davolash-profilaktika tadbirlari);
individual himoya vositalari (vibratsiyadan himoyalovchi poyabzal, qoʻlqoplar, gilamchalar va ish joylaridagi maydonchalar).
220. 12 dBa va undan yuqori darajadagi vibratsiya spektrining oktavali va uch oktavali chizigʻida ruxsat etilgan darajadan yuqori boʻlgan vibratsiya hosil qiluvchi mashina va mexanizmlar, qoʻl mashinalaridan foydalanish.
221. Qoʻl mashinalari va mexanizmlarining vibratsion xususiyatlarini oʻrganish bir yilda kamida bir marta amalga oshirilishi lozim.
222. Shovqin va vibratsiyaning taʼsiri bilan bogʻliq kasbiy xastaliklar aniqlangan holda ularning sabablarini aniqlash va bartaraf etish boʻyicha tezkor choralar qabul qilinishi lozim.
16 §. Elektr xavfsizligiga doir talablar
223. Elektr uskunalarini ekspluatatsiya qilish “Isteʼmolchilarning elektr qurilmalardan texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari” va “Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari”ga rioya qilingan holda amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
223. Korxonada va har bitta sex yoki mustaqil ish uchastkasi boʻyicha quyidagilar boʻlishi lozim:
a) asosiy elektr uskunalari va himoya vositalari tavsifi berilgan, xususiyatlari va inventar raqamlari koʻrsatilgan karta pasportlari yoki jurnal;
b) elektr uskunalari, qurilmalar va inshootlar chizmalari, ehtiyot qismlar chizma toʻplamlari, havo va kabel tarmoqlarining ijro chizmalari va kabel jurnallari;
v) sex, uchastka elektr uskunalariga xizmat koʻrsatish boʻyicha ekspluatatsion yoʻriqnomalar toʻplami va har bitta ish joyi boʻyicha lavozim yoʻriqnomalari va mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalar toʻplami.
Yuqorida koʻrsatilgan “Elektr xoʻjaligi hujjatlari” toʻplami energiya obyektining texnik arxivida saqlanadi.
224. Yangi elektr uskunalarini oʻrnatish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish faqat elektr taʼminoti tashkiloti bilan kelishilgan holda loyihalar boʻyicha amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
225. Yangi ishga tushirilayotgan obyektlar yoki rekonstruksiya qilingan sexlarni elektr uskunalari tarmoqlariga ulashga Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi vakili tomonidan imzolangan ekspluatatsiya qilishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi dalolatnoma, elektr energiyasidan foydalanish uchun tuzilgan shartnoma tuzilgandan soʻng, hisoblash uskunalari oʻrnatilgandan keyin ruxsat etiladi.
(225-band Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 3-iyundagi 25-2019-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1754-3, 24.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2019-y., 10/19/1754-3/3325-son)
Keyingi tahrirga qarang.
226. Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar (navbatchi elektr montyorlar, elektr qutisi oldidagi navbatchilar va hokazo) uchun korxona tomonidan ekspluatatsion yoʻriqnomalar ishlab chiqilishi va unda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
a) xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning huquqlari, majburiyatlari, oʻzaro munosabatlari va masʼuliyati;
b) uskunalarni ishga tushirish va toʻxtatish operatsiyalarining ketma-ketligi;
v) normal ish sharoitida uskunani ekspluatatsiya qilish qoidalari va avariya holati yuzaga kelganda, taʼmirlash paytida koʻriladigan choralar;
g) dielektrik himoya vositalarini qoʻllashdagi xavfsizlik choralari va qoʻllash tartibi;
d) elektr uskunalaridan portlash xavfi boʻlgan xonalarda foydalanishda yongʻinga qarshi choralar.
Ekspluatatsiya yoʻriqnomalari bosh muhandis (bosh texnolog) tomonidan tasdiqlangandan soʻng xizmat koʻrsatuvchi xodimlar tomonidan oʻrganilishi hamda ularning qoʻliga berilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
227. Smenali xizmat koʻrsatuvchi xodimlar (elektromontyorlar, chilangarlar) xonalarida va elektr ustaxonasida Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan “Elektr uskunalaridan foydalanishdagi baxtsiz hodisa tufayli jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha yoʻriqnoma” osib qoʻyilishi lozim (2005-yil 11-oktabr, roʻyxat raqami 1193/5).
(227-band Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 3-iyundagi 25-2019-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1754-3, 24.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2019-y., 10/19/1754-3/3325-son)
228. Korxonaning bosh taqsimlash qutisi va sexlardagi taqsimlash qutilari panellarida panelga oʻrnatilgan asboblar va apparatura qaysi liniyaga yoki qaysi agregatga tegishli ekanligini koʻrsatuvchi aniq yozuvlar boʻlishi lozim. Bunday yozuvlar har bir panelning old va orqa tomonlarida boʻlishi lozim.
229. Elektr dvigatellarining korpuslari va ularni harakatga keltiradigan uskunalarda qizil strelkalar bilan aylanish yoʻnalishi koʻrsatilishi lozim, ishga tushirish moslamasida esa u tegishli boʻlgan mashina yoki mexanizm koʻrsatilgan yozuv boʻlishi lozim.
230. Korxonaning portlash xavfi boʻlgan sexlarida va boʻlinmalarida, jumladan spirt haydash, utilizatsiya sexlarida, spirt omborida, ammiakli sovutish qurilmalari oʻrnatilgan xonalarda, portlash xavfi boʻlgan moddalar saqlanadigan omborlar va hokazolarda elektr texnik uskunalar portlashdan himoyalangan tarzda tayyorlangan boʻlishi lozim.
Namlik miqdori koʻp boʻlgan boshqa ishlab chiqarish xonalarida elektr uskunalari nam oʻtkazmaydigan (yopiq) tarzda tayyorlangan boʻlishi lozim (mazkur Qoidalarning 8-ilovasida koʻrsatilgan).
231. Istisnosiz barcha sexlar va maishiy xonalarda elektr dvigatellarni ishga tushirish uchun yopiq kojuxlar bilan taʼminlangan boʻlsa ham ochiq turdagi rubilniklardan foydalanish man etiladi. Faqat yopiq turdagi rubilniklardan foydalanish lozim.
Ochiq turdagi rubilniklardan faqat yopiq sex taqsimlash qutilariga montaj qilinganda, bosh taqsimlash qutisidan foydalanish mumkin va ularni faqat maxsus xizmat koʻrsatuvchi xodimlar ishlatishi lozim.
232. Elektr moslamalarida odamlar xavfsizligini taʼminlash, elektr uskunalarini chaqmoq va boshqa ortiqcha kuchlanishlardan saqlash uchun yerga ulash moslamasi oʻrnatilishi va elektr uskunasining korpusi yerga ulanishi lozim.
Elektr uskunalarini yerga ulash yoki nollashtirish quyidagi hollarda amalga oshirilishi lozim:
380 V va undan yuqori kuchlanishli oʻzgaruvchan tokda va 440 V va undan yuqori doimiy tokda — barcha holatlarda;
nominal kuchlanish 42 V dan yuqori, biroq 380 V dan past oʻzgaruvchan tokda va 110 V dan yuqori, biroq 440 V dan past doimiy tokda — xavflilik darajasi juda yuqori boʻlgan xonalarda (spirt haydovchi va rektifikatsiya sexlarida, spirt omborlari, shisha idishlarni yuvish boʻlinmalari va podval xonalarida va hokazo) va tashqi uskunalarda.
Nominal kuchlanish 42 V gacha boʻlgan oʻzgaruvchan tokda va 110 V gacha boʻlgan doimiy tokda elektr uskunalarini yerga ulash yoki nollashtirish talab qilinmaydi, portlash xavfi boʻlgan hududlardagi elektr uskunalari, elektr payvandlash transformatorining ikkilamchi oʻrami, metall konstruksiyalarga yotqizilgan nazorat va kuchlanish kabellarining metall qobiqlari hamda zirhlari bundan mustasno.
233. Quyidagilar himoya maqsadida yerga ulanishi lozim:
a) elektr mashinalar, transformatorlar, apparatlar, chiroqlar va hokazolarning korpuslari;
b) elektr apparatlarining privodlari;
v) oʻlchash transformatorlarining ikkilamchi oʻramlari;
g) taqsimlash qutilari, boshqaruv qutilari, qutichalar va shkaflarning karkaslari;
d) taqsimlash moslamalarining metall konstruksiyalari, nazorat va kuchlanish kabellarining metall qobiqlari hamda zirhlari, simlarning metall qobiqlari, elektr tokini oʻtkazish poʻlat quvurlar va elektr uskunalarini oʻrnatish bilan bogʻliq boshqa metall konstruksiyalar;
e) spirt sigʻimlarining metall korpuslari;
yo) koʻchmas va koʻchma elektr qabul qilgichlarning metall korpuslari;
j) havo liniyalarining metall tayanchlari;
z) dastgohlar, mashina va mexanizmlarning harakatlanuvchi qismlariga joylashtirilgan elektr uskunalar.
Himoya maqsadida yerga ulash qiyin boʻlgan koʻchma elektr uskunalari (elektr nasoslar, elektr payvandlash transformatorlari va boshqalar), himoya uchun olov oʻchirish moslamasi bilan jihozlanishi lozim. Texnologik uskunaning korpusidan qaytish simi sifatida foydalanish mumkin emas.
234. Kuchlanish 1000 V gacha boʻlgan chuqur yerga ulangan neytralli elektr uskunalarida avariya uchastkasini avtomatik oʻchirishni taʼminlash maqsadida fazali va nol himoya oʻtkazgichlarining oʻtkazuvchanligi Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalari talablariga muvofiq tanlanishi lozim. 1.7-boʻlim, “Yerga ulash va nol himoya oʻtkazgichlari” kichik boʻlimi.
235. Koʻchma elektr uskunalar (elektr nasoslar, elektr payvandlash transformatorlari va boshqalar), shuningdek payvandlanadigan konstruksiyalar va mahsulotlar Elektr uskunalarini jihozlash qoidalari talablariga muvofiq yerga ulanishi lozim. 1.7-boʻlim, “Koʻchma elektr uskunalar” kichik boʻlimi.
236. Elektr uskunalarini ekspluatatsiya qilish jarayonida yerga ulashning yaxlitligi ustidan nazorat olib borish va saqlagichlarning eruvchan qismlari qarshilik darajasidan oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslik lozim. Xuddi shuningdek, himoya uchun yerga ulash elementlari ustidan ekspluatatsion nazorat amalga oshirilishi lozim.
Yerga ulash bir yilda bir marta shinalar kontaktlari butunligi va yerga ulash qarshiligini oʻlchash maqsadida maxsus ekspluatatsion sinovlardan oʻtkazilishi lozim. Ushbu sinovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi: bir yilda bir marta tuproq qurigan yoz paytida, kelgusi yili qishda, eng kam muzlash paytida, yaʼni tuproqning oʻtkazuvchanligi eng kam darajada boʻlgan paytda.
237. Kuchlanish 1000 V gacha boʻlgan tarmoqlarda har bitta himoya uchun yerga ulash konturining qarshiligi 4 Om dan ortiq boʻlmasligi lozim. Himoya uchun nollashtirish maqsadida foydalaniladigan nolli simda saqlagichlar yoki bir qutbli oʻchirgichlar boʻlmasligi lozim.
Ochiq oʻrnatilgan yalangʻoch yerga ulash simlari, shuningdek barcha yerga ulash tarmogʻi konstruksiyalari va simlari binafsha rangga boʻyalishi lozim.
238. Elektr uskunalari, binolar va inshootlarni yashin urishidan himoya qilish uchun xavfli elektr potensiali mavjud xonalarga sterjenli va trosli yashin qaytargichlar oʻrnatilishi lozim.
239. Yashin urishidan korxona hududida joylashgan quyidagi obyektlar himoyalanishi lozim:
a) ochiq taqsimlash moslamalari, jumladan podstansiyalar va alohida joylashgan transformator podstansiyalari (yoki inshootlari);
b) spirt omborlari, yonilgʻi (benzin omborlari) va moylash materiallari omborlari.
240. Elektr asbobi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining buyrugʻi bilan tasdiqlangan Elektr qurilmalarining tuzilish qoidalari 1.7.94-1.7.97 kichik bandlari talablariga javob berishi maqsadga muvofiq.
241. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 220 V dan yuqori boʻlmagan elektr asbobi, oʻta xavfli xonalarda va xonalardan tashqarida kuchlanish 42 V dan yuqori boʻlmagan elektr asbobi qoʻllanilishi lozim.
Vinochilik korxonalarida quyidagi shartlardan biri mavjud boʻlgan xonalar xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalar toifasiga kiradi:
a) nisbiy namlik uzoq vaqt davomida 75 foizdan yuqori;
b) tok oʻtkazuvchi pollar (temir beton, tuproq, gʻisht va boshqalar);
v) kishining bir tomondan binolarning yerga ulangan metall konstruksiyalari texnologik apparatlarga, ikkinchi tomondan elektr uskunalarining metall korpuslariga tegish imkoniyati mavjud boʻlgan holatlarda.
“Oʻta xavfli xonalarga” nisbiy namlik 100 foizga yaqin va kimyoviy faol muhiti, spirt, ammiak va sulfidli angidrid bugʻlari mavjud boʻlgan, shuningdek ayni paytda bir yoki ikkita yuqori xavflilik shartiga javob bergan xonalar. Qolgan barcha xonalar xavflilik darajasi yuqori boʻlmagan xonalarga kiradi. Xonalar muhitining tavsifi qoidalarning 4-ilovasida keltirilgan.
Elektr uskunasidan foydalaniladigan “oʻta noqulay ish sharoitlariga” metall konstruksiyalar, sigʻimlar, tonnellar, shuningdek balandlikda amalga oshiriladigan ishlar kiradi.
242. Elektr asbobining 42 V kuchlanishda ishlash imkoniyatini taʼminlash mumkin boʻlmagan holda 220 V da ishlaydigan elektr asbobidan foydalanishga ruxsat etiladi. Biroq bunda himoya vositalari (qoʻlqoplar, kalish va gilamchalar)dan foydalanish va elektr asbobining korpusini yerga ishonchli ulash shart.
243. 42 V dan yuqori kuchlanishda ishlaydigan elektr asbobining korpusi yerga ulash simiga ulash uchun “Yer” belgisi boʻlgan maxsus qisqichga ega boʻlishi lozim.
244. Elektr asbobi, qoʻl chiroqlarini ulash uchun moʻljallangan shtepselli ulanishlarning tok oʻtuvchi qismlari yashirilgan va zarur hollarda yerga ulash kontaktiga ega boʻlishi lozim.
245. 12 va 42 V kuchlanishlarda qoʻllaniladigan shtepselli ulovchilar (rozetkalar, vilkalar) oʻzining konstruktiv bajarilishiga koʻra 110 va 220 V kuchlanishlar uchun moʻljallangan shtepselli ulovchilardan farq qilishi, va 12 va 42 V kuchlanishlar uchun moʻljallangan vilkalarning 110 va 220 V kuchlanishli shtepselli rozetkalariga ulash imkoniyatiga ega boʻlmasligi lozim.
12/42 V kuchlanishlar uchun shtepselli ulovchilar 110/220 V kuchlanishlar uchun shtepselli ulovchilardan rangiga koʻra keskin farq qilishi lozim.
246. Kabellar va simlarning qobiqlari elektr asbobga kiritilgan boʻlishi va sinmasligi hamda siyqalanib ketmasligi uchun mustahkam oʻrnatilishi lozim.
247. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda koʻchma qoʻl elektr chiroqlaridan foydalanishga 42 V dan yuqori boʻlmagan kuchlanishda yoʻl qoʻyiladi. Oʻta xavfli xonalarda, sigʻimlar va apparatlarning ichida, xonalardan tashqarida 12 V dan yuqori boʻlmagan kuchlanishda koʻchma qoʻl elektr chiroqlaridan foydalanish mumkin.
248. Portlash va yongʻin xavfi yuqori boʻlgan sharoitda ishlash uchun kuchlanishi 12 V dan yuqori boʻlmagan, portlashdan himoyalangan koʻchma elektr chiroqlar yoki shaxtyorlarnikiga oʻxshash akkumulyatorli fonarlar zarur. Qoʻlda ishlatiladigan elektr asbobidan portlash va yongʻin xavfi boʻlgan xonalarda foydalanishga ruxsat etilmaydi.
249. Koʻchma elektrlashtirilgan asbob va qoʻl elektr chiroqlaridan foydalanish maqsadida kuchlanishni pasaytirish uchun statsionar kamaytiruvchi transformatorlar qoʻllanilishi lozim.
250. Elektr asbobi va qoʻl elektr chiroqlarining saqlanishi va sozligini nazorat qilish korxona boʻyicha farmoyish bilan vakolatli etib tayinlangan shaxs amalga oshirishi lozim. Elektr asbobi navbat raqamiga ega boʻlishi va quruq joyda saqlanishi lozim.
251. Korpusda tutashuvlar va simlar izolyatsiyasining ahvoli:
a) yerga ulangan sim, elektr asbobi, qoʻl elektr chiroqlari, pasaytiruvchi transformatorlar izolyatsiyasi va chastota oʻzgartirgichlar izolyatsiyasi megommetr yordamida 3 oyda 1-marta malakasi III guruhdan past boʻlmagan shaxs tomonidan tekshirilishi lozim;
b) maxsus jurnalda qayd etilishi kerak.
252. Ishchining qoʻliga elektr asbobini berishdan oldin stendda yoki asbob yordamida (masalan, “Normometr”) yerga ulanadigan simning butunligi va elektr asbobi korpusida tutashuv yoʻqligi tekshiriladi.
Tekshirish natijalari va elektr asbobning berilishi maxsus jurnalda qayd etilishi lozim.
253. Qoʻl elektr asbobi yoki elektr chiroqlaridan foydalanishda ularning simlari yoki kabellari iloji boricha osib qoʻyilgan boʻlishi lozim.
254. Elektr asbobidan foydalanuvchi shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:
a) elektr asbobini qisqa vaqtga boʻlsada boshqa kishiga berish;
b) elektr asbobini qismlarga ajratish va mustaqil taʼmirlash (elektr asbobining oʻzini, simlari, shtepselli ulanishlarini va hokazo);
v) narvonlar yordamida 2,5 m dan yuqori balandlikda ishlash;
g) metall sigʻimlar, apparatlar ichiga boshqa koʻchma transformatorlar va chastota oʻzgartirgichlarni olib kirish.
255. Elektr uskunalarining ahvoli uchun javobgar shaxslarning majburiyatlari:
kabellar, elektr simlari, dvigatellar, chiroqlar va boshqa elektr uskunalarining xonalarning yongʻin va portlash xavfi darajasi va atrof muhit sharoitlariga bogʻliq ravishda tanlash hamda qoʻllanishini nazorat qilish;
qisqa tutashuvlar, ortiqcha zoʻriqishlar, ichki va atmosfera qizishlari, shuningdek boshqa nosoz ish rejimlaridan himoya apparatlarining ahvolini muntazam ravishda nazorat qilish.
256. Elektr uskunalaridan foydalanishda qoʻllaniladigan himoya vositalari Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Elektr uskunalarida ishlatiladigan himoya vositalarini qoʻllash va sinovdan oʻtkazish qoidalari” talablariga toʻliq javob berishi maqsadga muvofiq.
Ushbu talablarga javob bermaydigan himoya vositalari zudlik bilan foydalanishdan chiqarilishi tavsiya etiladi.
257. Himoya vositalariga izolyatsiyalovchi shtangalar, qisqichlar, izolyatsiyalovchi dastaklarga ega asbob, dielektrik qoʻlqoplar, dielektrik etik va kalishlar, izolyatsiyalovchi tagliklar, rezina gilamchalar va yoʻlak gilamchalari, koʻchma kuchlanish koʻrsatkichlari va tok oʻlchash qisqichlari, koʻchma vaqtinchalik yerga ulash himoya moslamalari, koʻchma devorlar, himoya koʻzoynaklari, brezent qoʻlqoplar va protivogazlar kiradi.
