Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2008 06.11.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1736
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 06.11.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1736
Кучга кириш санаси
16.11.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2008
Hujjat 16.11.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2007-YIL 23-OKTYaBRDAGI PF-3931-SONLI “ISh HAQI, PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA”GI FARMONI BOʻYIChA PENSIYALARNI QAYTA HISOBLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 6-noyabrda 1736-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2008-yil 20-martdagi 7, 27-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-martdagi PF-3972-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1780, 26.03.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 23-oktabrdagi PF–3931-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 23-oktabrdagi PF–3931-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2007-yil 16-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2007-yil 19-iyuldagi M-37 va 74-sonli qarori, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-iyuldagi PF–3889-sonli “2007-yilning 1-avgustidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma” (2007-yil 23-iyul, roʻyxat raqami 1699 — Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 29-30-son, 314-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2007-yil 26-oktabrdagi M-42 va 97-sonli qarori, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-iyuldagi PF–3889-sonli “2007-yilning 1-avgustidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartish kiritish haqida (2007-yil 29-oktabr, roʻyxat raqami 1699-1).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. HAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 5-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
M-43-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 5-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2007-yil 5-noyabrdagi M-43, 99-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 23-oktabrdagi PF–3931-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻRIQNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 23-oktabrdagi PF-3931-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmonining 4-bandiga binoan pensiya va ijtimoiy nafaqalarni qayta hisoblash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Koʻrsatib oʻtilgan Farmonga muvofiq 2007-yilning 16-noyabridan quyidagilarning eng kam miqdorlari belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) eng kam ish haqi — oyiga 18630 soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yoshga doir pensiyalar — oyiga 36900 soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 36900 soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 22350 soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz baravaridan ortiq boʻlmagan oʻrtacha oylik ish haqi inobatga olinadi (18630 soʻm x 8 = 149040 soʻm).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Pensiya qayta hisoblanadigan oʻrtacha oylik ish haqini tenglashtirish uchun, ilovaga muvofiq yillar boʻyicha differensiyalangan yangi tuzatuvchi koeffitsiyentlar oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Pensionerning ish haqlari toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmagan yoki oʻrtacha bir oylik ish haqining tuzatuvchi koeffitsiyent qoʻllanilgandan keyingi yangi miqdori belgilangan eng kam ish haqi miqdori (18630 soʻm)ga etmasa, pensiyani qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshga doir pensiyalar, I va II-guruh nogironlik pensiyalari, shuningdek, chin etimlarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun tayanch miqdorlar oyiga 36900 soʻm, III-guruh nogironlik va boquvchilaridan birini yoʻqotgan oilalarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun oilaning mehnatga layoqatsiz har bir aʼzosi uchun 18450 soʻm miqdorida belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talab etiladiganidan ortiqcha ish staji uchun pensiyalar miqdorini oshirish yangi eng kam ish haqidan kelib chiqib belgilanadi (toʻliq pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir toʻliq yili uchun yoshga doir hamda I va II-guruh nogironlik pensiyalari uchun 1 foiz, III-guruh nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun 0,5 foiz).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yangi oʻrtacha oylik ish haqining miqdori 18630 soʻmdan 67090 soʻm 91 tiyingacha (III-guruh nogironlik pensiyasi va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun 61500 soʻm) boʻlgan miqdorni tashkil etgan hollarda pensiyalarni qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshga doir pensiyalari, I va II-guruh nogironlik pensiyalari, shuningdek, chin etimlarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun pensiyaning tayanch miqdori oyiga 36900 soʻm miqdorda, III-guruh nogironlik pensiyalari va boquvchilaridan birini yoʻqotgan oilalarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun oilaning mehnatga layoqatsiz har bir aʼzosi uchun 18450 soʻm miqdorida belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talab etiladiganidan ortiqcha ish staji uchun pensiyalar miqdorini oshirish yangi oʻrtacha oylik ish haqidan kelib chiqib belgilanadi (toʻliq pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir toʻliq yili uchun yoshga doir pensiyalar hamda I va II-guruh nogironlik pensiyalari uchun 1 foiz, III-guruh nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun 0,5 foiz).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Pensionerlar boshqa toifalarining pensiyalarini qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi oʻrtacha oylik ish haqi miqdori eng kam oylik ish haqi miqdorining sakkiz hissasi bilan chegaralanadi (149040 soʻm);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan oʻrtacha oylik ish haqi, ish stajiga bogʻliq ravishda pensiyalarni hisoblash uchun qabul qilingan foizlarga koʻpaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Barcha hollarda pensiyalarga ustama eng kam oylik ish haqidan (18630 soʻm) kelib chiqib aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 23-oktabrdagi PF-3931-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiyalarni qayta hisoblashda oʻrtacha oylik ish haqini tenglashtirish uchun qoʻllaniladigan tuzatuvchi koeffitsiyentlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davrlar Koeff. Davrlar Koeff.
