Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MAʼMURIY-hUDUDIY TUZILIShIGA DOIR MASALALARNI hAL qILISh TARTIBI TOʻgʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI qONUNINI AMALGA KIRITISh hAqIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinishi bilan oʻz ahamiyatini yoʻqotgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 30-avgustdagi 277-I-son “Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini amalga kiritish haqida”gi qaroriga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy-hududiy tuzilishiga doir masalalarni hal qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan boshlab amalga kiritilsin.
2. “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy-territorial tuzilishiga doir masalalarni hal qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1980-yil 26-dekabrdagi Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1991-yil 20-noyabr,
432-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 2-son, 83-modda)