Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.01.2001 20.08.1996 yildagi F-655-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.01.2001
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoyishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI DEVONINING NAZORAT INSPEKSIYASI VA UNING JOYLARDAGI BOʻLINMALARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNING YANGI TAHRIRINI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmoyish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 3-yanvardagi F-1320-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining nazorat inspeksiyasi nizomini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmoyishi bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 1996-yil 8-avgustdagi UP-1503-son farmoniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Nazorat inspeksiyasi va uning joylardagi boʻlinmalari toʻgʻrisida nizomning yangi tahriri unga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Nazorat inspeksiyasi va uning joylardagi boʻlinmalari rolini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 8-noyabrdagi F-574-sonli farmoyishining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 20-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F-655-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 20-avgustdagi F-655-son farmoyishiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Nazorat inspeksiyasi va uning joylardagi boʻlinmalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Nazorat inspeksiyasi va joylardagi nazorat inspeksiyalari markaziy nazorat organi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va ularga muvofiq qabul qilingan respublika Hukumatining qarorlari bajarilishi ustidan taʼsirchan nazorat tashkil etilishini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nazorat inspeksiyalari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Prezidentning farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa meʼyoriy hujjatlariga, ushbu Nizomga amal qiladilar. Nazorat inspeksiyalarining faoliyati qonunchilikka, demokratiya, oshkoralik prinsiplariga qatʼiy rioya etishga asoslanadi hamda fuqarolarning manfaatlari, huquq va erkinliklari muhofaza qilinishiga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Nazorat inspeksiyalarining tashkiliy tuzilmasi va ularning faoliyatiga rahbarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kuyidagilar nazorat inspeksiyalarining tizimini tashkil etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Nazorat inspeksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi huzuridagi Nazorat inspeksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari mahkamalarining nazorat inspeksiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar, shaharlar hokimliklari mahkamalarining nazorat inspeksiyalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Nazorat inspeksiyasining rahbari ayni bir vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, joylardagi nazorat inspeksiyalarining rahbarlari esa lavozimlari boʻyicha — tegishli hokimlarning oʻrinbosarlari hisoblanadilar. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi huzuridagi Nazorat inspeksiyasi rahbarining mansab mavqeyi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi huzuridagi Nazorat inspeksiyasining, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklari mahkamalari nazorat inspeksiyalarining rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Nazorat inspeksiyasi roziligi bilan belgilangan tartibda tayinlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi huzuridagi Nazorat inspeksiyasining, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari mahkamalari nazorat inspeksiyalarining boshqa xodimlari mazkur organlar nazorat inspeksiyalari rahbarlarining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning hokimlari tomonidan tayinlanadilar hamda ularning roziligi bilan lavozimidan boʻshatiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Joylardagi nazorat inspeksiyalari oʻzlarining yuqori nazorat inspeksiyalariga, shuningdek tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisiga, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning hokimlariga hisobot beradilar. Joylarda nazorat inspeksiyalariga rahbarlikni va ularning faoliyatini muvofiqlashtirishni, metodologik jihatdan taʼminlashni ularning yuqori nazorat inspeksiyalari amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Nazorat inspeksiyalarining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Nazorat inspeksiyasining va joylardagi nazorat inspeksiyalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Prezidentning farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda ularni ijro etish uchun qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari joylardagi davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik boshqaruvi, bank, soliq va moliya muassasalari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxona va tashkilotlar tomonidan qanday bajarilayotgani ustidan taʼsirchan nazoratni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— joylardagi davlat hokimiyati va xoʻjalik boshqaruvi organlarining ijrochilik intizomiga rioya etish, ular faoliyatidagi sansalorlik va toʻrachilikni tugatish borasidagi ishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— respublikada qulay investitsiya muhiti taʼminlanishini, qoʻshma korxonalar barpo etish va ularning ishlashi chogʻida toʻrachilikka yoʻl qoʻyilmasligini, xorijiy sarmoya ishtirokidagi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishning holatini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va ularni ijro etish uchun qabul qilingan Hukumat qarorlari tegishli darajada bajarilmayotganligi, tadbirkorlikka toʻsqinlik qilinayotganligi, nazorat tashkilotlarining xodimlari, joylardagi davlat hokimiyati va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ularga qarashli hududiy boʻlinmalarning, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilib, masʼuliyatsizlik, notoʻgʻri xatti-harakatlar qilayotganliklari toʻgʻrisida fuqarolardan tushgan xat va arizalarni tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— bozor munosabatlari mexanizmlarini amalga oshirishga, tadbirkorlarning manfaatlarini himoya qilishga, xorijiy sarmoyalarni jalb etish va samarali foydalanishga, respublikada iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan takliflarni tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Nazorat inspeksiyalarining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Nazorat inspeksiyalari oʻz zimmalariga yuklangan vazifalarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, shularga muvofiq qabul qilingan Hukumat qarorlari joylardagi davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik boshqaruvi, bank, soliq va moliya