08.11.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1737
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qarori, 08.11.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1737
Кучга кириш санаси
18.11.2007
Hujjat 18.11.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JINOYAT SODIR ETISHDA GUMON QILINIB USHLAB TURILGAN SHAXSLARNI SAQLASHNING SANITARIYA-GIGIYENA QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 8-noyabrda 1737-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 229-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslarni saqlashning sanitariya-gigiyena qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 8-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 8-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining
2007-yil 8-oktabrdagi 12, 16-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslarni saqlashning sanitariya-gigiyena
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 229-moddasiga muvofiq jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslarni vaqtincha saqlash hibsxonalarida (keyingi oʻrinlarda — VSʼH) saqlashning sanitariya-gigiyena qoidalarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Vaqtincha saqlash hibsxonalarining binolariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. VSʼH binolarini qurish va ularni jihozlash ishlari ichki ishlar idoralari belgilagan meʼyorlar talablariga javob beradigan loyihalar asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. VSʼH majmuasiga ushlangan va qamoqqa olinganlarni saqlash uchun moʻljallangan asosiy bino, sayr qilish hovlisi va oʻrab (toʻsib) turuvchi qurilma (jihoz, toʻsiq)lar kiradi. VSʼH ichki ishlar idoralari binolaridan alohida yoki birgalikda qurilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. VSʼH ichki ishlar idoralarining asosiy maʼmuriy binosiga tutash qurilgan boʻlsa, uning maʼmuriy binodan alohida kirish (chiqish) darvozasi boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ichki ishlar idoralarining asosiy maʼmuriy binosiga tutash qurilgan VSʼHning muhandislik jihozlari va kommunikatsiyalari gigiyenik meʼyorlar talablariga javob berishi, shu jumladan shovqindan himoya qilingan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. VSʼHni binolarning yarim yertoʻlasi, sokol hamda 1 va 2 qavatlariga joylashtirilishiga ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. VSʼH binosi gʻishtdan yoki boshqa mustahkam material (temir-beton, tosh va boshqa)lardan quriladi. VSʼHning ichki devorlari, kameralarning oraliq devorlari va boshqa xonalar 38 sm.dan kam boʻlmagan qalinlikdagi pishiq gʻishtdan teriladi. Kameralarning devorlari hech qanday boʻrtib turuvchi joylari va burchaklari qoldirilmagan holda qorishma bilan suvab chiqiladi. Kameralarning tashqi devorlari 50 sm.dan kam boʻlmagan qalinlikda boʻladi hamda VSʼH ichidagi xizmat va xoʻjalik xonalari bilan tutashgan devorlari armaturali panjaralar bilan mustahkamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kameralarning tom qismi yogʻoch materiallardan iborat boʻlsa, unday holatda qoʻshimcha ravishda temir panjaralar oʻrnatilib, metalli elementlarga qoʻshib, payvandlanib mustahkamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sayr qilish hovlisi kameralar majmuasi devoriga tutashgan boʻlib, bevosita VSʼH hududida tashkil etiladi. Sayr qilish hovlisining maydoni eng koʻp sigʻimli kameralarda saqlanayotganlarni birdaniga sayrga olib chiqish imkoniyatini beradigan darajada boʻlishi lozim. Sayr qilish hovlisining maydoni 12 m2dan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sayr qilish hovlilari VSʼHda mavjud boʻlgan kameralar soni va ularning maydoniga qarab belgilanadi. Agar VSʼH hududida sayr qilish hovlilari bir nechta boʻlsa, bunday hollarda sayr qilish hovlilari gʻishtli yoki temir-betonli toʻsiqlar bilan boʻlinadi. Ushbu oraliq toʻsiq devorlarining balandligi 3 metrdan kam boʻlmasligi, yuqori qismidan temir panjara va sim toʻrchalar bilan yopilgan boʻlishi lozim, uning ustidan bir tomoni 2 metrdan kam boʻlmagan temir tunuka bilan yopiladi. Sayr qilish hovlilarida, hovli devorlaridan 2 metrdan kam boʻlmagan masofada yerga mahkamlangan holda oʻrindiqlar oʻrnatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sayr qilish hovlilarining barcha devorlari silliq qilib suvaladi. Poli yomgʻir suvini oqizib ketadigan qiyalikka ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. VSʼH kameralar blokiga tutashgan yoki VSʼH binosining hamma tomonidan oʻrab olingan devorning balandligi 3 metrdan kam boʻlmasligi, ushbu devorning har ikkala tomoni silliq, tosh, gʻisht va boʻrtiqlardan holi boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Vaqtincha saqlash hibsxonalarining ichki loyihalanishi va jihozlanishiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. VSʼHning loyihalanishi aniq tabiiy iqlim, shaxslarning demografik tarkibi, maishiy-ijtimoiy shart-sharoiti talablariga toʻliq javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kameralar 2—4 oʻrinli boʻlib, yoʻlakning bir tomonida yoki ikki tomonida joylashtirilishi mumkin. Ikki tomonlama qurilgan kameralarning qarama-qarshi eshiklari bir-biriga nisbatan ozgina surilgan holatda qilib quriladi. Kameralar bir tomonlama joylashganda yoʻlakning kengligi 1,5 metr, ikki tomonlama joylashganda yoʻlakning kengligi 2 metr boʻladi. Yoʻlakning kamera xonalari blokiga tutashgan zinasimon panjaralar bilan kesishib oʻtishi tavsiya etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kameralarning qurilishida, kamera eshigida poldan 145—150 sm. balandlikda, saqlanayotganlar toʻliq koʻrinadigan darajada qilib ovalsimon kuzatuv tuynugi oʻrnatilishini koʻzda tutish zarur. Kuzatuv tuynugining hajmi kamera ichidan 14 x 24 sm, yoʻlak tomonidan 3,5 x 4,0 sm. kattalikda boʻlishi lozim. Kuzatuv tuynugiga yoʻlak tomondan sinmaydigan organik shishadan yasalgan oʻz oʻqida erkin aylanadigan qopqoq oʻrnatiladi. Shuningdek, kamera eshigiga ovqat berish uchun, pol sathidan 120 sm balandlikda, 