258. Foydalanish uchun qabul qilingan barcha himoya vositalari amaldagi “Elektr uskunalarida foydalaniladigan himoya vositalarini qoʻllash va sinovdan oʻtkazish qoidalari”ga muvofiq holda ekanligini tekshirish maqsadida muntazam ravishda nazorat qilinishi tavsiya etiladi.
Sinovdan oʻtmagan yoki sinov muddati tugagan himoya vositalarini qoʻllash taqiqlanadi.
259. Foydalanishda boʻlgan va zaxirada turgan barcha himoya vositalari raqamlanishi lozim. Raqamlash korxona boʻyicha umumiy va himoya vositalarining har bir turi boʻyicha alohida belgilanadi.
260. Himoya vositalarini toʻgʻri saqlashni tashkillashtirish, ularning zaxiralarini toʻldirish, davriy tekshirishlar va sinovlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi, nosoz vositalarni oʻz vaqtida foydalanishdan chiqarish va himoya vositalari hisobini yuritishni tashkillashtirish uchun javobgarlik korxonaning bosh energetigi (mexanigi) zimmasiga yuklatiladi.
261. Barcha himoya vositalarining mavjudligi va ahvolini har 3 oyda tekshirish, ularni belgilangan muddatda navbatdagi sinovga topshirish yoki buzilgan holatda oʻz vaqtida almashtirish uchun javobgarlik korxona bosh energetigi (mexanigi)ning farmoyishi bilan vakolatli shaxs zimmasiga, u boʻlmagan paytda bosh energetik (mexanik) zimmasiga yuklatiladi.
Davriy tekshirishlar natijalari sana va tekshirishni amalga oshirgan shaxsning familiyasi koʻrsatilgan holda tekshirishlar jurnaliga kiritilishi lozim. Nosozlik aniqlangan holda himoya vositasi zudlik bilan foydalanishdan olinishi lozim.
262. Himoya vositalaridan individual foydalanishda ularning but saqlanishi va ishlatilishi, lozim darajada xizmat koʻrsatilishi, belgilangan muddatda navbatdagi sinovga topshirilishi va yaroqsiz holga kelganda oʻz vaqtida almashtirilishi uchun javobgarlik himoya vositasi berilgan shaxsning zimmasiga yuklatiladi.
17 §. Korxonaning sanitariya-texnologik jihozlanishiga doir talablar
263. Korxonaning barcha ishlab chiqarish va yordamchi binolari xoʻjalik-ichimlik ichki suv quvurlari tizimi bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ichki suv quvurlari tizimini jihozlash va ekspluatatsiya qilish sanitariya meʼyorlari qoidalari, “Binolarning ichki suv quvurlari va kanalizatsiyasi” qurilish meʼyorlari va mazkur Qoidalarga muvofiq boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
264. Texnologik, xoʻjalik-ichimlik ehtiyojlari, xom ashyo va uskunalarni yuvish uchun zarur suvning sifati amaldagi standartlar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
265. Xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti manbaini tanlash mahalliy davlat hokimiyat organlari va tegishli davlat sanitariya nazorati markazlari bilan kelishilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
266. Bino atrofida xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti manbaini tanlash mahalliy hokimiyat organlari va Davlat suv (suv havzalari) sanitariya nazorati mahalliy organlari bilan kelishilishi, suv havzalarining atrofi balandligi kamida 1,2 m boʻlgan devor bilan oʻralishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
267. Suv quvurlari tarmogʻi halqalangan boʻlishi lozim.
268. Xoʻjalik-ishlab chiqarish suv quvurlarini ichimlik suvi quvurlariga ulash mumkin emas. Shahar suv quvurlari tarmogʻiga ulangan ichimlik suvi quvurlari mahalliy manbalardan olinadigan boshqa ichimlik suvi quvurlariga doimiy ulanishga ega boʻlmasligi lozim.
269. Ichimlik suvini uzatish va saqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti amaliyotida foydalanish uchun tavsiya qilingan quvurlar, materiallar va korroziyaga qarshi qoplamalardan foydalanish tavsiya etiladi.
270. Xoʻjalik-ichimlik ehtiyojlari uchun suv sarfi meʼyori quyidagi hisobdan kelib chiqib belgilanadi:
xoʻjalik-ichimlik ehtiyojlari uchun — issiqlik taʼsiri soatiga 20 kkal/m3 va undan oriq boʻlganda bir smenada 1 kishiga 45 l va qolgan holatlarda 25 l;
dushxonali ishlab chiqarish sexlari uchun — bir dush setkasiga 37 oC haroratli 500 l/s;
yarim dushxona, guruhli va yakka yuvinish moslamalari uchun — bitta kranga 37 oC haroratli 180 — 200 l/s.
271. Ishlovchilarni ichimlik suvi bilan taʼminlash moslamalari qurilish meʼyorlari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
272. Korxona xodimlarini qaynagan ichimlik suvi bilan taʼminlash bir smenada 1 kishiga 4-5 l hisobida amalga oshiriladi.
273. Ichimlik suvining harorati 20 oC dan yuqori va 8 oC dan past boʻlmasligi lozim.
274. Ichimlik suvini tarqatish moslamasi stakanlarni yuvish qurilmasi, suvni oqizib yuborish chanoqlari yoki maxsus suv oqizib yuborish qurilmalariga ega boʻlishi hamda toza saqlanishi lozim.
275. Gaz suvi ishlab chiqarish uchun saturator moslamalarining jihozlanishi va ekspluatatsiya qilinishi Oʻzbekiston Respublikasida Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan “Bosim ostida ishlaydigan idishlarning jihozlanishi va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalari” talablariga amal qilish tavsiya etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
276. Ichimlik suvining sifati standart talablariga javob bermagan holda maʼmuriyat yoki ish beruvchi ichimlik suvini tozalash uskunalarini sotib olishi va ishga tushirishi lozim.
277. Barcha suv quvurlari moslamalarining (quduqlar, gidrantlar, nasoslar va boshqalar) sozligini tekshirish xizmat koʻrsatuvchi xodimlar tomonidan korxona bosh muhandisi tasdiqlagan jadval boʻyicha bir oyda kamida 1-marta amalga oshirilishi tavsiya etiladi.
278. Korxonalarda ishlatilgan ishlab chiqarish va xoʻjalik-chiqindi suvlarini chiqarib yuborish uchun yopiq kanalizatsiya tarmoqlari oʻrnatilishi lozim. Xoʻjalik-chiqindi suvlari va ifloslangan ishlab chiqarish oqova suvlarini shimuvchi quduqlar va oʻralarga tashlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
279. Oqova suvlarni suv havzalariga oqizish shart-sharoitlari “Yer usti suvlarining oqova suvlardan ifloslanishidan himoyalash qoidalari”ga muvofiq boʻlishi tavsiya etiladi.
280. Oqova suvlarni suv havzalariga oqizish shart-sharoitlari qonun hujjatlariga koʻra yer usti suvlarining oqova suvlardan ifloslanishidan himoyalash qoidalariga muvofiq tegishli organlar bilan kelishiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
281. Oqova suvlar suv havzalariga oqizilishidan oldin tegishli organlar bilan kelishilgan holda biologik yoki mexanik tozalash inshootlarida tozalanishi lozim. Oqova suvlarni kanalizatsiya tozalash inshootlarida tozalashni nazorat qilish amaldagi Yer usti suvlarining oqova suvlardan ifloslanishidan himoyalash qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
Keyingi tahrirga qarang.
282. Barcha suv taʼminoti va kanalizatsiya taqsimlash tarmogʻi korxonaning bosh rejasi (genplan)da koʻrsatilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
283. Tekshirish quduqlari choʻyan yoki beton qopqoqlar bilan yopilgan boʻlishi lozim. Tekshirish va yongʻin quduqlarini biron-bir materiallar, xom ashyo, tara yoki tasodifiy buyumlar bilan yopib qoʻyish man etiladi.
284. Shaxta quduqlariga nasoslar oʻrnatishda ularga erkin tushish imkoniyati boʻlishi, shaxtaga tushish panjarali zinalar yordamida amalga oshirilishi va zinalar yoritilgan boʻlishi lozim.
285. Barcha nasoslarning umumiy issiq suyuqliklarni uzatuvchi quvurlari magistralga qaytarish klapanlari va tartibga soluvchi moslamalar bilan jihozlanishi lozim.
286. Nasosxonalardagi oqova suvlar chiqib ketishining oldini oluvchi kanalizatsiya zatvoriga ega boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
287. Tozalashni talab qiluvchi va talab qilmaydigan ishlab chiqarish oqova suvlari uchun alohida kanalizatsiya tarmoqlari koʻzda tutilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
288. Texnologik uskunalarni kanalizatsiya tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oqova suvlar uchun voronkalar, traplar, olinadigan metall panjaralar bilan yopiladigan temir beton lotoklar oʻrnatilishi lozim.
289. Suvning sifati va oqova suvlarni tozalash ustidan laboratoriya nazoratini oʻrnatish aholi punktlarini suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarish tizimlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Tozalash inshootlarining texnik va sanitariya holati ustidan nazorat qilish maxsus tayinlangan shaxs zimmasiga yuklatilishi lozim.
290. Kanalizatsiya nasos stansiyalarini ishlatish maxsus tayyorgarlikka ega xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. Ular doimiy faoliyat yurituvchi 3-marta havo almashuvini taʼminlovchi soʻruvchi ventilyatsiyaga va 7-marta havo almashuvini taʼminlovchi favqulodda ventilyatsiyaga ega boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ventilyatsiya tizimi oʻchirilgan holatda ishlarni amalga oshirish man etiladi.
291. Kuzatish, kanalizatsiya, suv quvurlari, gaz quduqlaridagi barcha ishlar masʼul shaxs tomonidan berilgan naryad-ruxsatnoma asosida amalga oshirilishi lozim (mazkur Qoidalarning 2-ilovasida koʻrsatilgan). Naryad-ruxsatnoma quduq bilan texnologik bogʻliq boʻlgan ishlab chiqarish boʻlinmalari rahbarlari bilan kelishilgan boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
292. Quduqlarda ishlash uchun 18 yoshdan kichik boʻlmagan, jismonan sogʻlom va tibbiy koʻrikdan oʻtgan erkaklar qabul qilinadi. Quduqlardagi ishlar kamida 3 kishidan iborat maxsus oʻqitilgan ishchilar brigadasi tomonidan amalga oshiriladi.
293. Ishchi quduqlarda ishlash paytida quyidagilarga ega boʻlishi lozim:
quduq chuqurligidan 3 m uzun boʻlgan va 300 kg dan ortiq yukni koʻtara oluvchi arqonga ega ehtiyot kamari;
quduq chuqurligidan 2 m uzun boʻlgan tashqariga chiqariladigan shlangli protivogaz;
kuchlanishi 12 V dan ortiq boʻlmagan portlashdan himoyalangan tarzda yasalgan koʻchma yoki shaxterlik chirogʻi;
kuchlanishi 42 V dan ortiq boʻlmagan koʻchma ventilyator.
294. Quduqda ishlarni amalga oshirishdan oldin gaz analizatori yoki indikator yordamida quduqda gaz yoʻqligini aniqlash, toʻsiq va taqiqlovchi yoʻl belgisini oʻrnatish lozim. Quduqda gaz borligi aniqlangan taqdirda uni talab darajasida shamollatish lozim.
Quduqda ishlovchini ehtiyot kamari, shlangli protivogaz va qutqaruv arqoniga ega bir kishi (dublyor) doim kuzatib turishi lozim.
295. Kanalizatsiya-nasos stansiyalari soʻruvchi umumiy almashuv va favqulodda (yetti marta havo almashuvini taʼminlovchi) ventilyatsiya tizimlari bilan jihozlanishi lozim. Ventilyatsiya ishlamagan holda stansiya xonasiga kirish man etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
296. Korxonaning barcha binolarida isitish tizimlari qurilish meʼyorlari va qoidalari, sanitariya meʼyorlari va “Ish hududi havosi” standarti talablariga mos harorat va namlikni taʼminlashi lozim.
297. Isitish asboblari yuzasi qizishining ruxsat etilgan maksimal harorati quyidagi darajalardan oshmasligi lozim:
chang ajralmaydigan ishlab chiqarish xonalarida doimiy koʻrsatkichga ega isitish tizimida 130 oC va oʻzgaruvchan koʻrsatkichga ega isitish tizimida 150 o C;
chang ajraladigan ishlab chiqarish xonalarida — 110 oC.
298. Isitish asboblari kuyishdan saqlovchi toʻsiqlarga ega boʻlishi lozim.
18 §. Signalizatsiya va aloqa tizimlariga doir talablar
299. Yirik korxonalar oʻz telefon aloqasi kommutatoriga ega boʻlishi lozim. Kichik korxonalarda ishlab chiqarish uchastkasi bilan telefon aloqasi boʻlishi lozim.
300. Oʻzaro doimiy ishlab chiqarish aloqasi mavjud boʻlgan asosiy va qoʻshimcha ishlab chiqarish xonalari, taʼmirlash ustaxonalari, sovutish qurilmasi, bugʻ qozonxonasi va boshqa ishlab chiqarish uchastkalari ishlab chiqarish sharoitlari, binolar va ishlab chiqarish uchastkalarining korxona hududida joylashuviga bogʻliq ravishda telefon, dispetcherlik yoki selektor aloqasi bilan jihozlanishi lozim.
301. Korxona oʻzining translyatsiya tarmogʻiga ega boʻlishi kerak. Reproduktorlar barcha xonalarda (omborxona va garderoblardan tashqari) va hududda oʻrnatilishi lozim. Bunda alohida uchastkalarni translyatsiya tarmogʻidan uzib qoʻyish imkoniyati koʻzda tutilishi lozim.
302. Boshqaruv pultidan koʻrinmaydigan mashinalar, agregatlar, ikkitadan ortiq xonalarni birlashtiruvchi, shuningdek 20 m dan uzunroq transportyorlar energiya berilishidan 20 sekund avval avtomatik ishlab ketuvchi ovoz signalizatsiyasi bilan jihozlanishi lozim.
303. Korxonalarning xonalari va hududidagi omborlar amaldagi “Binolar va inshootlarning yongʻin xavfsizligi” qurilish meʼyorlari va qoidalarining talablariga muvofiq yongʻin signalizatsiyasining vositalari bilan jihozlanishi lozim.
304. Gazlarning ajralib chiqishi tufayli (spirt haydash va uglekislota sexlari, bijgʻish boʻlimi, spirt ombori, sovutish qurilmasi va hokazo) yoki apparatlarda, qurilmalarda bosimning yoʻl qoʻyiladigan darajasidan ortishi tufayli (pishirgich va ilkpishirgichlar, apparat boʻlimi, bugʻ qozonxonasi, sovutish qurilmasi) odamlar uchun xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan sexlar, boʻlimlar, ishlab chiqarish uchastkalari xonalarning portlashdan, yongʻindan xavfliligi boʻyicha toifalanishini hisobga olgan holda avariyali ovoz va yorugʻlik signalizatsiyasi bilan jihozlanishi lozim.
Avariyali signalizatsiya xonalarda, ish uchastkalarida barcha kirish va chiqish joylarida oʻrnatilib, soz holda tutib turilishi lozim.
III bob. Ishlab chiqarish jarayonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
1 §. Xom ashyoni qabul qilish va qayta ishlash
305. Uzum va boshqa xom ashyoning shnekli taʼminlagichli qabul qilish bunkerlari odamlarning bunkerlarga tushib ketishi imkoniyatining oldini oluvchi muhofaza moslamalar (panjaralar) bilan jihozlanishi lozim.
306. Qabul qilish bunkerida yuk solish tarafidan taʼminlagich shnekini toʻxtatish uchun avariyali oʻchirgich boʻlishi lozim.
307. Maydalovchi mashinalar, shnekli presslar va oqizgichlarning bunkerlarida xom ashyoni bevosita qoʻl bilan tekislash va ichiga tiqish taqiqlanadi.
308. Richagli pressda ishlovchilar richagning kuchi yoʻnaltirilgan tarafidan turishlari lozim.
309. Qismlarga ajratiladigan savatli presslarda qulflar toʻgʻri yopilishini brigadir tekshirishi lozim.
310. Gidropresslarning tirgaklarida qizil belgi koʻrsatilishi lozim, savatning korpusini undan yuqori koʻtarish taqiqlanadi.
311. Gidropresslarning platformalari harakatlanadigan relsli yoʻllarning uchlarida platformalarning relslardan tushib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan tiralgichlar qoʻyilishi kerak.
312. Barcha mashinalar va uskunalar ularning himoya moslamalari olingan yoki ochilgan holda ishga tushishiga yoʻl qoʻymaydigan bloklash moslamalariga ega boʻlishi lozim.
313. Vino ashyolaridan spirtni ishlab chiqarish uchun bijgʻitish boʻlimlarida avariyali shamollatish bilan tutashtirilgan karbonat angidrid gazining gaz signalizatsiyalari oʻrnatilishi lozim.
314. Uzumni qayta ishlash punktlarining bijgʻitish boʻlimlari boshqa xonalardan cheklanishi hamda xonaning quyi sathidan (pol yonidan) soʻrib oluvchi umumalmashuv havo kelish-soʻrib olish shamollatilishi bilan jihozlanishi lozim. Uglekislotaning ajralib chiqish manbalari mahalliy soʻrib olish qurilmalari bilan jihozlanishi lozim va xonada karbonat angidrid gazining miqdori 20 mg/m dan oshmasligi lozim.
315. Bijgʻitish boʻlimida havodagi zaharli gazlar, bugʻlar va changning sanitariya meʼyorlari va qoidalari bilan belgilangan yoʻl qoʻyiladigan miqdoridan oshib ketmasligi ustidan doimiy nazorat qilib borish lozim.
316. Barcha yopiq texnologik sigʻimlar shamollatish yoʻli bilan uglekislotani ketkazish uchun yuqori va quyi tuynuklarga ega boʻlishi lozim. Yuqori tuynukning qopqogʻi ostida panjara boʻlishi lozim.
Amforalar, butlar va boshqa sigʻimlardan quyi va toʻkuvchi joʻmraklarsiz foydalanish mumkin emas.
Yerga chuqur kiritilgan sigʻimlardan uglekislota suyuqlik bilan lim-lim toʻldirish orqali ketkaziladi.
317. Bochkalarni lagerga (2-3 qavat qilib) oʻrnatishda quyidagilar zarur:
a) qavat tekis va qattiq yuzaga oʻrnatiladi;
b) lagerdagi bochkalar tagliklar-ponalarni tiqib mustahkamlanadi (har bir tomonidan ikkita taglik);
v) tayanch-tagliklar temir skobalar, mixlar yoki shuruplar bilan oʻzaro biriktiriladi, lagerning uchlarida bochkalar dumalab ketmasligi uchun mustahkam boshi berk ankerli tiralgichlar oʻrnatiladi;
g) 2 va 3-qavatlarga bochkalar usta (brigadir) rahbarligi ostida koʻtarish mexanizmlari yordamida oʻrnatiladi;
d) lagerda bochkalarning toʻgʻri qoʻyilganligi arqoncha va shoqul bilan tekshiriladi;
e) ishlarni tugatishdan avval barcha qavatlarni tekshirib, tagliklar (ponalar) yogʻoch bolgʻa bilan urib, mustahkam kiritilganligi tekshiriladi.
318. Bijgʻitish boʻlimida ishchilarda mavjud boʻlganidan tashqari sex ustasida saqlanadigan himoya vositalarining zaxira majmui (kuchlanishi 12 V dan oshmagan koʻchma chiroq) va zaruriy dori-darmon solingan dorixona boʻlishi lozim.
2 §. Vinolarga ishlov berish, ularni ushlab turish va saqlash
319. Vinolarga ishlov berish, ularni ushlab turish va saqlash xonalari, moder kameralari va kupaj-filtrlash boʻlimlari 7-ilovaga muvofiq koʻrsatkichlar tutib turilishini taʼminlaydigan havo kelish-soʻrib tortish shamollatilishi bilan jihozlanishi lozim.
