Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZMELIOMAShLIZING” DAVLAT LIZING KOMPANIYASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 29-oktabrdagi PF-3932-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek meliorativ texnikaning koʻp profilli mavjud parkini yangilash va shakllantirishni ragʻbatlantirish, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyati bilan shugʻullanuvchi suv xoʻjaligi qurilish va foydalanish tashkilotlariga zamonaviy melioratsiya texnikasi va asbob-uskunalari yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligining davlat unitar korxonasi shaklidagi ixtisoslashtirilgan “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki foydasining respublika budjeti daromadiga yoʻnaltiriladigan qismi hisobiga “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasiga ustav fondini shakllantirish uchun 5 mlrd soʻm mablagʻ ajratsin.
2. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyati bilan shugʻullanuvchi suv xoʻjaligi qurilish va foydalanish tashkilotlariga, shuningdek suvdan foydalanuvchilar uyushmalariga va fermer xoʻjaliklariga ularning topshirigʻiga koʻra xarid qilinadigan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini lizingga berish “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasining asosiy vazifasi etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasiga quyidagi funksiyalar yuklansin:
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyati bilan shugʻullanuvchi suv xoʻjaligi qurilish va foydalanish tashkilotlari, shuningdek suvdan foydalanuvchilar uyushmalari va fermer xoʻjaliklarining melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini yetkazib berish yuzasidan buyurtmanomalarini umumlashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasining kafolat xatlari bilan tasdiqlangan moliyaviy manbalar hamda tender savdolari asosida mamlakatimiz korxonalarida va xorijiy korxonalarda melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini ishlab chiqarish yuzasidan buyurtmanomalarni joylashtirish;
joylashtirilgan buyurtmanomalarga muvofiq ishlab chiqariladigan melioratsiya texnikasi uchun avans toʻlovlarini va uzil-kesil hisob-kitoblarni oʻz vaqtida amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
lizing shartnomalari tuzish va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyati bilan shugʻullanuvchi suv xoʻjaligi qurilish va foydalanish tashkilotlari, shuningdek suvdan foydalanuvchilar uyushmalari va fermer xoʻjaliklariga melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini lizingga berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
melioratsiya texnikasi xarid qilishga moʻljallangan resurslarni shakllantirish uchun donorlarning, shu jumladan xalqaro moliya institutlarining mablagʻlarini imtiyozli asosda jalb etish;
Keyingi tahrirga qarang.
lizing shartnomalari boʻyicha toʻlovlarning oʻz vaqtida tushishini nazorat qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
4. “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi ijro etuvchi apparatining xodimlarining cheklangan soni (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) 18 nafar boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Belgilansinki, “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasining ijro etuvchi direktori va uning oʻrinbosari lavozimga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.
“Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasining ijro etuvchi direktori maqomi, maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi bir oy muddatda Kompaniya ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Belgilab qoʻyilsinki, melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyati bilan shugʻullanuvchi suv xoʻjaligi qurilish va foydalanish tashkilotlariga, shuningdek suvdan foydalanuvchilar uyushmalariga va fermer xoʻjaliklariga 10 yil muddatga lizingga quyidagi shartlar bilan beriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
lizingga berilayotgan texnika qiymatining 15 foizini sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyati bilan shugʻullanuvchi suv xoʻjaligi qurilish va foydalanish tashkilotlari, shuningdek suvdan foydalanuvchilar uyushmalari va fermer xoʻjaliklarining avansi shaklida ularning oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlash;
Keyingi tahrirga qarang.
lizingga berilayotgan texnika qiymatining 85 foizini “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tomonidan unga qarz asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi tomonidan beriladigan mablagʻlar hisobiga moliyalashtirish;
melioratsiya texnikasini faqat olinayotgan texnikaning mulkiy tavakkalchiligini lizingning butun davri uchun sugʻurta polisi mavjud boʻlganda berish;
Lizing kompaniyasi daromad stavkasi (marjasi)ning shartnomalar tuzilishi sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan ortiq boʻlmasligi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Quyidagilar:
Aksiyadorlik-tijorat “Paxta-bank” — kompaniyaning barcha hisob-kitoblariga xizmat koʻrsatish, toʻlovlarning va lizing oluvchilar bilan lizing shartnomalari boʻyicha, melioratsiya texnikasini yetkazib beruvchilar bilan yetkazib berish shartnomalari boʻyicha oʻzaro moliyaviy majburiyatlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish vazifalarini bajargan holda “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasining moliyaviy agenti etib;
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi — lizingga beriladigan texnikani sugʻurtalash vazifalarini bajargan holda “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasining sugʻurta agenti etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2007-yil 31-oktabrdagi PQ-718-son qarori bilan tashkil etilgan Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi Kengashiga “Oʻzmeliomashlizing” kompaniyasi tomonidan lizingga beriladigan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari roʻyxatini tasdiqlash huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini xarid qilish va lizingga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Belgilab qoʻyilsinki, mamlakatimizda va xorijda ishlab chiqarilgan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalari “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tomonidan tender asosida xarid qilinadi.
“Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tomonidan xarid qilinadigan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini yetkazib beruvchilarni tanlash boʻyicha idoralararo tender komissiyasi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi “OʻzGIP” MJChning Toshkent shahar, Navoiy koʻchasi, 44-uy manzilidagi binosiga joylashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasini zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.MIRZIYOEV
Toshkent sh.,
2007-yil 21-dekabr,
266-son
“Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini xarid qilish va lizingga berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Ushbu Nizom melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini (keyingi oʻrinlarda melioratsiya texnikasi deb ataladi) xarid qilish va “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda Lizingga beruvchi deb ataladi) tomonidan lizingga berish mexanizmini belgilaydi.
2. Lizingga beriladigan melioratsiya texnikasi roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2007-yil 31-oktabrdagi PQ-718-son qarori bilan tashkil etilgan Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi Kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.
3. Melioratsiya texnikasi sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyati bilan shugʻullanuvchi suv xoʻjaligi qurilish va foydalanish tashkilotlariga, shuningdek suvdan foydalanuvchilar uyushmalariga va fermer xoʻjaliklariga (keyingi oʻrinlarda Lizingga oluvchilar deb ataladi) 10 yil muddatga lizingga quyidagi shartlar bilan beriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
lizingga berilayotgan texnika qiymatining 15 foizini Lizingga oluvchilarning avansi shaklida ularning oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlash;
lizingga berilayotgan texnika qiymatining 85 foizini Lizingga oluvchi tomonidan unga qarz asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) tomonidan beriladigan mablagʻlar hisobiga moliyalashtirish;
texnikani Lizingga oluvchilarga faqat olinayotgan texnikaning mulkiy tavakkalchiligini lizingning butun davri uchun sugʻurta qilish boʻyicha “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining sugʻurta polisi mavjud boʻlganda berish;
Lizingga beruvchi daromad stavkasi (marjasi)ning shartnomalar tuzilishi sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan ortiq boʻlmasligi.
4. Lizingga beruvchi har yili 1-avgustdan kechikmay, Lizingga oluvchilardan olingan buyurtmanomalar asosida lizing boʻyicha yetkazib beriladigan melioratsiya texnikasiga kelgusi yildagi ehtiyoj prognozini shakllantiradi.
Melioratsiya texnikasiga boʻlgan ehtiyoj prognozidan kelib chiqib Lizingga beruvchi va “Paxta-bank” aksiyadorlik-tijorat banki (keyingi oʻrinlarda Bank deb ataladi) Jamgʻarmaga melioratsiya texnikasi xarid qilishning prognoz hajmlarini, shuningdek Lizingga oluvchilar tomonidan toʻlov amalga oshirilishini hisobga oluvchi kelgusi yilda vositalarga boʻlgan ehtiyoj prognozini (yil choraklari boʻyicha) taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Jamgʻarma mavjud moliyaviy resurslarni hisobga olgan holda Lizingga beruvchiga lizing operatsiyalarini amalga oshirish uchun kelgusi davrga ajratiladigan pul mablagʻlari hajmi uchun kafolat xatlari taqdim etadi.
6. Lizingga beruvchi Jamgʻarmaning ajratiladigan pul mablagʻlari toʻgʻrisidagi tasdiqlangan kafolat xatlari asosida mamlakatimiz va xorij korxonalarida ishlab chiqariladigan melioratsiya texnikasini tender asosida sotib oladi.
7. Lizingga beriladigan melioratsiya texnikasini yetkazib beruvchilar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Idoralararo tender komissiyasi tomonidan tender asosida aniqlanadi.
8. Lizingga beruvchi kelgusi yilga:
Jamgʻarma bilan — melioratsiya texnikasi sotib olish uchun moliyaviy resurslar ajratish yuzasidan shartnoma tuzadi. Bunda lizing boʻyicha daromad (marja) miqdori, shuningdek Lizingga oluvchilar tomonidan toʻlanadigan lizing toʻlovlaridan ushlab qolinishi kerak boʻlgan Lizingga beruvchining xizmatlariga haq toʻlash miqdori belgilanadi;
Etkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchi korxonalar (keyingi oʻrinlarda yetkazib beruvchilar deb ataladi) bilan — Lizingga oluvchining buyurtmasiga muvofiq melioratsiya texnikasini yetkazib berish yuzasidan;
Bank bilan — uning tomonidan moliyaviy agent funksiyalari bajarilishi yuzasidan;
“Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan — sugʻurta agenti funksiyalarini bajarish yuzasidan shartnomalar tuzadi.