20 x 20 sm oʻlchamda tuynuk oʻrnatilib, vagon tipidagi qulf bilan yopiladi. Tuynuklar yoʻlak tomonga ochilib, yerga nisbatan gorizontal holatda turishini taʼminlash uchun tirgaklar bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kameralar eshiklarining yuzasi 190 x 75 sm, kengligi 6 sm.dan kam boʻlmagan oʻlchamda boʻlib, kameraga kirishda chap tomonga (yoʻlak tomonga qarab) ochiladigan qilib oʻrnatilishi lozim. Kameralar eshigining ochilish kengligi kameradan birvarakayiga bir kishidan ortiq shaxs chiqolmaydigan (kirolmaydigan) darajada boʻlishi shart. Eshiklarning bunday kenglikda ochilishiga erishish maqsadida yoʻlak tomondan eshikni maʼlum burchak ostida ochilishini taʼminlovchi chegaralagich oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Eshiklar ikki tomondan yaxlit tunuka (poʻlat) bilan eshikka mustahkamlangan holda qoplanadi. Eshik qoplamasida biron-bir tirqishning hosil boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamera eshiklariga turma tipidagi qulflar oʻrnatiladi, eshik yopilganda qulf avtomatik tarzda (oʻz-oʻzidan) qulflanadigan, keyin esa kalit bilan ikki marotaba buralib qulflanadigan boʻlishi, eshiklar tashqi tomondan temir tirsak (zasov) bilan yopiladigan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kameradagi derazalarning eni 0,9 metr, balandligi 0,5 metr kenglikda boʻladi. Deraza kamera havosini almashinishini taʼminlash uchun tashqariga qarab ochiladigan va vagon tipidagi qulf bilan jihozlangan tuynuk bilan jihozlanadi. Kamera derazasi, pastki qismi poldan 1,8 metrdan kam boʻlmagan balandlikda oʻrnatiladi. Barcha kameralardagi derazalarga 12 x 20 sm katakcha shaklidagi vertikaliga diametri 19 mm va eniga kesim yuzasi 60x12 mm boʻlgan poʻlat armaturalardan tayyorlangan temir panjaralar oʻrnatiladi. Deraza tokchasi aylanasimon shaklda hech qanday burchaklarsiz silliq qilib suvaladi. Deraza romi ichkari tomonidan simli mayda toʻr bilan qoplanadi. Kamera derazalarining ichki tomonidan orasidan sim oʻtkazilgan shisha va tashqi tomonidan koʻrish imkoniyatini butunlay cheklaydigan shisha oynalari (“moroz” tipidagi oynalar) bilan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kameralar, ushlangan va qamoqqa olinganlarni saqlash uchun bir qavatli yoki ikki qavatli krovatlar bilan jihozlanadi. Kameralarni isitish moslamalari deraza ostida, ustki qismi maxsus teshikli poʻlat panjara bilan qoplangan holatda oʻrnatiladi. Isitish moslamalarining quvurlari kameralar devorlari orasidan koʻrinmaydigan qilib oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. VSʼH navbatchisining xonasi bilan bir joyda joylashgan ushlangan va qamoqqa olinganlarni tekshiruvdan oʻtkazish xonasida boʻyi 1,2-1,0 metr va eni 1,0-0,8 metr kenglikda boʻlgan kabinalar tashkil qilinadi. Kabinalar bir-biridan 1/2 qalinlikdagi gʻishtdan terilgan devor bilan ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlangan shaxslarning har biriga individual krujkalarda qaynatilgan suv tarqatish uchun, VSʼH yoʻlagida qopqogʻi bekiluvchi qaynatilgan suv quyilgan idish boʻlishi zarur. Idishdagi qaynatilgan suv har kuni almashtirilib turilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. VSʼHlarda qoʻriqlovchi va navbatchilik qiluvchi xodimlar uchun ajratilgan xonalarning kengligi 12 m2 dan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Xonalarni tozalash anjomlari (pol lattasi, chelak, shvabra, choʻtkalar)ni saqlash, ularni yuvish uchun chigʻanoqlar bilan jihozlangan 3 m2 dan kam boʻlmagan xona ajratilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ushlangan, qamoqqa olinganlar va mahkumlar tabiiy yorugʻlik bilan taʼminlangan, har bir saqlanayotgan shaxs uchun maydoni 2,5 m2 dan kam boʻlmagan kameralarda saqlanadi. Homilador, bolali ayollar erkaklarning kameralariga nisbatan yorugʻroq, har birining maydoni 4 m2 dan kam boʻlmagan kameralarda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. VSʼHda 3 kundan ortiq boʻlmagan muddatda ushlab turilgan shaxslar bir yoki ikki qavatli karavotlari bor boʻlgan kameralarga joylashtiriladi. Dastlabki 3 kundan ortiq muddatga qamoqqa olinganlarni saqlash kameralarida ovqatlanish stoli, oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy buyumlarini saqlash uchun devor shkaflari boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Hamma kameralar ichimlik suv idishi va krujkalar bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Har bir VSʼH ovqat isitish uchun yopiq spiralli (“marmit”) elektroplita, suv qaynatish vositalari, shkaf, uch qismdan iborat idish-tovoqni yuvish vannasi bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. VSʼH koʻrpa-toʻshak va kameralarda saqlanishiga ruxsat berilmagan shaxsiy buyumlarni saqlash uchun xonalar bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. VSʼHda saqlanayotgan shaxslarning mavsumiy kiyimlari boʻlmagan taqdirda, ularni ustki kiyim-bosh, oyoq kiyimlari bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyrugʻida koʻrsatilgan meʼyorlar asosida, (jazoni ijro etish muassasalarining zaxirasi hisobidan) amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. VSʼHlar dushxona (choʻmiladigan xona), dezinfeksiya xonasi, boshqa xizmat va yordamchi xonalar bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Vaqtincha saqlash hibsxonalarining ichki muhitiga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tabiiy va sunʼiy yoritish, tabiiy shamollatish va mikroiqlim parametrlari, xonalarning quyosh nuridan himoyalanishi amaldagi loyihalash meʼyorlariga mos kelishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Sunʼiy yoritishga boʻlgan asosiy gigiyenik talablar: yorugʻlik xonalarning belgilangan maqsadiga muvofiq boʻlishi, koʻzni qamashtiradigan darajada yorqin va inson organizmi hamda xonaning ichki muhitiga zararli boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. VSʼHning barcha xona va kameralari umumiy yoritilishni taʼminlovchi sunʼiy yorugʻlik qurilmasi bilan jihozlanishi lozim. Xonalarning belgilangan