O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning hududiy organlari kadrlar tarkibini yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi sog‘liqni saqlash tizimi rahbar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish komissiyasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Qosimov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi sog‘liqni saqlash tizimi rahbar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda attestatsiya komissiyasi deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimi rahbar xodimlarini egallab turgan lavozimiga munosibligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibini, shuningdek sog‘liqni saqlash tizimi rahbar xodimlarining attestatsiyadan o‘tkaziladigan lavozimlari ro‘yxatini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Attestatsiya komissiyasining shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Attestatsiya tarkibiga sog‘liqni saqlash vaziri, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari kiradi.
Attestatsiya komissiyasi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda ularning lavozimiga yangidan tayinlangan yoxud tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar attestatsiya komissiyasi tarkibiga kiritiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
sog‘liqni saqlash tizimining rahbar xodimlarini har yili attestatsiyadan o‘tkazib turish, jumladan, ularning kasbiy tayyorgarlik va malaka darajasi bo‘yicha egallab turgan lavozimiga munosibligini baholash;
Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning hududiy organlari kadrlar tarkibini yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash bo‘yicha takliflar kiritish;
sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini va boshqaruv organlari rahbarlarining malakasi hamda kasbiy tayyorgarligi darajasini doimiy ravishda oshirib borish tizimini yaratish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
4. Attestatsiya komissiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
5. Attestatsiya komissiyasini rais boshqaradi. Attestatsiya komissiyasi raisi bo‘lmagan taqdirda attestatsiya komissiyasini attestatsiya komissiyasi raisining o‘rinbosari boshqaradi.
6. Attestatsiya komissiyasi raisi attestatsiya o‘tkaziladigan joy va muddatlarni, attestatsiyadan o‘tkaziladiganlarning tarkibiy ro‘yxatini hamda sog‘liqni saqlash tizimi rahbar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazishga doir boshqa tashkiliy masalalarni belgilaydi.
7. Attestatsiya komissiyasi faoliyatini ta’minlash uchun Kotibiyat tuziladi. Kotibiyat tarkibi attestatsiya komissiyasi qarori bilan tasdiqlanadi. Kotibiyatni attestatsiya komissiyasi a’zolaridan biri boshqaradi.
attestatsiyani o‘tkazish jadvalini tuzadi va uni tasdiqlash uchun attestatsiya komissiyasi raisiga taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining attestatsiyaga taalluqli buyruqlari va farmoyishlarini attestatsiya komissiyasi a’zolariga hamda attestatsiyadan o‘tkaziladiganlarga yetkazadi.
9. Attestatsiya komissiyasi a’zolari attestatsiya komissiyasi majlislarini tayyorlash va o‘tkazishda qatnashadilar, zarurat bo‘lganda attestatsiyadan o‘tkaziladiganlar faoliyatiga taalluqli qo‘shimcha materiallar va hujjatlarni talab qilib olish huquqiga egadirlar, attestatsiya varaqasini va attestatsiya protokolini imzolaydilar.
10. Komissiya majlislari attestatsiya komissiyasi raisi tasdiqlagan jadval bo‘yicha, lekin har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.
11. Sog‘liqni saqlash tizimining attestatsiyadan o‘tkaziladigan rahbar xodimlari lavozimlari ro‘yxati ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan. Attestatsiya har yili o‘tkaziladi.
homilador ayollar, shuningdek bolani uch yoshgacha parvarish qilish bo‘yicha ta’tilda bo‘lgan ayollar attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.
Ko‘rsatib o‘tilgan ayollarni attestatsiyadan o‘tkazishga ular ishga chiqqandan so‘ng bir yildan keyin yo‘l qo‘yiladi.
13. Attestatsiya o‘tkazilishi to‘g‘risidagi buyruq uning o‘tkazilish kunidan kamida 10 kun oldin attestatsiyadan o‘tkaziluvchilarga yetkaziladi.
14. Attestatsiya komissiyasiga har bir attestatsiyadan o‘tkaziluvchi uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
respublika darajasidagi rahbarlar uchun — Sog‘liqni saqlash vazirining mutasaddi o‘rinbosaridan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining nazorat inspeksiyasidan;
viloyat darajasidagi rahbarlar uchun — Sog‘liqni saqlash vazirining mutasaddi o‘rinbosaridan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisidan yoki viloyat (Toshkent shahar) hokimidan, soha bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazi rahbaridan;
tuman darajasidagi rahbarlar uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziridan, viloyat (Toshkent shahar) sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘idan, soha bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazi rahbaridan.
