03.09.1993 yildagi 939-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.06.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“FUQAROLARNING DAVLAT PENSIYA TAʼMINOTI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 1994-yil 1-iyuldan eʼtiboran amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, 1994-yil 1-iyulga qadar tayinlangan pensiyalar mazkur Qonunda koʻrsatilgan shartlar va normalar boʻyicha qayta hisoblab chiqilishi lozim. Bunda mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolari uchun ustama haqlarni eʼtiborga olgan holda hisoblab chiqilgan pensiyalar ana shu ustama haqlarsiz qayta hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha hollarda ham pensiyalar (mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolariga belgilanadigan ustama haqlarsiz) avval amalda boʻlgan qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan kam boʻlmagan miqdorlarda toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, mulkchilik va xoʻjalik yuritish shaklidan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar mehnatga haq toʻlash uchun moʻljallangan mablagʻlardan xodim “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga yetguniga qadar mazkur Qonun 12-moddasining “b” — “e” bandlariga muvofiq pensiyalar toʻloviga ketadigan xarajatlarni qoplaydigan haqni 1994-yilda tayinlanadigan pensiyalar boʻyicha 80 foiz miqdorida, 1995-yilda tayinlanadigan pensiyalar boʻyicha 90 foiz hamda 1996-yil va undan keyingi yillarda tayinlanadigan pensiyalar boʻyicha 100 foiz miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlaydilar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonun amalga joriy etilgunga qadar amalda boʻlgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiyalar tayinlashda va pensiyalarni qayta hisoblashda ish haqini hisoblab chiqish uchun tuzatish koeffitsiyentlarini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avval amalda boʻlgan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan zararli va mehnat sharoiti ogʻir ishlarda mazkur Qonun amalga kiritilgungacha ishlagan shaxslarning yoshiga qarab imtiyozli pensiya bilan taʼminlanish tartibi saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, Chernobil falokati oqibatida jabr koʻrgan fuqarolarning pensiya taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki, pensiya tayinlanganidan keyin 1994-yil 1-iyulgacha ishlangan vaqt mazkur Qonunning 27-moddasiga muvofiq pensiyalar miqdorini qayta hisoblab chiqish chogʻida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1994-yil 1-martga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolat doirasiga berilgan masalalar yuzasidan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining roʻyobga chiqarilishini taʼminlovchi zarur normativ hujjatlarni qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi ishtirokida imtiyozli pensiya taʼminoti huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, sexlar, kasblar, koʻrsatkichlar roʻyxatlarini ishlab chiqsin va bu roʻyxatlarning toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan nazoratni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qonundan kelib chiqadigan oʻzgartishlar va qoʻshimchalarni amaldagi qonun hujjatlariga kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni, shuningdek korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar, fuqarolar va yakka tartibdagi mehnatda band boʻlgan shaxslar, shu jumladan dehqon (fermer) xoʻjaliklari aʼzolari davlat ijtimoiy sugʻurtasiga toʻlaydigan badallarning tariflariga doir takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga layoqatsiz, ish stajiga ega boʻlmagan fuqarolarni va ularning oila aʼzolarini, shuningdek bolali kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy taʼminlash tartibini belgilasin. Bu tartib Qonun bilan bir vaqtda, yaʼni 1994-yil 1-iyuldan eʼtiboran amalga kiritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlarini “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq holga keltirsin. Respublika vazirliklari va idoralari oʻzlarining mazkur Qonunga zid keluvchi normativ hujjatlari va yoʻriqnomalarini qarab chiqishlari hamda bekor qilishlarini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiyaga ustama haq olish huquqini beradigan Oʻzbekiston Respublikasi oldidagi alohida xizmatlarni taʼriflovchi nizomni ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Korxonalar va tashkilotlarga ish haqi toʻlash uchun moʻljallangan oʻz mablagʻlari hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat sharoiti noqulay ishlarda band boʻlgan xodimlarga, basharti, ular mazkur Qonunga muvofiq mehnat sharoitlariga koʻra imtiyozli pensiyalar olish huquqiga ega boʻlmasalar, muddatidan oldin pensiyalar tayinlash va toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu mehnat jamoasi oldida xizmatlari boʻlgan xodimlarga pensiyaga chiqish chogʻida bir martalik nafaqa toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimning mehnatdagi hissasini, ish staji davomliligini, moddiy taʼminlanganligi va sihat-salomatligini hisobga olgan holda pensiyalarga har oylik qoʻshimcha haq belgilash va toʻlash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ijtimoiy taʼminot vazirligi respublika vazirliklari va idoralariga, davlat boshqaruvining mahalliy organlariga, mulkchilik va xoʻjalik yuritish shaklidan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlarga mazkur Qonunni qoʻllash tartibini tushuntirish ishlarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 3-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
939-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 339-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda; 2001-y., 5-son, 89-modda)