320. Spirt qoʻshilgan vino materiallaridan boʻshagan sigʻimlar suv bilan yuvilishi hamda yuqori va quyi tuynuklar ochilib, yaxshilab shamollatilishi lozim.
321. Issiqlik tashuvchini pasterizatorlarga yoki sovutgichlarga olib keluvchi va ulardan olib chiquvchi quvurlar issiqlikdan izolyatsiya qilinishi lozim. Quvurning pasterizator yonidagi joyida bosim va haroratni nazorat qilish asboblari, shuningdek haroratni rostlagich oʻrnatilishi lozim.
322. Filtrlarning kirish yoʻllarida yoʻl qoʻyiladigan ish bosimining koʻrsatkichlari belgilangan hamda har yili rejali tekshiruvdan oʻtgan manometrlar oʻrnatilishi lozim.
323. Vinoni filtrlarga yetkazuvchi nasoslar sozlovchi hamda gidravlik zarbalarning oldini oluvchi moslamalarga ega boʻlishi lozim.
324. Filtrlarni oʻrnatish joyi yorugʻ, keng va toza boʻlishi lozim.
325. Filtrlar barcha zaruriy armatura (apparatura) va asboblar bilan jihozlanishi lozim, ularni oʻz vaqtida sinash va tekshirish kerak. Filtrlar yigʻilgan holida belgilangan bosim bilan tekshiriladi.
326. Nazorat shishalari ishonchli metall toʻrlar bilan himoyalanishi lozim. Filtrning kirishi va chiqishida eng yuqori yoʻl qoʻyiladigan bosim uchun belgilangan qizil chiziqli manometrlar oʻrnatilishi lozim.
327. Vinolar, sharbatlar va shinnining sentrifugalar bilan quyuq moddalaridan tozalanishida sentrifugalar quyish uchun avtomatik moslamalar bilan jihozlanib, toʻliq texnik soz holda tutib turilishi lozim.
328. Shinni va vinolarni quyuq moddalardan tozalash sentrifugasining qopqogʻi uning ochiq qopqogʻi bilan ishga tushishining oldini oluvchi bloklash moslamasiga ega boʻlishi lozim.
329. Sentrifuga gʻilofining koʻrinarli joyida ishlab chiqaruvchi korxona nomi, aylanishlarning korxona raqami, eng yuqori yoʻl qoʻyiladigan aylanishlar soni va eng katta yuk (kg) koʻrsatilgan jadvalcha boʻlishi kerak.
330. Mahsulot sentrifugaga bir tekisda, faqat baraban belgilangan aylanishlar soniga yetganidan keyingina uzatilishi kerak.
331. Tebranuvchi barabanli yoki nosoz tormozli, bloklanishi boʻlgan sentrifugada ishlash taqiqlanadi.
332. Zavodning bosh mexanigi va sex boshligʻi (ustasi) kamida 6 oyda bir marta sentrifugani (baraban, korpus, podshipniklar, tormoz, saqlovchi moslamalar va hokazolar) obdon tekshirib, natijalarini maxsus jurnalga rasmiylashtirishi lozim.
3 §. Vino, shinni, sharbatlarni sulfitlash hamda xonalarni dudlash
333. Vino, shinni, sharbatlarni sulfitlash ochiq havoda (bostirma tagida) yoki mazkur Qoidalarning 6-ilovasida koʻrsatilgan talablarni taʼminlaydigan shamollatish bilan jihozlangan xonalarda oʻtkazilishi lozim.
334. Sulfitlashni bajaruvchi ishchilar maxsus kiyimda, rezinali fartuk, brezent qoʻlqopda hamda HFT rusumli filtrlovchi qutichali protivogazlarda boʻlishlari lozim. Tanasi nam va terlagan holda ishlashi taqiqlanadi.
335. Sulfitometrlarni zaryadlash hamda sulfitlangan suvning boshlangʻich eritmalarini tayyorlash faqat ochiq havoda tayyorlanishi lozim.
336. Sulfitlangan suvning boshlangʻich eritmalari ichidagining nomi aniq koʻrsatilgan germetik idishlarda saqlanishi lozim.
337. Sulfitlash xonasida, sex ustasida saqlanuvchi himoya vositalarining zaxira majmui (rezinali fartuk, brezent qoʻlqopda hamda HFT rusumli filtrlovchi qutichali protivogazlar) va zaruriy dori-darmon solingan dorixona boʻlishi lozim.
338. Shinnini sulfitlashda xonada faqat birgina oltingugurt angidridli ishlaydigan ballon boʻlishiga ruxsat etiladi.
339. Ballonda qolgan ishlatilmagan oltingugurt angidrid shu ballonning oʻzida doimiy saqlash joyiga (omborga) yuborilishi lozim.
340. Oltingugurt angidridli ballonlarni saqlash amaldagi “Bosim ostida ishlaydigan idishlarning tuzilishi va xavfsiz foydalanilishining qoidalari” ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
341. Oltingugurt angidrid bilan dudlash uchun moʻljallangan xonalar germetik yopilishi lozim.
342. Xonalarni oltingugurtli piliklar bilan dudlash maxsus oʻqitilgan va yoʻriq olgan ishchilar brigadasi tomonidan olib borilishi lozim.
Oltingugurt piliklarini tayyorlashda quyidagilar lozim:
a) himoya koʻzoynaklari va rezina qoʻlqoplarida ishlash;
b) oltingugurtni kichik boʻlaklar bilan chuqur patnislarda ochiq havoda, shamoldan pana joyda eritish;
v) qogʻoz parchalarini eritilgan oltingugurtga metall kosov va kurakchalar yordamida botirish;
g) oltingugurtli patnisni qarovsiz olovda qoldirmaslik;
d) eritilgan oltingugurt patnisda yonib ketgan holda uni olovdan tez olib, nam boʻz bilan ustini yopish kerak.
343. Dudlashdan keyin xona yaxshilab shamollatilishi kerak.
4 §. Bochka idishlarini va sigʻimlarni yuvish va ularga ishlov berish
344. Bochka idishlarini yuvish boʻlimi mazkur Qoidalarning 6-ilovasida koʻrsatilgan talablarni taʼminlaydigan shamollatish bilan jihozlangan alohida xonada joylashishi kerak.
345. Bochka idishlarini yuvish va bugʻlatish xonasida pollar suv oʻtkazmaydigan, yuvish suvlarini toʻliq ketkazish uchun maʼlum qiyaligi va yetarli miqdorda kanalizatsiya traplari boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
346. Yuvish boʻlimiga 0,5 atm. dan koʻp ortiqcha bosimli bugʻ berilishi mumkin emas.
347. Ish joyining yonida bugʻ quvurida eng yuqori yoʻl qoʻyiladigan bosim qizil chiziq yoki koʻrsatkich bilan belgilangan manometr oʻrnatilishi lozim.
348. Pol ustida quyi quvurlar tarmogʻida bugʻ quvuri yoʻnaltiruvchi tagliklar orasida va ulardan quyiroqda, yuqori tarmogʻida esa pol sathidan kamida 2,2 m balandlikda joylashishi lozim.
349. Bochkalar yoki sigʻimlarni bugʻlatishda faqat xomutlar yordamida boshqa quvurlarga mahkam ulangan yuqori bosimli rezina-matoli ichaklar qoʻllanishi mumkin.
Bochkani bugʻlatish paytida yopilib qolishining oldini olish ichagining uchi boshqa uchi kiritiladigan uzunasiga oʻtgan qirralariga ega boʻlishi lozim.
350. Har bir yuvuvchining ish joyi yonida yogʻoch bolgʻa (kiyanka) boʻlishi lozim. Bochkalarni yuvish davomida bochkani chayqatib turib har 3-5 daqiqa oraligʻida shpuntni ohista urib turish lozim.
351. Sigʻimlarni bugʻlatishda bevosita sigʻimdan bugʻni mahalliy ketkazish taʼminlanishi kerak. Sex boʻylab bugʻning tarqalishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
352. Bochkalar va sigʻimlarni dudlash paytida ishchilar HFT rusumli filtrlovchi qutichali protivogazlardan foydalanishi lozim.
353. Oltingugurt piliklarini 354-bandda keltirilgan talablarga rioya qilingan holda tayyorlash lozim.
354. Oltingugurt piliklari bilan bochkalarni va sigʻimlarni dudlash faqat oltingugurt oqishi uchun maxsus idishi boʻlgan dudlash moslamalari yordamida bajarilishi mumkin.
355. Oʻtkir vinolar va spirt bochkalarini, shuningdek quyosh qattiq qizdirgan bochkalarni yuvish va quritishdan avval dudlash ruxsat etilmaydi.
5 §. Vinochilik korxonalarida chiqindilarni utilizatsiya qilish
356. Siqib olish oʻralari atrofi toʻliq holda kamida 1,2 m balandlikda toʻsiqlar bilan oʻralishi, balandligi 1,2 m panjarasi boʻlgan mustahkam oʻtish koʻprikchalari bilan jihozlanishi va pastdan ular kamida 0,15 m balandlikkacha yoppasiga devor bilan yopilishi kerak.
357. Oʻralarga xom ashyo yuklash hamda ularni boʻshatish, siqilgan xom ashyoni xom spirt tayyorlash uchun keyingi ishlovga tashish jarayonlari mexanizatsiyalashgan boʻlishi lozim.
358. Ishchilarni oʻraga tushirishdan avval oʻralardan uglekislota ketkazilishi lozim.
359. Uglekislota yoʻqligi oʻra tubiga yonib turgan shamni tushish yoʻli bilan tekshiriladi.
360. Ish joylari olib chiquvchi ichaklari boʻlgan niqoblar bilan jihozlanishi lozim.
361. Chiqindilardan boʻshatilgan oʻralar qalinligi 40—60 mm li taxta shchitlar bilan yopilishi lozim.
362. Vinochilik chiqindilarini xom spirt uchun qayta ishlash Qoidalarining mazkur bobidagi 6-paragrafda koʻrsatilgan mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq oʻtkazilishi lozim.
6 §. Vinochilik chiqindilaridan vino kislotali ohakni olish
363. Vino kislotali ohakni ishlab chiqarish alohida xonada joylashishi kerak.
364. Kislotalar va ishqorlar bilan ishlashda mazkur Qoidalarning (III bob, 14-paragrafi) talablariga rioya etish lozim.
365. Xona kamida 7-martali havo almashuvini taʼminlash uchun havo keluvchi-soʻrib tortishli hamda avariyali shamollatish bilan jihozlanishi lozim.
7 §. Spirtni qabul qilish, saqlash va berish
366. Spirt omborlarining binolari va inshootlari quyidagi talablarga mos kelishi lozim:
a) amaldagi qurilish va yongʻinga qarshi meʼyorlar va qoidalar;
b) amaldagi “Oson yonuvchan va yonuvchan suyuqliklarni saqlash uchun ombor xonalarini loyihalashtirishning meʼyorlari va texnik shartlari”;
v) amaldagi “Elektr qurilmalarining tuzilish qoidalari”.
367. Spirt qabul qilish boʻlimi spirtni saqlash xonalaridan brandmauer (yonmaydigan) devor bilan ajratilishi lozim.
368. Spirt qabul qilish boʻlimiga asosiy kirishdan tashqari bevosita tashqariga chiqadigan qoʻshimcha chiqish yoʻli boʻlishi hamda 102-bandda keltirilgan talablarga rioya etilishi lozim.
369. Spirt ombori va spirt qabul qilish boʻlimi xonalarida pol temir qoʻshilib sementlanishi, eshikka qarama-qarshi tomonga qiyaligi boʻlishi lozim.
370. Spirt omborining oʻrasi chuqurligi spirt omborida mavjud boʻlgan barcha sigʻimlarning hajmiga teng boʻlgan hajmda boʻlishi kerak.
371. Binodan tashqaridagi ochiq spirt omborida barcha sigʻimlarning poydevorlari atrofida spirt omborida mavjud boʻlgan barcha sigʻimlarning hajmiga teng boʻlgan hajmni hosil qiluvchi devorlari boʻlgan temir qoʻshilib sementlangan maydonchasi boʻlishi lozim.
372. Spirt omborlarining xonalarida maydonchalar, oʻtish koʻprikchalari, panjarali zinalar metalldan boʻlishi lozim (mazkur Qoidalarning IV bob, 3-paragrafi).
373. Spirt omborida derazalar yer sathidan kamida 2 m balandlikda, shimolga qaratilgan, panjaralar va temir toʻsinlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
374. Yopiq spirt omborida xonaning havosida etil spirti bugʻlarining miqdori 1000 mg/m3 dan oshmaydigan ravishda havo almashuvi tutib turilishi kerak.
375. Spirt omborida yashin qaytargich bilan jihozlangan sigʻimlarning metall korpuslari esa yerga tutashtirilgan boʻlishi kerak.
376. Spirt omborlarining xonalarida faqat bugʻli nasoslar oʻrnatilishi ruxsat etiladi. Elektr taʼminotli nasoslarni qoʻllash portlashdan himoyalangan turida elektr dvigateli taʼminoti oʻrnatilgan holdagina ruxsat etiladi.
377. Spirt omborida sigʻimlar oʻrtasida hamda sigʻim korpusidan devorgacha 1,5 m dan kamroq masofa boʻlishiga ruxsat etilmaydi.
378. Spirt omborida spirtni berish va qabul qilish uchun moʻljallanmagan uskunalarni oʻrnatish taqiqlanadi.
379. Sisternalar va oʻlchagichlarda spirt sathi koʻrsatkichlarining shisha qismlari mexanik zararlanishdan himoyalanishi lozim.
380. Spirt omborida va spirt qabul qilish boʻlimida yonuvchan materiallar va chet buyumlarni saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
381. Spirt ombori va spirt qabul qilish boʻlimini oʻt oʻchirgichlar, bugʻ bilan oʻt oʻchirishning yongʻin joʻmraklari hamda boshqa yongʻinga qarshi vositalar bilan taʼminlash yongʻin nazorati idoralarining talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
382. Spirt omborining kirish eshigida “Begonalarning kirishi taqiqlangan!” yozuvi bilan, binoning ichida esa “Alanga yondirilmasin!”, “Chekish taqiqlanadi!” yozuvlari osilishi kerak.
383. Spirt omborining xonasi havo keluvchi-soʻrib tortishli va avariyali shamollatish va yoritish bilan (mazkur Qoidalarning II bob, 14-paragrafi) jihozlanishi kerak.
384. Spirt omborida havo muhitining holati ustidan doimiy nazorat yuritilishi kerak.
385. Spirt omborlari xonalarida payvandlash ishlarini, shuningdek sisternalar va oʻlchagichlarni ulash va kesish ishlarini bajarish taqiqlanadi. Ushbu ishlar barcha sisternalarni spirtdan boʻshatib, ularni toza suv bilan toʻldirib, yonma-yon xonalarga boruvchi spirt quvurlarda barcha joʻmraklarni yopishdan keyin ruxsat etiladi (joʻmraklar boʻlmagan quvurlarda tiqinlar oʻrnatiladi). Kesish, ulash, payvandlash va hokazolar kerak boʻlgan sisterna suv bilan yuvilishi va shamollatilishi kerak.
386. Sisterna ichiga yuvish yoki taʼmirlash uchun kirish lozim boʻlganda uni avval spirtdan toʻliq boʻshatib, ichki devorlarini suv bilan yuvish lozim.
387. Ishchilar sisternaning ichiga kirishidan avval masʼul muhandis-texnik xodim joyida shaxsan tayyorlash ishlarining toʻgʻri oʻtkazilganiga ishonch hosil qilishi, sisternaga kirish uchun tayinlangan ishchi esa kislorodli izolyatsiyalovchi asbobni hamda arqon bogʻlangan muhofaza belbogʻini taqishi lozim.
388. Taʼmirlash ishlari zaharli va portlashdan xavfli gazlar boʻlgan sigʻimlar ichidagi ishlarning umumiy Qoidalariga muvofiq oʻtkaziladi (mazkur Qoidalarning IV bob, 5-paragrafi).
389. Taʼmirlash hamda yoritish yetishmagan hollarida faqat akkumulyatorli chiroqlardan foydalanish ruxsat etiladi.
390. Transportdan spirtni qabul qilish tugaganda uning nasos bilan olinmagan qoldiqlari faqat uzatish idishida qolishi mumkin. Oʻlchagichlarda va bosib kiritish quvurida spirt qolishiga ruxsat etilmaydi.
391. Spirtni ochiq usulda quyish man etiladi.
392. Yozgi paytda joʻnatish uchun bochkalarga quyilgan spirtni koʻpi bilan ikki sutkagacha saqlashga ruxsat etiladi.
393. Yozgi paytda spirtni tashishda bochkalar oʻz sigʻimining 5 foiz hajmiga boʻsh qoldiriladi.
394. Spirt omborida spirt solingan boʻsh bochkalarning saqlanishiga ruxsat etilmaydi. Shuningdek, spirt quyilgan bochkalarni bir-birining ustiga qoʻyish va ularni boʻyiga ikkitadan ortiq bochkani yoni bilan qoʻyishga ruxsat etilmaydi.
395. Spirtni tashish faqat avtomobil, temir yoʻl sisternalarida yoki metall baklarda (bochkalarda) ruxsat etiladi.
396. Spirtdan boʻshagan idishlarni yuvishdan keyin tiqinlar bilan berkitib, xonalarda yoki maxsus maydonchalarda bostirma ostida ombor va ishlab chiqarish xonalaridan kamida 20 m masofada saqlash lozim.
8 §. Shisha idishlarni qabul qilish va ularga ishlov berish (idishlar sexi)
397. Idishlar sexi quruq, keng va isitiladigan xonada joylashishi, idishlarga ishlov berish va ularni aroq, likyor-aroq mahsulotlarini hamda vinochilik mahsulotlarini quyish sexlariga tashish uchun maxsus mexanizmlar va moslamalarga ega boʻlishi kerak.
398. Idish qabul qilish va ishlov berish boʻlimlarining xonalarini boʻshagan yashiklar va oʻrash materiallari bilan toʻldirish taqiqlanadi. Xonada ishlatilgan oʻrash materiallarini saralash ruxsat etilmaydi.
399. Shisha idishlarni saralash-tanlash konveyerida amalga oshirilishi lozim.
400. Idishlar sexi va quyish sexining yonida shisha siniqlarini markazlashtirilgan yigʻish uchun metall bunker joylashishi lozim. Bunkerning qopqogʻi maxsus yopqich bilan jihozlanishi lozim.
401. Bunker shisha siniqlaridan ular oʻzi bevosita agʻdarma avtomobilning kuzoviga tushib borishi yoʻli bilan boʻshatilib borishi lozim.
402. Sexda yuzaga kelgan shisha siniqlari darhol metall xokandozlar va choʻtkalar (supurgilar) yordamida maxsus yashiklarga yigʻilib, bunkerga olib borilishi kerak.
403. Shisha idishli yashiklar koʻpi bilan 2 m balandlikda gʻaramga taxlanishi lozim. gʻaram oʻrtasidagi asosiy oʻtish kengligi kamida 2 m, qolganlari kamida 1 m boʻlishi lozim. Idishli yashiklarning gʻaramlari tushib ketmasligi uchun mustahkam oʻrnatilishi lozim.
404. Shisha idishlarni yashiklarsiz gʻaramlarga terilishi ularning sigʻimiga qarab, koʻpi bilan quyidagi balandlikda ruxsat etiladi: 0,25, 0,5 va 0,75 l sigʻimdagi butilkalar uchun 2,0 m, 1 l butilkalar uchun 1,5 m.
Gʻaramlar oʻrtasida kamida 1 m lik oʻtish yoʻllari qoldirilishi kerak.
Idishlar boʻlgan qoplar koʻpi bilan 2,0 m balandlikdagi gʻaramlarga qoʻyilib, gʻaramni mustahkamlash uchun qatorlar oʻrtasida maxsus zichlagichlar qoʻyiladi.
405. Shisha va idishlarni tashish mexanizatsiyali usulda bajarilishi kerak (elektrokarlar, transportyorlar va hokazolar).
406. Transportyorlarning ishga tushishi haqida ogohlantirish uchun xonada 10—15 soniyalik oraligʻi boʻlgan signalizatsiya oʻrnatilishi lozim.
