Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.10.2019 06.09.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1714
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining buyrugʻi, 06.09.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1714
Кучга кириш санаси
16.09.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.10.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON STANDARTLAShTIRISh, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IShLAB ChIQARILGAN ETIL SPIRT — REKTIFIKATINI SINOVDAN OʻTKAZISh VA TAYYOR MAHSULOTLAR OMBORXONASIGA TOPShIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 6-sentabrda 1714-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 16-oktabrdagi 474-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1714-1, 16.10.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 31-iyuldagi “Etil spirtining sifati ustidan nazoratni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 159-sonli qarorini bajarilishini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Ishlab chiqarilgan etil spirt — rektifikatini sinovdan oʻtkazish va tayyor mahsulotlar omborxonasiga topshirish tartibi toʻgʻrisida nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadan 10 kundan keyin kuchga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilish Davalkogolinspeksiya boshligʻi A.B. Umarov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktori R. BOʻRIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 24-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
214-Q-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzstandart” agentligi Bosh direktorining
2007-yil 24-avgustdagi 214-Q-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarilgan etil spirt — rektifikatni sinovdan oʻtkazish va tayyor mahsulotlar omborxonasiga topshirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 7-noyabrdagi PQ-505-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Etil spirtining sifati ustidan nazoratni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 31-iyuldagi 159-son qaroriga muvofiq ishlab chiqarilgan etil spirt — rektifikatni sinovdan oʻtkazish va tayyor mahsulotlar omborxonasiga topshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Spirt ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarilgan etil spirt — rektifikat faqat “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Davalkogolinspeksiya laboratoriyalarida Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan standartlarga muvofiqligi boʻyicha tekshirishdan oʻtgandan keyin tayyor mahsulotlar omboriga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Biriktirilgan laboratoriyalar ish rejimi “Oʻzstandart” agentligining hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi tomonidan etil spirt — rektifikat ishlab chiqarish texnologik jarayoni uzluksizligini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Etil spirt — rektifikat ishlab chiqaruvchi korxonaning (bundan keyingi oʻrinlarda korxona deb yuritiladi) etil spirt — rektifikat ishlab chiqarish prognoz hajmlari asosida korxona maʼmuriyati va laboratoriya mudiri tomonidan kelishilgan jadvalga muvofiq ularning ish faoliyati tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ishlab chiqarilgan etil spirt — rektifikatni sinovdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ishlab chiqarilgan etil spirt — rektifikat tayyor mahsulot omborxonasiga topshirilishidan oldin har kuni korxonaning moddiy javobgar shaxsi tomonidan sigʻimlarga olinadi va oʻlchanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarilgan etil spirt — rektifikatni standart talablari asosida sinovdan oʻtkazish uchun korxonaning moddiy javobgar shaxsi tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq ikki nusxada toʻldirilgan bildirishnoma laboratoriya mudiriga taqdim etiladi. Bildirishnomaning bir nusxasi korxonaning moddiy javobgar shaxsida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Laboratoriya mudiri korxona moddiy javobgar shaxsi taqdim etgan bildirishnomani mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq ish daftariga roʻyxatga olib boradi. Ish daftari “Oʻzstandart” agentligining hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshligʻi tomonidan belgilangan tartibda imzolangan, muhrlangan, raqamlangan hamda tikilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Laboratoriya mutaxassislari va korxonaning moddiy javobgar shaxsi bilan birgalikda tayyorlangan etil spirt — rektifikatdan GOST 5964-93 “Etil spirt. Qabul qilish va sinov usullari qoidalari” standarti asosida namunalar tanlab olishni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namunalar korxona tomonidan ishlab chiqarilgan etil spirt — rektifikatdan namunalar tanlash dalolatnomasiga muvofiq olinadi. Dalolatnoma mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tanlab olingan namunalarning sinovdan ortgan qismi laboratoriyada 30 kalendar kunidan oshmagan muddatgacha saqlanadi va etil spirt — rektifikat ishlab chiqaruvchi korxonaga qayta topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namunalarning sinovdan ortgan qismining saqlash muddati oʻtgandan soʻng ularni ishlab chiqarish jarayoniga qaytarilishi laboratoriya mudiri tomonidan amalga oshiriladi. Etil spirt — rektifikatni korxonaga qayta topshirish mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha etil spirt — rektifikatni ishlab chiqaruvchi korxonaga qaytarib topshirish daftarida qayd etiladi. Ish daftari “Oʻzstandart” agentligining hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshligʻi tomonidan belgilangan tartibda imzolangan, muhrlangan, raqamlangan hamda tikilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Laboratoriya xodimlari tomonidan standart talablariga koʻra tanlab olingan etil spirt — rektifikat namunalari GOST 5964-93 “Etil spirt. Qabul qilish va sinov usullari qoidalari” va GOST 5962-67 “Etil spirt — rektifikat. Texnikaviy shartlar” standartlari asosida laboratoriyada sinovdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sinov natijalari asosida laboratoriya mudiri tomonidan yozma ravishda mahsulot toʻpining standart talablariga javob berishi yoki bermasligi haqida xulosa tuziladi. Xulosa mazkur Nizomning 5-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Laboratoriyaning etil spirt — rektifikat toʻpi boʻyicha xulosasi ijobiy boʻlsa, mahsulot mazkur Nizomning III boʻlimida nazarda tutilgan tartibda tayyor mahsulotlar omborxonasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qabul qilinayotgan etil spirt — rektifikatning toʻpi standart talablariga javob bermaganda laboratoriya va korxona vakillaridan iborat Hayʼat (bundan keyingi oʻrinlarda Hayʼat deb yuritiladi) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Etil spirt — rektifikat Hayʼat tomonidan standart tartiblariga muvofiq qayta sinovdan oʻtkaziladi va oxirgi sinov natijasiga koʻra mahsulotning sifati aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat xulosasiga koʻra etil spirt — rektifikat standart talablariga javob bermagan taqdirda, laboratoriya mudiri bu haqda zudlik bilan korxona rahbari va Davalkogolinspeksiya boshligʻiga yozma ravishda axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Standart talablariga javob bermagan etil spirt — rektifikat toʻpi belgilangan tartibda ishlab chiqarish jarayoniga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Laboratoriya mutaxassislari tomonidan sinov uchun olingan etil spirt — rektifikat namunalari sifat koʻrsatkichlari aniqlanib boʻlingandan keyin ishlatilgan etil spirt — rektifikat qayta ishlashga muntazam ravishda topshirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Korxonada ishlab chiqarilib, qabul qilingan etil spirt — rektifikatning hajmi va sifati boʻyicha hisobotlar belgilangan tartibda laboratoriya mudiri tomonidan Davalkogolinspeksiya va laboratoriya biriktirilgan “Oʻzstandart” agentligining hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmasiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ishlab chiqarilgan etil spirt — rektifikatni tayyor mahsulotlar omborxonasiga topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Etil spirt — rektifikat toʻpi boʻyicha laboratoriyaning ijobiy xulosasi asosida korxonaning moddiy javobgar shaxsi, korxonaning laboratoriya xodimi, tayyor mahsulotlar omborxonasi mudiri va Davalkogolinspeksiya laboratoriyasi mudiri ishtirokida etil spirt — rektifikat tayyor mahsulotlar omborxonasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Etil spirt — rektifikat tayyor mahsulotlar omborxonasiga ombor mudiri tomonidan laboratoriya bergan sinov natijalari bayonnomasi va korxona tomonidan toʻldirilgan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tayyor mahsulotlar omborxonasining mudiri omborxonada mavjud sigʻimlarning butligini va tozaligini tekshirib, mahsulotni “Oʻzstandart” agentligi yoxud uning hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi tomonidan davlat qiyoslov koʻrigidan oʻtkazilgan 1-sinf oʻlchov vositasi orqali qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tayyor mahsulotlar omborxonasiga qabul qilingan etil spirt — rektifikat mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq omborxona mudiri tomonidan ish daftarida qayd etiladi va ularning hisobini olib boradi. Ish daftari korxona rahbari va hisobchisi tomonidan belgilangan tartibda imzolangan, muhrlangan, raqamlangan hamda tikilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tayyor mahsulotlar omborxonasining mudiri qabul qilib olingan etil spirt — rektifikatning ham miqdoriy, ham sifat koʻrsatkichlari buzilmasligini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ushbu Nizom “Oʻzspirtsanoat” aksiyadorlar kompaniyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzspirtsanoat” AK raisi A. ABDULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 23-avgust
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarilgan etil spirt — rektifikatni sinovdan oʻtkazish va tayyor mahsulotlar omborxonasiga topshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasining
‎“______________________________”

