Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.11.2022 17.12.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1749
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 17.12.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1749
Кучга кириш санаси
27.12.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.11.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

SOLIQ MASLAHATChISI MALAKA SERTIFIKATINI OLISh UChUN MALAKA IMTIHONLARINI TAShKIL ETISh VA O‘TKAZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 17-dekabrda 1749-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 4-noyabrdagi 59-son va Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 27-oktabrdagi 2022-34-sonli ““Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlar va qo‘shimchani o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1749-4, 08.11.2022-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Soliq maslahati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Soliq maslahati sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 20-martdagi 55-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 12-son, 111-modda.) muvofiq qaror qilamiz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilova qilinayotgan Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2007-yil 17-dekabr,

108-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 17-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-63-son

Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining
2007-yil 17-dekabrdagi 108, 2007-63-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Soliq maslahati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi “Soliq maslahati sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 55-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 12-son, 111-modda) muvofiq soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Malaka imtihoni soliq maslahatini berish faoliyatini amalga oshirish uchun soliq maslahatchisining malaka sertifikatini olishga da’vogar bo‘lgan shaxslar (keyingi o‘rinlarda — da’vogarlar deb yuritiladi) bilimlarini tekshirish vositasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Malaka imtihonini topshirishga mazkur Nizom bilan belgilanadigan malaka talablariga javob beradigan da’vogarlar qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Malaka talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olishga da’vogar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soliq maslahatchilarini tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini o‘tagan bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oliy ta’lim muassasasini tamomlaganidan keyin kamida besh yil ish stajiga, shu jumladan, kamida ikki yil iqtisodiy yoki yuridik mutaxassislik bo‘yicha ish stajiga ega bo‘lishi.
(3-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2012-yil 8-fevraldagi 18, 2012-10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1749-2, 06.03.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 10-son, 107-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soliq maslahatchilarini tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv kursini belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan davlat va nodavlat ta’lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Moliya vazirligi deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv Dasturi asosida amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Malaka imtihonini topshirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Soliq maslahatchisining malaka sertifikatini olishga da’vogar Moliya vazirligiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda mazkur Nizomning 1-ilovasidagi shaklga muvofiq malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish to‘g‘risida arizani taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) to‘ldirilgan anketa (mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom yoxud vakolatli davlat organining xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning ekvivalentligini e’tirof etish to‘g‘risidagi guvohnomasi (nusxalar olinadi, asllari qaytariladi);
(5-bandining “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 22-fevraldagi 31, 2018-10-sonli (ro‘yxat raqami 1749-3, 27.02.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.02.2018-y., 10/18/1749-3/0827-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mehnat daftarchasi (nusxa olinadi, asli qaytariladi) yoki ish joyida tasdiqlangan nusxasi;
(5-bandining “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 22-fevraldagi 31, 2018-10-sonli (ro‘yxat raqami 1749-3, 27.02.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.02.2018-y., 10/18/1749-3/0827-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 3 x 4 o‘lchamida ikki dona rangli fotosurat (so‘nggi 12 oy mobaynida qilingan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) O‘zbekiston Respublikasida belgilangan tartibda akreditatsiyadan o‘tgan ta’lim muassasasida soliq maslahatchilarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslarini o‘taganligi to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi (agar o‘qish tugagan sanadan boshlab hujjatlarni topshirish sanasiga qadar uch yildan ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa, u haqiqiy deb topiladi). Agar dasturning ayrim bo‘limlari turli ta’lim muassasalarida o‘rganilgan bo‘lsa, u holda tegishli o‘quvlarni o‘taganligi to‘g‘risida hujjatlarning asl nusxalari yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalari taqdim etiladi;
(5-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2012-yil 8-fevraldagi 18, 2012-10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1749-2, 06.03.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 10-son, 107-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) malaka sertifikatini rasmiylashtirish va berish uchun to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi bank to‘lov hujjati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) pasport yoki uni o‘rnini bosuvchi hujjat nusxasi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2012-yil 8-fevraldagi 18, 2012-10-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1749-2, 06.03.2012-y.) asosan “j” kichik band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 10-son, 107-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatilgan hujjatlar bir nusxada, imzolangan holda o‘zi tomonidan yoki yetkazilganligi to‘g‘risida xabar qilgan holda buyurtma xat bilan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Moliya vazirligi ariza kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda Moliya vazirligi malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilganlar ro‘yxatini imtihon komissiyasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilganlar da’vogarlar malaka imtihonini o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida u o‘tkazilishidan kamida o‘n kun oldin yozma ravishda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Moliya vazirligi tegishlicha rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim qilinganda, shuningdek, da’vogar mazkur Nizomning 3-bandida bayon etilgan malaka talablariga muvofiq kelmasa, da’vogarga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Moliya vazirligi qaror qabul qilingan sanadan boshlab, uch ish kunidan kechiktirmay rad etish asoslarini ko‘rsatgan holda qabul qilingan qaror to‘g‘risida da’vogarni xabardor qiladi va taqdim etilgan hujjatlarni qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Da’vogarga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilgan taqdirda, da’vogar faqat rad etish uchun asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etgandan so‘ng, ariza bilan qayta murojaat qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilgandan so‘ng da’vogar bir yil ichida qayta murojaat etsa malaka sertifikatini rasmiylashtirish va berish uchun to‘lov qayta to‘lamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Imtihon komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Malaka imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun Moliya vazirligi tomonidan imtihon komissiyasi tashkil etiladi. Imtihon komissiyasi rais, rais o‘rinbosari, kotib va kamida beshta a’zodan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihon komissiyasi tarkibiga Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi ishchilari va zaruriyat bo‘lgan taqdirda soliq maslahatini berish sohasi mutaxassislari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Imtihon komissiyasi nizomi, uning shaxsiy tarkibi va ish yuritish reglamenti Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihon komissiyasi imtihon komissiyasi 50 foizi ishtirok etgan tarkibda va rais yoki rais o‘rinbosarining majburiy ishtirokida malaka imtihonlarini o‘tkazishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Imtihon komissiyasining ishlari bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar imtihon komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va uning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Malaka imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Malaka imtihoni guruhlar shakllanganda, ammo chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi. Da’vogarlar soni 10 dan ortsa, guruh shakllangan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Imtihon o‘tkazish joyi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihon o‘tkaziladigan xona (auditoriya) da’vogarlar soniga mos joylar soni va tegishli sharoitlar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Malaka imtihoni uch astronomik soat ichida yozma shaklda test o‘tkazish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Imtihon testlari savollari soliq maslahatchilarini tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘qitish kurslarining tasdiqlangan dasturlari asosida ishlab chiqiladi va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Testlar mazmuni qonunchilik hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda davriy qayta ko‘rib chiqiladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Malaka imtihoni paytida da’vogarlarga beriladigan imtihon materiallari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtihon kartochkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtihon moduli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
javoblar bukleti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Imtihon kartochkasi da’vogarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, uning identifikatsiya raqami (IR) hamda imtihon o‘tkazilish qoidalarini o‘z ichiga oladi. Da’vogarning ismi, familiyasi, otasining ismi faqatgina imtihon kartochkasida ifodalanadi, boshqa imtihon materiallarida (imtihon moduli va javoblar bukletida) da’vogarning identifikatsiya raqami (IR) ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Imtihon modullarida test savollari ko‘rsatiladi. Imtihon modullari 60 ta test savollaridan iborat bo‘ladi, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish — 25;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hisobi va hisoboti — 15;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq huquqi, iqtisodiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish va soliq maslahati berishning huquqiy asoslari — 20.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2012-yil 8-fevraldagi 18, 2012-10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1749-2, 06.03.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 10-son, 107-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Imtihon moduli va javoblar bukleti bitta tartib raqam ostida raqamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Da’vogarlarni ro‘yxatga olish imtihon boshlanishidan 30 daqiqa oldin boshlanadi va 10 daqiqa oldin tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Da’vogarlar malaka imtihonini topshirishga pasport yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat taqdim etilganda ruxsat beriladi. Da’vogar o‘zini ro‘yxatga olinganligini malaka imtihonini topshirish uchun hozir bo‘lgan da’vogarlarning ro‘yxatga olish ro‘yxatiga imzo qo‘ygan holda tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Pasporti yoki uning o‘rnini bosadigan hujjati bo‘lmagan yoxud malaka imtihoniga kechikkan da’vogarlar malaka imtihoniga kelmagan deb hisoblanadilar va navbatdagi malaka imtihonini topshirishga ruxsat etilgan shaxslar ro‘yxatiga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ro‘yxatga olish tugagandan so‘ng da’vogarlar (imtihon rasmiy boshlanishga qadar 10 daqiqa oldin) imtihon xonasiga taklif etiladilar.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2012-yil 8-fevraldagi 18, 2012-10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1749-2, 06.03.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 10-son, 107-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Begona shaxslarga va kuzatuvchilarga malaka imtihonida qatnashishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Malaka imtihoni boshlanishidan oldin imtihon komissiyasi raisi yoki rais o‘rinbosari malaka imtihonini o‘tkazish tartibi va testlarni to‘ldirish tartibi to‘g‘risida da’vogarlarni xabardor etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Malaka imtihoni komissiyasi raisi yoki rais o‘rinbosari imtihon komissiyasi a’zolarining va da’vogarlarning ishtirokida testlar bo‘lgan maxsus muhrlangan paketni ochadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Imtihon modullari va javob bukletlari da’vogarlarga imtihon boshlanishidan oldin tarqatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Imtihon moduli va javob bukletida da’vogar o‘z qo‘li bilan o‘zining identifikatsiya raqamini (IR) qo‘yib chiqishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Test savollariga javoblar da’vogar tomonidan javoblar bukletiga yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Malaka imtihoni vaqtida normativ-huquqiy hujjatlardan, ma’lumot va maxsus adabiyotdan foydalanish, so‘zlashuvlar o‘tkazish, texnik vositalardan foydalanish taqiqlanadi, arifmetik kalkulyatorlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Da’vogarlar tomonidan malaka imtihonini o‘tkazish qoidalarini buzish hollari bayonnomada qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Malaka imtihonini o‘tkazishga ajratilgan vaqt tugashi bilan da’vogarlar imtihon komissiyasiga quyidagilarni topshirishlari shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) imtihon kartochkasi, imtihon o‘tkazish qoidalari da’vogar tomonidan imzolangan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) imtihon moduli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) to‘ldirilgan javoblar bukleti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Mazkur Nizom talablarini buzgan da’vogarlar malaka imtihonini topshirmagan deb hisoblanadilar va ular tomonidan to‘ldirilgan testlardagi javoblar baholanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Imtihon kartochkalari malaka imtihoni tugagach, konvertga solinib muhrlanadi. Imtihon modullari va javob bukletlari to‘liq tekshirilguniga va malaka imtihoni natijalari baholangunga qadar alohida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Javoblarning to‘g‘riligini tekshirish va baholash identifikatsiya raqami (IR) bo‘yicha javob bukletlari asosida imtihon komissiyasi a’zolari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Soliq maslahatchisi sertifikatini olish uchun da’vogar bo‘limlar bo‘yicha kamida quyidagi miqdordagi savollarga to‘g‘ri javob berishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish — 15;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hisobi va hisoboti — 9;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq huquqi, iqtisodiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish va soliq maslahati berishning huquqiy asoslari — 12.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda test natijalarini ijobiy deb e’tirof etish uchun asos bo‘lib hisoblanadigan to‘g‘ri javoblar miqdori imtihon testlaridagi mavjud savollar umumiy miqdorining kamida 75 foizini tashkil etishi kerak.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2012-yil 8-fevraldagi 18, 2012-10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1749-2, 06.03.2012-y.) tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 10-son, 107-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Imtihon javoblarining to‘g‘riligi va baholash natijalari imtihon komissiyasi tomonidan tegishli bayonnomada identifikatsiya raqami (IR) va modul nomeri ko‘rsatilgan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Mazkur Nizomning 40-bandidagi bayonnomaning rasmiylashtirishi bilan imtihon komissiyasi a’zolarining biri imtihon kartochkalari paketini ochadi va identifikatsiya raqami orqali imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan, hamda malaka imtihonidan o‘tmagan da’vogarlarni aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Malaka imtihonining natijalari imtihon komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va malaka imtihoni o‘tkazilgan sanadan keyin uch ish kuni ichida Moliya vazirligiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka imtihonining natijalari imtihon komissiyasi tomonidan o‘tkazilgandan so‘ng uch ish kunidan kechikmasdan e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Imtihon komissiyasining bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtihon komissiyasi tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtihonni o‘tkazish joyi, sanasi, vaqti (boshlanishi va tugashi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘plangan ballar miqdorini ko‘rsatgan holda malaka imtihonida qatnashgan da’vogarlar ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihoniga kelmagan da’vogarlar ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan da’vogarlar ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihonini topshirmagan da’vogarlar ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan e’tirozlar va tartibbuzarliklar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Da’vogarlar tomonidan to‘ldirilgan javob bukletlari, shuningdek, imtihon komissiyasi bayonnomalari Moliya vazirligida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Malaka imtihonini topshirmagan da’vogarlarga malaka sertifikatini rasmiylashtirish va berish uchun to‘lov qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Malaka imtihonini topshirmagan da’vogar malaka sertifikatini rasmiylashtirish va berish uchun to‘lov to‘lash sharti bilan qonunchilikda belgilangan tartibda malaka sertifikatini olish uchun hujjatlarni qayta taqdim etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Agar da’vogar Moliya vazirligiga hujjatlar taqdim etilgan sanadan boshlab olti oy ichida malaka imtihonini topshirish uchun kelmasa, taqdim etilgan hujjatlar da’vogarga qaytariladi. Hujjatlarni qayta topshirish mazkur Nizomning III bobiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Apellatsiyalarni ko‘rib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Malaka imtihoni natijalari bo‘yicha ularga nisbatan salbiy qaror qabul qilingan da’vogarlar malaka imtihoni natijalari e’lon qilingan sanadan boshlab 30 kalendar kuni ichida Moliya vazirligiga apellatsiya qilish huquqiga egadirlar. Apellatsiya arizasi yozma shaklda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Apellatsiya arizasi Moliya vazirligi buyrug‘i bilan tuziladigan Apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Apellatsiya komissiyasi bir hafta muddatda topshirilgan arizani ko‘rib chiqadi va apellatsiyani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtihon komissiyasi qarorini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtihon komissiyasi qarorini bekor qilish va malaka imtihonini qayta topshirish sanasini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Imtihon komissiyasi qarorini o‘zgarishsiz qoldirish yoki apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellatsiya mazkur Nizom talablarini buzgan holda taqdim etilgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellatsiyada keltirilgan dalillar tasdiqlanmasa, qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Imtihon komissiyasi qarorini bekor qilish va malaka imtihonini qayta topshirish sanasini belgilash to‘g‘risida qaror malaka imtihoni mazkur Nizom talablarini buzgan holda o‘tkazilgan taqdirda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Malaka imtihonini qayta topshirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda Moliya vazirligi malaka imtihonini topshirmagan deb topilgan da’vogar uchun qayta imtihon kunini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ilgari malaka imtihonini topshirmagan deb topilgan da’vogar malaka imtihonini qayta topshirish natijalari bo‘yicha imtihonni topshirgan deb hisoblangan taqdirda unga malaka sertifikati umumiy asoslarda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Qayta apellatsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga
1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
‎ _______________________
‎____________________dan ‎