1971-yil yilga qadar 776,7870‎ 1994-yil 1-yanvardan 0,9630‎
1971-yil‎ 757,0230‎ 1994-yil 1-martdan 0,5776‎
1972-yil‎ 738,2190‎ 1994-yil 1-iyundan 0,3856‎
1973-yil‎ 714,6060‎ 1994-yil 1-iyuldan 381,6886‎
1974-yil‎ 666,6690‎ 1994-yil 1-avgustdan 312,8970‎
1975-yil‎ 652,0396‎ 1994-yil sentyabrdan 272,0190‎
1976-yil‎ 638,0490‎ 1994-yil 1-noyabrdan 211,0590‎
1977-yil‎ 620,3400‎ 1995-yil 1-yanvardan 211,0590‎
1978-yil‎ 599,4826‎ 1995-yil 1-martdan 106,8436‎
1979-yil‎ 587,6760‎ 1995-yil 1-sentabrdan 82,2676‎
1980-yil‎ 572,5966‎ 1996-yil 1-yanvardan 82,2676‎
1981-yil‎ 561,8160‎ 1996-yil 1-apreldan 61,1550
1982-yil‎ 561,7516‎ 1996-yil 1-sentabrdan 42,6750‎
1983-yil‎ 551,4196‎ 1997-yil 1-yanvardan 42,6750‎
1984-yil‎ 551,3566‎ 1997-yil 1-iyuldan 29,7120‎
1985-yil‎ 544,6816‎ 1998-yil 1-yanvardan 29,7120‎
1986-yil‎ 538,1370‎ 1998-yil 1-iyuldan 21,6270‎
1987-yil‎ 525,4306‎ 1999-yil 1-yanvardan 17,7120‎
1988-yil‎ 490,8420‎ 1999-yil 1-avgustdan 13,7970‎
1989-yil‎ 460,4250‎ 2000-yil 1-avgustdan 8,9850‎
1990-yil‎ 415,5060‎ 2001-yil 1-avgustdan 6,4186‎
1991-yil‎ 286,7146‎ 2002-yil 1-apreldan 5,5816‎
1992-yil 1-yanvardan 84,7710‎ 2002-yil 1-avgustdan 4,8526‎
1992-yil 1-iyuldan 39,6570‎ 2003-yil 1 maydan 4,0440‎
1992-yil 1-oktabrdan 19,0606‎ 2004-yil 1-avgustdan 3,1110‎
1993-yil 1-yanvardan 14,0550‎ 2005-yil 1 maydan 2,5920‎
1993-yil 1-apreldan 10,0770‎ 2005-yil 1-oktabrdan 2,1600‎
1993-yil 1-iyundan 4,3006‎ 2006-yil 1-iyuldan 1,8000‎
1993-yil 1-iyuldan 2,7616‎ 2006-yil 1-noyabrdan 1,5000‎
1993-yil 1-sentabrdan 2,1180‎ 2007-yil 1-avgustdan 1,2000‎
1993-yil 1-noyabrdan 1,2856‎ 2007-yil 1-noyabrdan 1,1000‎
2007-yil 1-dekabrdan 1,0000‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 45-son, 455-modda)