‎‎(korxona nomi)

korxona hududida joylashgan laboratoriyasi mudiri
‎____________________________ga


‎Bildirishnoma
‎№___ “_____”___________ ‎‎

“_______________” korxonasi tomonidan 2007-yilning “___” _______ kunida:

‎1.___________dal _____________________________________, sigʻim № ___da;
‎2.___________dal _____________________________________, sigʻim № ___da;
‎3.___________dal _____________________________________, sigʻim № ___da;
‎4.___________dal _____________________________________, sigʻim № ___da;
‎5.___________dal _____________________________________, sigʻim №___da;
‎ishlab chiqilgan.

‎Ishlab chiqilgan etil spirt — rektifikatning turlarini standart talablari asosida sinovdan oʻtkazib, talabga javob bergan mahsulotlarni tayyor mahsulotlar omborxonasiga rasmiylashtirishga ruxsat berishingizni soʻrayman.
‎‎
‎Korxonaning moddiy
‎javobgar shaxsi
__________________

‎‎

‎_____________________________

(imzo)

‎‎(ismi,familiyasi va otasining ismi)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarilgan etil spirt — rektifikatni sinovdan oʻtkazish va tayyor mahsulotlar omborxonasiga topshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona tomonidan taqdim etilgan “Bildirishnoma”larni roʻyxatga olish daftari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎ Sana (kun, oy, yil) ‎ Bildirishnoma tartib raqami‎ Bildirishnomada qayd etilgan etil spirt — rektifikatning miqdori (dal)‎ Etil spirt — rektifikat saqlanayotgan sigʻimning tartib raqami‎
1.‎
2.‎
3.‎
4.‎
5.‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarilgan etil spirt — rektifikatni sinovdan oʻtkazish va tayyor mahsulotlar omborxonasiga topshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi
‎Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi
‎‎“_________________________” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan 200__ yil “____” ______________ ishlab chiqilgan rektifikatlangan etil spirtidan №__________sonli namunalar tanlash
‎ DALOLATNOMASI

‎‎
‎Men (Biz), Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi laboratoriyasining mutaxassisi(lari) ________________________________
‎“____________________________________” ochiq aksiyadorlik jamiyatining 200__ yil _____________ “____” ______-sonli “Bildirishnoma”siga asosan __________________________________________________________________ ishtirokida, korxonaning __________________________________ boʻlimida spirtning tayyor mahsulotlar omborxonasiga topshirilishidan oldin mahsulotlar sifatini aks ettiruvchi toʻplaridan ________________________
‎___________________________________________ standartlar talablariga mosligini laboratoriyada tekshirish maqsadida namunalar tanlab oldik:

№‎‏ Tekshiriladigan mahsulot namunalari‎‏ Standart belgilanishi Oʻlchov birligi ‎‏ Toʻpdagi soni‎‏ Ishlab chiqarish sanasi ‎‏ Namunalar‎‎
tashqi koʻrik ‎ sinov uchun‎
‎‎
‎Qoʻshimcha maʼlumotlar: ______________________________________________ ___________________________________________________________________
‎Korxona rahbariyatiga: sinov tugaguncha yoki xulosa berilmaguncha namunalar tanlangan mahsulot toʻpini omborxonaga rasmiylashtirish taqiqlanadi.
‎‎
‎‎Laboratoriya mutaxassisi (lari)