vazifalariga qarab, ular qoʻshimcha ravishda mahalliy yoritish chirogʻi bilan jihozlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Xona va kameralarning oʻrtacha yoritilish darajasi 100 lyuksdan, yoʻlak, zinapoya maydoni va zinalarning yoritilishi esa 50 lyuksdan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. VSʼHning barcha kameralarida elektr yoritkichlar oʻrnatiladi, elektr tarmoqlari yashirin holatda oʻtkaziladi. Kameralardagi yoritkich chiroqlari, kamera eshiklarining tepa qismidagi maxsus tuynuklarda oʻrnatilib, metall panjaralar bilan qoplanadi. VSʼHning yoʻlagi, tergov xonalari, ovqat isitish va sanitar ishlov berish xonalarining elektr yoritkichlari muhofazalangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Elektr tarmogʻining avariya holatlarida VSʼHni yoritish maqsadida akkumulyator batareyalaridan yoki mustaqil ravishda tok beruvchi moslamalardan (generatorlardan) foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Sunʼiy yoritishni toʻldirish uchun xonalar yuzasi (devor, shift) imkon boricha yorugʻlikni qaytaruvchi yorqin, yongʻindan xavfsiz (suv-emulsiyali) boʻyoqlar bilan qoplanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Uzoq muddatda saqlanadigan shaxslar xonalaridagi havoning almashtirilib turilishi, tabiiy ventilyatsiya (havoning fortochka, maxsus deraza teshigi) yoki ventilyatsiya tuynugidan kirishi orqali amalga oshirilishi kerak. Havoni olib ketuvchi ventilyatsiya moslamasi namlik yuqori boʻlgan xonalar: sanitariya tarmogʻi, sanitariya ishlovi berish, ovqat tarqatish xonalari shiftiga qurilishi koʻzda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Meʼyordagi havo harorati yaratilishi va uni tozalash uchun ventilyatsiyaning umum almashinuv tizimi koʻzda tutilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Kamera xonalariga oqib keluvchi havo, xonalarning tepa qismida joylashgan havo tarqatgichlardan berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ventilyatsiya va quvuroʻtkazgichlarni oʻtkazuvchi tuynuklarga simli toʻr oʻrnatilib, kemiruvchilardan himoyalangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Isitish tizimini loyihalashda xona va kameralar havosini bir maromda isitish, issiqlik oqimi boshqarilishini taʼminlashni hisobga olish kerak. Isitilish mavsumida VSʼH xonalaridagi havo harorati 18°Sdan kam boʻlmagan darajada ushlab turilishi kerak. Doimiy isitish manbai boʻlmagan, vaqti-vaqti bilan isitilib turiladigan VSʼHning xonalaridagi havo haroratining sutkalik oʻzgarishi ±3°Sdan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Yilning issiq mavsumida isitish tizimidan kamera xonalarini sovutish maqsadida foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Vaqtincha saqlash hibsxonalarining ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Markazlashgan ichimlik suvi tizimi boʻlgan aholi punktlaridagi VSʼHlarda ichimlik suvi quvurlari, yongʻinga qarshi shlanglar hamda maishiy kanalizatsiya oʻtkazilishi koʻzda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Markazlashgan ichimlik suvi tizimi, kanalizatsiyasi va issiqlik, gaz taʼminoti boʻlmagan joylardagi VSʼHda mahalliy (avtonom) muhandislik uskunalar oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Kanalizatsiyasi mavjud boʻlgan aholi punktlarida joylashgan VSʼH kameralari sanitariya tarmogʻi (unitaz va qoʻl yuvish chigʻanogʻi) bilan jihozlanadilar hamda ularning kanalizatsiya tizimi qurilish meʼyorlari qoidalari (keyingi oʻrinlarda — QMQ) 2.04.01-98 “Binolarning ichki ichimlik suv (vodoprovod) va kanalizatsiyasi”, QMQ 2.04.03-97 “Kanalizatsiya. Tashqi tarmogʻi inshootlari”, QMQ 2.08.02-96 “Jamoat binolari va inshootlar” qurilish meʼyorlari va qoidalari talablariga muvofiq umumiy kanalizatsiya tarmogʻiga ulangan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Kanalizatsiyasi mavjud boʻlmagan aholi punktlarida joylashgan VSʼHda tashkil etilgan ichki kanalizatsiya tarmogʻi, nam oʻtkazmaydigan oʻra tipidagi hojatxonaga ulanadigan qilib qurilishi koʻzda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Oziq-ovqat mahsulotlarining tayyorlanishi, saqlanishi va yetkazib berilishiga qoʻyiladigan gigiyenik talablar (VSʼHga shartnoma asosida tayyor ovqat yetkazib beruvchi oshxonalarga taalluqli)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. VSʼHni tayyor ovqat bilan taʼminlovchi oshxonalar umumiy ovqatlanish korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya qoida va meʼyorlari talablariga javob berishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Texnologik jihozlar, inventarlar, idish-tovoqlar, sigʻimlar sanitar-epidemiologik xulosaga ega boʻlgan materiallardan tayyorlangan boʻlishi va sanitariya qoidalarga muvofiq xom va tayyor mahsulotlarga ishlov berilishida ishlatilish uchun belgilangan (markirovkalangan) boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Yuvuvchi va zararsizlantiruvchi (dezinfeksiyalovchi) vositalarning ishlatilishi boʻyicha yoʻriqnoma bilan shu vositalardan foydalanuvchi xodimlar tanishtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Yuvuvchi va zararsizlantiruvchi (dezinfeksiyalovchi) vositalar yaxshi shamollantiriladigan va quruq xonalarda saqlanadi. Zararsizlantiruvchi (dezinfeksiyalovchi) eritmalar, ogʻzi poʻkak bilan yaxshi yopiladigan, qoraytirilgan shisha idishlarda, 5 kundan oshiq boʻlmagan muhlatda, yorugʻlik va namlik tushmaydigan holatda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Individual idish-tovoqlar zanglamaydigan poʻlatdan tayyorlangan boʻlishi kerak. Chetlari darz ketgan, yorilgan, singan, pachoqlangan, emal qavati koʻchgan hamda plastmassa va aluminiydan tayyorlangan idish-tovoqlardan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Idish-tovoqlar ovqat qoldiqlaridan tozalangandan soʻng yuvuvchi vosita qoʻshilgan, harorati 45°Sdan kam boʻlmagan suvda (1-vanna) yuviladi. Harorati 65°Sdan kam boʻlmagan egiluvchi dush nasadkasi oʻrnatilgan shlangdan oqadigan issiq suvda (2-vanna) chayiladi va maxsus panjara (stellaj)larga qoʻyilib quritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Krujkalar yuvuvchi vosita qoʻshilgan issiq suvda (1-vanna) yuviladi, issiq oqar suvda (2-vanna) chayiladi va quritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Oshxona anjomlari ovqat qoldiqlaridan tozalangandan va yuvuvchi vosita eritmasi bilan yuvilgandan (1-vanna) soʻng, issiq oqar suvda (2-vanna) chayiladi. Toza oshxona anjomlari oldindan yuvilib tozalangan metall kassetalarda tikka holda, dastasi tepaga qaratilib saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. 