muassasalari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxona va tashkilotlar tomonidan qanday ijro etilayotganligini tekshirishni tashkil qilish va shunday tekshirishlarni oʻtkazish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradilar, ularning oʻz vaqtida va samarali boʻlishini taʼminlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— hokimliklar, vazirliklar, idoralar, davlat konsernlari, korporatsiyalar, uyushmalar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar ishida respublika Prezidenti va Hukumatining dasturiy qarorlarini bajarishlari chogʻida toʻrachilikka, sansalorlikka, ijrochilik intizomi buzilishiga yoʻl qoʻymaslik borasida ularning faoliyati ustidan muntazam suratda nazorat oʻtkazilib turilishini taʼminlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— joylardagi davlat hokimiyati, xoʻjalik boshqaruvi, bank, moliya va soliq organlarining, shu organlar hududiy boʻlinmalarining, qaysi idoraga boʻysunishidan hamda mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxona va tashkilotlarning rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining dasturiy qarorlarini qanday bajarayotganliklari haqida oʻz vakolatlari doirasida ularning axborotlarini tinglaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— respublika Prezidenti va Hukumatining dasturiy qarorlari tegishli darajada bajarilmayotganligi, tadbirkorlikka, xorijiy sarmoyalar Oʻzbekistonga jalb etilishiga toʻsqinlik qilinayotganligi, nazorat tashkilotlarining xodimlari, joylardagi davlat hokimiyati, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ularga qarashli hududiy boʻlinmalarning, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilib, masʼuliyatsizlik, notoʻgʻri xatti-harakatlar qilayotganliklari toʻgʻrisida fuqarolardan tushgan xat va arizalarni tekshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari hamda shularga muvofiq ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va hududiy hokimiyat organlari tomonidan qabul qilingan qarorlar ijro etilmayotganligi faktlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisiga va hokimlarga axborot beradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— bozor tuzilmalari va boʻgʻinlarini, respublikaga xorijiy sarmoyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanish uchun qulay shart-sharoitlarni vujudga keltirishga, koʻp tarmoqli iqtisodiyotni shakllantirishga, tadbirkorlikni avj oldirishga, aniqlangan kamchiliklar va buzilishlarni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni rahbar organlarga kiritadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— respublika Prezidenti farmonlarini va Hukumat qarorlarini tegishli tarzda ijro etmaganliklari uchun rahbarlarni intizomiy javobgarlikka tortish haqidagi, egallab turgan lavozimlariga muvofiq yoki muvofiq emasliklari toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, hokimlarga, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlariga taqdim etadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— tekshirishlar chogʻida aniqlangan va jinoiy javobgarlikka olib keladigan talon-torojliklar, xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilish kabi va mansabdor shaxslar tomonidan qilingan boshqa nojoʻya xatti-harakatlar toʻgʻrisidagi hujjatlarni huquqni muhofaza qilish organlariga yuboradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— joylarda ijrochilik intizomining holatini oʻrganadilar, bozor iqtisodiyotiga izchillik bilan oʻtishni taʼminlashga qaratilgan meʼyoriy hujjatlarning tashabbus koʻrsatilgan loyihalarini tayyorlashda qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyat organlari, iqtisodiy tuzilmalar bilan bahamjihat harakat qiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborot va maʼlumotnomalarni davlat organlari hamda boshqa organlardan, korxonalar, xoʻjaliklar, muassasalar va tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan soʻrab oladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun mutaxassislarni, olimlarni, davlat, xoʻjalik, nazorat organlarining vakillarini jalb etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Nazorat inspeksiyalari zaruratga qarab, ammo har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladigan oʻz majlislarida mahalliy hokimiyat idoralari, nazorat va bank organlari, boshqa manfaatdor tashkilotlar vakillarining ishtirokida, oʻtkazilgan tekshirishlarning yakunlariga oid materiallarni, mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi tavsiyanomalarni, respublikaning tegishli hududlarida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish borasidagi takliflarni hamda oʻz vakolatlari doirasidagi boshqa masalalarni koʻrib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat inspeksiyalarining ular tomonidan oʻtkaziladigan nazorat tadbirlariga mutaxassislarni jalb etish toʻgʻrisidagi qarorlari qaysi shaxslarga yuborilgan boʻlsa, ularning ijro etishlari uchun majburiy hisoblanadi, Nazorat inspeksiyalarining boshqa qarorlari tavsiyanoma tusida boʻladi va ular yuborilgan tashkilotlarda koʻrib chiqish uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat inspeksiyalarining xodimlari zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishlari chogʻida ularga qarshilik qilish bunda aybdor boʻlgan shaxslarning qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻlishlariga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tekshirishlarning natijalari va ular yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar zarur hollarda ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarga maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Nazorat inspeksiyalarining faoliyati sudlar va prokuratura organlarining, shuningdek ichki ishlar va adliya organlarining odil sudlovni hamda prokuror nazoratini, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish, xoʻjalik nizolarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq ishlariga daxldor boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Xorijiy sarmoyalardan samarali foydalanishni nazorat qilish xizmati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy sarmoyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb etish va ulardan foydalanish jarayoni, xorijiy sarmoyadorlarga kafolatlar hamda imtiyozlar berilishining toʻliqligi va ularning toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, ularning huquqlari himoya qilinishini, respublikada qulay investitsiya muhitini taʼminlash, qoʻshma korxonalarni barpo etish chogʻida sansalorlik va toʻrachilikka yoʻl qoʻymaslik maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Nazorat inspeksiyasi tarkibida xorijiy sarmoyalardan samarali foydalanishni nazorat qilish xizmati tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur xizmat oʻz ishini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq amalga oshiradi.