Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.11.2013 03.09.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1707
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining qarori, 03.09.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1707
Кучга кириш санаси
13.09.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.11.2013
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASh VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aspirantura (doktorantura) to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 3-sentabrda 1707-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 7-noyabrdagi 330-mh-sonli “Normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1707-1, 07.11.2013-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-avgustdagi “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-436-son qarorining 8-bandiga muvofiq qaror qilamiz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Aspirantura (doktorantura) to‘g‘risidagi nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri R. QOSIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 9-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
164-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sog‘liqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 9-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri S. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 9-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3/10-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq ta’limi vaziri T. JO‘RAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 9-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Xalq ta’limi vazirligining 2007-yil 9-avgustdagi 164, 11, 3/10, 19-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aspirantura (doktorantura) to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-avgustdagi “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-436-son qaroriga muvofiq oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni aspirantura, ad’yunktura va doktorantura orqali yoki mustaqil ta’lim shaklida tashkil etish hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasida aspirantura (ad’yunktura) faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 1. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Aspirantura (ad’yunktura) oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar hamda zamonaviy ilmiy-tadqiqot bazasiga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasasi (bundan keyingi o‘rinlarda OTM deb yuritiladi) yoki ilmiy-tadqiqot muassasasida (bundan keyingi o‘rinlarda ITM deb yuritiladi) tadqiqotchilarning ilmiy-tadqiqot olib borish usullari va vositalarini o‘rganishlari, yuqori saviyada mustaqil ilmiy, pedagogik va tarbiyaviy ish olib borish qobiliyatini egallashlari uchun ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tegishli ixtisoslik bo‘yicha aspirantura OTM yoki ITMning bo‘ysunuviga ko‘ra mos ravishda Fanlar akademiyasi (bundan keyingi o‘rinlarda FA deb yuritiladi), vazirlik va idoralar qarorlari bilan ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Muayyan ixtisoslik(lar) bo‘yicha oliy malakali kadrlar (fan doktorlari va nomzodlari) hamda zamonaviy ilmiy-tadqiqot bazasiga ega bo‘lgan OTM va ITMlari aspirantura ochishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi idoraviy bo‘ysunuviga muvofiq tegishli vazirlik va idoralarga murojaat etadilar. Murojaat bilan birga OTM yoki ITM Ilmiy kengashining tegishli qarori, aspirantura (ad’yunktura) ochilishi rejalashtirilayotgan ixtisoslik(lar) bo‘yicha muassasada faoliyat ko‘rsatayotgan fan doktorlari hamda ilmiy rahbarlik huquqiga ega bo‘lgan fan nomzodlari to‘g‘risidagi ma’lumot kadrlar bo‘limi tomonidan tasdiqlangan holda mazkur Nizomda keltirilgan ilovaga muvofiq taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. FA vazirlik va idoralar o‘z tasarrufidagi muassasalar aspirantura (ad’yunktura)lari faoliyatini muvofiqlashtiradilar, ularning samaradorligi (aspirantlar tomonidan dissertatsiyalarning o‘z muddatida himoya qilinishi yoki Ixtisoslashgan kengashga taqdim etilishi) yuzasidan monitoring va nazorat ishlarini olib boradilar hamda ularga ilmiy-uslubiy rahbarlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Aspirantura (ad’yunktura)ga davlat grantlari bo‘yicha yillik qabul rejalari loyihasi davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ixtisosliklar bo‘yicha FA, vazirlik va idoralar tomonidan muassasalardagi ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan real ehtiyoj, aspirantura (ad’yunktura) samaradorligi, muayyan ixtisoslik bo‘yicha mavjud ilmiy rahbarlar faoliyati samaradorligi hamda har bir ilmiy rahbarga bir vaqtning o‘zida biriktirilishi mumkin bo‘lgan aspirantlar soni bo‘yicha mazkur Nizomda belgilangan normalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi va Moliya vazirligi ajratgan mablag‘ doirasida tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni aspirantura (ad’yunktura) orqali shartnoma asosida tayyorlash OTM va ITMlar tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Aspirantura (ad’yunktura)larga qabul tasdiqlangan rejaga asosan FA, vazirlik va idoralar, OTM va ITMlarning ommaviy axborot vositalarida bergan e’lonlariga muvofiq tanlov asosida yilda bir marta sentyabr-oktyabr oylarida amalga oshiriladi hamda noyabr oyidan rasmiylashtiriladi. Qabul to‘g‘risidagi tahliliy hisobotlar yilning 15-noyabriga qadar FA, vazirlik va idoralarga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Aspirantura (ad’yunktura)ga oliy ma’lumotli mutaxassis diplomiga yoki magistr darajasiga ega bo‘lgan, ilmiy izlanish olib borish qobiliyatini namoyon eta olgan shaxslar uch yillik muddatga qabul qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Aspirantura (ad’yunktura)ga kirayotgan shaxslar aspirantura (ad’yunktura) faoliyat ko‘rsatayotgan OTM yoki ITMga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shaxsiy varaqa va tarjimai hol;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ish joyidan tavsifnoma (boshqa tashkilotlardan yuboriladigan shaxslar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) chop etilgan ilmiy ishlari va ixtirolari ro‘yxati hamda ularning nusxalari, ilmiy-tadqiqot ishlari to‘g‘risidagi hisobotlar ro‘yxati (agar mavjud bo‘lsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy ishlari e’lon qilinmagan va ixtirolari bo‘lmagan shaxslar tanlagan ixtisosligi bo‘yicha 20 betdan kam bo‘lmagan ilmiy ma’ruza (referat) taqdim etadilar. Ilmiy ma’ruzaga soha bo‘yicha mutaxassis-olim taqrizi ilova qilinishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) aspirantura (ad’yunktura)ga bevosita OTMni tugatgandan keyin hujjat topshirayotgan shaxslar (magistratura talabalari orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiatlari, imtiyozli diplom egalari, OTM Ilmiy kengashi tavsiyasi mavjud da’vogarlar) uchun OTM Ilmiy kengashi majlisining bayonidan ko‘chirma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) oliy ta’limning barcha bosqichlarini o‘tganligini tasdiqlovchi diplom nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) nomzodlik imtihonlarini topshirganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (agar topshirgan bo‘lsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotganlar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) tibbiy ma’lumotnoma (086-shakl);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
y) 4x6 o‘lchamdagi 4 dona fotosurat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) pasport va harbiy bilet (agar mavjud bo‘lsa) shaxsan ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Aspirantura (ad’yunktura)ga qabul qilish uchun OTM rektori yoki ITM direktori raisligida qabul komissiyasi tashkil etiladi. Qabul komissiyasining a’zolari rektor (direktor) tomonidan aspirantura (ad’yunktura) ixtisosliklari bo‘yicha yetakchi olimlardan tayinlanadi. Komissiya tarkibiga imtihon topshiriladigan ixtisoslik bo‘yicha fan doktori yoki professorlar kiritiladi, komissiyaning qolgan a’zolari fan nomzodlari bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Aspirantura (ad’yunktura)ga kirayotgan shaxslar mo‘ljallanayotgan ilmiy rahbar bilan suhbatdan o‘tadilar. Mo‘ljallanayotgan ilmiy rahbar OTM rektori yoki ITM direktoriga ilmiy rahbarlikka roziligini yozma ravishda ma’lum qiladi. Qabul komissiyasi mo‘ljallanayotgan ilmiy rahbarning roziligini hisobga olib, shuningdek, aspirantura (ad’yunktura)ga kiruvchining mutaxassislik bo‘yicha referati yoki taqdim etgan ilmiy ishlari, ilmiy-texnik hisobotlari, ixtirolari, tajriba-konstruktorlik ishlari va nashr etilgan maqolalarini tahlil qilib, kirish imtihonlarini topshirishga ruxsat etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. OTM rektori yoki ITM direktori ushbu qaror asosida aspirantura (ad’yunktura)ga kiruvchini imtihonlarni topshirishga qo‘yish to‘g‘risida buyruq chiqaradi va bir haftalik muddatda unga ma’lum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Aspirantura (ad’yunktura)ga kirish imtihonlari ro‘yxati va dasturi qabul komissiyasi tomonidan tegishli ixtisoslik mohiyatidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilib, FA, vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aspirantura (ad’yunktura)ga kiruvchilar O‘zbekiston tarixi, falsafa, chet tili (ingliz, nemis, fransuz yoki boshqa tillardan biri) va ixtisoslik bo‘yicha kirish imtihonlarini topshiradilar. Ixtisoslik bo‘yicha kirish imtihoni boshqa fanlar imtihonlaridan oldin topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Aspirantura (ad’yunktura)ga kirish imtihonlarini topshiruvchi shaxslarga imtihonlarga tayyorlanish va topshirish uchun ish joyidan o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda 12 kalendar kungacha qo‘shimcha ta’til