3-vanna oshxona idish-tovoqlarini zararsizlantiruvchi (dezinfeksiyalovchi) eritmada boʻktirish uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Ovqat chiqindilari belgilangan (markirovkalangan) qopqoqli chelaklarga, pedalli baklarga solib yigʻiladi, ular 2/3 hajmda toʻlgandan soʻng boʻshatiladi va tozalaniladi, ish kunining oxirida har kuni, kanalizatsiya trapi ustida shlangdan oquvchi suv bilan tozalanadi, 2% li kalsiyli soda bilan yuviladi. Soʻngra issiq suv bilan chayiladi va quritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Oshxonada quyidagi kundalik tozalash ishlari olib boriladi: pollarni yuvish, hidlarni yoʻqotish va changlarni artish, radiatorlarni va deraza tokchalarini artish, yuvuvchi vositalar bilan har haftada devorlarni, yoritish vositalarini va oynalarni yuvish va h. k. Oyda bir marotaba oshxonaning hamma xonalarida umumiy tozalash va zararsizlantirish ishlari oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Oziq-ovqat mahsulotlari ifloslanishdan saqlangan holda tashilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Tez va oson buziluvchi mahsulotlar yilning issiq vaqtida sovutkichli va tashish harorati tartibini taʼminlovchi izotermik transportlarda tashiladi (muzsiz 1 soat va muz bilan 3 soat). Oziq-ovqat mahsulotlarini tashuvchi transportning sanitariya pasporti boʻlishi kerak. Transport kuzovi ichkaridan sanitariya ishlov berilishi uchun qulay boʻlgan material bilan qoplanishi va stellajlar bilan jihozlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Oziq-ovqat xom ashyosi va mahsulotlarini tashishda hamrohlik qiluvchi, yoʻlda ularni tushiruvchi va ortuvchi shaxslar oʻrnatilgan namunadagi sanitar kiyimlardan (xalat, qoʻlqoplardan) foydalanadilar, tibbiy koʻrik, laboratoriya tahlili natijalari, kasbiy va gigiyenik tayyorgarlikdan oʻtganligi, shahodatlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qayd qilingan shaxsiy tibbiy daftarchasiga ega boʻlishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Oziq-ovqat mahsulotlarini tashuvchi transport vositasi toza saqlanishi shart. Ulardan odam, turli xildagi belgilanmagan boshqa tovarlarni tashishda foydalanish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Oziq-ovqat mahsulotlarini tashuvchi transport vositasida kundalik tozalash ishlarini transport haydovchisi amalga oshiradi, shuningdek har 10 kunda 1-marta dezinfektor tomonidan zararsizlantirish (dezinfeksiya) ishlovi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Oshxonadan tayyor ovqat olib kelinadigan idishlar belgilangan (markirovkalangan) boʻlishi va qatʼiy moʻljallangan maqsadlarda ishlatilishi lozim. Kleyonkali va boshqa qoplar, metall va yogʻochdan yasalgan qutilar, bidonlar, flyagalar ishlatilgandan soʻng tozalanishi, 2% kalsiylangan sodaning suvli eritmasida (1 litr suvga 20 gr kalsiylangan soda) yuvilishi, qaynoq suvda chayilishi, quritilishi va ifloslanmaydigan joyda saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Qabul qilinayotgan har bir oziq-ovqat mahsulotining sanitariya talablariga javob beruvchi sanitar-epidemiologik xulosasi va oziq-ovqat mahsulotlariga qoʻyiladigan respublikadagi mavjud sanitariya qoida va meʼyorlari talablariga asosan muvofiqlik sertifikati boʻlishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqat sifatini navbatchi va tibbiy xodim tekshiradi va bu haqda maxsus jurnalga qayd qiladi. Hamroh hujjatlari boʻlmagan, yaroqlilik muddati tugagan, buzilish alomatlari boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarining qabul qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Tez va oson buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlari amaldagi sanitariya qoida va meʼyorlariga muvofiq harorati 2, 6°S boʻlgan muzlatkich va sovutkich kameralarida saqlanadi. Haroratni nazorat qilib turish uchun sovutkich va muzlatkich kameralariga termometr oʻrnatiladi. Bitta sovutkich kamerasi boʻlgan holatlarda, kamerada goʻsht, baliq va sut mahsulotlarining saqlanish joylari qatʼiy chegaralangan boʻlishi, yuvilishi va zararsizlantiruvchi vositalar bilan ishlov berilishi oson boʻlgan maxsus polkalar bilan jihozlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Taomlar tayyorlanishida faqat davlat standartlariga javob beradigan yodlangan osh tuzidan foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Ovqatdan zaharlanish holatlarining kelib chiqishi, tarqalishi va uning oldini olish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovqat tayyorlashda oldingi ovqat qoldigʻini ishlatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻlbola tayyorlangan qatiq, pasterizatsiya qilinmagan sutdan tayyorlangan goʻshtli yoki tvorogli quymoq, maydalangan tuxum qoʻshilgan makaron, kremli konditer mahsulotlari, kremlar, morslar, pashtetlar va boshqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkir taʼmli taomlar, sunʼiy tayyorlangan ovqat qoʻshimchalarining ishlatilishi qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Har kungi sutkalik tayyor ovqat namunasi olib qoʻyiladi. Noxush epidemiologik vaziyatlarda mikrobiologik tekshiruv oʻtkazish uchun 1-taomning toʻliq hajmdagi porsiyasi va 100 grammdan kam boʻlmagan garnirlar namunasi olinadi. Namuna ogʻzi qopqoq bilan yopiluvchi sterillangan shisha idishga solinadi (salat va garnirlar alohida idishga solinadi) va 24 soat mobaynida harorati 2, 6°S boʻlgan maxsus sovutkichda saqlanadi. Sutkalik tayyor ovqat namunasini toʻgʻri olish nazoratini