Attestatsiya komissiyasi attestatsiyadan o‘tkaziluvchining mehnat faoliyati to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar so‘rab olish huquqiga ega.
rahbarlarning kasbiy sifatlari va ularning o‘zi boshqarayotgan tashkilotda sog‘liqni saqlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish yakunlari bo‘yicha faoliyatining yakuniy natijalari;
Oldingi tahrirga qarang.
tibbiy yordam ko‘rsatish darajasi va sifatiga nisbatan talablarning ta’minlanishi hamda unga yuklangan ishlarda fuqarolar sog‘lig‘ini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi;
(15-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
ilg‘or axborot texnologiyalarining, zamonaviy ilmiy, o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning davolash jarayoniga joriy etilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Attestatsiyaga uzrli sabab bilan kelmagan shaxslar attestatsiya komissiyasining keyingi navbatdagi majlisi vaqtida attestatsiyadan o‘tishlari kerak.
Attestatsiyaga uzrsiz sabab bilan kelmagan shaxslar ogohlantiriladi. Attestatsiyaga uzrsiz sabab bilan takroran kelmagan taqdirda attestatsiya komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar (materiallar) asosida attestatsiyadan o‘tkaziluvchining egallab turgan lavozimiga munosib emasligi to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
17. Attestatsiya komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni (materiallarni) ko‘rib chiqadi, shundan keyin attestatsiyani o‘tkazadi.
attestatsiyadan o‘tkaziladigan xodimga uning funksional vazifalari bilan bog‘liq bo‘lgan savollarni beradi;
attestatsiyadan o‘tkaziluvchi tomonidan taqdim etilgan uning xizmat faoliyati to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi.
19. Attestatsiya komissiyasi majlisi, agar unda komissiya a’zolarining kamida 2/3 qismi qatnashsa, qaror qabul qilish huquqiga ega bo‘ladi.
20. Attestatsiya o‘tkazish davomida attestatsiyaning stenogrammasi yoki audio-video yozuvi yuritiladi va uning natijalari muhokama qilinadi.
21. Xodimning kasbiy sifatlarini baholash to‘g‘risidagi qaror, shuningdek attestatsiya komissiyasining tavsiyalari attestatsiyadan o‘tkaziluvchining ishtirokisiz, oddiy ovoz berish yo‘li bilan, attestatsiya komissiyasining majlisda qatnashgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda attestatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
22. Attestatsiya natijalari bo‘yicha attestatsiya komissiyasi quyidagi baholardan birini qabul qiladi:
6 oydan keyin takroriy attestatsiya o‘tkazgan holda, attestatsiya komissiyasining tavsiyalari bajarilishi sharti bilan egallab turgan lavozimiga munosib;
23. Xodim to‘g‘risidagi ma’lumotlar, attestatsiyadan o‘tkaziluvchiga berilgan savollar va ularga berilgan javoblar, attestatsiya komissiyasi a’zolari va xodim tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar, ovoz berish natijalari bo‘yicha xodim faoliyatiga berilgan baho, shuningdek attestatsiya komissiyasining tavsiyalari va ularni bajarish muddatlari attestatsiyadan o‘tadigan har bir xodimga rasmiylashtiriladigan attestatsiya varaqasida (ushbu Nizomga 2-ilova) aks ettiriladi.
Attestatsiya varaqasi attestatsiya komissiyasi raisi, kotibi va uning majlisida ishtirok etgan komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi.
24. Attestatsiya natijalari xodimga attestatsiya komissiyasi majlisi tugashi bilanoq e’lon qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi (ushbu Nizomga 3-ilova).
25. Attestatsiya natijalariga ko‘ra, o‘n ish kunidan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i chiqariladi.
26. Attestatsiya natijalari bo‘yicha egallab turgan lavozimiga munosib emas deb e’tirof etilgan xodimga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida belgilangan tartibda qaror qabul qilinadi.
27. Sog‘liqni saqlash tizimi rahbar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Bosh boshqarmalari, boshqarmalari va bo‘limlari boshliqlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari
Oldingi tahrirga qarang.
(yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 243-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 443-modda)
LexUZ sharhi
mazkur xatboshiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 266-sonli qarori bilan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilovaning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 694-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son)
Toshkent shahri | 200__ yil “__” ___________ | ||||
Attestatsiya komissiyasi raisi | F.I.O. | ||||
Attestatsiya komissiyasi raisining o‘rinbosari | F.I.O. | ||||
Attestatsiya komissiyasi kotibi | F.I.O. | ||||
Attestatsiya komissiyasi a’zolari: | |||||
Attestatsiya komissiyasi 200__ yil “__”______dagi majlis yakunlari bo‘yicha | |||||
| |||||
T/r | Familiyasi, ismi, otasining ismi | Tashkilot yoki muassasa | Ilmiy darajasi, unvoni, toifasi | Lavozimi | Attestatsiya komissiyasining xulosasi |
Attestatsiya komissiyasi raisi Attestatsiya komissiyasi kotibi | ____________________________ ____________________________ |