‎‎
‎‎________________________‎

‎‎
‎‎Korxona vakili (lari): ‎

‎‎
________________________

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarilgan etil spirt — rektifikatni sinovdan oʻtkazish va tayyor mahsulotlar omborxonasiga topshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etil spirt — rektifikat ishlab chiqaruvchi korxonaga qaytarib topshirish daftari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎ Sana (kun, oy, yil) ‎ Namuna tanlab olish dalolatnomasining tartib raqami va sanasi‎ Tanlab olingan namunaning miqdori (litr) ‎ Sinovdan keyin korxonaga qaytarilgan miqdori (litr) ‎ Qabul qilib olgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi va sana‎ Qoldiq miqdori (litr) ‎ Qoldiq miqdorini qabul qilib olgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, imzosi va sana ‎
1.‎
2.‎
3.‎
4.‎
5.‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarilgan etil spirt — rektifikatni sinovdan oʻtkazish va tayyor mahsulotlar omborxonasiga topshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‎

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiya ‎‎


‎“TASDIQLAYMAN”
‎Davalkogolinspeksiyaning laboratoriya mudiri
‎_________________________
‎(Muhr) “_____”____________2007-y

‎‎
‎‎Korxona nomi: ______________________________________________________
‎___________________________________________________________________

‎‎(Korxona tomonidan berilgan “Bildirishnoma”ning tartib soni va sanasi)

‎‎Ishlab chiqilgan etil spirt — rektifikatning namunasini tanlash dalolatnomasi 200___ y “____” ______________ ____-sonli.
‎___________________________________________________________________

(mahsulot turi)‎‎

‎‎___________________________________________________________________

‎‎(mahsulot miqdori, dalda)

‎‎
‎Sinov natijalari bayonnomasi №___

‎‎Mahsulot uchun standart ________________________________
‎Sinov uchun standart ___________________________________
Fizik-kimyoviy koʻrsatkich nomi‎‎‎ Standart talabi‎ Sinov natijalari‎
Etil spirtining hajmiy ulushi, %, kam emas ‎‎‎
Sulfat kislota bilan tozaligini sinash‎‎‎
20oS haroratda oksidlanishni sinash, kam emas (daqiqa)‎‎‎
Suvsiz spirtdagi (sirka aldegidiga qayta hisoblanganda) aldegidlarning massaviy ulushi, mg/dm3, koʻp emas‎
Suvsiz spirtdagi (izoamil va izobutil spirt aralashmalariga (3:1) qayta hisoblanganda) sivush moyining massaviy ulushi, mg/dm3, koʻp emas ‎‎‎
Suvsiz spirtdagi (sirka — etil efiriga qayta hisoblanganda) efirlarning massaviy ulushi, mg/dm3, koʻp emas‎‎‎
Suvsiz spirtga qayta hisoblanganda metil spirtining hajmiy ulushi, %, koʻp emas
Suvsiz spirtdagi (SO2-siz) ozod kislotalarning massaviy ulushi, koʻp emas, mg/dm3‎‎‎
Tarkibida furfurol‎‎‎
‎‎
‎_____________ namunalar standart talabalariga javob beradi (bermaydi) sinov oʻtkazgan laboratoriya mutaxassisi ____________
(imzo)‎

‎‎____________________________________‎‎

‎‎(ismi, familiyasi va otasining ismi)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarilgan etil spirt — rektifikatni sinovdan oʻtkazish va tayyor mahsulotlar omborxonasiga topshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayyor mahsulotlar omborxonasining ish daftari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎ Sana (kun, oy, yil) ‎ Davalkogolinspeksiya laboratoriyasining sinov natijalari bayonnomasining tartib raqami va sanasi‎ Etil spirt — rektifikatning navi‎ Etil spirt — rektifikatning miqdori (dal) ‎
1.‎
2.‎
3.‎
4.‎
5.‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 35-36-son, 373-modda)