407. Transportyorlar orasidan oʻtish uchun panjarali metall koʻprikchalar boʻlishi lozim.
408. Zararlangan va toʻldirilgan butilkalarni yoritib tekshirish ekranlarining chiroqlari 42 V dan oshmagan kuchlanishda boʻlishi kerak, bunda yorugʻlik bevosita shisha idishga qaratilishi lozim.
Operatorning uzluksiz ishlash vaqti koʻpi bilan 2 soatni tashkil etishi, undan keyin 15 daqiqalik tanaffus boʻlishi lozim.
409. Yilning sovuq faslida yuvish-quyish sexiga uzatiladigan shisha idishlar kamida 80 C haroratgacha isitilishi lozim.
410. Shisha idishlar sexining yonida idishlarni qabul qilish, tashqi maydonchalari boʻlgan holda sex xonasining tashqi eshiklarida havo issiqlik toʻsiqlari yoki tamburlar boʻlishi lozim.
411. Shisha idishlarni tiqinlar qoldiqlaridan tozalash tiqinlarni tortib olish moslamalari orqali amalga oshirilishi lozim.
9 §. Shisha idishlarini yuvish hamda vinochilik mahsulotini quyish
412. Shisha idishlarni yuvish boʻlimi mazkur Qoidalarning 6-ilovasida koʻrsatilgan talablarga javob beradigan shamollatish bilan jihozlangan alohida xonada boʻlishi lozim.
Qish mavsumida xonaga keluvchi toza havo isitilishi lozim.
413. Bugʻ kuchli chiqadigan joylar (mashinalar, vannalar, kislotali yuvish joylari) mahalliy shamollatish soʻrgʻichlari bilan jihozlanishi lozim.
414. Boʻlim barcha oqova suvlarning olib chiqilishini taʼminlovchi oqova quvurlar bilan jihozlanishi lozim.
415. Bevosita butilka yuvish mashinalardan suvni olib chiqish uchun panjarali toʻshamalar yopilgan oqova ariqchalari boʻlishi lozim.
416. Shisha idish yuvish mashinasiga idish yuklash mexanizatsiyalashgan boʻlishi kerak. Butilkalar qoʻlda uzatilganda bevosita mashinaning yonida idishlar turgan yashiklarni yigʻish taqiqlanadi.
417. Bugʻ yetkazish quvurlari izolyatsiyalangan boʻlishi kerak. Suvni, ishqor isitmasini isituvchi bugʻ quvurida joʻmrak xizmat koʻrsatish uchun qulayroq joyda, poldan koʻpi bilan 1,5 m balandlikda oʻrnatilishi lozim.
418. Shisha idish yuvish mashinalarining vannalarida ishqorli eritma va suvning haroratini belgilangan meʼyoridan oshirish tavsiya etilmaydi.
419. Shisha idish yuvish mashinalarining vannalarini ishqor yoki kislota eritmalari bilan toʻldirish faqat quvurlar tarmogʻi orqali ruxsat etiladi. Ishchilar himoya koʻzoynaklarda, maxsus kiyimda va maxsus poyabzalda (rezinali peshband, rezina qoʻlqop va rezina etiklar) boʻlishi lozim.
420. Mashinaning ishlashini nazorat qilish uchun uning ustki qopqoqlarini ochish yuvish eritmalarini yetkazib beruvchi nasos toʻxtaganidan keyin ruxsat etiladi.
421. Vannalarni yorliqlardan tozalashda mashinadan ishqorli eritmani toʻkish, keyin vannalarni suv bilan yuvish, shundan keyingina tuynuklarni ochib, yorliqlarni kurak bilan qirib tozalash lozim.
422. Kislotalar va ishqorlarning ish eritmalarini tayyorlash mazkur Qoidalar boʻlimining 6-paragraf qismi talablariga rioya qilgan holda bajarilishi lozim.
423. Shisha idish yuvish mashinalarining sozligi, quvurlarning germetikligi va ishonchliligi kamida oyda bir marta tekshirilishi lozim.
Ish paytida bugʻ, ishqor va kislota quvurlarining flanets gardishlarini, joʻmraklarining salniklarini tortish taqiqlanadi.
424. Shisha idishlarni qoʻl vannalarida ivitishda ishqorlar eritmalarining tarkibiy miqdori koʻpi bilan 0,5 foiz, harorati 350 C dan oshmasligi lozim.
425. Shisha idish yuvish mashinalarining yonida yuvuvchining ish joyida panjarali toʻshamalar hamda shisha siniqlarini yigʻish yashigi boʻlishi lozim.
Yuvish mashinasidan singan butilkalarni bevosita qoʻl bilan olish taqiqlanadi, buning uchun maxsus moslamalar (ilmoqlar, qisqichlar va hokazolar) boʻlishi kerak.
426. Mahsulot quyish xonasi yorugʻ, mazkur Qoidalarning 6-ilovasida koʻrsatilgan talablarga javob beradigan shamollatish bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
427. Qatronlash avtomatlari mahalliy soʻrgʻichlar bilan jihozlanishi kerak.
428. Mahsulot quyish mashinalarining aylanasi ekran (organik shisha yoki metall) bilan toʻsilishi lozim.
429. Mahsulot quyish va tiqin berkituvchi mashinalar butilkalar tiqilib qolganda avtomatik va qoʻl bilan toʻxtatilishi uchun moslamalar bilan jihozlanishi lozim. Mashinalar, avtomatlar, konveyerlar va transportyorlar doimo shisha siniqlaridan tozalanib borilishi lozim. Shisha siniqlarini olish faqat mashinalar toʻliq toʻxtatilganidan keyin ruxsat etiladi. Shisha siniqlarining uskunalarda yoki yonida yigʻilib qolishiga ruxsat etilmaydi.
430. Shisha siniqlari maxsus yashikka darhol solinib, yigʻilib borgan sari yuvish va quyish xonasidan chiqarilishi lozim.
431. Sintetik yopishtiruvchi moddalar qoʻllangan yorliqlar yopishtirish avtomatlariga xizmat koʻrsatishda ishchilar rezina qoʻlqop kiyishlari lozim.
432. Toʻldirilgan butilkalarni koʻrib tekshirish ekranini yoritish chiroqlari kuchlanishi 42 V dan oshmasdan, jilosiz shishalari yoki jilosiz elektr chiroqlari boʻlishi kerak.
433. Unumdorligi soatiga 6 ming butilka va undan ortiq boʻlgan mahsulot quyish liniyasining brakeraj avtomatiga bir kishi xizmat koʻrsatishi ruxsat etilmaydi. Operatorning uzluksiz ishlash vaqti koʻpi bilan 2 soatni tashkil etishi, undan keyin 15 daqiqalik tanaffus boʻlishi lozim.
10 §. Tayyor mahsulotning oʻralishi va ekspeditsiyasi
434. Mahsulotni oʻrash va ekspeditsiya xonalari mazkur Qoidalarning 7-ilovasida koʻrsatilgan talablarga javob beradigan shamollatish bilan, ekspeditsiyadagi shisha mahsulotini berish uchun moʻljallangan devor tuynuklari — havo issiqlik toʻsiqlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
435. Mahsulot oʻrash va ekspeditsiya xonalarini oʻrash materiallari va idishlar bilan toʻldirish taqiqlanadi, ular sarflangan sari ish joyiga yetkazib borish lozim. Ish vaqti tugaganda ishchilar xonalarni axlat, oʻrash materiallari va idishlarni tozalashlari lozim.
Oʻrash materiallarini tayyorlash zavodning yongʻin muhofazasi bilan kelishilgan, shu maqsadda maxsus ajratilgan joylarda bajarilishi kerak.
436. Shisha mahsuloti bilan yashiklar gʻaramlari koʻpi bilan 2 m balandlikda, ular oʻrtasida kamida 1 m oʻtish joyi saqlangan holda joylashtirilishi kerak.
437. Tayyor mahsulotni ekspeditsiyadan avtomashina kuzoviga yetkazib berish transportyorlar yordamida yoki boshqacha mexanizatsiyalashgan usulda bajarilishi kerak.
438. Avtomashina orqaga ketishini cheklash uchun estakada oldida cheklagichlar (chorqirra taxtalar, toʻnkalar va hokazolar) qoʻyiladi.
439. Estakadada oʻrnatilgan transportyordan oʻtish uchun zarur hollarda panjarali oʻtish koʻprikchalari oʻrnatilishi kerak.
11 §. Shakar qiyomini va rang beruvchi sharbatni pishirish
440. Shakar qiyomini va rang beruvchi sharbatni pishirish mazkur Qoidalarning 6-ilovasida koʻrsatilgan talablarga javob beradigan shamollatish bilan jihozlangan alohida xonada oʻtkaziladi.
441. Shakar qiyomini va rang beruvchi sharbatni pishirish, shuningdek shakarni eritish bugʻ bilan isitiladigan pishirish qozonlarida bajariladi. Qozonlar shakar solish uchun tuynukli qopqoqlar bilan jihozlanishi lozim. Ochiq alangada isitiladigan qozonlardan foydalanish ruxsat etilmaydi.
442. Ochiq pishirish qozonining chetlarida ishlovchilarni qaynayotgan qiyom kuydirishidan himoyalovchi, ochiladigan silindrik gʻiloflar oʻrnatilishi lozim.
443. Pishirish jarayonida hosil boʻladigan bugʻlar va gazlarni ketkazish uchun har bir qozon mahalliy soʻrgʻich bilan jihozlanishi lozim.
444. 0,7 atm.dan yuqori qoʻshimcha bosimda ishlatiladigan pishirish qozoniga xizmat koʻrsatish va undan foydalanish amaldagi “Bosim ostida ishlaydigan idishlarning tuzilishi va xavfsiz foydalanilishi qoidalari” ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
0,7 atm.gacha boʻlgan qoʻshimcha bosimda ishlatiladigan pishirish qozonlari 0,7 atm. gacha bosim uchun sozlangan manometr, saqlagich klapani va reduksiya klapani bilan jihozlanishi lozim.
445. Qaynayotgan qiyomni aralashtirish uchun rang beruvchi modda pishirish qozoni mexanik aralashtirgich bilan jihozlanishi lozim.
446. Qozonlarga mahsulot solish faqat ular tayyor mahsulotdan boʻshatilganidan keyin ruxsat etiladi.
447. Issiq mahsulot isteʼmol joyigacha mexanizmlar yordamida yetkazilishi lozim.
448. Issiq mahsulotni qoʻlda olib borish faqat 10 m dan oshmagan masofaga, tekis polda va mahsulot toʻkilishining oldini oluvchi zich yopiladigan idishlarda ruxsat etiladi. Idishlarning dastalari issiqlik oʻtkazmaydigan materiallardan boʻlishi lozim.
12 §. Shampan vinolari zavodlari
1. Shampanlashtirishning butilkali usuli
449. Tiraj, remyuaj va degorjaj jarayonlari mexanikalashtirilgan va avtomatlashtirilgan boʻlishi kerak.
450. Tiraj sigʻimlarining (butlar, metall va temir-beton sigʻimlari), shuningdek butilka yuvish, tiraj aralashmasini quyishning avtomatlashtirilgan liniyalarining tuzilishi va ularga xizmat koʻrsatish mazkur Qoidalarning (III bob) talablariga javob berishi kerak.
451. Shampan vinolari zavodlarida, “Oziq-ovqat suyuqliklari uchun shisha idishlar” GOST ining talablariga muvofiq, yetkazilgan shisha idishlarning ishlab chiqarishda ishlatish jarayonida xavfsizlikni taʼminlash maqsadlarida, shishalarning tanlangan gidravlik sinovi tashkil etilishi va oʻtkazilishi kerak.
452. Achitish boʻlinmasida shisha idishlarni gʻaramlar shaklida, gʻaramning turgʻunligi va shishalarning dumalab ketishining oldini olish boʻyicha zarur choralarni qabul qilgan holda, 18 qatorgacha boʻlgan balandlikda terib joylashtirishga ruxsat beriladi. Shishalarning gʻaramlar shaklida joylashtirilishi, ular orasida kengligi kamida 1 m boʻlgan yoʻlaklar, hamda suv quvurlari va yongʻinga qarshi kranlarga, zaxiradagi yoʻlaklarga oʻtish erkin yoʻllarini qoldirish bilan oʻtkazilishi lozim.
453. Pyupitrlar qatorlari orasidagi masofa kamida 0,8 m boʻlishi zarur.
454. Toʻldirilgan shisha idishlarni yuvish uchun qoʻllaniladigan suv harorati 25 oC dan oshmasligi shart.
455. Gʻaramlarni ajratish va joylashtirish, remyuaj, degorjaj, chayqatish mashinasida ishlash, sovituvchi vannalarni yuklash va ulardan yuklarni chiqarishni ishchilar maxsus kiyimda, fartukda, qoʻlqoplarda va himoya moslamalarida (organik shisha yoki mayda simli toʻrdan qilingan niqobda) amalga oshirishlari darkor.
456. Sovuq bilan ishlangan shisha idishlarni gʻaramlarga joylashtirishni 18 qatordan yuqori boʻlmagan balandlikkacha amalga oshirish kerak.
457. Degorajaj, likyorni miqdorlash va myuzleni kiydirishni oqib keluvchi-soʻruvchi ventilyatsiyaga ega boʻlgan, alohida, ajratilgan xonada oʻtkazilishi lozim. Bu xonaga kirish faqat ushbu operatsiyani amalga oshiruvchi ishchilarga ruxsat beriladi.
458. Likyorni qoʻshish paytida uning miqdorini nazorat qilib turish zarur, chunki uning oshib ketishi shisha idishlarning sinishiga va ishchilarning jarohatlanishiga olib kelishi mumkin.
2. Shampanlashtirishning sigʻimli usuli
459. Biokimyoviy sex (boʻlinma), mazkur Qoidalarning 6-ilovasining talablarini taʼminlaydigan, ventilyatsiya bilan jihozlangan alohida xonada joylashtirilishi shart.
460. Akratoforlarning taʼminoti va ulardan foydalanish, amaldagi “Bosim ostida ishlaydigan idishlarning oʻrnatilishi va xavfsiz foydalanish qoidalariga” muvofiq amalga oshirilishi darkor.
461. Karbonat kislotasi stansiyasi alohida xonada joylashtirilgan boʻlishi kerak. Karbonat gazi ballonlardan, akratoforning ishchi bosimiga sozlangan reduksion klapan orqali sarflanishi lozim.
462. Shampan vinosini quyishning mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan tizimi, Qoidalarning ushbu boʻlimining 449 va 450-bandlari talablariga mos kelishi zarur.
463. Nazoratli maʼlum vaqt saqlab turish sexida shisha idishlarni gʻaramlarga, ular orasida kengligi kamida 1 m boʻlgan yoʻlaklarni qoldirish bilan birga 18 qatorgacha boʻlgan balandlikda terib joylashtirish ruxsat beriladi. Yoʻlaklar odamlarni yorilgan shisha idishlardan jarohatlanishining oldini oluvchi toʻsiqlar bilan toʻsilgan boʻlishi shart.
464. Quyish, brakeraj tizimi va shampan vinosini bezatish tizimining mashinalari va avtomatlari, odamlarni yorilgan shisha idishlar siniqlaridan jarohatlanishining oldini oluvchi toʻsiqlar va moslamalariga ega boʻlishlari kerak.
13 §. Laboratoriya. Oʻyuvchi, zaharli, yongʻin va portlash jihatidan xavfli moddalarning qoʻllanilishi
1. Laboratoriyada ishlashga qoʻyiladigan umumiy talablar
465. Laboratoriya xonalari amaldagi qurilish va sanitariya meʼyorlari va qoidalari talablariga javob berishi lozim.
Umumiy oqma-tortma ventilyatsiyadan tashqari, laboratoriya xonalari havo tortuvchi moslamalar (shkaflar) yoki havoni soʻrib olish uchun ventilyatsiya qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
466. Laboratoriya xodimlari qoʻllanilayotgan kimyoviy moddalar, materiallarning yongʻin jihatidan xavflilik darajasini bilishlari va ular bilan ishlaganda xavfsizlik choralariga rioya qilishlari shart. Moddalar va materiallar laboratoriyada qatʼiy navlari boʻyicha saqlanishi kerak. Oʻzaro kimyoviy taʼsiri yongʻin yoki portlashni yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan moddalarni birgalikda saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Laboratoriyadagi mebel va uskunalar odamlarning chiqishiga toʻsqinlik qilmaydigan tarzda oʻrnatilishi kerak. Uskunalar oraligʻidagi eng kam yoʻl qoʻyiladigan masofa 1 m dan kam boʻlmasligi lozim.
467. Zaharli moddalar bilan ishlashga moʻljallangan xonalar laboratoriyaning boshqa xonalaridan ajratilgan, tegishli tarzda jihozlangan va boshqa xonalarning ventilyatsiyasiga bogʻliq boʻlmagan havo tortuvchi moslamalarga ega boʻlishi lozim.
468. Zararli va yonuvchi bugʻ va gazlar ajralishi bilan kechadigan ishlar olib borilayotgan tortuvchi shkaflar yuqori va qoʻyi soʻrmalar, shuningdek, suyuqlikning polga oqib tushishining oldini oluvchi yon devorlar bilan jihozlanishi kerak.
Shkafning 15—20 sm ga ochib qoʻyilgan tabaqalari koʻndalang kesimida havoning tezligi 0.5 dan 0.7 m/sek atrofida boʻlishi lozim.
Oʻta zararli moddalar (sariq qonsimon tuz) bilan ishlaganda havoning tezligi 1 dan 1,2 m/sek oraligʻida boʻlishi kerak.
469. Tortuvchi shkaflar germetik gaz oʻtkazmaydigan armatura ichiga joylashtirilgan elektr lampochkalar bilan jihozlanishi, ularning vklyuchatellari tortuvchi shkafdan tashqarida, shtepsel rozetkalari esa ish stolining qisqa yon tomoni boʻylab tortuvchi shkafdan tashqarida joylashishi kerak.
470. Olov hamda yonish va portlash xavfi bor moddalar bilan ishlashga moʻljallangan ish stollari va shkaflar yonmaydigan material bilan toʻliq qoplangan boʻlishi, kislota va ishqorlar bilan ishlashga moʻljallangani esa zanglamaydigan material bilan qoplanib, yonmaydigan materialdan yon devori boʻlishi kerak.
471. Ish stollari va shkaflardagi gaz va suv kranlari ularning old devorlari tomonida joylashtirilishi va kranni tasodifan ochib yuborishning imkoni boʻlmaydigan tarzda oʻrnatilishi kerak. Katta miqdordagi kimyoviy laboratoriya idishlarini yuvish uchun alohida ajratilgan yuvish xonasi mavjud boʻlib, imkon qadar laboratoriyaning markazida joylashishi kerak.
472. Yuvish xonasi yuvish stollari bilan jihozlanishi kerak. Ulardan biri zararli va hidi kuchli moddalarni yoʻqotish hamda xromli aralashma bilan yuvish uchun tortuvchi shkafli, ikkitasi esa sodali va toza suv bilan yuvish uchun.
473. Laboratoriyadagi havo almashinuvi shunday hisob-kitob qilinishi lozimki, ishchi xonalarning havosidagi zaharli portlovchi gazlar, bugʻlar va changning amaldagi konsentratsiyasi amaldagi SanQM da belgilangan eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan konsentratsiyadan ortib ketmasligi kerak.
2. Kislotalar va ishqorlar
474. Kislota va ishqorlar kimyoviy moddalar omborida joylashtirilishi kerak. Kislota va ishqorlarni maydonchalarda saqlaganda ularga havo yogʻinlari va quyosh nurlari tushishining oldini olish uchun soyabon qilinishi kerak.
475. Kislota va ishqorlarni podval xonalarda saqlash taqiqlanadi.
476. Kislota va ishqorlar toʻldirilgan shisha idishlar qoʻyiladigan pollar kislotaga chidamli materialdan ishlanib, toʻkilgan kislotani maxsus idishga yoʻnaltiradigan tarnovlar tomon qiyaligi boʻlishi lozim.