tibbiyot xodimi olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslarning yaqin qarindoshlari yoki boshqa fuqarolar tomonidan olib kelingan oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechaklar oʻrnatilgan tartibda, VSʼHda saqlanayotganlarga berilishiga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Vaqtincha saqlash hibsxonalarining pardozlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Kameralarning devorlari hech qanday boʻrtib turuvchi joylari va burchaklarini qoldirmagan holda betonli qorishma bilan suvab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Kameralardagi pollar yogʻochdan qilinib, betonli asosda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. VSʼH xonalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi muhitga, inson sogʻligʻiga bevosita yoki bilvosita taʼsir qiluvchi hid va zararli uchuvchan moddalar ajratmaydigan, mikroflora va zamburugʻli suv oʻtlarining koʻpayishini tezlashtirmaydigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlov berish va zararsizlantirish (dezinfeksiya) uchun qulay boʻlgan materiallar bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Namlik darajasi yuqori boʻlgan xonalar, shuningdek joriy zararsizlantirilishi (dezinfeksiyalash) lozim boʻlgan xonalarning (Tibbiyot xonasi, sanitariya ishlovi berish xonasi va b.) devori sirlangan koshin (plitka) bilan yoki boshqa namga chidamli materiallar bilan shiftgacha qoplanishi, xona shifti esa namga chidamli boʻyoqlar bilan boʻyalishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Vaqtincha saqlash hibsxonalarida sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tartibga rioya qilinishi va tibbiy yordam koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Ushlangan, qamoqqa olingan shaxslarga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish, sogʻliqni saqlash idoralarining mahalliy davolash-profilaktika muassasalari tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. VSʼHda tibbiyot punktlari uchun umumiy maydoni 12 m2 dan kam boʻlmagan xona ajratiladi va tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. VSʼHga ushlab turish uchun olib kelingan shaxslar kameralarga joylashtirishdan oldin, sogʻligʻi tufayli shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishga muhtoj boʻlgan shaxslar VSʼH navbatchisi tomonidan aniqlanadi hamda bitlaganligi tekshiriladi. Qichima, bitlash hamda yuqumli kasallik borligiga gumon qilingan shaxslar boshqalardan ajratilib, tashxisi aniqlanguncha, tibbiy izolyatorda yoki shu maqsadlar uchun ajratilgan maxsus kameralarda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Ruhiy kasallik alomatlari boʻlgan shaxslar ham atrofdagilardan ajratiladi. Shifokor-psixiatrning koʻrigidan soʻng va uning yozma xulosasiga asoslanib ularning boshqa shaxslar bilan birgalikda saqlanishiga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Ushlangan va qamoqqa olingan shaxslardan birining sogʻligʻi yomonlashganligi haqida shikoyat qilgan yoki kasallikning yaqqol alomatlari boʻlgan holatlarda VSʼH navbatchisi zudlik bilan tez tibbiy yordam brigadasini chaqirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. VSʼHda saqlab turilgan shaxslar VSʼH boshligʻi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida har yetti kunda kamida bir marotaba sanitar ishlovdan oʻtkazilishi shart. Bitta kamerada saqlanayotgan shaxslar sanitar ishlovidan bir vaqtning oʻzida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. VSʼHda sanitar ishlovi berish xonasi boʻlmagan taqdirda, mahbus va mahkumlar umumiy hammomlarda sanitar ishlovidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. VSʼHning xonalari va kameralarida har kuni zararsizlantiruvchi vositalarni qoʻllagan holda texnik xodimlar tomonidan tozalash ishlari oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. VSʼH xonalari va kameralarida chivin, suvarak va kemiruvchilarga qarshi sanitariya-profilaktik, ular paydo boʻlgan holatlarda esa, oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi SSV tomonidan ruxsat etilgan kimyoviy preparatlar yordamida zararkunandalarni yoʻqotish tadbirlari amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. VSʼH sanitariya holati tekshirilganligi natijalari sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi xodimlari tomonidan maxsus jurnalda qayd etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Ushbu sanitariya qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Milliy xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sudi raisi B. MUSTAFOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 8-avgust
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuror R. QODIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 24-avgust
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 22-avgust
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha saqlash hibsxonalarida jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlangan va saqlanayotgan shaxslarga beriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining tavsiya etilgan sutkalik oʻrtacha jamlanma meʼyorlari (grammlarda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‏Oziq-ovqat mahsulotlari nomi Sutkalik oʻrtacha meʼyor
erkaklar‎ ayollar‎
2-nav bugʻdoy unidan tayyorlangan non‎ 450‎ 400‎
1-nav bugʻdoy unidan tayyorlangan non‎ 100‎ 100‎
2-nav bugʻdoy uni‎ 10‎ 10‎
Guruch‎ 40‎ 40‎
Turli krupalar ‎ 110‎ 110‎
Dukkaklilar (mosh, noʻxat, loviya)* 15‎ 15‎
Makaron mahsulotlari* 25‎ 20‎
1-navli goʻsht ‎ 100‎ 100‎
Yangi baliq* 75‎ 75‎
Toblangan hayvon yogʻi, margarin mahsulotlari‎ 20‎ 20‎
Oʻsimlik yogʻi ‎ 25‎ 25‎
Tovuq tuxumi (haftaga donadan)‎ 1‎ 1‎
Shakar‎ 30‎ 30‎
Yodlangan osh tuzi ‎ 20‎ 15‎
Choy ‎ 1‎ 1‎
Tomat pastasi* 3‎ 3‎
Kartoshka* 450‎ 400‎
Sabzavotlar*:‎
‎Shu jumladan:
‎Tuzlangan yoki yangi karam
‎Piyoz
‎Sabzi
‎Osh lavlagi
‎Oshqovoq
‎Boshqa sabzavotlar (turp, sholgʻom, pomidor (shu jumladan tuzlangan) bulgʻor qalampiri (shu jumladan quritilgan), baqlajon (shu jumladan tuzlangan) va boshqalar
300‎

