Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.11.2011 03.09.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1710
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.11.2011
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PENSIYA HUJJATLARINING ShAKLLARI VA ULARNI TOʻLDIRISh QOIDALARI HAMDA PENSIONERLAR YIGʻMA JILDINI RASMIYLAShTIRISh VA YuRITISh TARTIBI HAQIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 3-sentabrda 1710-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 20-oktabrdagi 64-sonli “Pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari hamda pensionerlar yigʻmajildini rasmiylashtirish va yuritish tartibi haqidagi Yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1710-1, 17.11.2011-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11 maydagi 249-son Qarori bilan tasdiqlangan “Pensiyalar tayinlash uchun zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan pensiya va nafaqa tayinlash, qayta hisoblash, toʻlash boʻyicha qabul qilingan har kunlik hujjatlarning ijrosini sifatli va qonun hujjatlari bilan belgilangan muddatlarda taʼminlashning tartibini belgilash maqsadida buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari hamda pensionerlar yigʻma jildini rasmiylashtirish va yuritish tartibi haqida”gi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olinganidan soʻng oʻn kundan keyin amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 23-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
2007-yil 23-iyuldagi 118-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari hamda pensionerlar yigʻma jildini rasmiylashtirish va yuritish tartibi haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻRIQNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11 maydagi 249-son Qarori bilan tasdiqlangan “Pensiyalar tayinlash uchun zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq Pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari hamda pensionerlar yigʻma jildini rasmiylashtirish va yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I.Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Yoʻriqnoma tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimlarida (keyingi oʻrinlarda — boʻlim) pensiya tayinlash uchun hujjatlarni qabul qilish, pensiya hujjatlarining shakllari, toʻldirilish qoidalari, pensiya ishi yigʻma jildini rasmiylashtirish, pensiya tayinlash boʻyicha barcha zarur hujjatlar va roʻyxatga olish kitoblarini bir xil tartibda yuritilishini tashkil etilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Boʻlimlarda pensiya tayinlash ishlari mazkur Yoʻriqnomaga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Boʻlimlarda pensiya tayinlash, qayta hisoblash ishlarini rasmiylashtirish uchun mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasida koʻrsatilgan kitoblar yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu kitoblardagi roʻyxat yil boshida birinchi raqam bilan ochiladi, yil mobaynida yangi ochilsa raqam davom ettiriladi, yil yakunida daftar oxirgi raqam bilan yopiladi va boʻlim boshligʻi hamda pensiya va ijtimoiy nafaqa tayinlash guruhi rahbari (keyingi oʻrinlarda tayinlash guruhi rahbari) tomonidan imzolanib, muhr qoʻyiladi va doimiy saqlash uchun boʻlimning arxiviga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Pensiya tayinlash ishlarini rasmiylashtirish vazifasi boʻlimning tayinlash guruhi zimmasiga, hamda bu ishlarni tashkil qilish va ularni rasmiylashtirish yuzasidan belgilangan yagona tartibga rioya qilinishi ustidan nazorat oʻrnatish boʻlim boshligʻining birinchi oʻrinbosari vazifasi boʻlib, umumiy nazorat boʻlim boshligʻiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlimning har bir xodimi oʻz hududiga taalluqli ishlarni bajarish, hujjatlarni toʻgʻri rasmiylashtirish, yuritish va oʻz vaqtida ijrosini taʼminlash uchun masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Boʻlimning pensiya va ijtimoiy nafaqa tayinlash guruhi inspektori (keyingi oʻrinlarda — tayinlash guruhi inspektori) lavozimidan ozod etilganda, boshqa lavozimga tayinlanganda yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda boʻlim boshligʻining buyrugʻi asosida pensiya ishlari, hamda boshqa hujjatlarni topshirish va qabul qilib olish ishlari tayinlash guruhi rahbari, inspektori va huquqshunosdan iborat ishchi guruhi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya ishlari va boshqa hujjatlarni topshirilishi va qabul qilinishi, ishchi guruhi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Boʻlimga ishga yangi qabul qilingan xodimlar mazkur Yoʻriqnoma bilan tanishtirilishi shart va ular sinov muddati davomida uni toʻliq oʻzlashtirishi, sinov muddatidan oʻtganligini belgilovchi asosiy mezonlardan biri boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Pensiya tayinlash uchun hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Pensiya tayinlash toʻgʻrisida yozilgan ariza, murojaat etuvchi fuqaroning (vasiyning) doimiy yashash (roʻyxatdan oʻtgan) joyidagi boʻlimga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi arizalar, ishlamaydigan fuqarolarning oʻzlaridan, agarda ishlasa u ishlayotgan korxona, muassasa yoki tashkilot vakilidan qabul qilinadi. Fuqarolar pensiya olish huquqi paydo boʻlganidan soʻng istalgan paytda pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yoshga doir pensiya tayinlanishini soʻrab pensiya yoshiga toʻlmasdan avval ham murojaat etish mumkin, lekin bu mazkur pensiyani olish huquqi paydo boʻlishidan bir oydan oldin boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Pensiya tayinlash uchun hujjatlarni qabul qilishda boʻlimning tayinlash guruhi rahbari va inspektori quyidagilarga eʼtibor qaratishlari kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ariza taqdimnoma va ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar toʻgʻri rasmiylashtirilganligi, shuningdek ulardagi maʼlumotlarni pasport va murojaat etuvchining boshqa hujjatlaridagi maʼlumotlarga mos kelishini tekshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) taqdim qilingan hujjatlarning mazmuni va toʻgʻri rasmiylashtirilganligi, ularni birlamchi hujjatlarga mosligini tekshirish lozim. Bunda, fuqaroning pensiyaga boʻlgan huquqini, talab etilgan ish stajining mavjudligini, taqdim etilayotgan hujjatlarni toʻgʻri va toʻliq rasmiylashtirilganligini hamda pensiya tayinlash uchun asos boʻluvchi hujjatlarning mavjudligini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qabul qilinayotgan hujjatni boʻlim boshligʻi yoki birinchi oʻrinbosari koʻrib chiqib, arizaga rahbar koʻrsatmasini yozib, hujjatlarni asliga solishtirgan holda nusxalariga imzo va muhr qoʻyib tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tayinlash guruhi rahbari arizani maxsus kitobga roʻyxatga oladi va tayinlash guruhi inspektoriga rasmiylashtirish uchun topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tayinlash guruhi inspektori hujjatlarning aslini (mehnat daftarchasi va arxiv maʼlumotnomalaridan tashqari) qaytaradi va hujjatlarni qabul qilib olganligi toʻgʻrisida murojaat etuvchiga tilxat beradi, tilxatning nusxasi boʻlimga taqdim etilgan hujjatlar bilan birga saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Pensiya tayinlash uchun talab qilingan hujjatlar toʻliq topshirilmagan boʻlsa, arizachiga yoki korxona, muassasa, tashkilot vakiliga bu haqda qachon bildirilganligi koʻrsatilgan yozma xabarnoma beriladi. Xabarnoma nusxasi arizaga qoʻshib qoʻyiladi va barcha hujjatlar bilan saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etishmayotgan hujjatlar taqdim etilgandan keyin boʻlimning tayinlash guruhi inspektori tomonidan qabul qilib olinganligi toʻgʻrisida tilxat beriladi va xabarnoma nusxasiga hamda taqdim qilingan hujjatga uning qachon topshirilganligi yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agar ular qoʻshimcha hujjatlar taqdim etilishi lozimligi toʻgʻrisida xabarnoma olingan kundan eʼtiboran uch oy ichida taqdim etilsa pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi ariza qabul qilingan kun yoki ariza yuborilgan joydagi pochta shtemplida koʻrsatilgan sana pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi ariza qabul qilingan kun hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Pensiya tayinlash masalasida murojaat etuvchi fuqaroning, yoshini va yashash manzilini tasdiqlovchi hujjat, yaʼni pasportini koʻrsatishi shart va boʻlimning tayinlash guruhi inspektori uning pasportidan kerakli maʼlumotlarni koʻchirib oladi. Zarurat tugʻilsa pasportdan nusxa oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning va ularning oila aʼzolarining pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi arizalari yuqorida koʻrsatib oʻtilgan tartibda qabul qilinadi va rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Agar tugʻilgan vaqtini koʻrsatuvchi hujjatda aniq kun koʻrsatilmay oy koʻrsatilgan boʻlsa, tegishli oyning 15-kuni tugʻilgan kun hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taqdim etilgan hujjatda faqat tugʻilgan yili koʻrsatilib tugʻilgan oyi koʻrsatilmagan boʻlsa, shu yilning 1-iyuli tugʻilgan kun hisoblanadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yoshga doir, nogironlik, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalarini tayinlash toʻgʻrisidagi arizaga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11 maydagi 249-sonli qarorining 13-ilovasi bilan tasdiqlangan “Pensiya tayinlash uchun hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomda koʻrsatilgan hujjatlar taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Pensiya tayinlashda inobatga olish uchun mehnat stajini tasdiqlovchi hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11 maydagi 249-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Pensiya tayinlash uchun mehnat stajini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida nizom”ga muvofiq qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Harbiy xizmatchilarning nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini tayinlash toʻgʻrisidagi arizalariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11 maydagi 249-sonli qarorining 12 va 13-ilovalarida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Pensiya tayinlash uchun tegishli hujjatlar notarial idora yoki boʻlim tomonidan tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Pensiya tayinlashga doir hujjatlarni tayyorlash, pensiya va nafaqa ishlarini rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Pensiya tayinlashga doir hujjatlarni boʻlim rasmiylashtiradi. Pensiya tayinlashni (bir turdan ikkinchi turga oʻtkazishni) soʻrab yozilgan ariza bilan birga tegishli hujjatlar topshirilgan kundan keyin Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 45-moddasiga muvofiq pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi hujjatlar, ular kelib tushgan kundan eʼtiboran 10 kundan kechiktirmasdan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Pensiya tayinlash rad etilgan hollarda, boʻlim tomonidan tegishli qaror chiqarilgandan keyin 5 kun ichida pensiya tayinlashni rad etish sababi va shikoyat qilish tartibini tushuntirib, pensiya tayinlash boʻyicha murojaat etgan fuqaroga yoki korxona, muassasa, tashkilotga xabarnoma yuboradi va taqdim etilgan hujjatlarni aslini qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Boʻlimga kichik biznes, fermer xoʻjaliklari va boshqa tashkilotlar tomonidan pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan hujjatlarda, ularning asosli berilishi boʻyicha shubha tugʻdirgan, ish staji va ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni pensiya tayinlangunga qadar tekshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Pensiya tayinlash yuzasidan murojaat tegishli hujjatlar bilan kelib tushgandan soʻng, pensiya va ijtimoiy nafaqalar tayinlash Komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya ) 10 kunlik muddatda qaror (pensiya tayinlash, pensiya tayinlashni rad etish, taqdim etilgan hujjatlarni qayta tekshirish va boshq.) qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Boʻlim tomonidan pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan hujjatlar yuzasidan tekshiruv oʻtkazilganidan soʻng, Komissiya pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi hujjatlarni qaytadan koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan hujjatlarning asosli berilganligi tasdiqlansa, u holda Komissiya pensiyani, pensiya tayinlash uchun birinchi marotaba murojaat etgan kundan tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Agar tekshirilishi kerak boʻlgan hujjatlarsiz ham fuqaroning pensiya olishga huquqi boʻlsa, uning yozma roziligiga asosan, Komissiya tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda eng kam miqdorda pensiya tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar fuqaro eng kam miqdordagi pensiya tayinlanishiga rozi boʻlmasa, Komissiya pensiya tayinlash boʻyicha qarorni, hujjatlar yuzasidan oʻtkazilayotgan tekshiruv ishlari tugallangandan keyin qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Pensiya tayinlash yoki qayta hisoblash uchun taqdim etilgan hujjatlar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tekshirishlar, tekshirish oʻtkazilgan sana koʻrsatilgan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tekshirish korxona, muassasa yoki tashkilot vakili ishtirokida oʻtkazilib, dalolatnoma boʻlim xodimi, korxona, muassasa yoki tashkilot vakili imzolari va tekshirilgan korxona, muassasa, tashkilot va arxiv muhri bilan tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tayinlash guruhi inspektori pensiya tayinlash uchun topshirilgan hujjatlarga asosan maʼlumotlarni kompyuter bazasiga kiritadi, mehnat stajini, oʻrtacha ish haqini, pensiya miqdorini hisoblab, hisob-kitoblarni chop etadi hamda Komissiyaning pensiya tayinlash yoki pensiya tayinlashni rad etish yuzasidan qaror loyihasini tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni tartib boʻyicha tikib, tayinlash guruhi rahbariga tekshirish uchun beradi. Pensiya tayinlash muddatini nazorat qilish uchun mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasida keltirilgan maxsus nazorat varaqasi toʻldiriladi. Pensiya tayinlash ishlaridagi hujjatlar mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasida koʻrsatilgan tartibda tikiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Boʻlimning tayinlash guruhi rahbari ish staji, oʻrtacha ish haqi va pensiya miqdorini toʻgʻri hisoblanganligini, pensiya tayinlash muddati toʻgʻriligini tekshirib imzo qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Komissiya haftada kamida bir marotaba yigʻilish oʻtkazib, taqdim etilgan hujjatlar yuzasidan pensiya tayinlash yoki uni tayinlashni rad etish, pensiyadan ushlab qolish, pensiya toʻlovini toʻxtatish, zarur hollarda pensiya tayinlash yoki qayta hisoblash uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish, guvohlar koʻrsatmasiga asosan ish stajini tasdiqlash va boshqa kollegial hal qilinishi zarur boʻlgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Komissiya qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada barcha koʻrilgan pensiya ishlari umumiy roʻyxat qilinib va unda koʻrib chiqilgan holatlar toʻliq koʻrsatib oʻtiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnoma Komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Pensioner vafot etgandan keyin uning yopilgan pensiya ishi oila aʼzolariga tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik pensiya ishiga qoʻshib tikiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasidan ulush ajratishni soʻrab yozilgan ariza quyidagi tartibda hal etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) asosiy boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini oluvchi yashab turgan joydagi boʻlimga pensiyadan ulush ajratish toʻgʻrisida xatga ariza va tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu murojaatga asosan uni olgan boʻlim, bu oila aʼzolarining pensiya olishga boʻlgan huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar asosiy pensiya ishiga tikib qoʻyiladi, pensiyadan ulush ajratish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va qarordan koʻchirmani oila aʼzolaridan alohida yashab turgan joydagi boʻlimiga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) pensiyadan ulush ajratilganligi toʻgʻrisida qarordan koʻchirmani olgan boʻlim, qarorni “pensiya ishiga” tikadi hamda uni pensiya va nafaqalar toʻlovi boʻyicha monitoring guruhiga beradi, ushbu guruh tomonidan alohida shaxsiy hisobvaraqasi ochiladi, shu hisobvaraqasidagi raqam ulush oluvchining “pensiya ishi”ga ham qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) pensiyadan ulush oluvchilarning “pensiya ish”lari alohida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlim pensiyadan ulush oluvchi oila aʼzolarining tarkibida boʻlgan va pensiyaning miqdorini oʻzgartirish yoki pensiya toʻlovini toʻxtatishga sabab boʻladigan barcha oʻzgarishlar toʻgʻrisida tegishli boʻlimga xabar qilishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini olayotgan oilaning bir tumanda (shaharda) yashab turgan aʼzolariga pensiyadan ulush ajratish va hujjatlarni rasmiylashtirish yuqorida koʻrsatib oʻtilgan tartibda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) pensiya ishi saqlanayotgan boʻlim oila tarkibida oʻzgarishlar boʻlganligi munosabati bilan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi farmonlariga asosan pensiya miqdorini qaytadan koʻrib chiqqanida, boshqa tumanda (shaharda) yashab turgan oila aʼzolari uchun pensiyadan ajratilgan ulushning yangi miqdori toʻgʻrisidagi farmoyishni yangidan rasmiylashtirib pensiya toʻlovi amalga oshirilayotgan tegishli boʻlimga yuborishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi qaror Komissiya tomonidan tasdiqlanganidan keyin pensiya ishi pensiya va ijtimoiy nafaqalar toʻlovi boʻyicha monitoring guruhiga maxsus kitobga qayd etilib beriladi (maxsus kitob namunasi mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasida keltirilgan). Ushbu kitob boʻyicha toʻlov hujjatlarini rasmiylashtirilishi, pensiya ishlarining qaytarilish muddatlari nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Shaxsiy hisobvaraqasi ochilgandan keyin pensiya oluvchining ishiga shaxsiy hisobvaraqasi raqami bilan bir xil raqam qoʻyiladi, toʻlov hujjati rasmiylashtirilib, tayinlash guruhi inspektoriga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Tayinlash guruhi inspektori pensiya ishiga asosan pensiya guvohnomasini yozadi. Pensiya guvohnomasi blankasi qatʼiy hisobi yuritiladigan hujjat hisoblanadi va boʻlim boshligʻi tomonidan masʼul etib belgilangan xodimda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Pensiya guvohnomasi oluvchi fuqaro boʻlimga 2 ta rasm taqdim etadi (bittasi guvohnomaga, ikkinchisi guvohnomalarni roʻyxatga olish kitobiga yopishtirib qoʻyish uchun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Pensiya guvohnomasi, guvohnomalar berilishini hisobga olib borish mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasida keltirilgan kitobga yozilib, pensionerga uni olganligi toʻgʻrisida imzo chektirilib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Pensiya guvohnomasi yoʻqolgan taqdirda guvohnomaning “dublikati” beriladi. “Dublikatga” yoʻqotilgan guvohnomaning raqami beriladi va guvohnomalarni hisobga olib borish kitobiga qaysi raqam bilan qayd etilganligi yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Pensiya olish toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma mazkur Yoʻriqnomaning 6-ilovasida keltirilgan kitobga, arizachiga uni olganligi toʻgʻrisida imzo qoʻydirib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga ham (fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga) ham shaxsiy