477. Kimyoviy moddalar omborlari toʻkilgan ishqor yoki kislotani neytrallash uchun yetarli darajada vositalar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
478. Kislota va ishqorlar toʻldirilgan shisha idishlar dastali mustahkam toʻqilgan savatlarga yoki maxsus yashiklarga joylanishi lozim, ularsiz mazkur suyuqliklarni tashish taqiqlanadi.
479. Kislota va ishqorlar toʻldirilgan shisha idishlarni qoʻlda ikki kishi uzogʻi bilan 25 m masofaga tekis yuza boʻylab tashishga yoʻl qoʻyiladi, bunda suyuqlik sachrashiga qarshi zarur ehtiyot choralari koʻrilishi lozim.
Kislota va ishqorlar toʻldirilgan shishalarni faqat ichiga asbest toʻshalgan maxsus (taxtadan yoki metalldan yasalgan) yashiklarda tashishga ruxsat etiladi.
480. Kislota va ishqorlar bilan ishlaydigan barcha xodimlar saqlagich koʻzoynaklar (gardishi teridan yoki rezinadan ishlangan) va rezina qoʻlqoplardan, ayrim paytlarda esa rezinali (yoki rezina qoplangan) fartuk va rezina etiklardan foydalanishlari lozim.
Kislota va ishqorlar bilan saqlagich koʻzoynaklarsiz ishlash taqiqlanadi.
481. Kislota va ishqorlarni shisha idishlardan kichik idishlarga sifon yoki qoʻl nasoslari vositasida quyish zarur.
482. Oltingugurt kislotasini tayyorlash uchun uni suvga tizillagan oqim bilan quyib, tinmay aralashtirib turish kerak. Oltingugurt kislotasiga suv quyish taqiqlanadi.
483. Qattiq holatdagi oʻyuvchi natriyli barabanlar (bochkalar) maxsus keskichlar yordamida, yoʻriq olgan tajribali ishchilar tomonidan ochilishi kerak. Shu maqsadda temir iskana va bolgʻa ishlatish taqiqlanadi.
484. Boʻshagan baraban kristalli qattiq natriyning qoldiqlaridan, soxta tubli alohida bakka ochilgan qopqoqli tomoni pastga qaratib joylashtirilib, eritish yoʻli bilan tozalanishi lozim.
Barabanni bakka joylash va uni soxta tubga oʻrnatish koʻtarma mexanizmlar (telfer, tal va shu kabi) yordamida bajarilishi lozim.
Boʻshagan barabanlarni bakdan, ularni faqat suv bilan yuvgandan keyin chiqarishga ruxsat etiladi.
485. Ishqor eritishda tinmay aralashtirilayotgan suvga moddaning kichik boʻlaklarini sekin-asta qoʻshib borish zarur, bunda ishqor boʻlaklarini faqat qisqich bilan ushlash darkor. Oʻyuvchi ishqorlarning katta boʻlaklarini maxsus ajratilgan joyda, ustini zich mato (belting) boʻlagi bilan yopib, mayda boʻlaklarga maydalash zarur.
486. Toʻkilgan kislota va ishqorlar ustiga darhol qum toʻkilishi, neytrallanishi va shundan soʻnggina yigʻishtirilishi lozim. Shisha siniqlarini choʻtka va xokandoz yordamida yigʻib olish zarur.
487. Ishlatilgan kislota va ishqorlar maxsus idishlarga alohida toʻplanishi va neytrallanganidan soʻng kanalizatsiyaga, loyli oʻraga yoki mahalliy sharoitdan kelib chiqib, shu maqsadga moʻljallangan boshqa joyga toʻkilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
488. Kislota va ishqorlardan boʻshagan idishlar zararsizlantirilib, puxta yuvilishi lozim.
3. Sariq qonsimon tuz
489. Vinoga sariq qonsimon tuz bilan ishlov berishga mazkur jarayonni tegishli tarzda nazorat qilish imkonini beruvchi ishlab chiqarish uskunalari va laboratoriyalariga ega korxonalarda yoʻl qoʻyiladi.
490. Sariq qonsimon tuz bilan barcha ishlar muhandis texnolog rahbarligi ostida oʻtkazilishi kerak. Sariq qonsimon tuz bilan ishlash uchun alohida maxsus kiyim komplekti (xalat, rezina qoplangan fartuk, rezina qoʻlqop, koʻzoynak) ajratilishi kerak.
491. Sariq qonsimon tuzni tortuvchi shkafda yopiq hovonchada maydalash va yanchish zarur. Sariq qonsimon tuzni maydalash, tarozida tortish, oʻlchash va agʻdarib toʻkish bilan bogʻliq ishlar rezina qoʻlqop kiyib, xokandoz, kurakcha, qoshiqcha va sh.k. ishlatib bajarilishi lozim.
492. Sariq qonsimon tuzning ishlab chiqarish zaxiralari qatʼiy hisobga olinishi, yopiladigan va muhrlanadigan alohida shkafda, ustiga “Ehtiyot boʻling zahar!” deb yozilgan germetik yopiq idishda saqlanishi lozim. Sariq qonsimon tuzning ishlab chiqarishda foydalanilmagan qoldiqlari koʻrsatilgan ehtiyot choralari bilan saqlash uchun darhol laboratoriyaga qaytarilishi lozim.
493. Sariq qonsimon (JKS) tuzining qoldiqlari korxona hududidan, Davsanepidnazorat mahalliy markazlarining koʻrsatmalariga muvofiq yoʻq qilish uchun chiqarilishi lozim.
4. Yongʻin va portlash xavfi bor suyuqliklar
494. Tez oʻt oladigan va yonuvchi suyuqliklar (past haroratda qaynaydigan moddalarni istisno qilganda) laboratoriya xonalarida tiqini jips yopiladigan devori qalin bankalar (shisha idishlar)da saqlanishi lozim. Bankalar qopqogʻi jips yopiladigan, devori va tubiga asbest qoplangan maxsus metall yashiklarda saqlanishi lozim.
495. Yashik yetib borish uchun qulay, yoʻlaklar va qizitadigan asboblardan uzoqda, polda joylashtirilishi kerak. Yashik qopqogʻining ichki tomonida mazkur xona uchun yonuvchi va tez oʻt oladigan suyuqliklarning nomlari va saqlashning umumiy meʼyorlari koʻrsatilgan aniq yozuv tushirilgan boʻlishi kerak.
Tez oʻt oladigan suyuqliklar uchun shisha idishning sigʻimi 1 l dan oshmasligi, sigʻimi kattaroq boʻlganda esa germetik yopiladigan metall gʻilofga ega boʻlishi kerak.
496. Laboratoriya xonalarida past kislotali moddalarni (dietil efiri, atseton va boshqalar) saqlash qatʼiyan man qilinadi.
Ishlar yakunlangandan soʻng ushbu moddalar saqlash uchun maxsus xona (ombor)ga chiqarilishi lozim.
497. Dietil (oltingugurt) efiri boshqa moddalardan ajratilib sovuq va qorongʻi xonada saqlanishi lozim, chunki uni yorugʻda saqlaganda portlovchi modda — etil perekisi hosil boʻladi.
498. Tez oʻt oladigan va yonuvchi moddalarni ombordan laboratoriyaga yopiq, sinmaydigan idishda yoki gʻilofga solingan shisha idishda tashib keltirish zarur.
499. Laboratoriyaning har bir ishchi xonasida bir paytda saqlanadigan yongʻindan xavfli suyuqliklarning umumiy miqdori bir sutkalik ehtiyojdan ortmasligi lozim.
500. Tez oʻt oluvchi moddalar va yonuvchi suyuqliklar bilan barcha ishlar ventilyatsiya ishlab turgan tortuvchi shkaflarda va gaz yondirgichlar va elektr asboblari qatʼiyan oʻchirilgan holatda oʻtkazilishi lozim.
501. Yonuvchan moddalar bilan ishlarni bir joyda toʻplash, shuningdek ishlarni amalga oshirishni laboratoriyaning tajribasiz xodimiga topshirish qatʼiyan taqiqlanadi.
502. Past qaynovchi yonuvchi moddalarni (atseton, benzol, efirlar, spirt va hokazo) haydash va qizdirish qiyin eruvchi shishadan qilingan aylana tubli kolbalar, mazkur moddaning qaynash haroratiga bogʻliq (suv, moy) tegishli issiqlik tashuvchilar bilan toʻldirilgan idishlarda amalga oshirilishi kerak.
503. Ichida past qaynovchi mahsulotli va yonuvchan idishlarni ochiq olovda, shuningdek barcha elektr qizdiruv jihozlarida qizdirish qatʼiyan taqiqlanadi.
Yuqoriroq qizish haroratiga ega boʻlgan suyuqliklar yopiq turdagi elektr kolba qizdirgichlarda qizdirilishi lozim.
504. Tez yonuvchan moddalarni qizdirish uchun qoʻllaniladigan barcha apparaturalar toʻla tuzatilgan boʻlishi, kontaktlar uchqun chiqishining oldini olish lozim.
505. Benzol, nitrobenzol, xloroform, dietil efiri, spirt, organik kislotalar efirlari, oltingugurt uglerodi va shu kabi kuchli hidlanuvchi zaharli moddalarning laboratoriya havosiga hatto ozroq bugʻlanishi bilan bogʻliq barcha ishlar faqatgina havo tortuvchi shkafda amalga oshirilishi lozim.
506. Portlashning oldini olish uchun dietil efirini quriguncha bugʻlantirish taqiqlanadi. Bugʻlantirish paytida ozgina qismi kolbada qolishi kerak.
507. 0,5 l dan koʻp miqdordagi tez yonuvchan moddalarni qizdirishda asbob ostiga avariya holatida suyuqlikning toʻkilishining oldini olish maqsadida yetarlicha hajmli kyuvet (vannacha) qoʻyilishi kerak.
508. Yoqilgʻi suyuqliklari bilan ishlar amalga oshirilgan idishlar ishlar tugagandan soʻng darhol yuvib tashlanishi kerak.
509. Ishlatib boʻlingan yoqilgʻi suyuqliklarini kun yakunida laboratoriyadan generatsiya yoki bu suyuqliklarni yoʻqotish uchun olib ketilishi lozim boʻlgan maxsus germetik berkitiluvchi idishga yigʻish lozim. Yoqilgʻi suyuqliklarini kanalizatsiyaga toʻkish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
510. Yongʻin va portlashida xavfli suyuqliklar tasodifan toʻkilganda gaz gorelkalari, qizdirish asboblari darhol oʻchirilishi, tashqaridagi umumiy elektr oʻchiruvchi bilan xona uzib qoʻyilishi, toʻkilgan moddalar koʻp miqdorda boʻlganda qoʻshni xonalardagi barcha qizdirish asboblari ham oʻchirilishi, toʻkilgan joyga qum sepilishi lozim.
511. Yoqilgʻi moddalarining alanga olgan holatida (yongʻin paydo boʻlganda) maxsus yoʻriqnomaga muvofiq yongʻinni oʻchirishga choralar koʻrilishi zarur.
14 §. Yuklash-tushirish ishlari
512. Yuklash-tushirish ishlari qoidaga koʻra mexanizatsiyalangan boʻlishi lozim.
513. Yuklash-tushirish ishlarining mexanik usuli vazni 50 kg dan oshiq va shuningdek kam vaznli yuklarni 3 metrdan yuqoriga koʻtarganda shart hisoblanadi. Faqatgina yagona yuklar tashilganda bu talablardan chekinishga yoʻl qoʻyiladi.
514. Ogʻir va ulkan yagona yuklarni tashish, yuklash va tushirishning xavfsiz usullari ustidan kuzatish lozim boʻlgan maʼmuriy-texnik xodimlardan maxsus ajratilgan shaxs rahbarligi ostida amalga oshirilishi lozim.
515. Vinoli bochkalarni yuklash-tushirish ishlari mexanik usulda (telferlar, yuklagichlar va hokazo) va faqatgina istisno hollarida xodachalar va boshqa usul bilan amalga oshirilishi lozim. Bu kabi ishlarni bajarishda ishchilar koʻtarilayotgan yoki tushirilayotgan yuk ostida turmasliklari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
516. Yuklash-tushirish ishlarini amalga oshirishda mazkur Qoidalardan tashqari yuklash-tushirish ishlari va turli yuklarni avtomobil transportida tashishda xavfsizlik texnikasining amaldagi qoidalari dasturilamal boʻlishi lozim, yuk koʻtaruvchi kranlar va liftlarni saqlash va ishlatish Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(516-band Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 3-iyundagi 25-2019-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1754-3, 24.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2019-y., 10/19/1754-3/3325-son)
Keyingi tahrirga qarang.
517. Korxonalar quyidagi talablarga javob beradigan yuklash-tushirish maydonchalari bilan jihozlanishi kerak:
a) maydoncha atmosfera yogʻinlarini qaytarish uchun 5% dan oshmagan qiyalikli uskuna bilan tekislanishi, qattiq qoplamaga ega boʻlishi (asfalt, beton va boshqalar) va toza saqlanishi kerak. Qish paytida u qor, muzdan tozalanishi va qum yotqizilishi kerak va hokazo;
b) maydoncha yuklash-tushirish ishlarining meʼyordagi frontini taʼminlaydigan hududda joylashishi kerak;
v) transport-tashish vositalari orasidagi masofa ular maydoncha atrofida bir-biri ortidan qoʻyilganda (tubga) 1 metrdan kam boʻlmasligi, ular qator qilib qoʻyilganda esa (front boʻylab) 1,5 metrdan kam boʻlmasligi lozim;
g) maydonchada zaruriy soz inventar va yoritgich boʻlishi kerak.
518. Barcha turdagi pol usti qoʻl telejkalari ular oʻtkazish joylarida, ustunlar, kolonnalar yonlarida va eshiklar orasidan harakat qilinganda saqlovchi uskunalar bilan jihozlanishi kerak.
519. Avtoelektryuklagich qoʻllanishiga faqat qattiq qoplamaga (asfalt, beton va hokazo) ega boʻlgan tekis maydonchalarda ruxsat beriladi. Chuqurlar paydo boʻlganda uni toʻldiradigan shoshilinch taʼmir oʻtkazilishi kerak.
520. Sex ichki transporti sifatida elektroyuklagichlar, elektrokarlar va hokazolar qoʻllanilishi mumkin. Ichki yonuv dvigatelli avtoyuklagichlar va avtokarlarning ishlab chiqarish binolari va omborlarga kirishi taqiqlanadi.
521. Elektryuklagichlarning vilkali ushlagichlari bitta tekislikda turishi lozim.
522. Yuklagichga yoʻl qoʻyiladigan yuk ogʻirligi va ogʻirlik markazi bilan yuklagichning pasport maʼlumotlari muvofiqligida belgilanadi.
523. Elektryuklagich bilan 0,5 metrdan ortiq yuqoriga koʻtarilgan yukni tashish taqiqlanadi.
Odamlarni elektryuklagichlar va elektrokaralarda tashish, shuningdek koʻtarilayotgan va tashilayotgan yuk (konteynerlar va hokazolar) ustida turish taqiqlanadi.
524. Temir yoʻl tarmogʻining izchil yuk operatsiyalarida korxona hududida kerakli mexanizm va inventarlar bilan (taxta zina, koʻprikchalar, xodachalar, richag-tirkagichlar) uskunalanishi lozim.
525. Korxonaning yoki stansiyaning temir yoʻl tarmogʻida yuklash-tushirish ishlarini olib borishda bu ishlarga rahbarlik qilish mazkur Qoidalarni biladigan va temir yoʻl transportida yuklash-tushirish ishlari paytida xavfsizlik texnikasining amaldagi qoidalari bilan harakat qiladigan shaxsga yuklatilishi lozim.
15 §. Birinchi tibbiy yordam koʻrsatish
526. Elektr toki urganda, kislotalar va ishqorlar hamda issiqlik bilan kuyganda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar mazkur Qoidalarning 10, 11, 12-ilovalarida keltirilgan.
IV-bob. Uskunalarga talablar
1 §. Uskunalarga qoʻyiladigan asosiy talablar
Oldingi tahrirga qarang.
527. Konyak, vino ishlab chiqaradigan tashkilotlar ishlab chiqarish uskunalarining har bir alohida turi ularni tayyorlash va foydalanishning tasdiqlangan texnikaviy shartlari talablariga javob berishi, xom ashyo, yarim tayyor mahsulot va tayyor mahsulotga tegadigan texnologik uskunalar esa, sanitariya-epidemiologik xulosaga ega boʻlishi lozim.
(527-band Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 3-iyundagi 25-2019-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1754-3, 24.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2019-y., 10/19/1754-3/3325-son)
528. Asbob-uskuna va uning uzellari tuzilishi, quvuroʻtkazgichlar va armatura “Texnologik asbob-uskunalar va texnologik quvuroʻtkazgichlar” QMQ 3.05.05.-98, “Ishlab chiqarish asbob-uskunalari. Xavfsizlikning umumiy talablari” GOST 12.2.003-91, shuningdek mazkur Qoidalarning II bobi 15-paragrafi “Shovqin va vibratsiyaga qoʻyiladigan talablar”da bayon etilgan qurilish meʼyorlari va qoidalariga javob berishi, shuningdek xizmat koʻrsatishda, taʼmirlashda va sanitariya ishlovini berishda xavfsizlik va qulaylikni taʼminlashi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
529. Asbob-uskunalar tuzilishining xavfsizligi quyidagilar bilan taʼminlanishi kerak:
ishlovchilarning muhofazasini taʼminlovchi konstruksiyaga ichki qurilgan vositalarning, shuningdek xavfli vaziyatlar yuzaga kelishi toʻgʻrisida ogohlantiruvchi vositalarning mavjudligi;
ish jarayoni parametrlarini avtomatik rostlash, masofadan turib boshqarish va nazorat qilish vositalarining qoʻllanilishi;
ergonomik talablarning bajarilishi, ishlovchilarga jismoniy va ruhiy-asab taʼsirining cheklanishi.
530. Asbob-uskunalar tuzilishi uning tarkibiga kiruvchi bugʻoʻtkazgichlar, elektroʻtkazgichlarning tasodifan shikastlanish ehtimolini istisno qilishi kerak.
531. Asbob-uskunalar konstruksiyasi elementlari ishlovchilarni jarohatlashi mumkin boʻlgan uchli qismlar, zixlar, gʻudur va notekis yuzalarga ega boʻlmasligi lozim.
532. Barcha harakatlanuvchi uzellar, yuritmalar, asbob-uskunalarning uzatma mexanizmlari, ularning qismlari (shkivlar, qayishlar, zanjirlar, aylanuvchi vallar) uskuna korpusining ichida joylashishi zarur.
Konstruksiya ichiga joylashning imkoni boʻlmaganda, yaxlit yoki toʻrli toʻsiqlar nazarda tutilishi kerak. Oʻlchami va joylashgan balandligidan qatʼi nazar, qayishli, tishli va zanjirli uzatmalar yaxlit toʻsiqqa ega boʻlishi lozim.
533. Muhofaza toʻsigʻining tuzilishi qoʻshimcha shovqin, vibratsiya, xavfli vaziyatlarni keltirib chiqarmasligi, uskunalarga xizmat koʻrsatishni qiyinlashtirmasligi kerak.
534. 2 m gacha balandlikda joylashgan asbob-uskunalarning barcha aylanadigan va harakatlanadigan, tegib ketish ehtimoli bor qismlari, harakat tezligidan qatʼi nazar, yaxlit yoki toʻrli toʻsiqlar bilan yopilgan boʻlishi kerak. Toʻr yacheykalarining tomonlari 10 mm dan katta boʻlmasligi kerak.
535. Toʻsiqlar yengil, mustahkam, harakatchan birikmali (oshiq-moshiq, sharnir va shu kabilar), elektr yuritmasi blokirovkali boʻlishi kerak. Asbob-uskunalarning tez-tez xizmat koʻrsatiladigan qismlariga yetish uchun toʻsiqda harakatchan qopqoq (eshikcha)ga mavjud boʻlganda zichlab (bolt, shpilka va shu kabi) mahkamlashga yoʻl qoʻyiladi.
