23.11.2007 yildagi PQ-738-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.11.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINING KOREYA RESPUBLIKASIDAGI MEHNAT FAOLIYATI DAVRIDA TOʻLANGAN PENSIYA AJRATMALARINI OLISHDA ULARGA DAVLAT TOMONIDAN YORDAM KOʻRSATISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koreya Respublikasida ishlab kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatidan pensiya ajratmalarini olishda davlat tomonidan yordam koʻrsatish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Koreya Respublikasida ishlagan xorijiy fuqarolarning pensiya ajratmalari, Koreya Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatida tuziladigan roʻyxatlarga kiritilgan fuqarolarning bankdagi shaxsiy hisobvaragʻiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga ularning Koreya Respublikasida ishlagan davrida toʻlangan pensiya ajratmalarini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Koreya Respublikasining Milliy pensiya xizmati tomonidan taqdim etilgan fuqarolar roʻyxati asosida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga qaytariladigan mablagʻlarni olish tartibini koʻrsatgan holda ularga pensiya ajratmalari qaytarilishi toʻgʻrisidagi shaxsiy bildirishnomalarni yoʻllasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat-aksiyadorlik Xalq banki mazkur roʻyxatga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun boshlangʻich mablagʻlar qoʻyilmagan va toʻlovlar undirilmagan holda valyuta hisobvaraqlari ochilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatidan pensiya ajratmalari qaytarilishini rasmiylashtirish uchun yuboriladigan zarur hujjatlarni diplomatik kanallar orqali uzatishga koʻmaklashsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi direksiyasi bilan Xalq banki Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatidan pensiya ajratmalari oladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻrtasida Koreya Respublikasidagi ish davrlarini davlat pensiya taʼminoti huquqini beruvchi mehnat stajiga qoʻshish uchun majburiy sugʻurta badallarini Oʻzbekiston Respublikasi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlash maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini olib borsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 23-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-738-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 23-noyabrdagi PQ-738-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga ularning Koreya Respublikasida ishlagan davrida toʻlangan pensiya ajratmalarini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Koreya Respublikasida ishlagan davrida toʻlangan pensiya ajratmalarini Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatidan olishda ularga davlat tomonidan yordam koʻrsatish mexanizmini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Koreya Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Koreya Respublikasi korxonalarida ishlagan davrda toʻlangan pensiya ajratmalari ularga qaytarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatidan Koreya Respublikasida ishlagan va qaytariladigan pensiya ajratmalarini olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar (keyingi oʻrinlarda “fuqarolar” deb yuritiladi) roʻyxatini oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi (keyingi oʻrinlarda “Agentlik” deb yuritiladi) fuqarolarning roʻyxatlari asosida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatidan fuqarolar roʻyxatini olgan paytdan boshlab ikki haftada fuqarolar pensiya ajratmalari olishi tartibini tushuntirgan holda ularga shaxsiy yozma bildirishnomalar yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fuqarolarning roʻyxatlari, shuningdek Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmati tomonidan belgilangan soʻrovnoma-ariza blankasi shakllari hamda valyuta hisobvaragʻi mavjudligi toʻgʻrisidagi hujjat ular olingan paytdan boshlab ikki ish kuni mobaynida Agentlik tomonidan Xalq bankining hududiy boʻlimlari eʼtiboriga yetkaziladi. Mazkur boʻlimlar koʻrsatib oʻtilgan roʻyxatlarni ikki ish kuni mobaynida Xalq bankining tuman va shahar filiallariga yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmati roʻyxatlariga kiritilgan fuqarolarning shaxsiy arizalari asosida ushbu fuqarolarning doimiy yashash joyi boʻyicha Xalq bankining tuman, shahar filiallari belgilangan tartibda fuqarolarga depozit valyuta hisobvaraqlari ochadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarga depozit valyuta hisobvaraqlari ochish uchun ushbu hisobvaraqlariga oldindan pul mablagʻlari qoʻyish, shuningdek hisobvaragʻi ochilgani uchun haq toʻlash talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xalq