Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 17-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 24-avgustda maʼqullangan
Senat tomonidan 2007-yil 24-avgustda maʼqullangan
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ- 138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi 913-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda) 25-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Uy-joy mulkdorlari va uy-joydan foydalanuvchilar kommunal xizmatlar toʻlovi va majburiy badallarni toʻlashga doir talablarni qoʻpol ravishda buzgan hollarda tumanlarning, shaharlarning (shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlarning) hokimlari kommunal xizmatlar toʻlovi va majburiy badallarni toʻlash boʻyicha qarzlarni undirish toʻgʻrisida kommunal xizmat koʻrsatuvchilar yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining taqdimnomasiga muvofiq daʼvolar bilan sudga murojaat qiladi”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi 915-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan 758-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 110-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 10-modda ikkinchi qismining yigirma ikkinchi xatboshisidagi “uy-joy mulkdorlarining shirkatlariga” degan soʻzlar “xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 12-modda ikkinchi qismining yigirma beshinchi xatboshisidagi birinchi jumla quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolar kommunal xizmatlar haqini va majburiy badallarni bank muassasasi orqali hisob-kitob qilib, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlashlarini kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari, xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari bilan birgalikda uyushtiradi va nazorat qiladi”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi 158-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 12, 413, 418-moddalar; 2007-yil, № 4, 168-modda) 24-moddasi ikkinchi qismining 5-bandidagi “uy-joy mulkdorlari shirkatlariga” degan soʻzlar “xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 20-sentabr,
OʻRQ-113-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 39-son, 399-modda, 52-son, 533-modda; 2013-y., 52-son, 686-modda)