536. Tishli va zanjirli uzatmalar taxtalangan tunukadan toʻsiqqa ega boʻlishi kerak.
537. Harakatchan qismlarining toʻsiqlari nosoz yoki yechilgan mashina va mexanizmlarda ishlash taqiqlanadi.
Faqat uskuna toʻliq toʻxtatilgandan soʻnggina asbob-uskunani taʼmirlash yoki tozalash uchun toʻsiqni yechishga yoki uning harakatchan eshigini ochishga yoʻl qoʻyiladi.
538. Vertikal texnologik sigʻimlar kamida ikkita lyukka ega boʻlishi, ulardan biri yon devorining quyi qismida, ikkinchisi esa qarama-qarshi yon tomonning yuqori tubida joylashishi kerak.
Dumaloq shakldagi quyi lyukning diametri kamida 450 mm, ellips shaklidagining oʻlchami esa, oʻqlar boʻyicha kamida 300 x 450 mm boʻlishi kerak.
539. Qabul qiluvchi bunker va taʼminlovchi shnekning tuzilmasi uzumni bunkerdan toʻliq chiqarib tashlanishini taʼminlashi lozim.
540. Mexanizatsiyalashgan oqim liniyalari tarkibida yoki alohida ishlaydigan avtomat, press va mashinalarning barcha harakatchan qismlari avtomatik moylovchi asboblar yoki asbob-uskunalarni ishga tushirguncha toʻldiriladigan yetarlicha sigʻimga ega sigʻimli yogʻdonlar bilan taʼminlash zarur.
541. Mashina, apparatlar, quvuroʻtkazgichlarning (truboprovod) barcha issiqlik chiqaradigan yuzalari ishonchli tarzda termoizolyatsiya qilinishi lozim. Termoizolyatsiyaning tashqi qatlami harorati 35 oC dan yuqori boʻlmasligi lozim.
542. Portlashdan xavfli binolar (spirt omborlari, apparat boʻlimi) ishqalanish yoki zarba natijasida uchqun chiqishi imkoniyatiga qarshi quyidagi choralar bilan taʼminlanishi lozim:
a) oʻrnatilayotgan uskunaning panjaralari va uzatma kamarlari orasidagi masofa 100 mm dan kam boʻlmasligi va uzatma kamarlari ishqalanish paytida paydo boʻladigan statik elektrni oladigan uskunalar bilan jihozlanishi kerak;
b) tishli uzatmalar turli metallardan tayyorlangan boʻlishi yoki moyli muhitda turishi kerak, lyuklardagi boltlar, koʻchiriladigan nasoslar shlanglarining birlashtiradigan muftalari, qoʻl jihozlari va asboblar zarba paytida uchqun paydo boʻlishiga yoʻl bermaydigan bronza, jez va boshqa materiallardan tayyorlanishi kerak.
543. Qiya transportyorlar, konveyerlar va yuklarni siljitishning boshqa vositalari uzatmalari lenta, zanjir yoki boshqa tortuvchi organning oʻz-oʻzicha teskari harakatiga yoʻl qoʻymaydigan uskuna (xrap, tormoz va hokazo) bilan taʼminlanishi kerak.
544. 0,8 m masofadan yuqorida joylashgan transportyorlar tashilayotgan narsaning oxirgi oʻlchamlarining eng kamida yarmigacha keladigan balandlikdagi bortlar bilan taʼminlanishi lozim.
545. Elektr uzatmalarning ishga tushirish uskunalari zanjirda kuchlanish tiklangandan soʻng, elektr uzatmasining oʻz-oʻzicha ishlab ketishiga yoʻl qoʻymaydigan nolli blokirovka bilan taʼminlanishi lozim.
546. Avtomatik oqimli liniyalar sozlash va avtomatik tartiblarda ishlashi uchun markaziy boshqaruv pultlariga ega boʻlishlari lozim. Bundan tashqari, oqimli avtomatik liniya tarkibiga kiruvchi har bir mashina bevosita mashinaning oʻzida joylashgan boshqaruvning individual vositalari bilan jihozlanishi kerak.
Bu liniyaning avtomatik boshqaruv liniyasi liniyaning sozlash tartibidan avtomatik tartibga oʻz-oʻzicha almashuviga yoki sozlash paytida uni markaziy pultdan ishga tushirishi imkoniyatiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
547. Avtomatik yoki sozlash tartiblari avtomatik liniyalarda turgan mashinalar, avtomatlar va agregatlar texnologik ketma-ketlikda ishlashini taʼminlaydigan blokirovkaga va liniyani sozlash va avtomatik tartibda ishga tushgani haqida ogohlantiradigan, shuningdek mashinalarning detallari sinib qolganligi va texnologik jarayonning buzilganligidan xabar beradigan signal uskunalariga ega boʻlishi kerak.
548. Masofadan yoki avtomatik ishga tushiriladigan mashinalar atrofida “Ehtiyot boʻling, avtomatik yoqiladi” plakatlari osilgan boʻlishi lozim. Toʻla avtomatlashgan zavodda bunday plakatlar talab qilinmaydi.
549. Uskunani ishga tushirish va toʻxtatish jihozlarda xizmat koʻrsatayotgan xodimlar ular bilan ish joyidan foydalanishlari qulay boʻlgan tarzda joylashishi lozim. Mexanizatsiyalashgan oqim liniyalar, alohida apparatlar, mashinalar va mexanizmlarning ish joyidan 1,5 m dan ortiq masofada joylashganda ish joyining bevosita oʻzida oʻchiradigan uskuna koʻzda tutiladi.
550. 10 m dan uzun transportyorlar va konveyerlar ularga xizmat koʻrsatishning istalgan joyidan elektr uzatmani toʻxtatish uchun uskunalar bilan, shuningdek ikki tomonlama signalizatsiya bilan jihozlanishi lozim.
2 §. Uskunalarni joylashtirish
551. Ishlab chiqarish uskunalarining joylashtirilishi xavfsizlikni, xizmat koʻrsatish va taʼmirlash qulayligini taʼminlashi, texnologik jarayon ketma-ketligi talablariga va texnologik loyihalashning tasdiqlangan meʼyorlariga javob berishi lozim.
552. Sex yoʻlaklari boʻsh, xom ashyo va tayyor mahsulot bilan band boʻlmasligi, sex ichki transporti harakatlanish hududidan holi joyda boʻlib, ishlab chiqarish jarayoni ustidan kuzatishning qulayligini taʼminlashi lozim.
553. Yoʻlak oraliqlari uchun minimal masofalar poydevor, izolyatsiya, toʻsiq va shu kabi qoʻshimcha qurilmalarni hisobga olgan holda, uskunalarning eng turtib chiqqan qismlari oraligʻida belgilanadi.
554. Ishlab chiqarish uskunalari, quvuroʻtkazgichlarni koʻrikdan oʻtkazish va tekshirish tashkilotning texnikaviy rahbari tasdiqlagan jadvalga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
555. Usuknalarga texnik xizmat koʻrsatish ishlab chiqarish korxonalarning foydalanish boʻyicha yoʻriqnomasi (texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha yoʻriqnomasi)ga muvofiq bajarilishi lozim.
556. Montaj yoki taʼmirlash ishlari barcha operatsiyalarni amalga oshirish ketma-ketligi, uskunalarning yechiladigan qismlarining joylashtirilishi nazarda tutilgan ishlarni bajarish rejasi (IBR)ga muvofiq bajarilishi lozim. Bu ishlar tashkilot boʻyicha buyruq bilan tayinlangan muhandis-texnik xodimlar tarkibidan masʼul shaxs rahbarligida amalga oshirilishi kerak.
557. Uskunalarni joylashtirishda quyidagi masofalar nazarda tutilishi kerak:
a) odamlar doimiy oʻtadigan yoʻlakda — kamida 1,5 m;
b) devor va uskuna oraligʻidagi yoʻlakda — kamida 0,8 m;
v) uskunalarning turtib chiqqan qismlari oʻrtasida — kamida 0,8 m;
g) sigʻimlar oraligʻida (quvuroʻtkazgich armatura boʻlmaganda) — kamida 0,3 m;
d) elektr lavhalardan uskunalarning turtib chiqqan qismlarigacha — kamida 1,25 m.
558. Sigʻimlar oraligʻidagi yoʻlakning kengligi yoʻlakdan koʻchiriladigan uskunalar kengligining 1 m ga orttirilganidan kam boʻlmasligi kerak.
3 §. Maydonchalar va zinalar
559. 1,5 m dan yuqori sathda xizmat koʻrsatilishini talab etuvchi uskunalar statsionar maydonchalar va zinapoyalar bilan jihozlanishi lozim.
560. Pol sathidan 0,5 m va undan yuqori balandlikda joylashgan maydonchalar, shuningdek ularga keluvchi zinapoyalar va oʻtish koʻprikchalari atrofi toʻliq holda kamida 1,2 m balandlikdagi panjara bilan, pastdan ular kamida 0,15 m balandlikkacha yoppasiga devor bilan yopilishi kerak.
561. Uskunalarga xizmat koʻrsatish maydonchalarining kengligi kamida 0,8 m, ularga keluvchi zinapoyalarning kengligi esa kamida 0,6 m boʻlishi lozim.
562. Zinapoyalar zinalarining eni kamida 0,12 m, ularning balandlik farqi esa koʻpi bilan 0,2 m boʻlishi lozim.
563. 1,5 m gacha balandlikda joylashgan maydonchalarning zinapoyalari koʻpi bilan 450 gacha qiyalikda, 1,5 m dan ortiq balandlikda esa koʻpi bilan 500 qiyalikda boʻlishi lozim. Yertoʻlalarga keluvchi zinapoyalarning qiyaligi koʻpi bilan 450 boʻlishi lozim.
564. Maydonchalar pollarining qoplamasi gʻadur-budur boʻlib, ishlayotgan xodimlar sirgʻanib ketishining oldini olishi lozim.
Maydonchalar va zinapoyalarning zinalari quyidagilardan tayyorlanishi mumkin:
qirrali yoyilgan poʻlat yoki metall qoplash yoʻli bilan yoxud boshqa yoʻl bilan hosil qilingan gʻadir-budur sirtli poʻlat;
uyali yoki yoʻl-yoʻl (qirrali) poʻlat, bunda uyalarning oʻlchami koʻpi bilan 30 x 30, yoʻllar oʻlchami koʻpi bilan 25 mm boʻlishi lozim.
565. Silliq sirtli metall maydonchalar va zinapoyalarning qoʻllanilishi, shuningdek zinapoyalarning dumaloq tayoqchali poʻlatdan tayyorlanishi taqiqlanadi.
566. Bosim ostida boʻlgan apparatlarga, shuningdek oson yonuvchan suyuqliklarni saqlash sigʻimlariga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan uzunligi 3 m dan ortiq maydonchalar qarama-qarshi tomondan kamida ikkita zinapoyaga ega boʻlishi lozim. Uzunligi uch metrdan ortiq boshi berk maydonchalar ishlatilishi taqiqlanadi.
567. Doimiy xizmat koʻrsatishni talab etmaydigan uskunalar uchun balandligi 3 m dan oshmagan tirab qoʻyiladigan yogʻoch narvonlar yoki balandligi 6 m dan oshmagan ochib-yopiladigan narvonlardan foydalanish ruxsat etiladi.
568. Tirab qoʻyiladigan yogʻoch narvonlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
zinapoyalar ichiga kiritilgan boʻlishi lozim;
narvon oʻqlari har 2 m oraliqda tortuvchi boltlar bilan mahkamlanishi lozim;
pastki uchlarida tayanch sirtining materiali va holatiga bogʻliq holda oʻtkir metall tikanlar, rezina uchliklar va boshqa moslamalar shaklida tirgaklar, yuqori uchlarida esa uskunalarning mustahkam detallariga, quvurlarga va hokazolarga mahkamlanishi uchun ilmoqlari boʻlishi lozim;
tirab qoʻyiladigan narvonning umumiy uzunligi (balandligi) xodimlarga narvonning yuqori uchidan kamida 1 m masofadagi zinapoyada turib ishlash imkonini berishi lozim.
569. Ochib-yopiladigan narvonlar ularning oʻz-oʻzidan ochilib ketishining oldini oluvchi moslamalar bilan jihozlanishi lozim.
570. Kishilar yoki transport harakatlanadigan joylarda tirab qoʻyiladigan narvonlar va ochib-yopiladigan narvonlar qoʻyiladigan joylar atrofi oʻralishi yoki muhofaza qilinishi lozim.
571. Ayni vaqtda detallar tutib turiladigan ishlar bajarilganda, atrofi toʻliq holda kamida 1,2 m balandlikdagi panjara bilan pastdan kamida 0,15 m balandlikkacha yoppasiga devor bilan yopilgan yuqori maydonchalari boʻlgan ochib-yopiladigan narvonlar qoʻllanilishi lozim.
4 §. Uskunalarni montaj qilish va taʼmirlash
572. Uskunalarni montaj qilishda ushbu uskunalardan foydalanishda, ishlab chiqarishda shovqinni cheklash yuzasidan amaldagi normalar bilan belgilangan qiymatlardan yuqori boʻlgan shovqinlar va tebranishlar yuzaga kelishining oldini oluvchi choralar koʻrilishi lozim.
573. Yirik oʻlchamli va ogʻir uskunalarni montaj qilish, taʼmirlash, tozalash, ularni alohida ehtiyotkorlik talab etiladigan joylarda koʻtarish va siljitish faqat mexanizatsiya vositalari qoʻllangan holda, mexanik yoki ishlarni olib boruvchining bevosita nazorati ostida amalga oshiriladi.
574. Montaj qilinuvchi uskunalarni koʻtarish joyida oʻtish yoʻllari yopiq boʻlishi kerak.
575. Portlashdan xavfli xonalarda montaj, demontaj va taʼmirlash ishlarini oʻtkazish faqat davlat yongʻin nazorati mavjudligida hamda sex boshligʻining yozma koʻrsatmasiga asosan ruxsat etiladi, ushbu koʻrsatma u yongʻin xavfsizligi boshligʻi bilan kelishilgan, korxonaning bosh muhandisi (bosh vinochisi) tasdiqlagan boʻlishi kerak.
576. Portlashdan va yongʻindan xavfli xonalarni montaj, demontaj va taʼmirlash ishlarini oʻtkazishga tayyorlash uchun quyidagi ishlarni bajarish kerak:
texnologik jarayonni toʻxtatish;
apparatlar, yigʻuvchi moslamalar va boshqa sigʻimlarni portlashdan xavfli suyuqliklardan tozalash, yaxshilab yuvish va suv bilan toʻldirib qoldirish;
xonani shamollatish;
ishlar oʻtkaziladigan xonada, shuningdek qoʻshni xonalarda havo tahlilini oʻtkazish;
havoda etil spirtining bugʻlari miqdori 1000 mg/m3 dan oshmasligini taʼminlash.
577. Uskunalarni montaj va taʼmirlashdan keyin qabul qilish va sinash belgilangan tartibda oʻtkazilishi lozim.
578. Uskunalarni ishda sinash va tekshirishdan avval quyidagilar zarur:
sinashda ishtirok etuvchi shaxslarni ishlar oʻtkazilishining tartibi va xavfsizlik choralari bilan tanishtirish;
asosiy boltlarning mustahkamlanishi, uskunalar elektr qismining izolyatsiyasi hamda yerga tutashuvining holatini, atrofini oʻrovchi moslamalar, ishga tushirish, tormoz va bloklash moslamalarining, muhofaza va nazorat-oʻlchov asboblarining mavjudligi va sozligini tekshirish;
ushbu ishlarni bajarish uchun tayinlanmagan shaxslarni sinalayotgan uskuna oldiga yoki sinov joyiga qoʻymaslik;
ish joyining yoritilganligini, yongʻinga qarshi choralarga rioya qilinishi va xavfsizlik texnikasi yoʻl-yoʻriqlarining mavjudligini tekshirish;
uskuna ichida yoki tagida odamlarning, chet buyumlarning yoʻqligini tekshirish va undan keyin lyuklarni yopish;
quvurlar texnologik sigʻimlarining (jumladan shisha sigʻimlari) mustahkamligi va germetikligini faqat gidravlik usulda tekshirish.
Sinov paytida aniqlangan nuqsonlarni yoʻq qilish ushbu boʻlimning 487 va 490-bandlarida koʻrsatilgan talablarga rioya qilgan holda oʻtkazilishi lozim.
579. Mashinalar, elektr ulangan mexanizmlar, transport moslamalari va hokazolarni ishlash paytida tozalash, moylash va taʼmirlash qatʼiy man etilib ular toʻliq toʻxtatilganidan keyingina ruxsat etiladi.
580. Mashinalar, elektr ulangan mexanizmlar, transport moslamalari va hokazolarni koʻrib chiqish, tozalash va taʼmirlashda koʻrilayotgan yoki taʼmirlanayotgan mashina (mexanizm) elektr dvigateliga bexosdan kuchlanish berilishining oldini olish choralari koʻrilishi kerak.
Ishga tushirish moslamalarida (magnit oʻchirgich tugmalari, rubilniklar va hokazolar) “Yoqilmasin — odamlar ishlayapti!” degan yozuvlar osilishi lozim, bunda elektr ulanishi zanjiridan saqlagichlarning eruvchan qismlari olinishi kerak.
581. Vino ishlab chiqarish korxonalarida uskunalar va texnik qurilmalarni taʼmirlashda bajariladigan alangali ishlar, elektr-gaz payvandlash, uchqunli metallarga ishlov berish:
a) isteʼmolchilar elektr qurilmalaridan texnik foydalanishning amaldagi qoidalari, isteʼmolchilar elektr qurilmalaridan foydalanishdagi xavfsizlik texnikasining qoidalari va sanoat korxonalari uchun yongʻin xavfsizligining umumiy qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi;
b) umumalmashuv havo kelish-tortishli shamollatish bilan jihozlangan xonalarda amalga oshirilishi, bunda keluvchi havo payvand qilinmagan joylarga berilishi lozim;
v) sigʻimlar, sisternalar, baklar, sigʻimlarda ishlaganda alangali ishlar yuritish joylarida mahalliy havo tortish shamollatish bilan jihozlanishi va ishlovchining bevosita nafas olish joyiga havo yetkazilishi lozim.
Ishlarni amalga oshirish uchun bosh muhandis tomonidan tasdiqlanadigan “Alangali ishlarni oʻtkazish rejasi” hamda mazkur Qoidalarning 2-ilovasida koʻrsatilgan shakldagi korxonaning yongʻin muhofazasi bilan kelishilgan naryad-qoʻyish varaqasi tuziladi.
5 §. Apparatlar va sigʻimlar ichidagi ishlar
582. Apparatlar va texnologik sigʻimlar ichida turli xil ishlarni amalga oshirish muhandis-texnik xodimlar boʻlgan, ishlarni oʻtkazish uchun masʼul boʻlgan shaxsga berilgan sex boshligʻining yozma ruxsati bilan oʻtkaziladi. Ishlar faqat naryad-qoʻyish varaqasi mavjud boʻlganda, kunduzgi vaqtda oʻtkazilishi kerak, tungi ishlarga faqat avariya hollarida yoʻl qoʻyiladi.
583. Apparatlar va sigʻimlar ichidagi ishlarga 18 yoshdan kichik boʻlmagan, jismoniy sogʻlom, tibbiy koʻrikdan oʻtgan shaxslar qoʻyiladi.
584. Sigʻimlar ichidagi ishlar ikki va undan ortiq kishidan iborat boʻlgan brigada tomonidan oʻtkazilishi kerak (bittasi ishlaydi, ikkinchisi uni kuzatadi). Kuzatuvchisiz (dublyorsiz) ishlash ruxsat etilmaydi. Portlashdan xavfli muhit boʻlgan yoki gazdan xavfli sirasiga kiritilgan apparatlar va sigʻimlarda ishlashda kuzatuvchilar ikkita boʻlishi kerak.
