10.10.2001 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ KODEKSINING 59-MODDASINI ShARHLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Rais B. Eshonov, sudyalar B. Mirboboyev, U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovadan iborat tarkibda, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 3-bandi va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunining 1-moddasiga amal qilib ochiq majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 59-moddasini sharhlash toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrib chiqishga “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq, Soliq kodeksining 59-moddasining qoidalarini tushunishda mavjud boʻlgan noaniqliklar va huquqni tatbiq qiluvchi organlar tomonidan ushbu qoidalarni qoʻllashdan kelib chiqqan kamchiliklarni aniqlagan sudyalar U. Bozorov, G. Pirjanov, S. Hakimovaning tashabbuslari asos boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro S. Murodxoʻjayevning Soliq kodeksining 59-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq imtiyozga boʻlgan Konstitutsiyaviy huquqining buzilganligi haqidagi murojaati mazkur masalani koʻrib chiqishga sabab boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼruzachi sudya S. Hakimovaning axborotini, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakili T. Joʻrayev, Davlat soliq qoʻmitasi vakili E. Gadoyev, “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” vakili R. Bahromov, “Aviabank” Aksionerlik-tijorat banki vakili F. Xolmatov, “Aloqabank” Ixtisoslashtirilgan aksionerlik-tijorat banki vakili Z. Kamoladdinova va “XIFBank” Xususiy ochiq aksionerlik-tijorat banki vakili A. Abdullayevlarni tushuntirishlarini, majlisga taklif qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi vakili B. Panayev, Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi vakili P. Bobojonov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi vakili S. Qodirov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi vakili M. Azimovlarning fikrlarini tinglab, taqdim etilgan hujjatlar va boshqa maʼlumotlarni tekshirib chiqib, Konstitutsiyaviy sud aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga fuqaro S. Murodxoʻjayev oʻzining Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 59-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozlarga boʻlgan huquqining buzilganligi haqida murojaat qilgan. S. Murodxoʻjayev aksiyador sifatida respublikaning “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”, “Aviabank” ATB, “Aloqabank” ATB, “XIFBank” XATB va boshqa banklaridan dividendlar olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq kodeksining 59-moddasi 2 “b”-bandiga muvofiq S. Murodxoʻjayev jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq boʻyicha har bir toʻliq oy uchun eng kam ish haqining toʻrt baravari miqdorida imtiyoz huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S. Murodxoʻjayevga dividendlarni toʻlash paytida esa, soliqlar banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 1999-yilning 17-martidagi 11/1-1-2188-sonli va 1999-yilning 6-aprelidagi 11/1-1-2743-sonli tushuntirish xatlariga asosan olinayotgan dividendlar summaning 15 foizi miqdorida ushlab qolingan. Ushbu tushuntirishlarda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 59-moddasida belgilangan imtiyozlar dividend va foizlar turidagi olinadigan daromadlarga tatbiq qilinmasligi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2002-yil 30-avgustdagi 17-12/548, 15/1-5316-sonli fuqaro S. Murodxoʻjayevga yuborilgan tushuntirish xatida Soliq kodeksining 59-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozlar dividend va foizlarga nisbatan tatbiq qilinishi maʼlum qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xuddi shu mazmundagi, yaʼni Soliq kodeksi 59-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozlar dividend va foizlarga tatbiq qilinishi haqidagi tushuntirish Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi tomonidan 2001-yil 19-yanvarda 15/1-398-sonli xat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lekin, yuqorida koʻrsatilgan banklar Davlat soliq qoʻmitasining 1999-yilning 17-martidagi 11/1-1-2188-sonli va 1999-yilning 6-aprelidagi 11/1-1-2743-sonli xatlarida keltirilgan qonunga zid boʻlgan tushuntirishlarga amal qilib kelmoqdalar. Natijada soliq toʻlovchilarning Soliq kodeksining 11-moddasi ikkinchi bandida belgilangan huquqlari buzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan bir vaqtning oʻzida yuqorida bayon qilingan masala boʻyicha har xil tushuntirishlar yuborilishi fuqarolar huquqlarini buzilishiga, davlat organlarining noqonuniy ishlashiga asosiy sabab boʻlganligini Konstitutsiyaviy sud alohida taʼkidlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaviy sud qonun ustuvorligi prinsiplariga amal qilgan holda shuni qayd qiladiki, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga soluvchi qonun normalarini (mazkur holatda Soliq kodeksini) boshqa darajadagi aktlar hisoblangan, ushbu holatda qonun rolini bajarayotgan xat-tushuntirishlar bilan almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq, ushbu Qonunda belgilangan shaklda qabul qilingan, umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida qonun hujjatlari normalarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat normativ-huquqiy hujjat deb hisoblanadi. Shu Qonunning 5-moddasida normativ-huquqiy hujjat hisoblanuvchi hujjatlarning turlari sanab oʻtilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga asoslanib, Konstitutsiyaviy sud Davlat soliq qoʻmitasining 1999-yil 17-martdagi 11/1-1-2188-sonli va 1999-yil 6-apreldagi 11/1-1-2743-sonli tushuntirish xatlari normativ-huquqiy hujjatlar deb hisoblanadi. Shu bois, undagi, shuningdek ularga oʻxshash xatlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 59-moddasini qoʻllashga doir tushuntirishlar Konstitutsiyaga xilofdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq kodeksining 59-moddasi normalarini notoʻgʻri tushunilishi va qoʻllanishi nafaqat S. Murodxoʻjayev, balki tegishli imtiyozlarga haqli boʻlgan boshqa aksiyadorlar uchun ham maʼlum huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarganligi sababli Konstitutsiyaviy sud Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining shu moddasiga sharh berish zarur degan xulosaga keldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaviy sud amaldagi qonunlarning normalarini tahlil qilishda quyidagilarga tayanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq “Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qoʻyiladi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos boʻlishi shart”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaning 51-moddasiga muvofiq “Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yigʻimlarni toʻlashga majburdirlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soliq kodeksining 11-moddasi 2-bandiga muvofiq, “soliq toʻlovchilar ushbu Kodeksda va boshqa qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda va asoslarda soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqiga egadirlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soliq kodeksining 50-moddasida jismoniy shaxslarning mulkiy daromadiga foizlar, dividendlar boʻyicha olingan daromadlar va mol-mulkni ijaraga berishdan keladigan daromadlar kirishi belgilangan. Mazkur Kodeksning 56-moddasiga muvofiq “jismoniy shaxslarga toʻlanadigan dividendlar va foizlarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan stavkalar boʻyicha toʻlov manbaida soliq solinadi”. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-dekabrdagi 541-sonli qarorining 6-sonli ilovasiga muvofiq, jismoniy shaxslarning dividendlari boʻyicha daromadiga 15 % miqdorda soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 59-moddasida jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqdan ozod qilish tartibi belgilangan. Shu moddaning ikkinchi bandiga muvofiq, jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqni toʻlashdan qisman, har bir toʻliq oy uchun eng kam ish haqining toʻrt baravari miqdorida ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq kodeksining 63-moddasida jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni toʻlov manbaida ushlab qolish tartibi nazarda tutilgan. Shu moddaning birinchi qismiga muvofiq jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni toʻlov manbaida ushlab qolishni toʻlovlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar amalga oshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq kodeksi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan “Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqlarni hisoblab chiqarish va budjetga toʻlanishi tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma” ishlab chiqilgan va u Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998-yilning 11-iyunda 444-son bilan roʻyxatga olingan (444-1, 444-2, 444-3-sonli oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan). Lekin mazkur yoʻriqnomada Soliq kodeksining 59-moddasi ikkinchi qismida belgilangan imtiyozlardan foydalanadigan soliq toʻlovchiga dividend va foizlarni toʻlash manbaida soliqni qanday ushlab qolish kerak degan savolga javob yoʻq, yaʼni imtiyozlardan foydalanuvchi aksionerlar uchun soliq solishning aniq mexanizmi ishlab chiqilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon qilinganlarga asoslanib va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 1, 19, 25, 26 va 27-moddalarini qoʻllab, tahlil qilinayotgan normalarni tushunish va tatbiq qilishning bir xilda emasligini qayd qilib, Soliq kodeksining 59-moddasiga sharh berilishi munosabati bilan Konstitutsiyaviy sud qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 59-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar dividendlar va foizlar boʻyicha olinadigan daromadlarga ham tatbiq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 59-moddasini tatbiq qilish bilan bogʻliq boʻlgan oʻzlarining idoraviy hujjatlarini mazkur toʻxtamga moslashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 10-oktabr
(“Xalq soʻzi” gazetasi, 2001-yil 17-oktabr, 212 (2774)-son)