Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.10.2010 10.01.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1758
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.10.2010
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PAXTA ETIShTIRUVChI QIShLOQ XOʻJALIGI KORXONALARIGA PAXTANI QAYTA IShLASh NATIJASIDA OLINADIGAN ChIGITDAN ChIQADIGAN PAXTA ShELUXASI VA KUNJARASIDAN ULARGA TEGIShLI BOʻLGAN MIQDORNI QAYTARISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 10-yanvarda 1758-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2010-yil 15-oktabrdagi 170-sonli “Paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalariga paxtani qayta ishlash natijasida olinadigan chigitdan chiqadigan paxta sheluxasi va kunjarasidan ularga tegishli boʻlgan miqdorni qaytarish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1758-1, 21.10.2010-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-maydagi “Chigit yetkazib berish mexanizmini hamda oʻsimlik yogʻi va yogʻ-moy mahsulotlari sotishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi PQ-360-sonli qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil 23-son, 203-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalariga paxtani qayta ishlash natijasida olinadigan chigitdan chiqadigan paxta sheluxasi va kunjarasidan ularga tegishli boʻlgan miqdorni qaytarish toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq kuchga kirgan vaqtdan boshlab Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2006-yil 4-avgustdagi “Paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalariga topshirgan paxta hosilidan ularga tegishli boʻlgan paxta sheluxasi va kunjarasini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 169-sonli buyrugʻi (2006-yil 7-sentabr, roʻyxat raqami 1621 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil 36-son, 364-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari Oʻ. Barnoyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
236-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
2007-yil 30-dekabrdagi 236-sonli buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalariga paxtani qayta ishlash natijasida olinadigan chigitdan chiqadigan paxta sheluxasi va kunjarasidan ularga tegishli boʻlgan miqdorni qaytarish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chigit yetkazib berish mexanizmini hamda oʻsimlik yogʻi va yogʻ-moy mahsulotlari sotishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2006-yil 31-maydagi PQ-360-son qaroriga muvofiq, fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjalik korxonalari (bundan keyingi oʻrinlarda paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar deb yuritiladi) ixtiyorida qoldiriladigan paxta sheluxasi va kunjarasini qaytarish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalariga paxta sheluxasi va kunjarasini qaytarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar tomonidan amalda sotilgan paxta xomashyosidan (urugʻlik paxtadan tashqari) ishlab chiqariladigan texnik chigitdan chiqadigan sheluxa va kunjaraning 70 foizi ular ixtiyorida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati” va “Oʻzpaxtasanoat” uyushmalari yogʻ-moy korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari, paxta sheluxasi va kunjarasi mahsulotlarini qishloq joylarida tashkil etilgan shoxobchalarga yetkazib berishning qulayligidan kelib chiqqan holda paxta tozalash korxonalarini texnik chigit yetkazib berish boʻyicha yogʻ-moy korxonalariga biriktirish dislokatsiyasini har yilning 1-noyabrigacha Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Paxtani qayta ishlash korxonalari paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar tomonidan kontraktatsiya shartnomalari boʻyicha topshirilgan paxta xomashyosidan (urugʻlik paxtadan tashqari) ishlab chiqariladigan texnik chigitning kutiladigan miqdori toʻgʻrisidagi roʻyxatni (reyestrni) paxta tayyorlash mavsumi tugashi bilan, lekin 25-noyabrdan kechiktirmagan holda viloyat “Paxtasanoat” birlashmasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat “Paxtasanoat” birlashmasi olingan maʼlumotlarni umumlashtirib 5 kun muddatda “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasiga, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi viloyatlar boʻyicha olingan maʼlumotlarni umumlashtirib 5 kun muddatda Iqtisodiyot vazirligi va “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati” uyushmasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Paxtani qayta ishlash va yogʻ-moy korxonalari oʻzaro dislokatsiya asosida paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklariga tegishli texnik chigitni aynan qaysi yogʻ-moy korxonasiga joʻnatilishi toʻgʻrisidagi birgalikda tasdiqlagan maʼlumotni joriy yilning 25-noyabrigacha tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimiga taqdim etadi, tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi esa bu maʼlumot yuzasidan 2 kun ichida paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tasdiqlangan reyestrga asosan, yogʻ-moy korxonalari paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar bilan 1-dekabrgacha shartnoma tuzadi va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomada xoʻjalikka xizmat koʻrsatuvchi shoxobcha nomi va manzili aniq koʻrsatilishi shart. Shoxobchalarga xoʻjaliklarni biriktirishda ularning oʻzaro yaqin masofada joylashganligiga eʼtibor berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga tegishli texnik chigitni paxta tozalash korxonalaridan yogʻ-moy korxonalariga joʻnatish hududiy “Paxtasanoat” aksiyadorlik birlashmasi, paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar hamda reyestr asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxtani qayta ishlash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan jami texnik chigit yogʻ-moy korxonalariga shartnomaga muvofiq toʻliq hajmda joʻnatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Paxtani qayta ishlash korxonalari tomonidan Yogʻ-moy korxonalariga yuborilayotgan texnik chigitning, shuningdek Yogʻ-moy korxonalari texnik chigitni qayta ishlash natijasida olayotgan va paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga qaytarib berayotgan paxta sheluxasi hamda kunjarasining sifat koʻrsatkichlarini davlat standartlari va texnik shartlari talablariga mos boʻlishini taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxtani qayta ishlash korxonalari Yogʻ-moy korxonalariga yuborilayotgan texnik chigitga, shuningdek Yogʻ-moy korxonalari paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga qaytarib berayotgan paxta sheluxasi va kunjarasiga ularning