Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.11.2022 17.12.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1750
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 17.12.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1750
Кучга кириш санаси
27.12.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.11.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 17-dekabrda 1750-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 4-noyabrdagi 60-son va Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 31-oktabrdagi 2022-35-sonli ““Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1750-5, 08.11.2022-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Soliq maslahati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Soliq maslahati sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 20-martdagi 55-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 12-son, 111-modda) muvofiq qaror qilamiz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilova qilinayotgan Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 17-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 17-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-64-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining
2007-yil 17-dekabrdagi 107, 2007-64-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Soliq maslahati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi “Soliq maslahati sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 55-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 12-son, 111-modda) muvofiq soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, amal qilishini tugatish va bekor qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soliq maslahatchisi malaka sertifikatiga ega bo‘lgan (keyingi o‘rinlarda — malaka sertifikati deb yuritiladi) jismoniy shaxs soliq maslahatchisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Malaka sertifikati jismoniy shaxsga, agar u soliq maslahatchilari tashkilotining shtatida turgan bo‘lsa yoki soliq maslahatchilari tashkiloti u bilan fuqarolik-huquqiy xarakterdagi shartnoma tuzgan bo‘lsa, soliq maslahati bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish va dublikat berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Malaka sertifikati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Moliya vazirligi deb yuritiladi) tomonidan malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan da’vogarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Malaka sertifikati mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan shaklda sertifikatning maxsus blankasida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Malaka sertifikati blankasi qat’iy hisobot hujjati hisoblanib, hisob seriyasi, raqami va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka sertifikati blankasi va uning ilovasi qonunchilikda belgilangan tartibda nashriyot yo‘li bilan Moliya vazirligining buyurtmasiga binoan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Malaka sertifikati cheklanmagan muddatga beriladi va O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Malaka sertifikati malaka imtihoni natijalari bayonnomasi imzolangan kundan boshlab 10 kun muddatda rasmiylashtiriladi va soliq maslahatchilari ro‘yxatiga imzo qo‘ygan holda malaka imtihonini topshirgan jismoniy shaxsga yoxud uning vakiliga ishonchnoma asosida beriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 28-fevraldagi 41, 2018-11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1750-3, 09.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/1750-3/0872-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sertifikatda ko‘rsatilgan familiyasi (ismi, otasining ismi) yoki boshqa pasport ma’lumotlari o‘zgargan taqdirda, malaka sertifikatining egasi 10 kun muddatdan kechikmasdan Moliya vazirligiga qayta rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan malaka sertifikati, tegishli o‘zgartishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari, shuningdek malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun o‘tkaziladigan to‘lovning to‘langanligini tasdiqlaydigan bank to‘lov hujjatini ilova qilgan holda malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida Moliya vazirligiga ariza topshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish soliq maslahatchisi tomonidan tegishli ariza topshirilgan kundan boshlab, uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi. Bunda yangi malaka sertifikati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari berilgan malaka sertifikati belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yo‘qotib qo‘yilgan yoki yaroqsiz bo‘lib qolgan malaka sertifikati o‘rniga egasining arizasiga binoan dublikat berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yo‘qotib qo‘yilgan malaka sertifikatining egasi malaka sertifikatining yo‘qotib qo‘yilganligi to‘g‘risida matbuotda e’lon berishi va nashr nusxasini Moliya vazirligiga taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yaroqsiz bo‘lib qolgan malaka sertifikati Moliya vazirligiga qaytarilishi va belgilangan tartibda yo‘q qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Malaka sertifikatining dublikati tegishli ariza topshirilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirishda yoki uning dublikatini berishda malaka sertifikatida ilgari berilgan ro‘yxat raqami ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Malaka sertifikatini rasmiylashtirish va berish uchun, shuningdek uning dublikatini berganlik uchun soliq maslahatchisi to‘lov kunidagi bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘lov to‘laydi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 20-yanvardagi 1, 2020-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1750-4, 28.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.01.2020-y., 10/20/1750-4/0084-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1/2 miqdorida to‘lov undiriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 20-yanvardagi 1, 2020-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1750-4, 28.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.01.2020-y., 10/20/1750-4/0084-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ko‘rsatilgan mablag‘lar Moliya vazirligining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi va malaka sertifikatini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni, shuningdek, pochta xarajatlarini qoplash uchun ishlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Soliq maslahatchisining malaka sertifikatini amal qilishini tugatish va bekor qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) soliq maslahatchisining arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soliq maslahatchisi tomonidan soliq maslahati berish davomida olingan ma’lumotlar mijozning (ishonch bildiruvchining) yozma ruxsatisiz uchinchi shaxslarga taqdim etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) soliq maslahatini amalga oshirishda bir yil ichida ikki marta qonunchilik hujjatlarini buzish sodir etilganligi;
(18-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) soliq maslahati bo‘yicha faoliyatda uch yil mobaynida ishtirok etmaganligi, shuningdek malaka oshirishni belgilangan tartibda o‘tamaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) malaka sertifikatini soliq maslahatida ishtirok etish uchun foydalanish maqsadida boshqa jismoniy shaxsga berilganligi faktining aniqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) muayyan lavozimlarni egallash yoki moliya-xo‘jalik sohasida muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Nizomning 18-bandini “b”, “v”, “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha malaka sertifikatining amal qilishi to‘xtatilgan shaxs malaka sertifikatining amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab uch yil mobaynida malaka sertifikatini olish to‘g‘risidagi ariza bilan Moliya vazirligiga murojaat qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Malaka sertifikatini bekor qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) vakolatli davlat organining malaka sertifikatini berish to‘g‘risidagi qarorining noqonuniyligi aniqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) malaka sertifikatining soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Malaka sertifikatini amal qilishini tugatish yoki bekor qilish uchun asoslar aniqlangan taqdirda Moliya vazirligi tegishli qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka sertifikatini amal qilishini tugatish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi qaror asoslangan bo‘lishi lozim va ommaviy axborot vositalarida nashr qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Malaka sertifikatini amal qilishi uni tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq maslahatchisining malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror malaka sertifikati berilgan sanadan e’tiboran amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Moliya vazirligining malaka sertifikatini amal qilishini tugatish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi qarorining nusxasi uch ish kuni mobaynida malaka sertifikatining egasiga va u soliq maslahati berishni amalga oshirgan soliq maslahatchilari tashkilotiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Malaka sertifikatiga ega bo‘lgan soliq maslahatchilari ro‘yxatini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Moliya vazirligi malaka sertifikatiga ega bo‘lgan soliq maslahatchilari Reyestrini yuritadi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikatini olgan shaxsning familiyasi, ismi,otasining ismi, olgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasportning seriyasi va raqami, bergan sanasi va joyi, turar joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
STIR;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikatining raqami, berilgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yillik malaka oshirish kurslarini o‘taganlik to‘g‘risidagi ma’lumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikatini amal qilishini tugatish, bekor qilish, qayta rasmiylashtirish va dublikat berganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Reyestrdan malaka sertifikatining raqami, berilgan sanasi, qayta rasmiylashtirish va amal qilishini tugatish, shuningdek bekor qilish va dublikatini berganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘chirma tariqasida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Moliya vazirligining malaka sertifikatini berish, amal qilishini tugatish va bekor qilish masalalariga oid qarori ustidan manfaatdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi

‎O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

‎SOLIQ MASLAHATChISINING
‎MALAKA SERTIFIKATI

‎№ 000000

‎O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 20___ yil “___” __________dagi _____ -sonli buyrug‘iga muvofiq ushbu sertifikat bilan ________________________

‎‎(soliq maslahatchisining F.I.O.)

‎‎_______________________________________________________________

‎‎(pasport raqami va seriyasi, qachon va kim tomonidan berilgan)

‎‎O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan soliq maslahatchilari tashkiloti nomidan soliq maslahati bo‘yicha xizmat ko‘rsatish huquqi tasdiqlanadi.

‎‎Mazkur sertifikat pasport taqdim etilganda haqiqiydir.
‎‎Vakolatli shaxs: _______________________________

‎‎____________

‎‎(F.I.O.)

‎‎(imzo)

‎‎Sertifikat berilgan sana: 20___ yil “___” ______________
‎‎Reyestr bo‘yicha tartib raqami: __________________________‎
‎‎Toshkent sh.

M.O‘.

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 30-iyundagi 47, 2014-26-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1750-1, 11.07.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 28-son, 352-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 50-51-son, 531-modda; 2014-y., 28-son, 352-modda; 2017-y., 25-son, 564-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/1750-3/0872-son; 28.01.2020-y., 10/20/1750-4/0084-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)