Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2007-YIL 23-OKTYaBRDAGI PF-3931-SONLI “ISh HAQI, PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA”GI FARMONI BOʻYIChA PENSIYALARNI QAYTA HISOBLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 6-noyabrda 1736-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2008-yil 20-martdagi 7, 27-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-martdagi PF-3972-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1780, 26.03.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 23-oktabrdagi PF–3931-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 23-oktabrdagi PF–3931-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. 2007-yil 16-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2007-yil 19-iyuldagi M-37 va 74-sonli qarori, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-iyuldagi PF–3889-sonli “2007-yilning 1-avgustidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma” (2007-yil 23-iyul, roʻyxat raqami 1699 — Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 29-30-son, 314-modda);
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2007-yil 26-oktabrdagi M-42 va 97-sonli qarori, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-iyuldagi PF–3889-sonli “2007-yilning 1-avgustidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartish kiritish haqida (2007-yil 29-oktabr, roʻyxat raqami 1699-1).
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. HAITOV
Toshkent sh.,
2007-yil 5-noyabr,
M-43-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 5-noyabr,
99-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2007-yil 5-noyabrdagi M-43, 99-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 23-oktabrdagi PF–3931-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisida
YOʻRIQNOMA
Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 23-oktabrdagi PF-3931-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmonining 4-bandiga binoan pensiya va ijtimoiy nafaqalarni qayta hisoblash tartibini belgilaydi.
1. Koʻrsatib oʻtilgan Farmonga muvofiq 2007-yilning 16-noyabridan quyidagilarning eng kam miqdorlari belgilanadi:
a) eng kam ish haqi — oyiga 18630 soʻm;
b) yoshga doir pensiyalar — oyiga 36900 soʻm;
v) bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 36900 soʻm;
g) zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 22350 soʻm.
2. Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz baravaridan ortiq boʻlmagan oʻrtacha oylik ish haqi inobatga olinadi (18630 soʻm x 8 = 149040 soʻm).
3. Pensiya qayta hisoblanadigan oʻrtacha oylik ish haqini tenglashtirish uchun, ilovaga muvofiq yillar boʻyicha differensiyalangan yangi tuzatuvchi koeffitsiyentlar oʻrnatiladi.
4. Pensionerning ish haqlari toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmagan yoki oʻrtacha bir oylik ish haqining tuzatuvchi koeffitsiyent qoʻllanilgandan keyingi yangi miqdori belgilangan eng kam ish haqi miqdori (18630 soʻm)ga etmasa, pensiyani qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
yoshga doir pensiyalar, I va II-guruh nogironlik pensiyalari, shuningdek, chin etimlarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun tayanch miqdorlar oyiga 36900 soʻm, III-guruh nogironlik va boquvchilaridan birini yoʻqotgan oilalarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun oilaning mehnatga layoqatsiz har bir aʼzosi uchun 18450 soʻm miqdorida belgilanadi;
talab etiladiganidan ortiqcha ish staji uchun pensiyalar miqdorini oshirish yangi eng kam ish haqidan kelib chiqib belgilanadi (toʻliq pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir toʻliq yili uchun yoshga doir hamda I va II-guruh nogironlik pensiyalari uchun 1 foiz, III-guruh nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun 0,5 foiz).
5. Yangi oʻrtacha oylik ish haqining miqdori 18630 soʻmdan 67090 soʻm 91 tiyingacha (III-guruh nogironlik pensiyasi va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun 61500 soʻm) boʻlgan miqdorni tashkil etgan hollarda pensiyalarni qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
yoshga doir pensiyalari, I va II-guruh nogironlik pensiyalari, shuningdek, chin etimlarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun pensiyaning tayanch miqdori oyiga 36900 soʻm miqdorda, III-guruh nogironlik pensiyalari va boquvchilaridan birini yoʻqotgan oilalarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun oilaning mehnatga layoqatsiz har bir aʼzosi uchun 18450 soʻm miqdorida belgilanadi;
talab etiladiganidan ortiqcha ish staji uchun pensiyalar miqdorini oshirish yangi oʻrtacha oylik ish haqidan kelib chiqib belgilanadi (toʻliq pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir toʻliq yili uchun yoshga doir pensiyalar hamda I va II-guruh nogironlik pensiyalari uchun 1 foiz, III-guruh nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun 0,5 foiz).