bankining tuman, shahar filiallari fuqaroga depozit valyuta hisobvaragʻi ochilgandan keyin unga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmati tomonidan belgilangan shakl boʻyicha soʻrovnoma-ariza blankasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmati tomonidan belgilangan shakl boʻyicha valyuta hisobvaragʻi mavjudligi toʻgʻrisidagi hujjatni topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Soʻrovnoma-ariza blankasi va valyuta hisobvaragʻi mavjudligi toʻgʻrisidagi hujjat fuqaroning oʻz qoʻli bilan toʻldiriladi va imzolanadi. Fuqaroning imzolari belgilangan tartibda notarius orqali tasdiqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning asl nusxalari, fuqaroning notarial tartibda tasdiqlangan imzolari bilan, shuningdek fuqaro pasportining nusxasi (2 va 3-sahifalar) fuqaro tomonidan depozit valyuta hisobvaragʻi ochilgan joy boʻyicha Xalq bankining tegishli filialiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xalq bankining tegishli tuman, shahar filiallari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolardan olingan hujjatlarni maxsus reyestrda roʻyxatdan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarga hujjatlar olinganligi toʻgʻrisida yozma tasdiqnoma beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda Agentlikka reyestrning nusxasi ilova qilingan holda fuqarolardan tushgan hujjatlarni yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agentlik Xalq bankining filialidan hujjatlar olingandan keyin ikki hafta mobaynida Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmati talablariga muvofiq har bir fuqaro boʻyicha hujjatlarning toʻgʻri rasmiylashtirilishini tekshiradi va har oyda ushbu hujjatlar komplektlarini diplomatik kanallar orqali Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatiga joʻnatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatining tegishli hujjatlari olingandan keyin fuqarolarga pensiya ajratmalarini qaytarish Koreya Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar depozit valyuta hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq oʻz xohishlariga koʻra tasarruf etish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xalq bankining filiali:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch kun muddatda fuqaroni uning depozit valyuta hisobvaragʻiga Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatidan mablagʻ tushganligi toʻgʻrisida xabardor qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatidan fuqaroning depozit valyuta hisobvaragʻiga tushgan naqd chet el valyutasi uning birinchi talabi bilan berilishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Fuqarolarning Koreya Respublikasida ishlagan davri Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat pensiya taʼminotiga boʻlgan huquqni beradigan stajga qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Fuqarolar zarur hujjatlarni shaxsan rasmiylashtirish va depozit valyuta hisobvaragʻini ochish imkoniga ega boʻlmagan hollarda, ushbu saʼy-harakatlar mazkur Nizomga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etish toʻgʻrisida sudning qarori qonuniy kuchga kirgan taqdirda — vasiylar tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli muassasalarning boshliqlari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalar mavjud boʻlgan taqdirda, — ozodlikdan mahrum etish joylarida jazoni oʻtayotgan yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning vakillari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro vafot etgan hollarda hujjatlarni rasmiylashtirish uning merosxoʻrlari tomonidan meros huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaytarilayotgan pensiya ajratmalarini ushbu bandda koʻrsatilgan shaxslar toifasi boʻyicha oʻtkazish uchun depozit valyuta hisobvaraqlari ochish chogʻida Xalq bankining filiallariga vasiylar va merosxoʻrlarning, ozodlikdan mahrum etish joylarida jazoni oʻtayotgan yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslar vakillarining tegishli huquqlarini tasdiqlaydigan hujjatlar qoʻshimcha ravishda taqdim etiladi. Xalq banki filiallari qoʻshimcha ravishda taqdim etilgan hujjatlarni Agentlikka boshqa hujjatlar bilan birga joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmati tomonidan taqdim etilgan roʻyxatlarga kiritilgan, biroq hozirgi vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanmagan shaxslar oʻzlariga pensiya ajratmalarini qaytarish masalasi boʻyicha Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmatiga mustaqil ravishda murojaat qiladilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 482-modda; 2010-y., 13-son, 92-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)