02.09.1993 yildagi 932-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.10.1993 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“LOTIN YoZUVIGA ASOSLANGAN OʻZBEK ALIFBOSINI JORIY ETISh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yangi alifboga bosqichma-bosqich oʻtilib, bu ish 2000-yil 1-sentabriga qadar toʻliq tugallansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish boʻyicha respublika davlat komissiyasi tashkil etilsin (tarkibi ilova qilinadi)*.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova keltirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika davlat komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oylik muddat ichida maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida, maktablarda, oʻrta va oliy oʻquv yurtlarida, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va jamoat birlashmalarida Yangi alifboga bosqichma-bosqich oʻtishning davlat dasturi va tartibini ishlab chiqsin va uni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdigʻiga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-1994-yillar davomida oʻzbek orfografiyasining yangi qoidalarini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga taqdim etsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oliy Kengashining ushbu Qarorini roʻyobga chiqarishda davlat hokimiyati va boshqaruvning respublika hamda mahalliy organlariga uslubiyat va axborot bobida muntazam ravishda yordam koʻrsatib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada va mahalliy boshqaruv organlarining yangi alifboni joriy etish yuzasidan qilinayotgan ishlar toʻgʻrisidagi axborotlarini muntazam tinglab borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi yangi alifboga bosqichma-bosqich oʻtishning davlat dasturi va tartibi asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini amalga joriy etishga doir aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 1-sentabrdan eʼtiboran maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida va umumtaʼlim maktablarining birinchi sinflarida yangi alifbo boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazishni, qolgan sinflarida esa fakultativ mashgʻulotlar tashkil etishni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi 1995-yil 1-avgustiga qadar lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini oʻrganish uchun kerakli darsliklar va boshqa qoʻllanmalar nashr etilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarning hokimlari Respublika davlat komissiyasi bilan kelishgan holda lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini bosqichma-bosqich joriy etishga doir dasturni amalga oshirish boʻyicha komissiyalar tuzsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari, jamoat birlashmalarining respublika organlari, shu jumladan tasarruflaridagi korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda ham xodimlarga yangi alifboni oʻrgatishni tashkil etish hamda buning uchun kerakli darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va texnika vositalari bilan taʼminlash yuzasidan maxsus ishchi guruhlari tuzsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, yangi alifboni joriy etishga doir barcha xarajatlar mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan (budjet tashkilotlari bundan mustasno) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yilgi hamda undan keyingi yillarga moʻljallangan Davlat budjetini shakllantirish chogʻida yangi alifboni joriy etish maqsadida zarur boʻladigan mablagʻlarni budjetdagi tashkilotlar uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga ajratilishini nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993—1995-yillar davomida lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish bilan bogʻliq tadbirlarni moddiy-texnika jihatidan taʼminlashning hamda korxonalar, tashkilotlar, xoʻjaliklar va oʻquv yurtlarida yangi alifboni fakultativ tarzda oʻrganishni tashkil etishning galdagi masalalarini hal etsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qaror bajarilishining borishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashini muntazam xabardor qilib tursin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi amaldagi qonun hujjatlarini “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirish yuzasidan takliflar tayyorlasin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yangi alifboga toʻliq oʻtilgan paytdan, yaʼni 2000-yilning 1-sentabridan eʼtiboran 1940-yil 8-mayda qabul qilingan “Oʻzbek yozuvini lotinlashtirilgan alifbedan rus grafikasi asosidagi yangi oʻzbek alifbesiga koʻchirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining Vedomostlari, 1940-yil, № 4) Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 2-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
932-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 332-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 120-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 287-modda)