OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
QARORI
Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 17-dekabrda 1750-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 4-noyabrdagi 60-son va Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 31-oktabrdagi 2022-35-sonli ““Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1750-5, 08.11.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Soliq maslahati sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 20-martdagi 55-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 12-son, 111-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Ilova qilinayotgan Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 17-dekabr,
107-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 17-dekabr,
2007-64-son
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining
2007-yil 17-dekabrdagi 107, 2007-64-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
2007-yil 17-dekabrdagi 107, 2007-64-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi “Soliq maslahati sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 55-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 12-son, 111-modda) muvofiq soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, amal qilishini tugatish va bekor qilish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Soliq maslahatchisi malaka sertifikatiga ega boʻlgan (keyingi oʻrinlarda — malaka sertifikati deb yuritiladi) jismoniy shaxs soliq maslahatchisi hisoblanadi.
2. Malaka sertifikati jismoniy shaxsga, agar u soliq maslahatchilari tashkilotining shtatida turgan boʻlsa yoki soliq maslahatchilari tashkiloti u bilan fuqarolik-huquqiy xarakterdagi shartnoma tuzgan boʻlsa, soliq maslahati boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beradi.
II. Malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish va dublikat berish tartibi
3. Malaka sertifikati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Moliya vazirligi deb yuritiladi) tomonidan malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan daʼvogarga beriladi.
4. Malaka sertifikati mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan shaklda sertifikatning maxsus blankasida rasmiylashtiriladi.
5. Malaka sertifikati blankasi qatʼiy hisobot hujjati hisoblanib, hisob seriyasi, raqami va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi.
Malaka sertifikati blankasi va uning ilovasi qonunchilikda belgilangan tartibda nashriyot yoʻli bilan Moliya vazirligining buyurtmasiga binoan tayyorlanadi.
6. Malaka sertifikati cheklanmagan muddatga beriladi va Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida amal qiladi.
7. Malaka sertifikati malaka imtihoni natijalari bayonnomasi imzolangan kundan boshlab 10 kun muddatda rasmiylashtiriladi va soliq maslahatchilari roʻyxatiga imzo qoʻygan holda malaka imtihonini topshirgan jismoniy shaxsga yoxud uning vakiliga notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Sertifikatda koʻrsatilgan familiyasi (ismi, otasining ismi) yoki boshqa pasport maʼlumotlari oʻzgargan taqdirda, malaka sertifikatining egasi 10 kun muddatdan kechikmasdan Moliya vazirligiga qayta rasmiylashtirilishi lozim boʻlgan malaka sertifikati, tegishli oʻzgartishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari, shuningdek malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun oʻtkaziladigan toʻlovning toʻlanganligini tasdiqlaydigan bank toʻlov hujjatini ilova qilgan holda malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida Moliya vazirligiga ariza topshirishi lozim.
9. Malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish soliq maslahatchisi tomonidan tegishli ariza topshirilgan kundan boshlab, uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi. Bunda yangi malaka sertifikati beriladi.
Ilgari berilgan malaka sertifikati belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
10. Yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz boʻlib qolgan malaka sertifikati oʻrniga egasining arizasiga binoan dublikat berilishi mumkin.
11. Yoʻqotib qoʻyilgan malaka sertifikatining egasi malaka sertifikatining yoʻqotib qoʻyilganligi toʻgʻrisida matbuotda eʼlon berishi va nashr nusxasini Moliya vazirligiga taqdim etishi lozim.
12. Yaroqsiz boʻlib qolgan malaka sertifikati Moliya vazirligiga qaytarilishi va belgilangan tartibda yoʻq qilinishi lozim.
13. Malaka sertifikatining dublikati tegishli ariza topshirilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida beriladi.
14. Malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirishda yoki uning dublikatini berishda malaka sertifikatida ilgari berilgan roʻyxat raqami koʻrsatiladi.
15. Malaka sertifikatini rasmiylashtirish va berish uchun, shuningdek uning dublikatini berganlik uchun soliq maslahatchisi toʻlov kunidagi eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida toʻlov toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun eng kam oylik ish haqining 1/2 miqdorida toʻlov undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Koʻrsatilgan mablagʻlar Moliya vazirligining maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi va malaka sertifikatini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni, shuningdek, pochta xarajatlarini qoplash uchun ishlatiladi.
III. Soliq maslahatchisining malaka sertifikatini amal qilishini tugatish va bekor qilish tartibi
18. Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos boʻladi:
a) soliq maslahatchisining arizasi;
b) soliq maslahatchisi tomonidan soliq maslahati berish davomida olingan maʼlumotlar mijozning (ishonch bildiruvchining) yozma ruxsatisiz uchinchi shaxslarga taqdim etilganligi;
v) soliq maslahatini amalga oshirishda bir yil ichida ikki martadan koʻp qonun hujjatlarini buzish sodir etilganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
g) soliq maslahati boʻyicha faoliyatda uch yil mobaynida ishtirok etmaganligi, shuningdek malaka oshirishni belgilangan tartibda oʻtamaganligi;
d) malaka sertifikatini soliq maslahatida ishtirok etish uchun foydalanish maqsadida boshqa jismoniy shaxsga berilganligi faktining aniqlanganligi;
e) muayyan lavozimlarni egallash yoki moliya-xoʻjalik sohasida muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum etish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi;
j) fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganligi.