‎140
‎35
‎35
‎20
‎20

‎60
300

‎140
‎35
‎35
‎20
‎20

‎60‎
Koʻkatlar (shivit, koʻk piyoz, petrushka, oshkoʻk, rayxon)* 20‎ 20‎
Kompot uchun quritilgan mevalari (olma, behi, olxoʻri, oʻrik)‎ 10‎ 10‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: * 7—10 kunga moʻljallangan sutkalik oʻrtacha miqdor.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan meʼyorga qoʻshimcha ravishda (1 kishiga 1 kunlik grammlarda) voyaga yetmaganlarga — 15 g sariyogʻ, 10 g shakar, 15 g yogʻli pishloq; homilali va bolali ayollarga — 50 g 1-nav bugʻdoy unidan tayyorlangan non, 100 g 2-nav bugʻdoy unidan tayyorlangan non, 100 g sabzavotlar, 20 g shakar, 50 g goʻsht, 300 ml sigir suti, 40 g sariyogʻ, 5 g quritilgan meva, 50 g tvorog, 1 dona tovuq tuxumi beriladi. Onasi bilan saqlanayotgan bolalarning VSʼHda ovqatlantirilishi sogʻliqni saqlash tizimidagi mehribonlik uyida oʻrnatilgan meʼyorlar boʻyicha amalga oshiriladi. VSʼHda jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlangan va saqlanayotgan shaxslarni tibbiy koʻrsatmaga muvofiq ovqatlantirish uchun oziq ovqat mahsulotlarining asosiy sutkalik meʼyorlari oʻrniga 1 kishiga 1 sutkada 50 g manka yoki suli krupasi, 200 g bulyon uchun goʻsht, 30 g sariyogʻ, 100 g shakar, 800 ml sigir suti, 10 g tuz, 100 mg askorbin kislotasi beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim oziq-ovqat mahsulotlarining (quvvatliligini inobatga olgan holda) oʻzaro almashtirilish jadvali
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat mahsuloti‎ Ogʻirligi (g)‎ Almashtiriluvchi oziq-ovqat mahsuloti‎ Ogʻirligi (g)‎
1 nav bugʻdoy unidan tayyorlangan non almashtiriladi‎‏ 100‎‏ 1 nav bugʻdoy unidan tayyorlangan suxari 65
1 nav bugʻdoy uni‎

75‎

1 nav bugʻdoy unidan tayyorlangan oddiy galet‎

65‎

yogʻ bilan toʻyintirilgan 1 nav bugʻdoy unidan tayyorlangan galet ‎

35‎

vafli‎

55‎

Goʻsht‎‏ 100‎‏ Mol jigari‎ 116‎
1 navli tovuq goʻshti‎ 110‎
Baliq‎ 125‎
Tvorog‎ 120‎
Sut‎‏ 100‎‏‎ Zich yopilgan idishdagi yogʻi olinmagan quruq sut ‎ 11‎
Yogʻi olingan quruq sut ‎ 7,5‎
Quyiltirilgan qand qoʻshilgan sut‎ 40‎
9%li tvorog‎ 17‎
1 navli goʻsht‎ 14‎
Baliq‎ 17,5‎
Pishloq‎ 12,5‎
Tovuq tuxumi‎ 22‎
Tvorog 100‎ Mol goʻshti / baliq‎ 83/105‎

Tovuq tuxumi (1 dona)

41‎

Tvorog‎

31‎

Mol goʻshti / baliq‎ 26/30‎
Sut ‎ 186‎
Pishloq‎ 20‎
Tuxum kukuni‎ 11,5‎
Baliq‎‏ 100‎‏ Mol goʻshti‎ 87‎
Tvorog‎ 105‎
Kartoshka‎‏ 100‎‏ Oq bargli karam‎ 111‎
Gul karam‎ 80‎
Sabzi‎ 154‎
Lavlagi‎ 118
Dukkaklilar (loviya)‎ 33
Yashil noʻxat‎ 409
Konservalangan yashil noʻxat‎ 64
Qovoq‎ 300‎
Olma‎‏ 100‎‏ Konservalangan olma‎ 200‎
Olma sharbati‎ 90‎
Uzum sharbati‎ 133‎
Olxoʻri sharbati‎ 133‎
Quritilgan mevalar:‎
Olma-qora olxoʻri‎ 12—17‎
Mayiz-oʻrik qoqi‎ 22-8‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarning eng kam moddiy-maishiy taʼminoti meʼyori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyum nomlari‎ Oʻlchov birligi ‎ Bir kishiga beriladigan miqdori
Erkaklar‎ Ayollar‎
Xoʻjalik sovuni‎ gramm‎ 200‎ 200‎
Atir sovun‎ -"-‎ 50‎ 100‎
Tish pastasi (kukuni)‎ -"-‎ 30‎ 30‎
Tish shyotkasi ‎ dona‎ 1‎ 1‎
Bir marta ishlatiluvchi xavfsiz ustara*‎ -"-‎ 6‎ -‎
Shaxsiy gigiyena vositalari‎ dona‎ -‎ 10‎
Xojatxona qogʻozi‎ metr‎ 10‎ 10‎
Sochiq‎

