Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 13.09.2007 yildagi PQ-693-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008 YIL HOSILI UChUN KUZGI BOShOQLI DON EKINLARINI EKISh, NAVLARNI JOYLAShTIRISh VA XARID QILIShNING TAShKILIY ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Ko‘chirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshoqli don ekinlari navlarini oqilona joylashtirishni ta’minlash, kuzgi ekin ekishni maqbul agrotexnik muddatlarda sifatli o‘tkazishda fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining g‘allakor xo‘jaliklar bilan don mahsulotlari korxonalari o‘rtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini umumlashtirish asosida tayyorlangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil hosili uchun boshoqli don ekinlari ekiladigan maydonlar hamda ularning tezpishar va serhosil navlarini joylashtirish to‘g‘risidagi 1 -ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan 2008-yilda yuqori sifatli boshoqli don ekinlari urug‘ligi tayyorlash hajmlari to‘g‘risidagi 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan sug‘oriladigan yerlar uchun 2008-yil hosilidan yuqori sifatli boshoqli don ekinlari urug‘ligi yetkazib berish hajmlari to‘g‘risidagi 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshoqli don ekinlari navlarini sug‘oriladigan yerlarda joylashtirish hamda Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot instituti va uning filiallari tomonidan 2008-yil hosilidan superelita urug‘lik tayyorlanishi to‘g‘risidagi 4-ilovaga* muvofiq takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1—4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi raisi zimmasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bahorgi ekishga yetarli miqdorda sifatli, navlashtirilgan va sertifikatlangan boshoqli don ekinlari urug‘larini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘oriladigan yerlarda asosan birinchi va ikkinchi reproduksiyali birinchi-ikkinchi klassdan past bo‘lmagan urug‘lar va lalmi yerlarda uchinchi reproduksiyadan past bo‘lmagan urug‘lar ekilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
don ekuvchi xo‘jaliklar mazkur Qaror bilan tasdiqlangan boshoqli don ekinlari navlarining joylashtirilishiga qat’iy amal qilishlari uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarbop don, navlashtirilmagan, sifatsiz tayyorlangan va dorilanmagan urug‘larni ekish, nazarda tutilmagan navlarni joylashtirish hamda ularni ishlov berish qiyin bo‘lgan yerlarga ekish qat’iyan taqiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2008-yilning hosilidan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
superelita va elita urug‘lari hosilidan olingan urug‘lik g‘alla don mahsulotlari korxonalari tomonidan to‘liq hajmda xarid qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 15-maydagi PQ-867-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 5-son, 268-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi bir oy muddatda urug‘chilik fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan superelita va elita navlari urug‘ini to‘liq hajmda xarid qilish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Bunda davlat ehtiyojlari uchun mo‘ljaldagi hajmlardan ortiqcha xarid qilingan urug‘ hajmlari o‘rni tovarbop don bilan qoplanishi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshoqli don ekinlari ekishni har bir hudud uchun maqbul bo‘lgan muddatlarda — sug‘oriladigan yerlarda 2007-yilning 20-oktabrigacha va lalmi yerlarda — 15-noyabrgacha tugallanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshoqli don ekinlari navlarining tasdiqlangan tarzda joylashtirilishi va moddiy resurslarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma majburiyatlariga rioya qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
navning biologik xususiyatlariga muvofiq ravishda boshoqli don ekinlariga ishlov berish bo‘yicha agrotexnika tadbirlariga qat’iy rioya etilishi ustidan nazorat tizimini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi xizmat ko‘rsatuvchi banklar bilan birgalikda 2008-yil hosili doniga xarid narxlari tasdiqlangunga qadar 2007-yil hosili doniga o‘rtacha shakllangan narxlar bo‘yicha texnologiya kartalariga muvofiq muddatlar va kutilayotgan xarajatlar (shu jumladan urug‘lik qiymati)ga binoan davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan boshoqli don ekinlari yetishtirishga kredit bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi 2007-yilning 20-sentabrigacha respublikaning elita-urug‘chilik xo‘jaliklari buyurtmanomalari bo‘yicha 2007-yilda kuzgi ekish uchun xorijiy ilmiy muassasalardan 240 tonna hajmida boshoqli don ekinlarining superelita urug‘lari keltirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi olib kelinayotgan 240 tonna boshoqli don ekinlarining superelita urug‘lari uchun istisno tariqasida bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish uchun yig‘imlardan tashqari) ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “2004-yil boshoqli don ekinlari hosilini yig‘ishtirib olishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 26-apreldagi qarorining 8-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 13-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-693-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 9-son, 461-modda; 2008-y., 5-son, 268-modda)