9. Lizingga beruvchi Lizingga oluvchilar bilan melioratsiya texnikasi lizingi shartnomalari tuzadi. Har bir shartnomaga lizing toʻlovlari (asosiy summa plyus lizing boʻyicha foizlar) jadvali ilova qilinadi. Bunda shartnomaning bitta asl nusxasi Bankka joʻnatiladi.
10. Lizingga beruvchi pul mablagʻlari ajratish yuzasidan Jamgʻarmaga buyurtmanoma taqdim etadi. Ushbu buyurtmanomalar asosida Jamgʻarma uch bank kuni mobaynida pul mablagʻlarini kelgusi davrga Jamgʻarma mablagʻlari bilan operatsiyalar uchun moʻljallangan Lizingga beruvchining Bankdagi maxsus hisob raqamiga (keyingi oʻrinlarda “Operatsiya hisob raqami” deb ataladi) oʻtkazadi.
11. Melioratsiya texnikasi uchun haq toʻlash tartibi Lizingga beruvchi bilan yetkazib beruvchi oʻrtasida tuzilgan lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq tartibga solinadi.
12. Lizingga beruvchi lizing boʻyicha olingan foizlardan tijorat agenti funksiyalarini bajarish uchun shartnomada belgilangan miqdorda uning xizmatlariga haq toʻlash hisobiga mablagʻlarni ushlab qoladi. Lizingga oluvchilardan olingan summaning qolgan qismini uch kun muddatda Jamgʻarmaning bankdagi hisob raqamiga oʻtkazadi.
13. Lizingga beruvchi har bir kalendar yil choragi tamom boʻlgandan keyin 20 kundan kechikmay Jamgʻarmaga tamom boʻlgan yil choragi uchun Operatsiya hisob raqamida pul mablagʻlarining harakati toʻgʻrisida Bank tomonidan tasdiqlangan hisobotni taqdim etadi.
14. Lizingga oluvchi:
Lizingga beruvchiga lizingga olinadigan texnika qiymatining 15 foizini avans toʻlovi tarzida toʻlaydi;
lizingga olinadigan melioratsiya texnikasini Lizingga beruvchi foydasiga oʻz mablagʻlari hisobiga sugʻurta qiladi;
lizing toʻlovlari jadvaliga muvofiq texnika qiymatining qolgan 85 foizini va lizing boʻyicha foizlarni lizing muddati mobaynida Lizingga beruvchiga toʻlaydi.
15. Lizingga oluvchilar lizing shartnomalarida belgilangan muddatlarda va miqdorlarda lizing toʻlovlarini Lizingga beruvchiga toʻlaydilar. Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar toʻliq hajmda Lizingga beruvchining Operatsiya hisob raqamiga oʻtkaziladi.
16. Lizingga beruvchi, Bank va ularning boʻlinmalari rahbarlari Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
17. Lizingga oluvchi tomonidan jadvalda nazarda tutilgan lizing toʻlovlari oʻz vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda, Lizingga beruvchi moliya agenti orqali Lizingga oluvchining bank hisob raqamiga belgilangan tartibda bajarilishi kerak boʻlgan toʻlov talabnomalarini taqdim etadi. Toʻlov talabnomalari boʻyicha Lizingga oluvchilardan undirilgan pul mablagʻlari Lizingga beruvchining Operatsiya hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzmeliomashlizing” kompaniyasi tomonidan xarid qilinadigan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini yetkazib beruvchilarni tanlash boʻyicha idoralararo tender komissiyasi tarkibi
| Najimov N.E. | — | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari, komissiya rahbari |
| Xamrayev Sh.R. | — | Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari, komissiya rahbarining oʻrinbosari |
| Tursunov Y.E. | — | Moliya vazirining oʻrinbosari |
| Salimov A.X. | — | Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari |
| Sharipov I.R. | — | “Paxta-bank” boshqaruvi raisining oʻrinbosari |
| Yusupov A.A. | — | Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti direktori |
| Lavozimiga koʻra | — | “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasining ijro etuvchi direktori |
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son, 539-modda; 2009-y., 21-son, 252-modda; 2011-y., 7-8-son, 62-modda; 2012-y., 28-son, 322-modda; 2013-y., 26-son, 338-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2017-y., 09/17/969/0405-son)