Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.11.2010 12.07.1999 yildagi 342-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.11.2010
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA’LIM MUASSASALARIGA QABUL TO‘G‘RISIDA NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 4-noyabrdagi 245-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘qitish bilan qamrab olishni ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2010-yil 7-iyundagi 109-son qarori)” qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, ta’lim tizimidagi islohotlarga muvofiq 1999/2000 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga hamda o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga qabulni uyushqoqlik va tartibli ravishda tashkil etish, qobiliyatli yoshlarni adolatli tanlov asosida saralashni amalga oshirish, shuningdek test sinovlarining yuqori darajada o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2010-y., 24-25-son, 195-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2010-y., 24-25-son, 195-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi va qoidalari to‘g‘risida Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar, idoralar, Davlat test markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasdiqlangan nizomlarni bajarish bo‘yicha zarur tashkiliy tadbirlarni amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya va Adliya vazirligi bir hafta muddatda “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risida Nizom”ni ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 4-iyuldagi 320-f-son farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S.Karomatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 12-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
342-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2010-y., 24-25-son, 195-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2010-y., 24-25-son, 195-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-iyuldagi 342-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi O‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi va qoidalari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘rta maxsus ta’lim muassasalari (texnikumlar, bilim yurtlari) qabulni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan tasdiqlangan davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, vazirlik va idoralarning taqdimnomalariga ko‘ra mutaxassisliklar guruhlari (mutaxassisliklar) bo‘yicha o‘rinlar sonini tasdiqlaydi va bu haqdagi ma’lumotlarning e’lon qilinishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘quvchilar qabul qilish umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf) negizida — test sinovlari natijalari asosida to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha; bazaviy ta’lim (9-sinf) negizida — kirish sinovlari natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejiga o‘quvchilar qabul qilish ularning o‘qish yo‘nalishlarini ixtiyoriy tanlashi hisobga olingan holda umumiy o‘rta ta’lim negizida, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalarining, tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining yo‘llanmalari bo‘yicha, shuningdek imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslar va kasb-hunarlar ro‘yxatiga muvofiq tibbiy tavsiyanomalarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rta maxsus ta’lim muassasalariga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham to‘lov-kontrakt bo‘yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, imtihonlar natijalariga ko‘ra va test sinovlarida eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abituriyentlar imtihon natijalari va test ballari reytingi asosida belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov har bir o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga mutaxassisliklar guruhlari (mutaxassislik), o‘qitish tillari va shakllari bo‘yicha alohida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test sinovlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi amalga oshiradi. Test sinovlarini o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan Davlat test markazi vakillari Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari direktorlari joylarda test o‘tkazish uchun zarur sharoitlarni ta’minlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘zi ojiz abituriyentlarni o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinlarda Oliy ta’lim vazirligi deb ataladi) tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan ballarning kamida 40 foizini to‘plagan 1 va 2 guruh nogironlari, shu jumladan, bolalikdan 1 va 2 guruh nogironlarini, etim bolalar hamda “Mehribonlik uylari” bolalar internat-uylari tarbiyalanuvchilarini qabul qilish masalasi Davlat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Test sinovlari uch tilda o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rta maxsus ta’lim muassasasida mutaxassisliklar guruhlari (mutaxassislik) bo‘yicha o‘qitish tili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan tasdiqlangan qabul ko‘rsatkichlari doirasida hujjatlarni qabul qilish boshlagunga qadar vazirliklar va idoralar tomonidan aniqlanadi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyent test sinovlarini u o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘qiydigan tilda topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassisliklar guruhlari (mutaxassisliklar) bo‘yicha test sinovlari uchun tegishli fanlar majmuasi belgilanadi (1-ilova)*.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rta maxsus ta’limning ayrim mutaxassisliklari bo‘yicha test sinovlari bilan bir qatorda qo‘shimcha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi (2-ilova)*.