OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH AGENTLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING HUKUMAT ALOQASI XIZMATI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING HUKUMAT ALOQASI XIZMATI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING
QARORI
FAVQULODDA HOLATLARDA TELEKOMMUNIKATSIYALAR TARMOQLARI VA VOSITALARIDAN USTUVOR FOYDALANISH, ULARDAN FOYDALANISHNI TOʻXTATIB QOʻYISH YOKI CHEKLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 27-noyabrda 1743-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 11-avgustdagi 20-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3664, 11.08.2025-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonunining 19-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 20-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-589-son Qarorining 4-bandiga asosan qaror qilamiz:
1. Ilova qilingan favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ulardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
3. Ushbu qaror bajarilishining nazoratini oʻz zimmamizda qoldiramiz.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2007-yil 31-oktabr,
02-8/3191-son
Mudofaa vaziri R. MIRZAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 31-oktabr,
16-son
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Toshkent sh.,
2007-yil 31-oktabr,
133-son
Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqasi xizmati boshligʻi T. ASLANOV
Toshkent sh.,
2007-yil 31-oktabr,
9-son
Favqulodda vaziyatlar vaziri K. BERDIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 31-oktabr,
207-son
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2007-yil 31-oktabr,
18-son
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqa xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining
2007-yil 31-oktabrdagi 02-8/3191, 16, 133, 9, 207, 18-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
2007-yil 31-oktabrdagi 02-8/3191, 16, 133, 9, 207, 18-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ulardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 20-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-589-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
favqulodda holatlar — harbiy harakatlar, zilzilalar, suv toshqinlari, yongʻinlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlar;
telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish — boshqa foydalanuvchilarga nisbatan telekommunikatsiyalarning istalgan tarmoqlari va vositalaridan foydalanish uchun birinchi navbatdagi huquq;
telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish — favqulodda holatlar boʻyicha ishlarni tashkil qilish va oʻtkazish vaqtida boshqa foydalanuvchilar tomonidan telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish;
telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni cheklash — favqulodda holatlar boʻyicha ishlarni tashkil qilish va oʻtkazish vaqtida boshqa foydalanuvchilar tomonidan telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni qisqartirish (telekommunikatsiyalar vositalari ishlarining rejimlari, koʻrsatilayotgan telekommunikatsiyalar xizmatlarining hajmlarini oʻzgartirish);
2. Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ telekommunikatsiyalarning istalgan tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ularning ishlashini cheklash yoki toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ulardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash Qurolli kuchlar Birlashgan shtabi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqa xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati (keyingi oʻrinlarda — maxsus isteʼmolchi deb yuritiladi) favqulodda holatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni koʻrish imkoniyatini taʼminlash, favqulodda holatlar yuzaga kelganda davlat boshqaruvi, milliy xavfsizlik, mudofaa va huquq-tartibotni qoʻriqlash boʻyicha vazifalarni taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Favqulodda holatlar vaqtida vaziyatga bogʻliq holda maxsus isteʼmolchilar boʻlinmalarini aloqa bilan taʼminlash navbati faqat birinchi va ikkinchi navbatning aloqalari boʻyicha amalga oshiriladi, bunda aloqa kanallari va vositalarini ajratish tasdiqlangan navbatchilik roʻyxati (koʻchirma)da belgilanganligiga muvofiq amalga oshiriladi;
5. Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ulardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish va cheklash telekommunikatsiyalarning istalgan tarmoqlari va vositalariga nisbatan qoʻllanishi mumkin.
6. Favqulodda holatlar yuzaga kelganda, telekommunikatsiyalar operatorlari, idoraviy telekommunikatsiyalar tarmoqlari egalari texnik imkoniyatlar mavjud boʻlganda, maxsus isteʼmolchilarga aloqa kanallari, telekommunikatsiyalar liniyalari, telekommunikatsiyalar vositalari, shu jumladan oxirgi (terminal) uskunani qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatda foydalanishga taqdim etadilar.