‎‎‎ARIZA‎

‎‎Soliq maslahatchisining malaka sertifikatini olish uchun menga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishingizni so‘rayman.

‎Arizaga ilova qilinadi:
‎1.
‎2.
‎3.
‎v. b. ‎

‎20__ yil “__”___________

‎Shaxsiy imzo _____________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎ANKETA

Fotosurat uchun
1.‎ Familiyasi ‎ ‎__________________________
Ismi __________________________‎‎
Otasining ismi ‎‎__________________________
2.‎ Tug‘ilgan vaq�i: ‎‎__________________________‎

(sana, oy, yil raqamlarda yoziladi)

3.‎ STIR ‎‎__________________________‎
‎4.‎ Pasport seriya‎si ‎‎‎‎__________________ № ___________________
Berilgan vaqti ‎‎__________________________‎
Kim tomonidan berilgan ‎‎‎‎________________________________________‎
5.‎ Ma’lumoti: ‎‎________________________________________

(o‘quv muassasasi)

Fakulteti‎ ‎‎________________________________________
Bitirgan yili

______________‎

Diplom №

____________‎
Diplom bo‘yicha malaka‎ ________________________________________‎‎

6.‎‎

Qo‘shimcha ma’lumot‎ ‎‎________________________________________

(o‘quv muassasasi)

Fakulteti‎ ‎‎________________________________________
Bitirgan yili

____________‎

Diplom / sertifikat №

____________‎
Diplom bo‘yicha malaka‎ ‎‎________________________________________
‎‎2)___________________________________________________

(o‘quv muassasasi)

Fakultet‎i _____________________________________
Bitirgan yili ____________‎ ‎ Diplom / sertifikat № ____________‎‎
Diplom bo‘yicha malaka‎ ‎‎________________________________________
7.‎ Ish staji to‘g‘risida ma’lumot:
№‎‏ Davrlar Ish joyi Lavozimi
joylashishi bo‘shab ketishi
1.‎
2.‎
3.‎
4.‎
5.‎
...‎

‎8.‎

‎Uy manzili

‎________________________________________‎

______________________________________________________________

9.‎ Aloqa telefoni: ____________‎

Faks:‎

____________‎
(kod, raqam) (kod, raqam)
Uy telefoni: ____________‎ ____________‎

(kod)

(raqam)

‎‎Elektron pochta adresi ___________________________________________
10.‎ Anketa to‘ldirilgan sana ‎‎‎“____” _____________ 20___ y.
Shaxsiy imzo ‎‎_______________________
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 50-51-son, 530-modda; 2008-y., 39-son, 405-modda; 2012-y., 10-son, 107-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.02.2018-y., 10/18/1749-3/0827-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)