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ayrim mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish tojik tilida (3-ilova) yoki qozoq tilida (4-ilova)* olib boriladigan o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida test sinovlari o‘rniga Oliy ta’lim vazirligining alohida Nizomi bilan belgilanadigan mazkur mutaxassislik uchun mo‘ljallangan o‘qitish tilida ko‘p balli baholash tizimi bo‘yicha imtihon sinovlari o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3 va 4-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu mutaxassisliklarga arizalar maktabni tegishlicha faqat tojik yoki qozoq tillarida bitirgan abituriyentlardan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kasbiy (ijodiy) hamda ko‘p balli imtihonlar, shuningdek, bazaviy ma’lumotli abituriyentlar uchun imtihon sinovlari Davlat komissiyasi bilan kelishilgan holda Oliy ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Tartib va dasturlarga muvofiq o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat soliq qo‘mitasi tasarrufidagi o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga, shuningdek harbiy akademik litseylarga o‘qishga qabul qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 21-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 51-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XORIJIY FUQAROLARNI QABUL QILISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xorijiy fuqarolar o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy fuqarolarni o‘qitish to‘g‘risida” 1994-yil 24-maydagi 266-son qaroriga ko‘ra hamda hukumatlararo bitimlarga muvofiq yoki Davlat komissiyasi bilan yozma ravishda kelishilgan shartlarda to‘lov kontrakt asosida qabul qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy fuqarolarning o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘qishlari uchun to‘lov miqdori Oliy ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HUJJATLARNI QABUL QILISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘z faoliyatini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq amalga oshiradigan qabul komissiyalari tashkil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyentlarning o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi arizalari qabul komissiyalari tomonidan 20-iyundan 25-iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyent o‘qishga kirish chog‘ida quyidagilarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassislik guruhi (mutaxassislik), o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’lumoti haqidagi hujjatning asl nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
№ 086-V shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3x4 hajmdagi 6 ta fotosurat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 va 2 guruh nogironlari, etim bolalar va “Mehribonlik uylari” bolalar internat-uylarida tarbiyalanganlar asl nusxadagi tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlovdan tashqari o‘qishga kirish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro va respublika olimpiyadalari, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari asl nusxadagi tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qismlarning o‘qishga yuborish haqidagi tavsiyanomalariga ega bo‘lgan abituriyentlar ham ularni o‘rta maxsus ta’lim muassasalari qabul komissiyasiga taqdim etadilar. Harbiy qism tavsiyanomasini olish tartibi va uning shakli Mudofaa vazirligi va Oliy ta’lim vazirligining yo‘riq xati bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyent tomonidan pasport (tug‘ilganligi to‘g‘risida guvohnoma) hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat ham shaxsan ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar mavjud bo‘lganda qabul komissiyasi abituriyentning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar qabul qilishning belgilangan muddatlari tugagandan so‘ng hujjatlarga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish qat’iyan man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rta maxsus ta’lim muassasalarining qabul komissiyalari 27-iyulga qadar Davlat komissiyasiga va Davlat test markaziga mutaxassislik guruhi (mutaxassislik), o‘quv shakli va tili ko‘rsatilgan holda, abituriyentlarning (shu jumladan, yuqorida qayd etilgan toifalari) soni haqida belgilangan shakldagi ma’lumotni taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar test sinovlariga qadar 11-iyuldan 27-iyulgacha, test sinovlarida nazarda tutilgan eng ko‘p ballning 0 dan 50 foizigacha bo‘lgan oraliqda yagona ko‘p balli baholash tizimi bo‘yicha, amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari bo‘yicha tushgan norozolik (apellyatsiya) arizalari o‘rta maxsus ta’lim muassasasining qabul komissiyasi tomonidan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan tartibda, 28-iyulga qadar ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari haqidagi ma’lumotlar Davlat test markaziga o‘rta maxsus ta’lim muassasalari tomonidan 29-iyulga qadar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TEST SINOVLARINI O‘TKAZISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘qitish shaklidan qat’i nazar, barcha o‘rta maxsus ta’lim muassasalari uchun test sinovlarini o‘tkazishning yagona muddati 11-avgust qilib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Abituriyentlar mutaxassisliklar guruhlari (mutaxassislik)ga ko‘ra 1-ilovaga* muvofiq ikki fan majmuasi bo‘yicha test sinovlaridan o‘tadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test topshiriqlari va imtihon savollari o‘rta va bazaviy umum-ta’lim maktabining o‘quv dasturlariga muvofiq tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Majmuaning har bir fani 36 topshiriqni o‘z ichiga oladi. Test sinovlari uchun quyidagi vaqt me’yori belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72 savolga 2 soat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majmualar quyidagi fanlardan tuziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Matematika;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kimyo;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Biologiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tarix;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti yoki qoraqalpoq tili va adabiyoti).