585. Apparat yoki sigʻim ichida ishlashdan avval sex yoki smena boshligʻi quyidagilarni taʼminlashi lozim:
a) apparat yoki sigʻimni mahsulotdan yaxshilab tozalashi va keyin uni suv bilan obdon yuvishi, suyuqlikning qoldigʻi ishchini apparatda yoki sigʻimda boʻlmagan holda ketkazilishi kerak;
b) apparat yoki sigʻimni suv, bugʻ, mahsulot va boshqa xil quvurlaridan joʻmraklar, tiqin joʻmraklarini yopish hamda quvurlarda zich tiqinlarni oʻrnatish yoʻli bilan ishonchli oʻchirish;
v) avvaldan shamollatish uchun, shuningdek butun ish davomida yuqori va quyi tuynuklarni ochish (zarur boʻlganda majburiy shamollatishni amalga oshirish);
g) “Taʼmirlash — odamlar ishlayapti” ogohlantirish yozuvini osib qoʻyish;
d) apparat yoki sigʻimning ichida havo muhitining tahlilini amalga oshirish, sinamalar yuqori zonada lyukdan kamida 1 m masofada va quyi zonada — tubidan koʻpi bilan 0,2 m masofada olinadi;
e) zaruriy ashyolar va asboblarning mavjudligi va sozligi; portlashdan xavfli muhit hosil boʻlishi mumkin boʻlgan sigʻimlarda ishlash paytida ashyolar va asboblar zarba tufayli uchqun yuzaga kelishining oldini olishi lozim (asbobga mis qoplanishi lozim);
yo) portlashdan xavfli muhiti boʻlgan (spirt, konyak, spirt qoʻshilgan vinolar va hokazolardan tozalangan) sigʻimlarda ishlash uchun portlashdan himoyalangan turdagi chirogʻi boʻlgan 12 V kuchlanishli koʻchma elektr chiroqlari (akkumulyatorli chiroqlar) yoxud boshqa joylarda ishlash uchun suv oʻtmaydigan turdagi chiroqlar mavjud boʻlishi kerak. Ochiq alangadan foydalanish qatʼiy taqiqlanadi;
j) himoya muhofaza vositalarining mavjudligi va sozligi, sinov raqami va sanasi koʻrsatilgan yorligʻi boʻlgan shlangli yoki kislorodli toʻliq ajratuvchi protivogaz, qutqarish arqoni boʻlgan muhofaza belbogʻi. Muhofaza belbogʻi va arqonning pasporti boʻlishi va u har 6 oyda 5 daqiqa davomida statik yuk bilan (300 kg) sinovdan oʻtishi kerak;
z) sigʻim yoki apparat ichida ishlashga ishlashning xavfsiz usullariga maxsus oʻrgatilgan ishchilarning qoʻyilishi, shuningdek ular bilan qoʻshimcha xavfsizlik texnikasi koʻrsatmalari oʻtkazilib, boʻlgʻusi ishning turi hamda uning xavfsizligini taʼminlaydigan chora-tadbirlar tahlil etiladi.
586. Ishchini sigʻim yoki apparatga tushirishdan avval uning poyabzalini maxsus toza poyabzalga almashtirish lozim. Sex yoki smena boshligʻi shaxsan ishchida mazkur Qoidalarning avvalgi bandida koʻrsatilgan asboblar, himoya va muhofaza moslamalarining mavjudligini va sozligini tekshirishi lozim va shundan keyingina unga apparatga tushishga ruxsat beradi.
587. Ishchilarning yuqori va quyi tuynuklarga ega boʻlgan apparatlar va sigʻimlarga kirishi quyi tuynuk orqali, quyi tuynuklari boʻlmagan sigʻimlarga (amforalar va hokazo) tushish esa, yuqori tuynugi orqali tuynukka ilish uchun ilmoqlari boʻlgan narvon orqali amalga oshiriladi.
Sigʻimlar ichidagi ishlarni bajarish uchun pastidan rezina uchliklari boʻlgan koʻchma (tirab qoʻyiladigan) narvonlardan foydalanish lozim.
588. Apparat yoki sigʻimning ichida shlangli protivogazda toʻxtovsiz ishlash koʻpi bilan 15 daqiqaga ruxsat etiladi, undan keyin ishchiga ochiq havoga chiqqan holda 15 daqiqaga tanaffus berilishi kerak.
Shlangning boʻsh uchi (havo olish uchi) toza havo kelishini taʼminlaydigan joyda mustahkamlanishi lozim.
Olib chiquvchi shlangning uzunligi 20 m dan ortiq boʻlganda unga purkagich yordamida havo kiritilishi kerak.
589. Apparat yoki sigʻim ichida ishlar tugaganidan keyin sex (smena) boshligʻi quyidagilarni bajarishi lozim:
apparat yoki sigʻim ichida odamlar, shuningdek ashyolar va asboblarning yoʻqligini shaxsan tekshirish;
apparatlar yoki sigʻimlar ulangan quvur-simlardan yopqichlarning olinishi hamda tuynuklarning bekitilishi uchun yozma ruxsat berish.
6 §. Sigʻimlarga himoya qoplamlarini qoplash
590. Texnologik sigʻimlarni qoplamlar qoplashga tayyorlash ishlaridan avval mazkur Qoidalarning ushbu bobidagi 5-paragrafda koʻrsatilgan chora-tadbirlarning bajarilishi taʼminlanishi lozim.
591. Himoya qoplamlarini tayyorlash xonalarida, himoya qoplamlarini qoplash ishlari oʻtkaziladigan xona va sigʻimda qoplamlar tarkibiga kiruvchi erituvchilar, spirt va boshqa uchuvchan moddalar bugʻlari uchun umumalmashuv havo tortish ventilyatsiyasining ishlashi, himoya qoplamlarini tayyorlash joylaridagi mahalliy havo tortish ventilyatsiyaning ishlatilishi lozim.
592. Qoplamlarni qoplash ishlari bajariladigan, shuningdek laklar, emallar va erituvchilar saqlanadigan xonalarda chekish, gugurt yoqish, payvandlash chiroqlaridan foydalanish, elektr payvandlash ishlarini bajarish, zarbadan uchqun chiqaradigan asbobdan foydalanish, sintetik tolali maxsus kiyimda (ustki va ich kiyimda) hamda tagcharmi metall bilan mahkamlangan poyabzalda yurish taqiqlanadi.
593. Ishlarni bajarish joylarida oʻt oʻchirishning birlamchi vositalari: koʻpikli oʻt oʻchirgichlar, qumli yashiklar, namat yoki asbest koʻrpalar va hokazolar boʻlishi lozim.
594. Himoya qoplamlarini qoplash ishlari oʻtkaziladigan xonada odatiy turdagi umumiy yoritish chiroqlari va ularning oʻchirgichlari ishlar oʻtkazish paytida tokdan oʻchirilishi kerak. Sigʻimlarning ichi portlashdan xavfsiz turdagi kuchlanishi 12 V dan oshmagan chiroqlar bilan yoki akkumulyatorli chiroqlar bilan yoritilishi lozim.
Koʻchma chiroqni ulash sigʻimdan tashqarida amalga oshirilishi lozim.
595. Ichi koʻrsatilgan yorliqlari boʻlmagan idishlardagi boʻyoqlar va erituvchilardan (bankalar, bidonlar, bochkalar va hokazo) foydalanish mumkin emas. Ushbu boʻyoqlarni ishlar oʻtkaziladigan xonada saqlash taqiqlanadi.
596. Ishlarni oʻtkazish joyi atrofi oʻralib, oʻrash vositalarida ogohlantirish yozuvlari osilishi lozim.
597. Sigʻim sirtini kuyiqlardan, zang, ifloslar va hokazolardan tozalash uchun quruq qum quyish usulini qoʻllash mumkin emas.
598. Kislotalar, erituvchilar va boshqa zararli moddalar qoʻllanganda, mazkur Qoidalarning III bobida koʻrsatilgan talablarga rioya qilib, vinochilik va meva-sabzavot ishlab chiqarish xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal hamda boshqa shaxsiy himoya vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlarida koʻzda tutilgan himoya vositalarida bajarilishi lozim.
7 §. Uskunalarga xizmat koʻrsatish
Oldingi tahrirga qarang.
599. Uskunalarga xizmat koʻrsatish uchun “Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom”ga (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq oʻqigan va yoʻriqnomadan oʻtgan shaxslar qoʻyiladi.
(599-band Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 3-iyundagi 25-2019-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1754-3, 24.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2019-y., 10/19/1754-3/3325-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
600. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasining kommunal-maishiy boʻlimiga qarashli uskunalarga xizmat koʻrsatish uchun inspeksiyalarning qoidalariga muvofiq maxsus kurs oʻqishidan hamda bilimlar sinovidan oʻtgan, shuningdek kirish yoʻriqnomalari va ish joyidagi yoʻriqnomalardan oʻtgan shaxslar qoʻyiladi.
(600-band Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 3-iyundagi 25-2019-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1754-3, 24.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2019-y., 10/19/1754-3/3325-son)
Keyingi tahrirga qarang.
601. Avtomatik oqim liniyalarga xizmat koʻrsatish uchun liniyaga kiruvchi ayrim agregatlarga ham umuman liniyaga xizmat koʻrsatish yuzasidan bilimlari boʻlgan shaxslar qoʻyiladi.
602. Rahbariyat korxonaning butun uskunalarini xavfsiz foydalanishini taʼminlashga majbur.
603. Korxonada namunaviy yoʻriqnomalarga muvofiq xavfsizlik texnikasi boʻyicha ishlab chiqarish yoʻriqnomalari ishlab chiqilishi lozim, ular ishlovchilarga imzo chektirib tarqatilishi hamda ish joylarida osib qoʻyilishi lozim.
604. Nam boʻlgan ish joylarida oyoq ostiga yogʻoch toʻshamalar yoki panjaralar solinishi lozim.
V bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
605. Vino ishlab chiqaruvchi korxonalarni (sexlarni) loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
606. Korxonalarni (sexlarni) ekspluatatsiya qilishda mehnatning xavfsiz sharoitlarini taʼminlash va mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik korxona rahbariga (direktoriga, bosh muhandisiga) yuklatiladi.
607. Javobgarlikka instruktaj boʻyicha tegishli oʻqitish va uni roʻyxatga olish amalga oshirilganidan soʻng mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzgan hamda ishlarni xavfsiz olib borishga doir yoʻriqnomani bajaruvchi (predpisivayushiye) ishchilar va xizmatchilar ham tortilishlari mumkin.
608. Korxona ishlab chiqarishda jabrlangan xodimlarga yetkazilgan zararlar uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yakuniy qoidalar
Mazkur Qoidalar “Oʻzvinosanoat-xolding” kompaniyasi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Davlat Sanitariya-epidemiologiya nazorati Bosh Boshqarmasi, Arxitektura va qurilish Davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasida Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan:
“Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasining raisi S. SAIDJALOLOV
Toshkent sh.,
2007-yil 2-noyabr,
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Toshkent sh.,
2007-yil 2-noyabr
Bosh Davlat Sanitariya vrachi B. NIYOZMATOV
Toshkent sh.,
2007-yil 2-noyabr
Arxitektura va qurilish Davlat qoʻmitasi raisi A. TOʻXTAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 2-noyabr
Sanoatda, konchilikda va kommunal- maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi X. XOLMATOV
Toshkent sh.,
2007-yil 2-noyabr
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GʻULOMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 2-noyabr
Keyingi tahrirga qarang.
Vinochilik sanoatida ishlash hududi havosida zararli moddalarning ruxsat etiladigan eng yuqori konsentratsiyasi
| Moddalar | Ruxsat etiladigan eng yuqori konsentratsiyalar miqdori, mg/m3 |
| 1 | 2 |
| Ammiak | 20 |
| Atseton | 200 |
| Anilin | 0,1 |
| Benzin (erituvchi, yoqilgʻi) | 300 |
| Dibutilftalat | 0,5 |
| Dixloretan | 10 |
| Yod | 1 |
| Kerosin (C ga qayta hisoblanganda) | 300 |
| Ksilol | 50 |
| Ligroin (C ga qayta hisoblanganda) | 300 |
| Chumoli kislotasi | 1 |
| Mishyak, neorganik birikmalar (mishyak boʻyicha) | 0,04/0,01* |
| Uglerod oksidi | 20 |
| Piridin | 5 |
| Metall simob | 0,01 |
| Sulfat kislotasi, sulfat angidrid | 1 |
| Sulfid angidrid | 10 |
| Serovodorod, vodorod sulfit | 10 |
| Vodorod xlorid | 5 |
| Skipidar (C ga qayta hisoblanganda) | 300 |
| Spirtlar: metil | 5 |
| Etil | 1000 |
| Trikrezilfosfat 3 %dan ortiq | 0,1 |
| 3 %dan kam | 0,5 |
|
Ortoizomerlar |
|
| Uayt-spirt (C ga qayta hisoblanganda) | 300 |
| Karbonat angidrid | 0,5 hajmga nisbatan |
| Sirka kislota SN3SOON | 5 |
| Formaldegid | 0,5 |
| Fosfor angidrid | 1 |
| Xlorli vodorod | 5 |
| Xlor | 1 |
| Toʻrt xlorli uglerod | 20 |
| Zaharli ishqorli (eritmalar, NaOH ga qayta hisoblanganda) | 0,5 |
|
Asosan fibrogen taʼsir koʻrsatuvchi aerozollar | |
| Dvuokis kremniy qorishmali organik chang, 2 %dan kam (un, kakao kukuni, kraxmal, shakar pudra) | 6 |
| Talk | 4 |
* Suratda — eng koʻp bir martalik PDK, maxrajda — oʻrtacha smenali PDK.
Keyingi tahrirga qarang.
| | | | Namuna |
|
Ishlab chiqarish muhitining xavfli yoki zararli omillarining taʼsir etish joylarida ishlarni amalga oshirish uchun | |||
| |
| ||
| 1. Ishlar rahbari _________________________________________________ga | |||
| |
(F.I.O., lavozim) |
| |
| 2. ________________________________________________________________ | |||
|
(ishlar nomi, ularni bajarish joyi, shartlari) | |||
| ishlarni bajarish uchun ______________________________________________ | |||
| 3. Bajariladigan ishdan qatʼi nazar, uni amalga oshirish joyida amal qiluvchi yoki paydo boʻlishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish omillari: __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ 4. Ishlarni amalga oshirish boshlangunga qadar quyidagi tadbirlarni bajarish lozim: Ishlarning boshlanishi 20___ y. “___” _________ soat ______dan ______ daqiqa oʻtganda. | |||
| T/r | Tadbir nomi | Bajarilish muddati | Masʼul ijrochi |
| 1 | 2 | 3 | 4 |
| | | | |
| Ishlarning tugashi 20___ y. “___” ____________ soat ______dan _______ daqiqa oʻtganda. 5. Ishlarni bajarish jarayonida quyidagi tadbirlarni bajarish lozim: | |||
| T/r | Tadbir nomi | Bajarilish muddati | Masʼul ijrochi |
| 1 | 2 | 3 | 4 |
| | | | |
| 6. Ishlar ijrochilarining tarkibi: | |||
| Familiyasi, ismi, otasining ismi | Malaka, XT boʻyicha guruh | Ishlash sharoitlari bilan tanishtirdi, instruktaj oʻtkazdi | Ishlar shartlari bilan tanishib chiqdim |
| 1. | | | |
| 2. | | | |
| 3. | | | |
| 4. | | | |
| 7. Naryad-ruxsatnomani ______________________________________________ | |||
| |
(tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan | ||
| ____________________________________________________________ berdi. | |||
|
vakil etilgan, F.I.O., lavozim, imzo) |
| ||
| Naryad-ruxsatnomani _____________________________________ qabul qildi. | |||
| |
(lavozim, F.I.O., imzo) |
| |
| 8. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning ishlarni amalga oshirish uchun yozma ruxsatnomasi mavjud. Ishlab chiqarish (shu jumladan, qurilish) xavfsizligiga doir tadbirlar kelishildi. __________________________________________________________________ | |||
|
(ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot vakilining | |||
| __________________________________________________________________ | |||
|
lavozimi, F.I.O., imzosi) | |||
| 9. Ish joyi va mehnat sharoitlari tekshirildi. Naryad-ruxsatnomada koʻrsatilgan ishlab chiqarish xavfsizligiga doir tadbirlar bajarildi. Ishlarni bajarishga kirishishga ruxsat beraman. __________________________________________________________________ | |||
|
(lavozim, F.I.O., imzo, sana) | |||
| 10. Naryad-ruxsatnoma ____________________________________gacha choʻzildi. | |||
| |
(sana, naryad-ruxsatnomani bergan shaxsning imzosi) | ||
| 11. Ish toʻliq hajmda bajarildi. Materiallar, asboblar, moslamalar olib tashlandi. Odamlar chiqarildi. Naryad-ruxsatnoma yopildi. Ishlar rahbari ______________________________________ | |||
| |
(sana, imzo) |
| |
| Naryad-ruxsatnoma bergan shaxs _________________________ | |||
Keyingi tahrirga qarang.
Korxona ichida transport harakatining tezligi
| Transport turi va harakatlanish shartlari | Korxona hududi boʻylab maksimal tezlik, km/s |
|
Temir yoʻl transporti | |
| Old teplovozli tarkib | 15 |
| Itaruvchi teplovozli tarkib | 10 |
| Qiyin sharoitda harakatlanishda, shuningdek kesib oʻtishda, hududga kirish yoki chiqishda, vagonlarni tirkashda va hokazo | 5 |
| Vagonlarni qoʻlda harakatlantirishda |
2 |
|
Avtomobil transporti | |
| Korxona hududi boʻylab oʻtishda | 10 |
| Korxonaning kesishgan oʻtish yoʻllarida, kirishda va chiqishda | 5 |
| Avtomobilni orqaga haydashda | 3 |
| Avtoyuklagichlar, elektrokarlar | 3 |
Keyingi tahrirga qarang.
Ishlab chiqarish jarayonlarining guruhlari
|
Vinochilik sanoati | |
| Rektifikatsiya boʻlimi, spirt ombori, kupajniy, tozalash, likyor quyish sexlari, denaturata va uglekislotalar | IVa |
| Shishalarni yuvish boʻlimi | IIv |
| Shisha idishlarni qabul qilish boʻlimi, gʻalla ombori, idishlar ombori, tushirish-yuklash maydonchalari | IIe |
| Mexanik va duradgorlik ustaxonalari | Ib |
| Transport va xoʻjalik boʻlimlari | Iv |
| Qozonxona, qaynatish sexi, gaz-elektrpayvandlash sexi | IIv |
| Ozuqa achitqilarini quritish sexi | IIa |
| Gʻallani tortish va maydalash boʻlimi, koʻmir va changuvchi materiallar omborlari | IIg |
| Solodlarni undirish, fermentlar, ozuqa achitqilari va antibiotiklar ishlab chiqarish sexi, achitish sexi | III |
Keyingi tahrirga qarang.
Vino ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish, maʼmuriy-xoʻjalik, sanitariya-maishiy binolar va alohida ishlab chiqarish uchastkalarining yorugʻlik normalari
| Imoratlar | Eng past yoritilganlik, Lk | Yorugʻlik meʼyorlari ularga taalluqli boʻlgan yuzalar | |
| lyuminessent chiroqlarda | qizdirish chiroqlarida | ||
| 1 | 2 | 3 | 4 |
| Asosiy ishlab chiqarish xonalari | 150—200 | 75—100 | Pol |
| Yordamchi ishlab chiqarish xonalari | 100—150 | 50—75 | Pol |
| Spirt omborxonasi | 75 | 20 | Pol |
| Taʼmirlash-mexanik ustaxonalari, yashik ustaxonalari, duradgorlik ustaxonalari | 150—200 | 75—100 | Pol |
| Laboratoriyalar | 300 | 150 | Gorizontal tekislikda poldan 0,8 m |
| Degustatsion boʻlim | 300 | 150 | Gorizontal tekislikda poldan 1 m |
| Omborxonalar | 75 | 30 | Gorizontal tekislikda poldan 0,8 m |
| Maʼmuriy-idora xonalari, qizil burchaklar, qiroatxonalar | 200 | 75 | |
| Loyiha zallari, chizish, mashinkada yozish byurosi | 300 | 150 | Gorizontal tekislikda poldan 0,8 m |
| Dushxona, yuvinish xonasi, kiyimxona, hojatxona | 75 | 30 | Pol |
| Ishlab chiqarish xonalaridagi asosiy yoʻlaklar, sex ichidagi transporterlar uchun oʻtish yoʻllari, sex ichidagi zinapoyalar, agregatlarga xizmat koʻrsatish maydonchalari, asosiy koridorlar va zinapoyalar | 75 | 20 | Maydonchalar va zinapoyalari |
| Maishiy xonalar | | | |
| Ovqatlanish xonasi | 100 | 50 | Pol |
| Ayollarning dam olish, shaxsiy gigiyena xonalari | 75 | 30 | Pol |
| Kir yuvish xonasi: | | | |
| A) mexanik | 100 | 50 | Pol |
| B) qoʻlda | 150 | 75 | Pol |
Keyingi tahrirga qarang.
