Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.08.2025 27.11.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1743
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqasi xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qarori, 27.11.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1743
Кучга кириш санаси
07.12.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.08.2025
Hujjat 30.11.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH AGENTLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING HUKUMAT ALOQASI XIZMATI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FAVQULODDA HOLATLARDA TELEKOMMUNIKATSIYALAR TARMOQLARI VA VOSITALARIDAN USTUVOR FOYDALANISH, ULARDAN FOYDALANISHNI TOʻXTATIB QOʻYISH YOKI CHEKLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 27-noyabrda 1743-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 11-avgustdagi 20-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3664, 11.08.2025-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonunining 19-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 20-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-589-son Qarorining 4-bandiga asosan qaror qilamiz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilova qilingan favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ulardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror bajarilishining nazoratini oʻz zimmamizda qoldiramiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 31-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
02-8/3191-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa vaziri R. MIRZAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 31-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 31-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqasi xizmati boshligʻi T. ASLANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 31-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vaziri K. BERDIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 31-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
207-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 31-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqa xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining
2007-yil 31-oktabrdagi 02-8/3191, 16, 133, 9, 207, 18-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ulardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 20-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-589-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holatlar — harbiy harakatlar, zilzilalar, suv toshqinlari, yongʻinlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish — boshqa foydalanuvchilarga nisbatan telekommunikatsiyalarning istalgan tarmoqlari va vositalaridan foydalanish uchun birinchi navbatdagi huquq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish — favqulodda holatlar boʻyicha ishlarni tashkil qilish va oʻtkazish vaqtida boshqa foydalanuvchilar tomonidan telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni cheklash — favqulodda holatlar boʻyicha ishlarni tashkil qilish va oʻtkazish vaqtida boshqa foydalanuvchilar tomonidan telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni qisqartirish (telekommunikatsiyalar vositalari ishlarining rejimlari, koʻrsatilayotgan telekommunikatsiyalar xizmatlarining hajmlarini oʻzgartirish);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Favqulodda holatlarda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi maxsus vakolatli organ aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarining istalgan tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ularning ishlashini cheklash yoki toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 26-iyuldagi 42-mh, 10, 61, 7, 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 1743-1, 12.08.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 33-son, 445-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ulardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati (keyingi oʻrinlarda — maxsus isteʼmolchi deb yuritiladi) favqulodda holatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni koʻrish imkoniyatini taʼminlash, favqulodda holatlar yuzaga kelganda davlat boshqaruvi, milliy xavfsizlik, mudofaa va huquq-tartibotni qoʻriqlash boʻyicha vazifalarni taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 26-iyuldagi 42-mh, 10, 61, 7, 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 1743-1, 12.08.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 33-son, 445-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Favqulodda holatlar vaqtida vaziyatga bogʻliq holda maxsus isteʼmolchilar boʻlinmalarini aloqa bilan taʼminlash navbati faqat birinchi va ikkinchi navbatning aloqalari boʻyicha amalga oshiriladi, bunda aloqa kanallari va vositalarini ajratish tasdiqlangan navbatchilik roʻyxati (koʻchirma)da belgilanganligiga muvofiq amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ulardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish va cheklash telekommunikatsiyalarning istalgan tarmoqlari va vositalariga nisbatan qoʻllanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Favqulodda holatlar yuzaga kelganda, telekommunikatsiyalar operatorlari, idoraviy telekommunikatsiyalar tarmoqlari egalari texnik imkoniyatlar mavjud boʻlganda, maxsus isteʼmolchilarga aloqa kanallari, telekommunikatsiyalar