dona‎

1‎

1‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Izoh: bir marta ishlatiluvchi xavfsiz ustara ishlatilib boʻlingandan soʻng VSʼH navbatchisiga qaytarib berilishi shart. Davlat ahamiyatiga ega boʻlgan ogʻir jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotganlarga hamda xavfli retsidiv jinoyatchilarga xavfsiz soqol olish uskunasi va lezviyalar berilmaydi. Elektrli soqol olish uskunalardan foydalanish ruxsat etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hashoratlarga qarshi kurash tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiqindilardagi preimagial bosqichidagi ‎ Larvitsidlarning suvli emulsiyalaridan foydalanish:
‎0,2% trolen, 1% karbofos, 0,5 % DDAF, difos, dikrezil;
‎1% dust difokarb. qalinligi 0,5 m.dan koʻp boʻlgan chiqindilarning 1 m2 yuzasiga 2—5 l. hisobida bir tekisda qoʻyiladi.
‎Dustning 1m2 yuzaga sarflanishi meʼyori — 300 g. 5—10 kunda 1 marotaba zararsizlantiriladi. ‎
Xonalar ichidagi hashoratlar‎ Kimyoviy vositalardan foydalanish:
‎Xlorofosning 2-3%li suvli eritmasi, insektitsid qogʻozi (insektitsid moddasi shimdirilgan yelim qogʻoz), 1% xlorofos yoki ammoniy karbonatning 0,5% li suvli eritmasi qoʻshib tayyorlangan xoʻrak;
‎Rivvan va Alfatsid xoʻraklari, uchuvchi hashoratlarni yoʻqotish uchun qoʻllaniladigan aerozol ballonlari. Mexanik vositalardan foydalanish: yopishqoq lenta va b. ‎
Xonalardan tashqaridagi qanotli hashoratlarni yoʻqotish‎ 2% xlorofos va 0,2% DDVF suvli emulsiyasi (10:1) nisbatdagi aralashmasi;
‎1% xlorofos, 0,5% ammoniy karbonatning suvli eritma aralashmasiga chivinlarni oʻziga jalb qiluvchi oziq-ovqat mahsulotlaridan (baliq yoki goʻsht mahsulotlarining chiqindilari) qoʻshib tayyorlangan xoʻrak. ‎
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha saqlash hibsxonalaridagi tibbiy punktlar (xonalar) uchun zarur boʻlgan tibbiy asbob-uskunalar roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
№‎ Tibbiy asbob-uskunalar nomi‎ Oʻlchov birligi ‎ Soni‎
1.‎ Tonometr (simobli, membranali)‎ dona‎ 1‎
2.‎ Steto-fonendoskop‎ dona‎ 1‎
3.‎ Termometr ‎ dona‎ 5‎
4.‎ Bir marta ishlatiluvchi shpatellar ‎ dona‎ 100‎
5.‎ Qon tomiri ichiga quyish sistemalari‎ dona‎ 5‎
6.‎ Bir marta ishlatiluvchi shpritslar (2,0; 5,0; 10,0; 20,0)‎ dona‎ 5‎
7.‎ Insulin shpritslari‎ dona‎ 10‎
8.‎ Qon toʻxtatuvchi moslama (rezina jgut) ‎ dona‎ 2‎
9.‎ Bogʻlov materiallari uchun qaychi‎ dona‎ 1‎
10.‎ Ogʻiz ochgich (Rotorasshiritel)‎ dona‎ 1‎
11.‎ Tilni tutib turuvchi asbob ‎ dona‎ 1‎
12.‎ Oshqozonni yuvishda ishlatiladigan zond ‎ dona‎ 2‎
13.‎ “Ogʻizga-ogʻiz” usulida sunʼiy nafas oldirish uchun ishlatiladigan S-simon trubka ‎ dona‎ 2‎
14.‎ Kislorod yostiqchasi‎ dona‎ 1‎
15.‎ Boʻy oʻlchagich (Rostomer)‎ dona‎ 1‎
16.‎ Tarozi‎ dona‎ 1‎
17.‎ Bir eshikli tibbiy shkaf‎ dona‎ 1‎
18.‎ Dori vositalarini saqlash uchun metall shkaf ‎ dona‎ 1‎
19.‎ Seyf‎ dona‎ 1‎
20.‎ Tibbiy instrumentlar uchun stolcha‎ dona‎ 1‎
21.‎ Stul‎ dona‎ 2‎
22.‎ Stol‎ dona‎ 1‎
23.‎ Tibbiy kushetka ‎ dona‎ 1‎
24.‎ Tumbochka‎ dona‎ 1‎
25.‎ Chiqindilar uchun satil (urna) ‎ dona‎ 2‎
26.‎ Shifokor yordamigacha har bir shoshilinch holatlarda qoʻllaniluvchi tibbiy asboblar va zaruriy dori vositalari bilan jihozlangan (sumka, chemodan)‎ dona‎ 1‎
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha saqlash hibsxonalaridagi tibbiy punktlar (xonalar) uchun zarur boʻlgan dori-darmonlar roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
№‎ Dori vositalari‎ Oʻlchov birligi ‎ Soni‎