hisobvaraqasi ochish va pensiya guvohnomasi yuqorida koʻrsatilgan tartibda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Harakatdagi pensiya ishlari boʻlimning tayinlash inspektorlarida saqlanadi va ularning toʻliq saqlanishiga ushbu shaxslar masʼul hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Pensiyani qayta hisoblash, pensiya toʻlashni toʻxtatish (vaqtincha toʻxtatib turish), tiklash va hisobdan chiqarishni rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Pensiyani qayta hisoblashni, bir turdagi pensiyadan boshqa turdagi pensiyaga oʻtkazishni, avval tayinlangan pensiyani tiklashni soʻrab yozilgan ariza, tegishli hujjatlar bilan birga boʻlimga topshiriladi. Pensiyalarni qayta hisoblash bir turdagi pensiyadan boshqa turdagi pensiyaga oʻtkazish, avval tayinlangan pensiyani tiklash toʻgʻrisidagi arizalar 5 kun ichida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Fuqaro qayta hisoblash uchun qoʻshimcha hujjatlar bilan murojaat etganda tayinlash guruhi rahbari va inspektori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) taqdim qilinayotgan hujjatlar va qayta hisoblash boʻyicha arizani boʻlim boshligʻi yoki birinchi oʻrinbosarga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boʻlim boshligʻi yoki birinchi oʻrinbosar arizaga tegishli koʻrsatma qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tayinlash guruhi inspektori arizani qabul qilib olganligi toʻgʻrisida murojaat etuvchiga tilxat yozib beradi va qayd etish kitobiga roʻyxatga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Ariza roʻyxatga olingandan keyin, tegishli hujjatlar bilan birga tayinlash guruhi inspektori tomonidan qayta hisoblanadi va tekshirish uchun tayinlash guruh rahbariga beriladi va tasdiqlash uchun Komissiyaga taqdim etiladi. Pensiyalarni qayta hisoblashdagi hujjatlar mazkur Yoʻriqnomaning 7-ilovasida koʻrsatilgan tartibda tikiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Pensiyani qayta hisoblashda, bir turdagi pensiyadan boshqa turdagi pensiyaga oʻtkazishda, avval tayinlangan pensiyani tiklashni rad etilgan holda, Komissiyaning tegishli qarori chiqarilgan kundan boshlab 5 kun ichida rad etish sababi va arz qilish tartibi tushuntirilib, arizachiga yoki korxona, muassasa, tashkilotga xabarnoma yuboradi va taqdim etilgan hujjatlarning aslini qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Pensiya notoʻgʻri tayinlanganligi aniqlangan hollarda, pensiya toʻlovini toʻxtatish masalasi Komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi va bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, 5 kun ichida fuqaroga yoki korxona, muassasa, tashkilotga bayonnomadan koʻchirma beriladi (yuboriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Pensiya toʻlovi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatilganda, (masalan pensiya toʻlash muddati tugaganda, pensioner vafot etganda yoki pensiya toʻlovi vaqtincha toʻxtatilganda, tibbiy mehnat ekspert komissiyasidan (TMEK) koʻrigidan oʻtish muddati oʻtkazib yuborilganda, pensioner ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilinganda va boshqa hollarda), pensiya toʻlashni toʻxtatish yoki vaqtincha toʻxtatib turish pensiya va nafaqalar toʻlovi boʻyicha monitoring guruhi tomonidan pensiya ishining maxsus grafasiga toʻlov qachondan toʻxtatilganligi va toʻxtatilish sababini koʻrsatilib, rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. TMEK koʻrigidan oʻz vaqtida oʻtmasdan keyinchalik oʻtib, unga Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni 55-moddasiga asosan pensiyani toʻlash Komissiya qaroriga asosan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Pensiyani tiklash Komissiya qarori bilan rasmiylashtiriladi. Pensiyani tiklash rad etilgan hollarda, bu haqda arizachi 5 kunlik muddatda yozma ravishda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Pensioner yashab turgan joyini oʻzgartirganligi munosabati bilan pensiya ishini hisobdan chiqarish va hisobga qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Pensioner doimiy yashash uchun boshqa tumanga (shaharga) koʻchib ketayotganda pensiya ishini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi ariza (yoki koʻchib ketayotgan joydagi boʻlimdan soʻrovnoma) beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Koʻchib ketayotgan pensionerga avval roʻyxatda turgan boʻlim tomonidan roʻyxatdan chiqqan oyning pensiyasi toʻlab beriladi (agar pensiya toʻlovi oldindan toʻxtatilmagan boʻlsa, yaʼni muddati tugagan, uzoq vaqtdan buyon pensiya olishga murojaat etmagan boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Qaysi muddatgacha pensiya toʻlanganligi pensiya ishiga va shaxsiy hisobvaraqasiga yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Pensionerni hisobdan chiqarish boʻlimning pensiya va ijtimoiy nafaqalar toʻlovi boʻyicha monitoring guruhi tomonidan rasmiylashtiriladi. Bu haqda pensiya ishiga va shaxsiy varaqaga tegishli ravishda yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Pensionerning yashash joyi oʻzgarganligi munosabati bilan pensiya ishini hisobga olishni soʻrab yozgan arizasiga asosan, uning yangi yashash joyidagi boʻlim mazkur tumanda yashayotganligini tasdiqlovchi hujjat, yaʼni yangi yashash joyida roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan pasport asosida hisobga oladi va 3 kunlik muddatda pensiya ishini yuborish toʻgʻrisida avval hisobda turgan boʻlimga soʻrovnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Soʻrovnomani olgan boʻlim 5 kunlik muddatda pensiya ishini soʻrovnoma bergan boʻlimga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Pensiyadan chegirma ushlanib kelingan hollarda, mablagʻ ushlab qolish uchun asos boʻladigan ijro hujjatlari tegishli sudga qaytariladi. Sudga qaytarish jarayonida, qaytarilish sabablari va pensionerning yangi manzili toʻgʻrisida maʼlumot koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Pensiya ishi faqatgina fuqaro yashash joyini respublika hududida oʻzgartirgan taqdirda yangi yashash joyiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy yashash uchun chet davlatga koʻchib ketgan fuqaroning pensiya ishi berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. MDH davlatlariga koʻchib ketayotgan pensionerlarning pensiya ishlarini berish (yuborish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Pensionerning yangi yashash joyidagi boʻlim pensiya ishini olgandan soʻng, pensioner toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kompyuter bazasiga kiritadi. Nazorat tariqasida qayta tayinlash boʻyicha kompyuter hisoblarini (pensiya miqdori, oʻrtacha oylik ish haqi, stajining hisobi) chop etib, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan farmoyish asosida pensionerning ilgari yashab turgan joyida qaysi vaqtgacha pensiya toʻlangan boʻlsa, shu vaqtdan boshlab (qonun asosida) pensiya toʻlovi davom ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Pensiyadan ulush olib kelayotgan oila aʼzosi doimiy yashash uchun boshqa tumanga (shaharga) koʻchib borganida yangi joydagi boʻlim pensiyadan ulush ajratish toʻgʻrisidagi qarorning koʻchirmasini yuborish toʻgʻrisida, shu ulush oluvchi ilgari yashab turgan joydagi boʻlimga soʻrovnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Pensiya ulushini toʻlab turgan boʻlim, shu xatni olganidan keyin 3 kunlik muddat ichida qarordan koʻchirmani va pensiya ulushi qachongacha toʻlanganligi koʻrsatib yozilgan maʼlumotnomani pensiyadan ulush oluvchining yangi yashash joyidagi boʻlimga yuboradi. Bir vaqtning oʻzida pensiyadan ulush oluvchi oila aʼzosining yashash manzili oʻzgarganligi haqida, asosiy pensiya ishi saqlanayotgan boʻlimga ham xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Pensiya ishlarini yuborish toʻgʻrisida yozilgan xatlar va kelgan pensiya ishlar boʻlimda alohida yuritilgan kitoblarda qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya ishlarini yuborishni soʻrab yozgan soʻrovnomalar va ishlarni joʻnatishga doir barcha yozishma alohida yigʻmajildga tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Pensiya oluvchining pensiya ishini saqlash, arxivni yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Pensiya ishlari maxsus jihozlangan xonada saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakatdagi pensiya ishlarini saqlash boʻyicha javobgar, tayinlash guruhi rahbarlari va inspektorlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashab turgan pensionerning pensiya ishi shu muassasa joylashgan boʻlimda saqlanadi. Pensionerga pensiya belgilangan tartibda mazkur boʻlim tomonidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan va vasiy tayinlangan pensionerning pensiya ishi vasiyning yashab turgan joyidagi boʻlimda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Pensiya toʻlash toʻxtatilgan fuqarolarning pensiya ishlari, harakatdagi pensiya ishlaridan alohida ajratilgan holda boʻlim arxivida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Boʻlimning arxividagi pensiya ishlari alfavit kitobiga qayd etiladi va kitobga qaysi raqam bilan yozilgan boʻlsa, pensiya ishiga ham shu raqam qoʻyiladi. Har bir alfavit harfi boʻyicha birdan boshlab alohida tartib raqam qoʻyib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Alfavit kitobiga pensionerning familiyasi, ismi, otasining ismi, pensiya turi, arxivdagi ish boshqa joyga joʻnatilganligi toʻgʻrisidagi yozuv kabi maʼlumotlar kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Boʻlimning arxivida pensiya ishlarining saqlanishiga arxivchi (arxivarius shtati yoʻq joylarda boʻlim boshligʻining buyrugʻi bilan masʼul etib tayinlangan xodim) zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Pensiya tayinlash rad etilgan fuqarolarning ishlari arxivda alohida saqlanadi. Bu ishda quyidagi hujjatlar boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) pensiya tayinlashni soʻrab yozilgan ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ariza va taqdim qilingan hujjatlarni qabul qilganlik toʻgʻrisidagi tilxat nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ish staji va ish haqi hisobi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) arizachi tomonidan topshirilgan yoki boʻlim tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlarning nusxalari yoki koʻchirmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Komissiya bayonnomasidan koʻchirma va pensiya tayinlash rad qilinganligi toʻgʻrisida yozilgan xabarnomaning nusxasi. Xabarnoma ariza egasiga topshirilgan boʻlsa uning nusxasida ariza egasining hujjatlarni qaytarib olganligi toʻgʻrisida, olgan sanasini koʻrsatgan holda qoʻygan imzosi boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hujjatlar pochta orqali yuborilgan boʻlsa, buyurtma bilan yuborilganligi haqida pochtadan berilgan kvitansiyaning raqami va sanasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar ishning muqovasiga tikib qoʻyiladi va alfavit tartibida saqlanadi. Ishning muqovasiga ariza egasining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash manzili yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari hamda pensionerlar yigʻma jildini rasmiylashtirish va yuritish tartibi haqida yoʻriqnomaga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimlarida pensiyalarni tayinlash, qayta hisoblash ishlarini rasmiylashtirish uchun yuritiladigan kitoblar roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
№‎ Hujjat nomi‎ Masʼul‎ Nazorat‎
1.‎ Pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi arizalarni qayd etish kitobi‎ Pensiya tayinlash guruhi rahbari‎ Boʻlim boshligʻining birinchi oʻrinbosari‎
2.‎ Pensiya qayta hisoblash boʻyicha arizalarni qayd etish kitobi‎ Pensiya tayinlash guruhi rahbari‎ Boʻlim boshligʻining birinchi oʻrinbosari‎
3.‎ Pensiya oluvchilarni yashash manzili oʻzgarishi munosabati bilan pensiya ishlarini roʻyxatga olish va roʻyxatdan chiqarish kitobi‎ Pensiya tayinlash guruhi rahbari‎ Boʻlim boshligʻining birinchi oʻrinbosari‎
4.‎ Kompensatsiya tayinlash boʻyicha arizalarni qayd etish kitobi‎ Boʻlim boshligʻining buyrugʻi bilan masʼul etib belgilangan xodim‎ Pensiya tayinlash guruhi rahbari‎
5.‎ Pensiya tayinlash yoki tayinlashni rad etish, pensiyadan ushlab qolish, pensiya tayinlash yoki qayta hisoblash uchun taqdim etilgan hujjatlarning asosliligini tekshirish, guvohlar koʻrsatmasiga asosan ish stajini tasdiqlash va boshqa kollegial hal qilinishi zarur boʻlgan masalalar yuzasidan komissiya qarorini qayd etish kitobi‎ Pensiya tayinlash guruhi rahbari‎ Boʻlim boshligʻining birinchi oʻrinbosari‎
6.‎ Qabul qilingan hujjatlarni toʻlov boʻyicha monitoring guruhiga berishni qayd qilish kitobi‎ Pensiya tayinlash guruhi inspektori‎ Pensiya tayinlash, hamda toʻlov boʻyicha monitoring guruhi rahbarlari‎
7.‎ TMEK maʼlumotnomalarini roʻyxatga olish kitobi‎ Boʻlim boshligʻining buyrugʻi bilan masʼul etib belgilangan xodim‎ Pensiya tayinlash guruhi rahbari‎
8.‎ Jamgʻarib boriladigan pensiyaga boʻlgan huquqini belgilovchi guvohnomaning berilishini hisobini olib borish kitobi‎ Boʻlim boshligʻining buyrugʻi bilan masʼul etib belgilangan xodim‎ Boʻlim boshligʻining birinchi oʻrinbosari‎
9.‎ Pensiya guvohnomalari berishni hisobga olish kitobi‎ Pensiya tayinlash guruhi inspektori‎ Pensiya tayinlash guruhi rahbari‎
10.‎ Pensiya olish toʻgʻrisida maʼlumotnomalar berishni hisobga olish kitobi‎ Pensiya tayinlash guruhi inspektori‎ Pensiya tayinlash guruhi rahbari‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan barcha kitoblar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
№‎ Yuritilish talablari‎ Masʼul‎
1.‎ Raqamlanishi‎ Pensiya tayinlash guruhi rahbari‎
2.‎ Tikilishi‎ Pensiya tayinlash guruhi rahbari‎
3.‎ Imzolanishi‎ Boʻlim boshligʻi va pensiya tayinlash guruhi rahbari‎
4.‎ Muhr bilan tasdiqlanishi‎ Boʻlim boshligʻi‎
5.‎ Yozuvlarni oʻchirish, oʻzgartirishlar kiritish mumkin emasligi‎ Pensiya tayinlash guruhi rahbari‎
6.‎ Rekvizitlarni toʻliq toʻlgʻazilishi‎ Pensiya tayinlash guruhi rahbari‎
7.‎ Oʻz vaqtida yopilishi lozim‎ Pensiya tayinlash guruhi rahbari‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari hamda pensionerlar yigʻma jildini rasmiylashtirish va yuritish tartibi haqida yoʻriqnomaga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya tayinlash muddatini nazorat
VARAQASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayinlash guruhi inspektori‎‎ Tayinlash guruhi katta inspektori‎‎ Tayinlash guruhi rahbari‎‎ Boshliq oʻrinbosari ‎‎ Boshliq xulosasi‎‎
qabul qilingan kun ‎ taqdim qilgan kun ‎ qabul qilindi‎ qaytarildi‎ imzolandi‎ qabul qilindi‎ qaytarildi‎ imzolandi‎ qabul qilindi‎ qaytarildi‎ imzolandi‎ qabul qilindi‎ qaytarildi‎ imzolandi‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

QAYTARILISh SABABLARI‎‎


‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎
‎‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: pensiya ishini oxiriga tikiladi va barcha tayinlash pogʻonalarida qaytarish sabablari, imzo sanalari toʻliq yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari hamda pensionerlar yigʻma jildini rasmiylashtirish va yuritish tartibi haqida yoʻriqnomaga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya ishlaridagi hujjatlarning tikilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
№‎ Hujjat nomi‎
‎ Yoshga doir pensiya ishlarida:‎
1.‎ Ariza‎
2.‎ Pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi qaror va pensiya hisobi‎
3.‎ Ish staji hisobi‎
4.‎ Oʻrtacha ish haqi hisobi‎
5.‎ Ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar‎
6.‎ Ish haqini tasdiqlovchi hujjatlar‎
7.‎ Pensiyaga ustama olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar‎
8.‎ Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar‎
‎ Nogironlik pensiya ishlarida :‎
1. Ariza‎
2.‎ Pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi qaror va pensiya hisobi‎
3.‎ Ish staji hisobi‎
4.‎ Oʻrtacha ish haqi hisobi‎
5.‎ Ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar‎
6.‎ Ish haqini tasdiqlovchi hujjatlar‎
7.‎ Pensiyaga ustama olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar‎
8.‎ TMEK maʼlumotnomasi‎
9.‎ Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar‎
‎ Boquvchisini yoʻqotganlik boʻyicha pensiya ishlarida :‎
1.‎ Ariza‎
2.‎ Pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi qaror va pensiya hisobi‎
3.‎ Ish staji hisobi‎
4.‎ Oʻrtacha ish hisobi‎
5.‎ Vafot etganlik toʻgʻrisida guvohnoma‎
6.‎ Ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar‎
7.‎ Ish haqini tasdiqlovchi hujjatlar‎
8.‎ Pensiyaga ustama olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar‎
9.‎ Oila aʼzolarini vafot etgan boquvchiga qarindoshlik aloqasini tasdiqlovchi hujjatlar‎
10.‎ Vafot etgan boquvchining qaramogʻida boʻlgan oila aʼzolari toʻgʻrisida yashash joyidan maʼlumot‎
11.‎ Nogiron boʻlgan oila aʼzolariga TMEK maʼlumotnomasi‎
12.‎ Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari hamda pensionerlar yigʻma jildini rasmiylashtirish va yuritish tartibi haqida yoʻriqnomaga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan hujjatlarni toʻlov boʻyicha monitoring guruhiga berishni qayd qilish kitobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

Namuna‎

‎
T/r‎ Pensiya ishi raqami‎ F.I.Sh.‎ Berilayotgan hujjatlar‎ Hujjatlar berilish vaqti‎ Hisobchi imzosi‎ Toʻlovga chiqarilgan yoki qaytarilgan hujjatlar‎ Toʻlovga chiqarilgan yoki qaytarilgan hujjatlarning qaytarilgan sanasi Mutaxassis imzosi‎
1.‎ 013520‎ A. Kim‎ Pensiya tayinlash masalasida‎ 15.01.2007‎ --‎ Aloqa boʻlimi yoki xalq banki‎ 18.01.07‎ --‎
2.‎ 012560‎ B. Yakov‎ Koʻchib kelgan pensioner ishi‎ 13.01.2007‎ --‎ Aloqa boʻlimi, xalq banki, ish joyi‎ 18.01.07‎ --‎
3.‎ 012450‎ Z. Xan‎ TMEK dan qayta oʻtgan‎ 19.01.2007‎ --‎ Aloqa boʻlimi, xalq banki, ish joyi‎ 20.01.07‎ --‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: koʻchib kelgan yoki yangi tayinlangan pensiya ishlariga shaxsiy hisob raqamini faqat monitoring guruhi inspektori rasmiylashtirgandan keyin u tarafidan yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari hamda pensionerlar yigʻma jildini rasmiylashtirish va yuritish tartibi haqida yoʻriqnomaga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya guvohnomalari berishni hisobga olish kitobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ Namuna‎
T/r‎ Shaxsiy hisob raqami‎ F.I.Sh‎ Berilgan sana‎ Pensionerning imzosi ‎ Foto-surat joyi‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari hamda pensionerlar yigʻma jildini rasmiylashtirish va yuritish tartibi haqida yoʻriqnomaga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensionerlarga maʼlumotnomalar berishni qayd qilish kitobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ Namuna‎
T/r‎ Shaxsiy hisob raqami‎ F.I.Sh‎ Berilgan sana‎ Maʼlumotnoma qayerga berilganligi toʻgʻrisida belgi‎ Pensionerning imzosi ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari hamda pensionerlar yigʻma jildini rasmiylashtirish va yuritish tartibi haqida yoʻriqnomaga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiyalarni qayta hisoblashda hujjatlarni pensiya ishida tikilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎ Hujjat nomi‎
1.‎ Qayta hisoblash toʻgʻrisida pensiya tayinlash komissiyasining (yangi miqdordagi) farmoyishi‎
2.‎ Ariza (Pensiya tayinlash boʻyicha avval tikilgan barcha hujjatlardan keyin)‎
3.‎ Ish staji hisobi‎
4.‎ Ish haqi hisobi‎
5.‎ Ish stajini tasdiqlovchi qoʻshimcha taqdim etilgan hujjatlar (pensiya tayinlanguncha yoki 1994-yil iyulgacha)‎
6.‎ Ish haqi toʻgʻrisidagi yangi (qoʻshimcha) maʼlumotnomalar (pensiya tayinlanguncha yoki 1994-yil iyulgacha)‎
7.‎ Pensiyani qayta hisoblash huquqini beruvchi boshqa hujjatlar ‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 35-36-son, 368-modda; , 2011-y., 45-46-son, 482-modda)