19. Mazkur Nizomning 18-bandini “b”, “v”, “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha malaka sertifikatining amal qilishi toʻxtatilgan shaxs malaka sertifikatining amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab uch yil mobaynida malaka sertifikatini olish toʻgʻrisidagi ariza bilan Moliya vazirligiga murojaat qilishga haqli emas.
20. Malaka sertifikatini bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
a) vakolatli davlat organining malaka sertifikatini berish toʻgʻrisidagi qarorining noqonuniyligi aniqlanganligi;
b) malaka sertifikatining soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganligi.
21. Malaka sertifikatini amal qilishini tugatish yoki bekor qilish uchun asoslar aniqlangan taqdirda Moliya vazirligi tegishli qaror qabul qiladi.
Malaka sertifikatini amal qilishini tugatish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror asoslangan boʻlishi lozim va ommaviy axborot vositalarida nashr qilinadi.
22. Malaka sertifikatini amal qilishi uni tugatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan tugatiladi.
Soliq maslahatchisining malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror malaka sertifikati berilgan sanadan eʼtiboran amal qiladi.
23. Moliya vazirligining malaka sertifikatini amal qilishini tugatish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorining nusxasi uch ish kuni mobaynida malaka sertifikatining egasiga va u soliq maslahati berishni amalga oshirgan soliq maslahatchilari tashkilotiga yuboriladi.
IV. Malaka sertifikatiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari roʻyxatini yuritish
24. Moliya vazirligi malaka sertifikatiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari Reyestrini yuritadi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
malaka sertifikatini olgan shaxsning familiyasi, ismi,otasining ismi, olgan sanasi;
pasportning seriyasi va raqami, bergan sanasi va joyi, turar joyi;
ish joyi;
STIR;
malaka sertifikatining raqami, berilgan sanasi;
har yillik malaka oshirish kurslarini oʻtaganlik toʻgʻrisidagi maʼlumot;
malaka sertifikatini amal qilishini tugatish, bekor qilish, qayta rasmiylashtirish va dublikat berganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
25. Reyestrdan malaka sertifikatining raqami, berilgan sanasi, qayta rasmiylashtirish va amal qilishini tugatish, shuningdek bekor qilish va dublikatini berganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga koʻchirma tariqasida berilishi mumkin.
V. Yakuniy qoidalar
26. Moliya vazirligining malaka sertifikatini berish, amal qilishini tugatish va bekor qilish masalalariga oid qarori ustidan manfaatdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
ILOVA
| | |
(old tomoni) |
|
| ||
|
| ||
| 20__ yil, ____ -sonli Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyrugʻiga muvofiq ushbu sertifikat ___________________________________ | ||
| |
(soliq maslahatchisining F.I.Sh.) | |
| __________________________________________________________________ | ||
|
(pasport raqami va seriyasi, qachon va kim tomonidan berilgan) | ||
| Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan Soliq maslahatchilari tashkiloti orqali soliq maslahati boʻyicha xizmat koʻrsatish huquqini tasdiqlaydi. Mazkur sertifikat pasport taqdim etilganda haqiqiydir. | ||
| | | |
| Vakolatli shaxs: |
_____________________ |
_________________ |
| |
(F.I.Sh.) |
(imzo) |
Sertifikat berish sanasi 2007-yil “____” ___________ Reyestr boʻyicha roʻyxat raqami ___________ | ||
Toshkent |
| M.Oʻ. |
| | |
|
|
| ||
| 1. Taʼlim muassasasining nomlanishi _________________________________ Malaka oshirganlik toʻgʻrisidagi sertifikatning olgan sanasi ____________ Taʼlim muassasasi rahbarining __________________________________ | ||
| |
(F.I.Sh.) | |
|
|
M.Oʻ. | |
| 2. Taʼlim muassasasining nomlanishi _________________________________ Malaka oshirganlik toʻgʻrisidagi sertifikatning olgan sanasi ____________ Taʼlim muassasasi rahbarining __________________________________ | ||
| |
(F.I.Sh.) | |
|
|
M.Oʻ. | |
3. Taʼlim muassasasining nomlanishi _________________________________ Malaka oshirganlik toʻgʻrisidagi sertifikatning olgan sanasi ____________ Taʼlim muassasasi rahbarining __________________________________ | ||
| |
(F.I.Sh.) | |
|
|
M.Oʻ. | |
Izoh: Malaka sertifikati olingan sanadan keyin kelgusi yildan boshlab toʻldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 531-modda; 2014-y., 28-son, 352-modda; 2017-y., 25-son, 564-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/1750-3/0872-son; 28.01.2020-y., 10/20/1750-4/0084-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)