Ishlab chiqarish binolarining ishlash hududida havoning meʼyoriy texnologik parametrlari
| T/r | Imorat nomi | Texnologik sharoitlar bilan meʼyorlashtiriladigan havo harorati, 0S | Texnologik sharoitlar bilan meʼyorlashtiriladigan nisbiy namlik | Ajratiladigan bugʻlar va gazlar | |
| yozda | qishda | ||||
|
1. Spirt va likyor-aroq zavodlari | |||||
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 |
| 1. | Melass tayyorlash boʻlimi, achitqilarni tayyorlash va achitish boʻlimlari, nonvoyxona xamirturushlarini qadoqlash, yordamchi moddalarni tayyorlash boʻlimlari, separator xonasi, filtr-presslash boʻlimi va karbonat kislota sexi, bragorektifikatsion boʻlim | 20—23 | 17—19 | Meʼyorlanmagan | Karbonat angidrid |
| 2. | Qabul qilish boʻlimi, spirt ombori | Meʼyorlanmagan | Meʼyorlanmagan | - “ - | Spirt parlari |
| 3. | Spirtni berish boʻlimi | - “ - | 5 | - “ - | - “ - |
| 4. | Ozuqa achitqilarini quritish boʻlimi, qadoqlash boʻlimi | - “ - | 5 | - “ - | Karbonat angidrid |
| 5. | Bardani bugʻlantirish sexi | 20—23 | 17—19 | - “ - | Spirt parlari |
| 6. | Aroq tayyorlash, tozalash boʻlimi, sharbat-mors boʻlimi, sharbatlar va xushboʻy spirtlar boʻlimi, quyish sexi, tayyor mahsulot ombori, ekspeditsiya, denaturatsion boʻlim | 20—23 | 17—19 | - “ - | - |
| 7. | Likyorlarni idishlarga quyish boʻlimi | 20—23 | 17—19 | - “ - | - |
| 8. | Suvni tozalash boʻlimi | 20—23 | 17—19 | - “ - | - |
| 9. | Idish sexi | 20—23 | 17—19 | - “ - | - |
Eslatma:
1. Qish vaqtida apparat va neytralizatsiyalash boʻlimlarida hisob-kitob harorati 160S va havo almashtirish faqat chiqindilarni qayta ishlashda saqlanadi, qolgan vaqtlarda esa — 50S.
2. Xonalarda havoni almashtirish tortish-soʻrish ventilyatsiyasi hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ishlab chiqarish binolarida optimal va ruxsat etilgan harorat, havoning nisbiy namligi va tezligi meʼyorlari
| Yil davrlari | Ish kategoriyasi | Harorat, 0S da | Nisbiy namlik, % da | Harakat tezligi, m/sek. | ||||
| optimal | ruxsat etilgan | optimal | ish joylarida ruxsat etilgan, ortiq emas (minimal) | optimal, koʻp emas (minimal) | ish joylarida ruxsat etilgan, | |||
| yuqori chegara | quyi chegara | |||||||
| Sovuq | Yengil Ia Yengil Ib |
22—24 21—23 |
25 24 |
21 20 |
40—60 40—60 |
75 75 |
0,1 0,1 |
0,2 dan kam 0,3 dan kam |
| Oʻrtacha ogʻirlik IIa Oʻrtacha ogʻirlik IIb |
18—20 17—19 |
23 21 |
17 15 |
40—60 40—60 |
75 75 |
0,2 0,2 |
0,4 dan kam 0,5 dan kam | |
| Ogʻir III | 16—18 | 19 | 13 | 40—60 | 75 | 0,3 | 0,6 dan kam | |
| Iliq | Yengil Ia Yengil Ib |
25—27 24—26 |
31 31 |
24 23 |
40—60 40—60 |
55 (280S da) 60 (270S da) |
0,1 0,2 |
0,1-0,2 0,1—0,3 |
| Oʻrtacha ogʻirlik IIa Oʻrtacha ogʻirlik IIb |
23—25 22—24 |
30 29 |
22 21 |
40—60 40—60 |
65 (260S da) 70 (250S da) |
0,3 0,3 |
0,2—0,4 0,2—0,5 | |
| Ogʻir III | 21—23 | 27 | 20 | 40—60 | 75 (240S da) | 0,4 | 0,2—0,6 | |
Yilning iliq davrida havo harakatining yuqori tezligi havoni maksimal haroratga, kam tezligi - minimal haroratga mos boʻladi. Havo haroratining oraliq qiymatlarini, tezligini interpolyatsiya yoʻli bilan aniqlanadi. Havo haroratining minimal qiymatida uning tezligi 0,1 m/sek olinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vino ishlab chiqaruvchi korxonalar binolarining xususiyati, toifasi va tasnifiga qarab elektr jihozlarini qoʻllash
| T/r | Imorat xili | Ruxsat etilgan nisbiy namlik | SanQMga muvofiq yongʻin xavfsizligi boʻyicha korxona toifasi | PUE boʻyicha elektr jihozlarini qoʻllashda xonalarni portlash xavfi nuqtai nazaridan tasniflash | Elektr jihozlarini ijro etish | |
| kuchli | yoritish uchun | |||||
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| | Shisha idishlarga ishlov berish | | | | | |
| 1. | Idishlarni saralash boʻlimi | 60 | D | Meʼyorli muhitli xona | Sachrashdan himoyalangan | Istalgan ijro |
| 2. | Idishlarni yuvish boʻlimi | 80 | D | - “ - | Yopiq puflatiladigan | Nam oʻtkazmaydigan armaturali |
| | Spirt omborlari | | | | | |
| 1. | Qabul qilish-berish boʻlimi | | A | V-1 | Portlashni oʻtkazmaydigan | Portlashni oʻtkazmaydigan |
| 2. | Binodagi spirt ombori | | A | V-1 | - “ - | - “ - |
| 3. | Oziq spirt ombori | | A | V-1-a | - “ - | - “ - |
| | Tayyor mahsulot omborlari | | | | | |
| | a) butilkalarda | 50—55 | D | Meʼyorli muhitli xona | Sachrashdan himoyalangan | Sachrashdan himoyalangan |
Keyingi tahrirga qarang.
Ishlab chiqarish binolarida (xonalarida) va korxona hududida ovoz bosimining, ovozning ruxsat etilgan darajalari va ovozning ekvivalent darajalari
| T/r | Ish oʻrni. Mehnat faoliyatining turi |
dB va Gs oʻrtacha metrik chastotalar bilan oktav polosalarda ovoz bosimining darajalari | Ovozlar | ||||||||
| | | 31,5 | 63 | 125 | 250 | 500 | 1000 | 2000 | 4000 | 8000 | |
| 1. | Ijodiy faoliyat, talablar oshirilgan rahbarlik ishi, ilmiy faoliyat, konstruksiyalash va loyihalashtirish, dasturlash, oʻqitish va oʻqish, vrachlik faoliyati, xonalardagi ish oʻrinlari — direksiya, loyiha-konstruktorlik byurosi; hisobchilar, hisoblash mashinalarining dasturchilari, ijodiy ishlar va maʼlumotlarga ishlov berish uchun laboratoriyalarda, sogʻlomlashtirish maskanlarida kasallarni qabul qilish uchun | 86 | 71 | 61 | 54 | 49 | 45 | 42 | 40 | 38 | 50 |
| 2. | Diqqatni talab qiluvchi yuqori malakali ish, maʼmuriy-boshqaruv faoliyati, laboratoriyalarda oʻlchash va tahliliy ishlar sex boshqaruvidagi ish oʻrinlari, idoraviy ish xonalarida, laboratoriyalarda | 93 | 79 | 70 | 63 | 58 | 55 | 52 | 50 | 49 | 60 |
| 3. | Koʻpincha koʻrsatmalar olinadigan va akustik signalli bajariladigan ish, doimiy eshitish nazoratini talab qiluvchi ish, yoʻriqnoma bilan aniq jadval boʻyicha operatorlik ishi, dispetcherlik ishi, dispetcherlik xizmati xonalaridagi ish oʻrinlari, ustalar xonalarida, hisoblash mashinalarida axborotga ishlov berish zallarida | 96 | 83 | 74 | 68 | 63 | 60 | 58 | 56 | 54 | 65 |
| 4. | Diqqatni talab qiluvchi ish, ishlab chiqarish sikllarini kuzatish va masofadan turib boshqarish jarayonlariga orttirilgan talabli ish: telefonda soʻzlashuvsiz kuzatishlar va masofadan boshqarish xonalaridagi pult ustidagi ish oʻrinlari; shovqinli jihozli laboratoriyali xonalarda, hisoblash mashinalarining shovqinli agregatlarini joylashtirish uchun xonalarda | 103 | 91 | 83 | 77 | 73 | 70 | 68 | 66 | 64 | 75 |
| 5. | Ishlab chiqarish xonalari va korxona hududlaridagi doimiy ish oʻrinlarida barcha turdagi ishlarni bajarish (1—4-bandlarda sanab oʻtilganlar va shunga oʻxshash ishlar bundan mustasno) | 107 | 95 | 87 | 82 | 78 | 75 | 73 | 71 | 69 | 80 |
Keyingi tahrirga qarang.
Elektr toki urganda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish
Elektr toki urganda nafas olish va yurak faoliyati toʻxtashi mumkin, bu esa (bir necha daqiqa ichida) organizmning hayotiy muhim funksiyalarini boshqaruvchi bosh miya nerv hujayralarida qaytarib boʻlmaydigan holatlarning boshlanishiga olib keladi. Shuning uchun zudlik bilan voqea sodir boʻlgan joyda yordam koʻrsatish oʻta muhim.
Birinchi yordam koʻrsatishdagi muvaffaqiyatning asosiy sharti — topqirlik va zarar koʻrgan shaxsni tokdan tezda xalos etish.
Hech qachon zarar koʻrgan shaxsga yordam koʻrsatishdan bosh tortish va unda nafas olish, yurak urishi, puls singari hayot belgilari mavjudligi asosida uni oʻlgan deb hisoblash mumkin emas. Elektr toki urganda oʻlim koʻpincha shunchaki tuyuladi, faqat vrach zarar koʻrgan shaxsni jonlantirish boʻyicha keyingi saʼy-harakatlarning foydasizligi haqidagi masalani hal etishi va uning oʻlimi haqida xulosa berishi mumkin.
Kuchlanish ostida boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlarga teginish koʻp holatlarda muskullarning beixtiyor torayishini keltirib chiqaradi. Buning oqibatida, agar jabrlanuvchi simni qoʻllarida ushlab turgan boʻlsa, barmoqlar shunchalik qattiq siqiladiki, simni qoʻldan tortib olish mumkin boʻlmay qoladi.
Agar jabrlanuvchi tok oʻtkazuvchi qismlarga tekkanicha qolsa, u holda uni tezda elektr toki taʼsiridan xalos etish lozim. Bunda shuni esda tutish lozimki, ehtiyotkorlik choralarini koʻrmasdan turib tok ostida boʻlgan insonga teginish hayot uchun xavfli.
Birinchi harakat bilan qurilmaning jabrlanuvchi tegib turgan qismini tezda tokdan ajratish kerak.
Agar qurilmani tezda ajratish mumkin boʻlmasa, u holda jabrlanuvchini u tegib turgan tok oʻtkazuvchi qismlardan ajratish choralarini koʻrish lozim.
1000 V gacha kuchlanish
Jabrlanuvchini tok oʻtkazuvchi qismlardan yoki simdan ajratishda quruq kiyimdan, quruq taxtadan yoki qandaydir tok oʻtkazmaydigan buyumdan foydalanish lozim. Ushbu maqsadda metall yoki hoʻl buyumdan foydalanish mumkin emas. Jabrlanuvchi simni qoʻli bilan siqqanda va tok uning tanasi orqali yerga oʻtganda, jabrlanuvchini yerdan ajratgan holda, tokni uzish oson.
Buning uchun jabrlanuvchining ostiga quruq taxtani, yogʻoch stul suyanchigʻini yoki boshqa tok oʻtkazmaydigan buyumlarni tashlash kerak. Jabrlanuvchini tok oʻtkazuvchi qismlardan ajratib olish uchun jabrlanuvchidan ajralgan kiyimdan, agar u hoʻl boʻlmasa, balki quruq boʻlsa (masalan, poldan) bir qoʻl bilan tutish zarur. Masalan, oldindan oʻz qoʻlini yaxshi izolyatsiyalamasdan turib jabrlanuvchining oyoqlaridan tutmaslik kerak, chunki jabrlanuvchining oyoq kiyimi nam boʻlishi, demak, tok oʻtkazuvchi boʻlishi mumkin, ayniqsa jabrlanuvchi tanasining kiyim bilan yopilmagan joylariga qoʻl tekkizish zarur boʻlsa, yordam koʻrsatuvchining qoʻllarini va yuzini izolyatsiyalash uchun rezina qoʻlqop kiyish, jabrlanuvchining ustiga quruq rezinalangan materiali (plashch, peshband) tashlash, qoʻlni movut boʻyinbogʻ bilan oʻrash yoki qoʻlga movut bosh kiyimini kiygazish, qoʻl uchiga kamzul yengini tushirish lozim. Shuningdek quruq taxta, rezina gilamcha, kiyim buxchasi yoki qandaydir quruq tok oʻtkazmaydigan toʻshama va hokazo ustiga chiqish ham mumkin.
Jabrlanuvchining oyoqlarini uqalash uchun koʻtarish qoʻshimcha foydali chora hisoblanadi (buning uchun oyoqlar ostiga nimadir qoʻyish kerak), bu tananing quyi qismi tomirlaridan qonning yurakka oqib kelishiga yordam beradi.
Sunʼiy nafas oldirish va yurakni tashqaridan uqalashni jabrlanuvchining mustaqil nafas olishi va yuragi ishlay boshlashidan oldin oʻtkazish kerak. Hatto jabrlanuvchida puls mavjud boʻlib, kuchsiz nafas ola boshlashi ham sunʼiy nafas oldirishni toʻxtatish uchun asos boʻlmaydi. Ushbu holatda faqat jabrlanuvchining oʻz nafas olishi boshlanishi bilan bir vaqtning oʻzida havoni puflash zarur.
Jabrlanuvchida oʻzining (uqalashsiz) muntazam pulsi paydo boʻlganligiga qarab uning yurak faoliyati tiklanganligi haqida fikr yuritiladi. Buning uchun uqalash 2-3 soniyaga uzib qoʻyiladi va agar puls saqlanib qolsa, u holda bu yurakning mustaqil ishlay boshlaganligini bildiradi. Tanaffus vaqtida puls mavjud boʻlmagan taqdirda zudlik bilan uqalashni davom ettirish lozim.
Organizm jonlanishining boshqa belgilari (mustaqil nafas olish, tor koʻz qorachigʻi, baʼzan jabrlanuvchining qoʻl va oyoqlarini qimirlatishga urinishlari) pulsning uzoq vaqt boʻlmasligi yurak fibrillyatsiyasi mavjudligining belgisi boʻlib xizmat qiladi. Ushbu holatda jonlantirish tadbirlarini ancha uzoq vaqt vrach kelgunga qadar yoki mashinada jonlantirish tadbirlarini uzluksiz davom ettirgan holda, jabrlanuvchi davolash muassasiga yetkazilgunga qadar oʻtkazish zarur.
Tadbirlarni vrachning yordamiga qadar faqat biologik (qaytarilmaydigan) oʻlim belgilari mavjud boʻlgan hollarda toʻxtatish mumkin.
Quyidagilar ana shunday belgilar hisoblanadi:
1) 1 soatdan ortiq vaqt mobaynida jabrlanuvchida oʻzining nafas olish harakatlarining boʻlmasligi;
2) uzoq vaqt (1 soatdan ortiq) mobaynida jonlantirish tadbirlari oʻtkazilganiga qaramay, kengaygan koʻz qorachiqlarining oʻzgarmay qolishi.
Keyingi tahrirga qarang.
Kislotalar va ishqorlar bilan kuyganda birinchi yordam koʻrsatish
Kislotalar (sulfat, azot, fosfor) bilan kuyganda kuygan joy katta miqdordagi suv bilan, soʻngra 5-foizli natriy bikarbonat eritmasi yoki 10-foizli ammoniy karbonat angidrid eritmasi bilan, soʻngra yana suv bilan yuvib tashlanadi.
Ishqorlar bilan kuyganda kuygan joy katta miqdordagi suv bilan, soʻngra 3 — 6-foizli sirka kislotasi eritmasi yoki 1-2-foizli tuz kislotasi eritmasi bilan, soʻngra yana suv bilan yuvib tashlanadi.
Koʻzlar ishqor bilan kuyganda koʻzlarni katta miqdorda suv oqizib yuvib tashlash kerak. Bunda koʻzlar (yoki koʻz) mumkin qadar ochiq boʻlishi lozim. Soʻngra koʻzlarni 2 foizli bor kislotasi eritmasi bilan yoki 3 foizli sirka kislotasi eritmasi bilan yuvish zarur. Koʻzlar kislotalar bilan zararlanganda 3 — 6 foizli natriy bikarbonat eritmasi bilan yuvib tashlanadi.
Ogʻiz boʻshligʻi ishqor bilan kuyganda 3 foizli sirka kislotasi eritmasi bilan yoki 2 foizli bor kislotasi eritmasi bilan chayib tashlash lozim. Ogʻiz boʻshligʻi kislota bilan kuyganda 50 foizli natriy bikarbonat eritmasi bilan chayib tashlanadi.
Kislota nafas yoʻllariga tushganida pulverizator yordamida changitilgan 10 foizli natriy bikarbonat eritmasidan, ishqorlar tushganida esa purkalgan 3 foizli sirka kislotasi eritmasidan nafas olish zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Issiqlik bilan kuyganda birinchi yordam koʻrsatish
Olov, bugʻ, issiq buyumlar bilan kuyganda kuygan joyni suv bilan namlash mumkin emas, hosil boʻlgan pufakchalarni hech qachon yorib yubormaslik va kuygan joyni bint bilan bogʻlamaslik kerak.
Kuygan joyni un sepish yoki oʻsimlik yogʻi bilan moylash lozim. Kuygan joyni yangi tayyorlangan 5 foizli tanin eritmasi bilan yaxshilab namlash kerak, buning uchun bir necha qavat qilib taxlangan bint, doka yoki roʻmol qoʻllaniladi. Tanin eritmasi bilan bunday ishlov berishni terining zararlangan uchastkasi jigarrang tusga kirgunga qadar davom ettirish zarur.
Kuyish uchta darajaga ajratiladi:
1 daraja — qizarish. Kuygan joyga etil spirti bilan hoʻllangan momiq bilan (hech boʻlmaganda — denaturat bilan) ishlov beriladi.
2 daraja — pufaklar. Kuygan joyga birinchi darajali kuyishdagi kabi spirt bilan ishlov beriladi. Shuningdek, 3 foizli KMpO4 eritmasi yoki 5 foizli tanin eritmasi bilan ham ishlov berish mumkin.
3 daraja — teri toʻqimalarining buzilishi. Jarohatni sterilizatsiya qilingan buyum bilan bogʻlab, vrach chaqiriladi.
Kuchsiz kuyish hollarida kuyishga qarshi maxsus malham qoʻllaniladi.