7. Telekommunikatsiyalar operatorlari, idoraviy telekommunikatsiyalar tarmoqlarining egalari favqulodda holatlar, favqulodda holatlar oqibatlari bilan bogʻliq kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlarni oʻtkazish, davlat boshqaruvi, huquq-tartibotni qoʻriqlash, davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligiga taalluqli barcha xabarlarga mutlaq ustuvorlikni taqdim etadi.
II. Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash tartibi
8. Favqulodda holatlar yuzaga kelganda, telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash toʻgʻrisidagi qaror quyidagi holatlarda qabul qilinadi:
maxsus isteʼmolchilarning ehtiyojlarini qondirish uchun boʻsh telekommunikatsiya vositalari mavjud boʻlmaganda;
telekommunikatsiyalar tarmoqlarida oʻta yuklanishning oldini olish maqsadida trafikni cheklash zarur boʻlganda;
favqulodda holatlar mintaqalarida ishga jalb qilinadigan radioelektron vositalar ishida elektromagnit moslashuvni taʼminlash zarur boʻlganda.
9. Telekommunikatsiyalarning istalgan tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik deb yuritiladi) tomonidan tegishli maxsus isteʼmolchining asoslangan takliflariga binoan maxsus isteʼmolchilar bilan oʻzaro hamkorlikda qabul qilinadi. Ushbu takliflar Agentlikka telekommunikatsiyalarning istalgan tarmoqlari va vositalaridan foydalangan holda yetkaziladi hamda zudlik bilan koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Takliflarda quyidagilar koʻrsatiladi:
telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalarining favqulodda holatlar mintaqalarida aloqa xizmatlariga ehtiyojlarini qondirish uchun zarurligi va yetarliligining asoslantirish;
aloqa kanallari, telekommunikatsiyalar liniyalari va vositalari, jumladan oxirgi (terminal) uskuna, radiochastotalarning qoʻshimcha diapazonlari (polosalari)ga nisbatan ehtiyoj;
telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish va cheklash yoki ularni taqdim etish vaqti hamda muddatlari.
11. Telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalarining favqulodda holatlar zonasida aloqa xizmatlariga ehtiyojlarini qondirish uchun zarurligi va yetarliligini asoslagan holda, ulardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish va cheklash toʻgʻrisidagi takliflar bir kun davomida hujjatlarni uzatishning istalgan usullaridan, shu jumladan elektron raqamli imzodan foydalangan holda, hujjatlar bilan maxsus isteʼmolchining rahbari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
12. Favqulodda holatlar mintaqasida telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalarining holatini tahlil qilish asosida Agentlik telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qiladi. Qabul qilingan qaror farmoyish bilan rasmiylashtiriladi va telekommunikatsiyalar operatorlari va idoraviy tarmoqlar egalariga, shu jumladan favqulodda holatlar zonasida joylashganlarga yetkaziladi.
Ushbu farmoyish Agentlik rahbari tomonidan imzolanadi va telekommunikatsiyalarning istalgan tarmoqlari va vositalaridan foydalangan holda, telekommunikatsiyalar operatorlari va idoraviy tarmoqlar egalariga yetkaziladi hamda zudlik bilan bajariladi.
Agentlik, aloqani tashkil qilish zarur boʻlganda, favqulodda holatlar vaqtida hududda barcha aloqa tashkilotlarining oʻzaro hamkorligini taʼminlash, ularning telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish va tiklash boʻyicha vakolatlari uchun javobgarlarni belgilaydi hamda buni koʻrsatilgan farmoyishda belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Favqulodda holatlar vaqtida telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash toʻgʻrisidagi farmoyishda cheklashlar (taqiqlashlar)ning amal qilish muddatlari belgilanadi. Zarur boʻlganda telekommunikatsiyalarning istalgan tarmoqlari va vositalaridan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash muddatini farmoyishda koʻrsatilgandan ortiq muddatga uzaytirishni Agentlik tegishli qaror bilan qabul qiladi va uni ushbu Nizomda belgilangan tartibda yetkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Yakuniy qoidalar
14. Favqulodda vaziyatlar vaqtida ushbu Nizomning talablari bajarilishini rad etish, kechiktirish yoki bajarilishiga qarshi harakat qilish holatlarida yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 492-modda; 2013-y., 33-son, 445-modda; 2015-y., 21-son, 275-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)