1.‎ 0,1% Adrenalin eritmasi, ampulada 1,0 № 10‎ up‎. 1‎
2.‎ Validol tabletkasi 0,06 № 10‎ up‎. 5‎
3.‎ Validol tomchisi 5 ml flakonda‎ fl.‎ 5‎
4.‎ 1% Dibazol eritmasi, ampulada 1,0 № 10‎ up‎.‎ 2‎
5.‎ 2% Papaverin gidroxlorid eritmasi, ampulada 2,0 № 10‎ up‎.‎ 1‎
6.‎ Enalapril tabletkasi 0,01 № 20‎ up‎.‎ 2‎
7.‎ Kapoten № 30‎ up‎.‎ 1‎
8.‎ Klofelin tabletkasi 0,075 № 10‎ up‎.‎ 2‎
9.‎ 0,01 % Klofelin eritmasi, ampulada 1,0 № 10‎ up‎.‎ 2‎
10.‎ Korvalol 20 ml flakonda‎ fl.‎ 2‎
11.‎ Kofein-benzoat natriy eritmasi, ampulada 1,0 № 10‎ up‎.‎ 2‎
12.‎ Kordiamin 25% 2,0 № 10‎ up‎.‎ 1‎
13.‎ 2,4% Lidokain eritmasi, ampulada 10,0 № 10‎ up‎.‎ 2‎
14.‎ Nitroglitserin tabletkasi 0,0005 № 30‎ up‎.‎ 2‎
15.‎ Nitrosorbid tabletkasi 0,01 № 50‎ up‎.‎ 2‎
16.‎ 10% Novokainamid eritmasi, ampulada 5,0 № 10‎ up‎.‎ 2‎
Ogʻriqsizlantiruvchi, isitma tushiruvchi va shamollashga qarshi vositalar ‎
17.‎ 50% Analgin eritmasi ampulada 2,0 № 10‎ up.‎ 2‎
18.‎ Analgin tabletkasi 0,5 № 10‎ up.‎ 2‎
19.‎ Aspirin tabletkasi 0,5 № 10‎ up.‎ 2‎
Dezintoksikatsion vositalar‎
20.‎ 40% Glukoza eritmasi, ampulada 10,0 20,0 № 10‎ up.‎ 2‎
21.‎ 5% Glukoza eritmasi, flakonda 500,0‎ fl.‎ 1‎
22.‎ 0,9% NaCl eritmasi, flakonda 500,0‎ fl.‎ 1‎
Antigistamin vositalari‎
23.‎ 1% Dimedrol eritmasi, ampulada 1 ml № 10‎ up.‎ 2‎
24.‎ Diazolin, drajeda № 10‎ up.‎ 2‎
25.‎ Suprastin tabletkasi № 20‎ up.‎ 1‎
Bronxial astma xurujini bartaraf etuvchi vositalar‎
26.‎ 2,4% Eufillin eritmasi ampulada 10,0 № 10 up.‎‎ 1‎
Tutqanoqqa qarshi vositalar‎
27.‎ 25% Magniy sulfat eritmasi, ampulada 10,0 № 10‎ up.‎ 1‎
Spazmolitik vositalar‎
28.‎ 0,1% Atropin eritmasi, ampulada 1,0 № 10 up.‎ 1‎
29.‎ No-shpa tabletkasi 0,04 № 100 up.‎ 1‎
30.‎ 2% No-shpa eritmasi, ampulada 2,0 № 10‎ up.‎ 1‎
Antatsidlar‎
31.‎ Vikalin tabletkasi № 10‎ up.‎ 1‎
Qon toʻxtatuvchi vositalar‎
32.‎ 1% Vikasol eritmasi, ampulada 1,0 № 10‎ up.‎ 1‎
33.‎ 10% Kalsiy xlorid eritmasi, ampulada 10,0 № 10‎ up.‎ 1‎
34.‎ Etamzilat eritmasi 2,0 № 10‎ up.‎ 1‎
Antibiotiklar va sulfanilamidlar‎
35.‎ Sulfatsil natriy eritmasi, flakonda 5, 10 ml‎ fl.‎ 2‎
36.‎ Ampitsillin trigidrat tabletkasi 0,5 № 10‎ up.‎ 5‎
37.‎ Tetratsiklin gidroxlorid tabletkasi № 30‎ up.‎ 2‎
Boshqa vositalar‎
38.‎ Qisqa va prolongir taʼsir etuvchi Insulin preparati flakonda‎ fl.‎ 10‎
39.‎ 1% Laziks eritmasi, ampulada 2,0 № 10‎ up.‎ 1‎
40.‎ Nashatir spirti, flakonda 30 ml ‎ fl.‎ 5‎
41.‎ 0,5% Novokain eritmasi 5,0 № 10‎ up.‎ 1‎
Antiseptik vositalar‎
42.‎ Borning 3% spirtli eritmasi, flakonda 10,0 ‎ fl.‎ 2‎
43.‎ Brilliant yashilining 0,1-2% spirtli eritmasi flakonda 10,0 ‎ fl.‎ 5‎
44.‎ 5% Yodning spirtli nastoykasi, flakonda ‎ fl.‎ 5‎
45.‎ 3% Vodorod peroksid eritmasi, flakonda ‎ fl.‎ 5‎
46.‎ 96 gradusli etil spirti, flakonda 50 ml‎ fl.‎ 5‎
47.‎ Furatsillin tabletkasi 0,02 № 10‎ up.‎‎ 5‎
48.‎ Xloramin B (upakovkada) 500 gr‎ up.‎‎ 5‎
49.‎ Kalsiy gipoxloridi‎ kg‎ 100‎
Bogʻlov vositalari‎
50.‎ Bintlar: 5 m x 10 sm, 5 m x 7 sm (steril, nosteril)‎ dona‎ 5‎
51.‎ Paxta steril va nosteril 100 gr.dan‎ dona‎ 5‎
52.‎ Leykoplastir 1 x 500, 2 x 500 yoki 1 x 250‎ dona‎ 10‎
53.‎ Bakteritsid leykoplastir‎ dona‎ 10‎
54.‎ Dokali salfetkalar (steril, nosteril) 20 donadan upakovkada‎ dona‎ 10‎
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 45-son, 462-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/1737-1/1025-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2022-y., 10/22/1737-2/1036-son; 17.07.2023-y., 10/23/1737-3/0487-son )