09.08.2001 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻxtami
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TADBIRKORLIK FAOLIYATI ERKINLIGINING KAFOLATLARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI 16-MODDASINING IKKINChI QISMINI ShARHLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi Rais B. Eshonov, sudyalar B. Mirboboyev, U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovadan iborat tarkibda, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi birinchi qismining uchinchi bandiga va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunning 1-moddasiga amal qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 16-moddasining ikkinchi qismini sharhlash toʻgʻrisida”gi ishni ochiq sud majlisida koʻrib chiqdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masala yakka tadbirkor V. Frolovning Konstitutsiyaviy sudga murojaati munosabati bilan “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga muvofiq sudyalar U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovalarning tashabbusi asosida kiritildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼruzachi sudya S. Hakimovaning axborotini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Iqtisodiyotni isloh qilish va tadbirkorlik qoʻmitasi raisining oʻrinbosari K. Yoʻldoshev, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Qonunchilik va sud hokimiyati organlari bilan aloqalar boʻyicha ekspertlar guruhining konsultanti Y. Nazarov, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuridik boʻlimi mudiri B. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonunchilik bosh boshqarmasining boshligʻi X. Sodiqov, Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari E. Gadoyev, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining soliq siyosati boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari T. Minibayeva, Davlat soliq qoʻmitasining uslubiyot va daromadlarni deklaratsiyalash boʻlimi boshligʻi O. Gʻaniyev, Oʻzbekiston Respublikasi tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar Palatasi raisi M. Sobirov va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi huzuridagi Ilmiy-maslahatlashuv kengashining aʼzolari: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlarini monitoringi instituti direktorining oʻrinbosari M. Gasanov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisining oʻrinbosari M. Azimov, Toshkent shahar advokatlar hayʼati Rayosatining raisi S. Yoqubov, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kafedra boshligʻi X. Odilqoriyevlarning fikrlarini eshitib, ishga doir barcha materiallar va hujjatlarni oʻrganib chiqib, Konstitutsiyaviy sud aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga xususiy tadbirkor V. Frolov “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 16-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan oʻz imtiyozlaridan gʻayriqonuniy mahrum etilgani xususida shikoyat bilan murojaat etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Frolov 1999-yil oktyabr oyidan eʼtiboran yakka tadbirkor boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 641-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-dekabrdagi 541-sonli qaroriga muvofiq eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdoridagi stavka boʻyicha soliq toʻlab kelgan. Keyinroq soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilgan va jismoniy shaxslardan qatʼiy belgilangan miqdorlarda olinadigan daromad soligʻining eng koʻp stavkasi eng kam oylik ish haqining 10, soʻngra 20 va 30 baravari miqdorigacha oshirilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 31-dekabrdagi 554-sonli va 2000-yil 26-dekabrdagi 500-sonli qarorlari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Frolov “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 16-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanishi kerakligiga qaramay, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan Davlat soliq qoʻmitasi 2001-yil 13-iyundagi № TD/04-01-05/213 № 15/3-3987 raqamli birgalikdagi tushuntirish xati bilan uni bunday huquqdan mahrum etganlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq, “Ushbu Qonunda belgilangan shaklda qabul qilingan, umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida qonun hujjatlari normalarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat normativ-huquqiy hujjat deb hisoblanadi”. Shu Qonunning 5-moddasida normativ-huquqiy hujjat hisoblanuvchi hujjatlarning turlari sanab oʻtilgan. Shunga asoslanib, Konstitutsiyaviy sud qayd etadiki, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan Davlat soliq qoʻmitasining 2001-yil 13-iyundagi № TD/04-01-05/213 № 15/3-3987 raqamli tushuntirish xati normativ-huquqiy hujjat hisoblanmaydi. Shu bois undagi, shuningdek shunga oʻxshash xatlardagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 16-moddasi ikkinchi qismini qoʻllanishga doir tushuntirishlar Konstitutsiyaga xilofdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (15-modda) Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi tan olinadi va boshqa darajadagi hech qanday hujjatlar qonun kuchiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun normalarining soliq va moliya organlari tomonidan notoʻgʻri tushunilishi va qoʻllanilishi nafaqat V. Frolov uchun, balki kichik va xususiy tadbirkorlikning boshqa subyektlari uchun ham muayyan huquqiy oqibatlarni keltirib chiqargani bois, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 16-moddasining ikkinchi qismiga sharh berish zarur degan xulosaga keldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi amaldagi qonunlarni tahlil qilishda quyidagilarga tayanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 18-moddasining ikkinchi qismiga binoan imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qoʻyiladi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-moddasida shunday deyilgan: “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan boʻlgan huquqlari va burchlari bilan oʻzaro bogʻliqdirlar. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qoʻyilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qoʻyishga hech kim haqli emas”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasiga binoan, fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yigʻimlarni toʻlashga majburdirlar. Soliq kodeksi 11-moddasining ikkinchi bandida aytiladiki, soliq toʻlovchilar ushbu Kodeksda va boshqa qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibda va asoslarda soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 16-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun birmuncha noqulayroq sharoitlarni yuzaga keltiradigan oʻzgartishlar kiritilgan taqdirda, mazkur subyektlardan keyingi ikki yil mobaynida bunday oʻzgartishlar kuchga kirgunga qadar amalda boʻlgan qonun hujjatlariga muvofiq soliq undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaviy sud keltirilgan normalarni oʻzaro bogʻliq holda tahlil etib va fuqarolar tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish haqida qaror qabul qilar ekanlar, oʻzlari roʻyxatdan oʻtkazilayotgan paytda amalda boʻlgan soliq solish tizimi, yaʼni belgilangan soliqlar va mahalliy yigʻimlar, ularning stavkalari, imtiyozlar va boshqalardan kelib chiqib, bozor iqtisodiyoti sharoitida oʻz faoliyatini mustaqil ravishda rejalashtirishi hamda amalga oshirishini hisobga olib, tadbirkorlar moslashib olishlari uchun koʻrib chiqilayotgan imtiyozlarni ikki yil mobaynida qoʻllash zarurligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon qilinganlarga asoslanib, “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 1, 19, 25, 26 va 27-moddalariga amal qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yangi soliqlar va mahalliy yigʻimlar joriy etish, soliqlar va yigʻimlar stavkalarining koʻpaytirilishi, imtiyozlar bekor qilinishi bilan bogʻliq soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirishlarni kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun birmuncha noqulayroq sharoitlarni yuzaga keltirish deb hisoblash kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 16-moddasining ikkinchi qismida mustahkamlab qoʻyilgan norma tadbirkorlarga soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun birmuncha noqulayroq sharoitlarni yuzaga keltiradigan oʻzgartirishlar kiritilgan paytdan eʼtiboran ikki yil mobaynida, ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytda amalda boʻlgan stavka boʻyicha soliq toʻlash huquqini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 9-avgust
(“Xalq soʻzi” gazetasi, 2001-yil 15-avgust, 159-160 (2721-2722)-son)