muvofiqlik sertifikatini (shoxobchalardan sotilganda nusxasi yoki koʻchirmasi) ilova qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Paxta tozalash korxonalarida paxta xomashyosini qayta ishlash natijasida olinadigan texnik chigit miqdori, shuningdek Yogʻ-moy korxonalari tomonidan qaytarib berilishi lozim boʻlgan paxta sheluxasi va kunjarasining shartnomada koʻrsatiladigan hajmi tasdiqlangan meʼyoriy koʻrsatkichlar asosida belgilanadi, bunda meʼyoriy koʻrsatkichlar keyingi uch yillik oʻrtacha koʻrsatkichdan past boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yogʻ-moy korxonalari ushbu meʼyoriy koʻrsatkichlar asosida aniqlangan maʼlumotlarni viloyat Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi va iqtisodiyot Bosh boshqarmalariga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta sheluxasi va kunjarasini olayotgan paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar talabiga asosan yogʻ-moy korxonasida shartnomada koʻrsatilgan mahsulotlarning chiqish miqdori texnik chigit qayta ishlangan davrdagi haqiqiy koʻrsatkichlar asosida qayta aniqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklariga tegishli boʻlgan paxta sheluxasi va kunjarasi yogʻ-moy korxonalari tomonidan qishloq joylarda tashkil etilgan maxsus shoxobchalar orqali ulgurji baholarda sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mahsulot ulgurji bahosiga mahsulotni shoxobchagacha tashib keltirish va shoxobchalarni saqlash va shaxobchalardan mahsulot oluvchining uyiga olib borish bilan bogʻliq xarajatlar kiritilmaydi, bu sarf-xarajatlar yogʻ-moy korxonalari tomonidan birja savdolari orqali oʻsimlik yogʻini sotishdan olinadigan qoʻshimcha daromadlar hisobiga qoplanadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yogʻ-moy korxonalari tuman hokimligi bilan kelishgan holda har bir tumanda paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar soni, hududiy joylashuvidan kelib chiqqan holda paxta sheluxasi va kunjarasini sotish uchun bir yoki bir nechta shoxobchalarni ochadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkil qilingan shoxobchalar paxta sheluxasi va kunjarasini saqlash hamda sotish uchun zarur boʻlgan barcha jihozlar va asbob-uskunalar (oʻlchash asboblari, yongʻinga qarshi kurash anjomlari, aloqa vositalari va boshqalar) bilan toʻliq taʼminlanishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shoxobcha mudirlari hududdagi paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga tegishli boʻlgan paxta sheluxasi va kunjarasini shaxsan oʻzlari Yogʻ-moy korxonasidan belgilangan tartibga asosan shoxobchaga olib keladi va ularni kirim-chiqim daftarida qayd etib borishni taʼminlaydi. Paxta sheluxasi va kunjarasini paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarning manziligacha olib borib berish xizmatini yoʻlga qoʻyish ishlarni tashkillashtiradi. Shoxobcha mudirlari har kuni Yogʻ-moy korxonasiga belgilangan tartibda hisobot topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlarni yogʻ-moy korxonalaridan toʻgʻridan toʻgʻri paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga berish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati” uyushmasi, uning hududiy yogʻ-moy korxonalarining rahbarlari paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga shoxobchalar orqali sotiladigan paxta sheluxasi va kunjarasini talon-torojlikka yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻradi hamda paxta yetishtiruvchi korxonalarga toʻliq hajmda sotilishini taʼminlash maqsadida doimiy monitoring yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy shoxobchalarda paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga tegishli paxta sheluxasi va kunjarasini talon-toroj qilish holatlari aniqlangan taqdirda shoxobcha mudirlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga tegishli boʻlgan paxta sheluxasi va kunjarasi tasdiqlangan grafik asosida, toʻliq hajmda sotilishini taʼminlash maqsadida tuman hokimi hududdagi har bir shoxobchaga tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimining masʼul xodimlarini biriktirib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimi paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga paxta sheluxasi va kunjarasini tarqatilish holatini har oyning yakunida muhokama etib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yogʻ-moy korxonalari tomonidan paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga tegishli boʻlgan jami paxta sheluxasi va kunjarasi oyma-oy grafik asosida taqsimlanib, shoxobchalar orqali shartnomada belgilangan tartib va muddatlarda, oldindan toʻliq pul oʻtkazish, yoki xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari orqali naqd pul toʻlash yoʻli bilan sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga qaytariladigan paxta sheluxasi va kunjarasi ularning yozma topshirigʻi yoki ishonchnomalariga asosan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga sotilishi qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar tomonidan oʻzlariga tegishli boʻlgan paxta sheluxasi va kunjarasini sotib olishlari yozma ravishda rad etilganda, Yogʻ-moy korxonalari ularni chorva mahsulotlari yetishtiruvchi qishloq xoʻjalik korxonalariga sotish maqsadida Respublika tovar-xomashyo birjasining birja savdolariga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tumanlar Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimlari tomonidan paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga sotilishi rejalashtirilgan va sotilgan paxta sheluxasi hamda kunjarasining hajmlari, muddatlari va sifati boʻyicha monitoring yuritilib, har oyning 3 sanasigacha tuman hokimiga, viloyat Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasiga uning natijalari boʻyicha maʼlumot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar Qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari olingan maʼlumotlarni umumlashtirib har oyning 5 sanasigacha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati” uyushmasi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari A. SALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 28-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati” uyushmasi raisi M. GʻOFUROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 28-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi raisi F. OMONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 28-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Fermer xoʻjaliklari uyushmasi raisi S. QOBILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 28-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 1-2-son, 8-modda)