Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 10.08.2007 yildagi PQ-685-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-YILDA G‘O‘ZANI DEFOLIATSIYA QILISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
G‘o‘zani defoliatsiya qilishni samarali o‘tkazish, dalalarni paxta hosilini erta muddatlarda yig‘ishtirib olishga o‘z vaqtida tayyorlash va paxta terish mashinalaridan foydalanish darajasini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan 2007-yilda g‘o‘za defoliatsiya qilinadigan 1-ilovaga* muvofiq maydonlar va uning maqbul muddatlari to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari g‘o‘zaning ekilgan muddatlari, yetilish, paxtaning ochilish davri, navi va joylardagi ob-havo — iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, tumanlar va paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari bo‘yicha g‘o‘zani 1-ilovada belgilangan muddatlarda defoliatsiya qilish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vaziri zimmalariga g‘o‘za belgilangan muddatlarda sifatli defoliatsiya qilinishi va defoliantlarni ishlatish normalari va tavsiyalariga qat’iy rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi defoliatsiya o‘tkazilishi, eng avvalo defoliantlarni solish muddatlari va belgilangan me’yorlariga rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Sh.M. Mirziyoyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yilning 15-avgustigacha defoliatsiyaga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishga oid jami ishlar kompleksini olib boruvchi respublika ishchi komissiyasini, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlarda xuddi shunday ishchi komissiyalarini tashkil qilsin, ularning tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi, O‘zbekiston “Sifat” markazi, “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari mutaxassislari kiritilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi komissiyalar bilan birgalikda defoliatsiya ishlari bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar o‘tkazilishi ustidan qattiq va doimiy nazoratni ta’minlasin hamda agrotexnika tadbirlarini o‘tkazishning belgilangan muddatlari va normalariga rioya etishni ta’minlamayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan qattiq shaxsiy javobgarlik choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zkimyosanoat” va “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyalari, “O‘zagromashservis” uyushmasi, “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari joriy yilning 20-avgustigacha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaliklari bo‘yicha defoliatsiya o‘tkazish maydonlarini aniqlab, har bir tuman bo‘yicha defoliantlar bilan ta’minlash, defoliatsiyani maqbul muddatlarda sifatli o‘tkazilishini tashkil etish va o‘tkazish tadbirlarini ishlab chiqsinlar. G‘o‘za defoliatsiya qilinadigan maydonlarni aniqlashda urug‘lik ekin maydonlari hisobga olinmasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
defoliatsiyani yerda bajariladigan usullar bilan o‘tkazish uchun texnik vositalar va apparatlar tayyorlanishini tugallasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maydonchalarni tayyorlashni taxt qilib qo‘ysinlar va ularda defoliantlar eritmasini tayyorlash uchun zarur idishlar va boshqa texnik vositalar mavjud bo‘lishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi “O‘zkimyosanoat” AK buyurtmanomalari bo‘yicha g‘o‘za defoliatsiyasini o‘tkazish uchun samolyotlar ajratsin va ularning mintaqalarga 2-ilovaga* muvofiq 2007-yil 18-avgustgacha yetib borishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar hokimliklari joriy yilning 18-avgustiga qadar maxsus aerodromlar tayyorlanishini, shu jumladan uchuvchilar uchun zarur maishiy shart-sharoitlar yaratilishini tugallasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matndaberilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zneftmahsulot” kompaniyasi yonilg‘i-moylash materiallarining zarur zaxirasini yaratsin hamda purkagichlar va samolyotlar ishini ta’minlash uchun g‘o‘zani defoliatsiya qilish davrida ularning belgilangan tartibda uzluksiz yetkazib berilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi bir hafta muddatda, asosli buyurtmanomalarga binoan, tijorat banklariga fermer xo‘jaliklari uchun g‘o‘za defoliatsiyasini o‘tkazishga zarur kredit mablag‘larini, keyinchalik ulardan defoliantlar xarid qilish hamda “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari va “SAR” aviakompaniyasi xizmatlariga haq to‘lash uchun foydalanish maqsadida, belgilangan tartibda ajratib bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 10-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-685-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 8-son, 406-modda)