Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT-PROTSESSUAL KODEKSIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 20-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 30-noyabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2007-yil 30-noyabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 332-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bogʻliq boʻlmagan yangi jinoyat aniqlangan taqdirda, jinoyat ishining mazkur holatga doir qismi jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan holda alohida ish yurituvga ajratiladi.
Ishlarni birlashtirish va ajratish surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan amalga oshiriladi”;
2) 351-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Jinoyat ishlari birlashtirilayotganda ular boʻyicha ish yuritish muddati uzoqroq muddat davomida tergov qilingan jinoyat ishi boʻyicha belgilanadi. Bunda qolgan jinoyat ishlari boʻyicha ish yuritish muddati uzoqroq tergov qilingan ishning muddati bilan qamrab olinadi va qoʻshimcha ravishda hisobga olinmaydi.
Alohida ish yurituvga ajratilgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov muddati, agar jinoyat ishi yangi jinoyat boʻyicha yoki yangi shaxsga nisbatan ajratilayotgan boʻlsa, tegishli qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran hisoblanadi. Qolgan hollarda muddat bu jinoyat ishi qaysi jinoyat ishidan alohida ish yurituvga ajratilgan boʻlsa, oʻsha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan paytdan eʼtiboran hisoblanadi”;
Ikkinchi—oltinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi—sakkizinchi qismlar deb hisoblansin:
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 13-dekabr,
OʻRQ-123-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 502-modda)