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test sinovlari boshlanishiga qadar, 30 daqiqagacha tushuntirish ishlari o‘tkaziladi, bu vaqt test uchun ajratilgan vaqt me’yoriga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test sinovlarini tashkil etish va ularni joylarda adolatli o‘tkazish mas’uliyati, test sinovlari qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda Davlat test markazi vakillari, qabul komissiyalari raislari, hokimliklar va ular tomonidan tayinlanadigan auditoriyalarning rahbarlariga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test sinovi bo‘ladigan xonada sinovning me’yoriy qoidalar talablariga qat’iy rioya etilgan holda halol va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat auditoriya rahbari va kuzatuvchi zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida test sinovi ertalab soat 8 dan 30 daqiqa o‘tganda, tushuntirish ishlari bilan boshlanadi. Javoblar varaqasi abituriyent tomonidan havo rang pastali sharikli ruchka bilan to‘ldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javoblar varaqasini to‘ldirishga test sinovi uchun belgilangan vaqt me’yoridan ortiqcha 20 daqiqa ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javoblar varaqasining to‘g‘ri to‘ldirilishi uchun abituriyent shaxsan javobgardir. Qabul qoidalari bo‘yicha tegishli doirachalarni noto‘g‘ri belgilangan abituriyentlar e’tirozi ko‘rib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan abituriyent sinovlardan chetlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan vaqtda test sinovlariga kelmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ABITURIYENTLARNI TO‘LOV-KONTRAKT ASOSIDA QABUL QILISH, O‘QISH UCHUN TO‘LOV TARTIBI VA MIQDORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Abituriyentlarni to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul qilish Vazirlar Mahkamasi belgilangan o‘rinlar kvotasiga muvofiq yagona qabul qoidalari asosida imtihonlar natijalari va test sinovlarining ballar reytingi bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi tomonidan abituriyentlarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingandan keyin o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bilan yuridik yoki jismoniy shaxslar o‘rtasida belgilangan tartibda kontraktlar rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan namunadagi kontrakt blanklari o‘rta maxsus ta’lim muassasalari qabul komissiyasi tomonidan test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab beriladi va yuridik shaxslar uchun rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolangan holda 3 nusxada, jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘lov-kontrakt asosida Davlat komissiyasi tomonidan o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar to‘lovni kontraktda ko‘rsatilgan o‘qishga sarflanadigan xarajatlar qiymatini har yili kontrakt shartlarida ko‘rsatilgan muddatlarida amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘qish uchun to‘lov-kontrakt asosida o‘rinlar kvotasini ajratish tartibi, kontrakt shartlari va tomonlarning majburiyatlari, ularning amalga oshirilishi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va Davlat komissiyasida tasdiqlangan tegishli Nizom bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQARO VA RESPUBLIKA OLIMPIADALARI, TANLOVLARI VA MUSOBAQALARI G‘OLIBLARINI QABUL QILISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston o‘quvchi yoshlarini rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida” 1993-yil 5-fevraldagi Farmoniga muvofiq hamda O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 25-martdagi 157-son qarori bilan tasdiqlangan Ta’lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan o‘tkazilgan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan maktab va bilim yurtlari o‘quvchilarini rag‘batlantirish tartibi asosida Xalq ta’limi vazirligining guvohnomasini olganlar Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga tanlovdan tashqari, test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz qabul qilinadilar.
(15-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 27-son, 191-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari qabul komissiyalari olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblarining arizalari haqidagi ma’lumotlarni mutaxassisliklar guruhlari (mutaxassisliklar), o‘qitish shakli va tili ko‘rsatilgan holda, Davlat komissiyasi va Davlat test markaziga 27-iyulgacha bo‘lgan muddatda taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MUDDATLI HARBIY XIZMATNI O‘TAGAN ABITURIYENTLARNI QABUL QILISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muddatli xizmat harbiy xizmatchilarga va ularning oila a’zolariga qo‘shimcha imtiyozlar to‘g‘risida” 1994-yil 3-oktabrdagi 496-son qaroriga asosan muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qismlar tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlarga o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga qabul qilinishida, test sinovlarida ular to‘plagan ballarga eng ko‘p to‘planishi mumkin bo‘lgan ballar miqdorining 10 foizini qo‘shgan holda imtiyozli sharoitlar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy qism tavsiyanomasini olish tartibi va uning shakli Mudofaa vazirligi va Oliy ta’lim vazirligining yo‘riq xati bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul komissiyalari 27-iyulgacha ushbu toifaga kiruvchi abituriyentlardan tushgan arizalarning mavjudligi haqidagi ma’lumotlarni mutaxassisliklar guruhlari (mutaxassisliklar), o‘qitish shakli va tili ko‘rsatilgan holda Davlat komissiyasiga va Davlat shakli va tili ko‘rsatilgan holda Davlat komissiyasiga va Davlat test markaziga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QABUL QILISH TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat komissiyasining abituriyentlarni o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga qabul qilish to‘g‘risidagi qarori 20-avgustdan kechiktirilmay qabul qilinadi va u 25-avgustga qadar abituriyentlarni davlat grantlari bo‘yicha o‘quvchilar safiga qabul qilish haqidagi buyruqlarning rasmiylashtirilishi uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kiruvchi abituriyentlarni qabul qilish yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan o‘qish uchun belgilangan mablag‘ miqdori, belgilangan tartibda o‘tkazilgandan so‘ng, 15-sentabrdan kechiktirilmay o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-yil, 7-son, 37-modda, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 27-son, 191-modda; 2007-y., 27-28-son, 288-modda; 2010-y., 6-7-son, 51-modda, 13-son, 96-modda, 24-25-son, 195-modda)