liniyalari, telekommunikatsiyalar vositalari, shu jumladan oxirgi (terminal) uskunani qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatda foydalanishga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Telekommunikatsiyalar operatorlari, idoraviy telekommunikatsiyalar tarmoqlarining egalari favqulodda holatlar, favqulodda holatlar oqibatlari bilan bogʻliq kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlarni oʻtkazish, davlat boshqaruvi, huquq-tartibotni qoʻriqlash, davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligiga taalluqli barcha xabarlarga mutlaq ustuvorlikni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Favqulodda holatlar yuzaga kelganda, telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash toʻgʻrisidagi qaror quyidagi holatlarda qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus isteʼmolchilarning ehtiyojlarini qondirish uchun boʻsh telekommunikatsiya vositalari mavjud boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiyalar tarmoqlarida oʻta yuklanishning oldini olish maqsadida trafikni cheklash zarur boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holatlar mintaqalarida ishga jalb qilinadigan radioelektron vositalar ishida elektromagnit moslashuvni taʼminlash zarur boʻlganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Telekommunikatsiyalarning istalgan tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik deb yuritiladi) tomonidan tegishli maxsus isteʼmolchining asoslangan takliflariga binoan maxsus isteʼmolchilar bilan oʻzaro hamkorlikda qabul qilinadi. Ushbu takliflar Vazirlikka telekommunikatsiyalarning istalgan tarmoqlari va vositalaridan foydalangan holda yetkaziladi hamda zudlik bilan koʻrib chiqiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 20-maydagi 121-mh, 8, 57, 6, 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 1743-2, 25.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 275-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Takliflarda quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalarining favqulodda holatlar mintaqalarida aloqa xizmatlariga ehtiyojlarini qondirish uchun zarurligi va yetarliligining asoslantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa kanallari, telekommunikatsiyalar liniyalari va vositalari, jumladan oxirgi (terminal) uskuna, radiochastotalarning qoʻshimcha diapazonlari (polosalari)ga nisbatan ehtiyoj;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish va cheklash yoki ularni taqdim etish vaqti hamda muddatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalarining favqulodda holatlar zonasida aloqa xizmatlariga ehtiyojlarini qondirish uchun zarurligi va yetarliligini asoslagan holda, ulardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish va cheklash toʻgʻrisidagi takliflar bir kun davomida hujjatlarni uzatishning istalgan usullaridan, shu jumladan elektron raqamli imzodan foydalangan holda, hujjatlar bilan maxsus isteʼmolchining rahbari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Favqulodda holatlar mintaqasida telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalarining holatini tahlil qilish asosida Vazirlik telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qiladi. Qabul qilingan qaror farmoyish bilan rasmiylashtiriladi va telekommunikatsiyalar operatorlari va idoraviy tarmoqlar egalariga, shu jumladan favqulodda holatlar zonasida joylashganlarga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu farmoyish Vazirlik rahbari tomonidan imzolanadi va telekommunikatsiyalarning istalgan tarmoqlari va vositalaridan foydalangan holda, telekommunikatsiyalar operatorlari va idoraviy tarmoqlar egalariga yetkaziladi hamda zudlik bilan bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik, aloqani tashkil qilish zarur boʻlganda, favqulodda holatlar vaqtida hududda barcha aloqa tashkilotlarining oʻzaro hamkorligini taʼminlash, ularning telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish va tiklash boʻyicha vakolatlari uchun javobgarlarni belgilaydi hamda buni koʻrsatilgan farmoyishda belgilaydi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 20-maydagi 121-mh, 8, 57, 6, 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 1743-2, 25.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 275-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Favqulodda holatlar vaqtida telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash toʻgʻrisidagi farmoyishda cheklashlar (taqiqlashlar)ning amal qilish muddatlari belgilanadi. Zarur boʻlganda telekommunikatsiyalarning istalgan tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash muddatini farmoyishda koʻrsatilgandan ortiq muddatga uzaytirishni Vazirlik tegishli qaror bilan qabul qiladi va uni ushbu Nizomda belgilangan tartibda yetkazadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 20-maydagi 121-mh, 8, 57, 6, 14-sonli qarori (roʻyxat raqami 1743-2, 25.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 275-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Favqulodda vaziyatlar vaqtida ushbu Nizomning talablari bajarilishini rad etish, kechiktirish yoki bajarilishiga qarshi harakat qilish holatlarida yuridik va jismoniy shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 492-modda; 2013-y., 33-son, 445-modda; 2015-y., 21-son, 275-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)