6. Pensionerlar boshqa toifalarining pensiyalarini qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
yangi oʻrtacha oylik ish haqi miqdori eng kam oylik ish haqi miqdorining sakkiz hissasi bilan chegaralanadi (149040 soʻm);
olingan oʻrtacha oylik ish haqi, ish stajiga bogʻliq ravishda pensiyalarni hisoblash uchun qabul qilingan foizlarga koʻpaytiriladi.
7. Barcha hollarda pensiyalarga ustama eng kam oylik ish haqidan (18630 soʻm) kelib chiqib aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 23-oktabrdagi PF-3931-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga
ILOVA
ILOVA
Pensiyalarni qayta hisoblashda oʻrtacha oylik ish haqini tenglashtirish uchun qoʻllaniladigan tuzatuvchi koeffitsiyentlar
| Davrlar | Koeff. | Davrlar | Koeff. | |
| 1971-yil yilga qadar | 776,7870 | 1994-yil 1-yanvardan | 0,9630 | |
| 1971-yil | 757,0230 | 1994-yil 1-martdan | 0,5776 | |
| 1972-yil | 738,2190 | 1994-yil 1-iyundan | 0,3856 | |
| 1973-yil | 714,6060 | 1994-yil 1-iyuldan | 381,6886 | |
| 1974-yil | 666,6690 | 1994-yil 1-avgustdan | 312,8970 | |
| 1975-yil | 652,0396 | 1994-yil sentyabrdan | 272,0190 | |
| 1976-yil | 638,0490 | 1994-yil 1-noyabrdan | 211,0590 | |
| 1977-yil | 620,3400 | 1995-yil 1-yanvardan | 211,0590 | |
| 1978-yil | 599,4826 | 1995-yil 1-martdan | 106,8436 | |
| 1979-yil | 587,6760 | 1995-yil 1-sentabrdan | 82,2676 | |
| 1980-yil | 572,5966 | 1996-yil 1-yanvardan | 82,2676 | |
| 1981-yil | 561,8160 | 1996-yil 1-apreldan | 61,1550 | |
| 1982-yil | 561,7516 | 1996-yil 1-sentabrdan | 42,6750 | |
| 1983-yil | 551,4196 | 1997-yil 1-yanvardan | 42,6750 | |
| 1984-yil | 551,3566 | 1997-yil 1-iyuldan | 29,7120 | |
| 1985-yil | 544,6816 | 1998-yil 1-yanvardan | 29,7120 | |
| 1986-yil | 538,1370 | 1998-yil 1-iyuldan | 21,6270 | |
| 1987-yil | 525,4306 | 1999-yil 1-yanvardan | 17,7120 | |
| 1988-yil | 490,8420 | 1999-yil 1-avgustdan | 13,7970 | |
| 1989-yil | 460,4250 | 2000-yil 1-avgustdan | 8,9850 | |
| 1990-yil | 415,5060 | 2001-yil 1-avgustdan | 6,4186 | |
| 1991-yil | 286,7146 | 2002-yil 1-apreldan | 5,5816 | |
| 1992-yil 1-yanvardan | 84,7710 | 2002-yil 1-avgustdan | 4,8526 | |
| 1992-yil 1-iyuldan | 39,6570 | 2003-yil 1 maydan | 4,0440 | |
| 1992-yil 1-oktabrdan | 19,0606 | 2004-yil 1-avgustdan | 3,1110 | |
| 1993-yil 1-yanvardan | 14,0550 | 2005-yil 1 maydan | 2,5920 | |
| 1993-yil 1-apreldan | 10,0770 | 2005-yil 1-oktabrdan | 2,1600 | |
| 1993-yil 1-iyundan | 4,3006 | 2006-yil 1-iyuldan | 1,8000 | |
| 1993-yil 1-iyuldan | 2,7616 | 2006-yil 1-noyabrdan | 1,5000 | |
| 1993-yil 1-sentabrdan | 2,1180 | 2007-yil 1-avgustdan | 1,2000 | |
| 1993-yil 1-noyabrdan | 1,2856 | 2007-yil 1-noyabrdan | 1,1000 | |
| | | 2007-yil 1-dekabrdan | 1,0000 |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 45-son, 455-modda)