Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 05.12.2007 yildagi PQ-741-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-2009 YILLARDA AVTOMOBIL SANOATI KORXONALARINI MODERNIZATSIYA QILISh, TEXNIKAVIY VA TEXNOLOGIK QAYTA JIHOZLASh DASTURI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika avtomobil sanoatini yanada barqaror rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan avtomobillar, avtobuslar va butlovchi buyumlar sifati hamda raqobatbardoshligini oshirish, eksport hajmlarini koʻpaytirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar 2008-2009-yillarda avtomobil sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash Dasturining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil sanoati uchun tayyor mahsulot va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni oʻstirishning barqaror yuksak surʼatlarini taʼminlash hamda shu asosda ichki bozorda avtomobil mahsulotlariga boʻlgan talab-ehtiyojni qondirish darajasini yanada oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarining butlovchi qismlari va uzellari ishlab chiqarishni chuqur mahalliylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori unumli ilgʻor texnologiyalar va uskunalarni joriy etish yoʻli bilan avtomobillarning xavfsizlik, sifat hamda ekologik xarakteristikalari boʻyicha xalqaro talablarga javob beradigan yangi zamonaviy modellarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2008-2009-yillarda avtomobil sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash Dasturi maʼqullansin, u quyidagilarni oʻz ichiga olgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil sanoati korxonalari tomonidan asosiy turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishning maqsadli parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzavtosanoat” AK korxonalari tomonidan avtomobil mahsulotlari eksport qilishning maqsadli parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va yangi mahsulot turlarini oʻzlashtirish boʻyicha loyihalar roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va tarmoq korxonalari rahbarlari zimmasiga quyidagilarni taʼminlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-2009-yillarda avtomobil sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash Dasturiga kiritilgan maqsadli prognoz parametrlariga toʻliq hajmda va belgilangan muddatlarda erishish va loyihalarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar, idoralar va tijorat banklari bilan birgalikda loyiha institutlari, “Jeneral Motors” korporatsiyasining muhandislik markazlari va boshqa xorijiy hamkorlarni jalb etgan holda, mazkur qarorning 3-ilovasiga kiritilgan loyihalarning loyiha hujjatlarini oʻz vaqtida ishlab chiqish, kelishib olish va belgilangan tartibda tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har yili Investitsiya dasturini shakllantirishda, belgilangan tartibda unga 2008-2009-yillarda avtomobil sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash Dasturida koʻzda tutilgan investitsiya loyihalari, birinchi navbatda, yangi turdagi mahsulotlarni oʻzlashtirish, ishlab chiqarish va eksport hajmlarini oshirishni hamda mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirishni nazarda tutgan holda kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlarga binoan, ushbu qarorning 1-ilovasida koʻrsatilgan parametrlar doirasida olib kelinadigan uskunalar, dvigatellar, transmissiyalar, materiallar, butlovchi buyumlar va uzellar, texnologik hujjatlar hamda avtomobil mahsulotlari ishlab chiqarish jihozlari, shuningdek avtomobillarni yirik blokli yigʻish toʻplamlari uchun 2010-yilning 1-yanvarigacha bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining qoʻshma taqdimnomasi boʻyicha 2008-2009-yillarda avtomobil sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash Dasturiga, bozor konyunkturasining oʻzgarishi va avtomobil mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyalari rivojlanishiga muvofiq investitsiya loyihalarining oʻzgarish ehtimolini nazarda tutgan holda aniqlik va qoʻshimchalar kiritishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va Q.S. Sanaqulov zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 5-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-741-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 484-modda)