Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 19.11.2007 yildagi PQ-731-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011 YILGAChA BO‘LGAN DAVRDA FARMATSEVTIKA TARMOG‘I KORXONALARINI MODERNIZATSIYA QILISh, TEXNIKAVIY VA TEXNOLOGIK QAYTA JIHOZLASh DASTURI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmatsevtika tarmog‘i korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali va oqilona foydalanish, eksportga yo‘naltirilgan raqobatbardosh farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish, shuningdek respublika aholisining mahalliy dori vositalari va tibbiyot buyumlariga bo‘lgan talab-ehtiyojini yanada to‘liq qondirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar 2011-yilgacha bo‘lgan davrda farmatsevtika tarmog‘i korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash Dasturining eng muhim vazifalari deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika aholisi, davolash-profilaktika va dorixona muassasalarining mahalliy dori-darmon va tibbiyot buyumlariga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish asosida ularni ishlab chiqarishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, shuningdek tarmoq korxonalarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan yanada samarali foydalanish hisobiga ishlab chiqariladigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari sarf-xarajatlarini kamaytirish va raqobatbardoshligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika korxonalarida yangi dori substansiyalari va tayyor dori vositalarining sanoat miqyosida ishlab chiqarilishini ta’minlash, eng avvalo ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarni davolash uchun ularni mahalliy xomashyodan tayyorlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya ishlanmalarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “O‘zfarmsanoat” DAK tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Fanlar akademiyasi, farmatsevtika tarmog‘i korxonalari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2011-yilgacha bo‘lgan davrda farmatsevtika tarmog‘i korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash Dasturi ma’qullansin, unda quyidagilar nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007—2011-yillardagi davrda farmatsevtika sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash Dasturining maqsadli parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot ishlab chiqarishning prognoz parametrlari hamda farmatsevtika tarmog‘i korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha investitsiya takliflari ro‘yxati 2 va 3-ilovalarga* muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zfarmsanoat” DAK boshqaruvi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmalariga farmatsevtika tarmog‘i korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash Dasturining maqsadli prognoz parametrlari to‘liq hajmda va belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zfarmsanoat” DAK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining sifatini yaxshilash, ularning aholiga, birinchi navbatda pensionyerlar, nogironlar va qariyalar uchun maqbul narxlarda ishlab chiqarilishini ta’minlashga alohida e’tibor bergan holda, chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga hamda davolash-profilaktika va dorixona muassasalari xodimlariga mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining turlari to‘g‘risida muntazam va tizimli asosda axborot berib borilishini, shuningdek mahalliy dori vositalari va tibbiyot buyumlarining har yilgi savdo-yarmarkalari o‘tkazilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Dori-darmon” AK bilan birgalikda bir oy muddatda mahalliy farmatsevtika mahsulotlariga bo‘lgan talabni o‘rganishga yo‘naltirilgan marketing siyosatini doimiy asosda olib borishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari bilan birgalikda respublika korxonalarida yangi dori substansiyalari va tayyor dori vositalarini sanoat miqyosida ishlab chiqarishni ta’minlash uchun ularni mahalliy xomashyodan tayyorlash bo‘yicha tizimli ilmiy tadqiqotlar o‘tkazsin va innovatsiya ishlanmalarini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi uch oy muddatda eng ko‘p tarqalgan kasalliklar turlari bo‘yicha mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan preparatlar va tibbiyot buyumlarini hisobga olgan holda 2008—2011-yillarda respublika davolash-profilaktika muassasalari va aholisini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan dori vositalari hajmi va turlarini aniqlash maqsadida davolash standartlarining tizimlashtirilishini yakunlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va R.S. Qosimov zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 19-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-731-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 46-47-son, 465-modda)