beriladi. Aspirantura (ad’yunktura)ga kiruvchilar ushbu ta’tildan bir yilda bir marta foydalanadilar. Aspirantura (ad’yunktura)ga kirish imtihonlarini topshirmasdan qabul qilinadigan (xususan, nomzodlik imtihonlarini topshirgan) shaxslar bunday huquqdan foydalanmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OTM rektori yoki ITM direktorining kirish imtihonlariga qo‘yilganlik haqidagi bildirish xati qo‘shimcha ta’til berish uchun asos hisoblanadi. Kirish imtihonlariga kelib-ketish bilan bog‘liq yo‘l xarajatlari yo‘llovchi tashkilot hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Nomzodlik imtihonlarini qisman yoki to‘liq (mutaxassislikdan tashqari) “yaxshi” yoki “a’lo” baholarga topshirgan shaxslar 5 (besh) yil davomida aspirantura (ad’yunktura)ga kirishda tegishli kirish imtihonlarini topshirishdan ozod etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlik imtihonlarini to‘liq (mutaxassislikdan tashqari) topshirgan shaxslar mutaxassislik bo‘yicha kirish imtihonini “a’lo” yoki “yaxshi” baholarga topshirsalar, aspirantura (ad’yunktura)ga tanlovsiz qabul qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 25-martdagi 157-sonli qaroriga muvofiq magistratura talabalari orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiatlari magistraturani tugatganlaridan so‘ng 2 (ikki) yil, Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek va Imom al-Buxoriy davlat stipendiyalari (bundan keyingi o‘rinlarda Davlat stipendiyalari deb yuritiladi) sovrindorlari esa 1 (bir) yil davomida aspirantura (ad’yunktura)ga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadilar. Agar mutaxassisligi to‘g‘ri kelmasa, faqat mutaxassislik fanidan kirish imtihonini topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha aspirantura (ad’yunktura)ga qabul qilish davlat buyurtmasi asosida OTM rektori yoki ITM direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aspirant (ad’yunkt) uchun o‘rnatilgan tartibda fan doktorlari yoki ilmiy rahbarlikka ruxsati bo‘lgan fan nomzodlari tarkibidan ilmiy rahbar tayinlanadi. OTM yoki ITMlari Ilmiy kengashining qaroriga ko‘ra aspirantga ilmiy rahbarlik qilish uchun tegishli ixtisoslik bo‘yicha kamida 5 yillik ilmiy va ilmiy-pedagogik staj, dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega bo‘lgan fan nomzodlari ham tayinlanishi mumkin. Zarur hollarda aspirant (ad’yunkt)ga boshqa tashkilotdan ham ilmiy rahbar tayinlanishi mumkin. O‘zaro yaqin ixtisosliklar orasida ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilayotganda ikki nafar ilmiy rahbar yoki ilmiy rahbar va maslahatchi tayinlanishiga ruxsat etiladi, bunda ularning biri fan nomzodi bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Aspirant (ad’yunkt)ga aspirantura (ad’yunktura)ga qabul qilingan kundan boshlab stipendiya tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Moliya vazirligi aspiranturaga qabul bo‘yicha tasdiqlangan reja asosida tayyorlangan xarajatlar smetasiga ko‘ra FA, vazirlik va idoralarga OTMlari uchun davlat budjetining maorif, ITMlari uchun davlat budjetining fan sohasi bo‘yicha belgilangan tartibda tegishli mablag‘larni ajratadi va ushbu mablag‘lar hisobidan aspirantlarga mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi bo‘yicha belgilangan tartibda stipendiya to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ad’yunktlarning moddiy ta’minoti harbiy ta’lim uchun o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining aspirantlar uchun Davlat stipendiyalari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’ati qaroriga asosan OTM va ITM buyrug‘i bilan to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Aspirantura (ad’yunktura)da o‘qish muddatiga har yili beriladigan 30 kalendar kundan iborat haq to‘lanadigan ta’til ham kiradi va bu muddat ilmiy-pedagogik (harbiy) stajga qo‘shiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Aspirantura (ad’yunktura) muddati tegishli hujjatlar mavjudligida uzoq davom etgan kasallik, homiladorlik va tug‘ish ta’tillari hamda zaxiradagi harbiylarning chaqiruv bilan bog‘liq ta’tillari davriga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Aspirantlar o‘qish davri davomida ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilinmaydilar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Aspirantura (ad’yunktura)da tahsil olayotgan shaxslar aspirant (ad’yunkt)ning shaxsiy ish rejalarini sababsiz bajarmaslik, OTM yoki ITM ichki tartib-qoidalarini buzganlik sabablari tufayli aspirantura (ad’yunktura)dan chetlashtirilishlari mumkin. Mazkur sabablarga ko‘ra aspirantura (ad’yunktura)dan chetlashtirilgan shaxslar aspirantura (ad’yunktura)ga qayta tiklanmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Aspiranturani muddatidan ilgari dissertatsiya himoyasi bilan tamomlagan aspirantlarga OTM va ITMning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan besh oylik stipendiya miqdorida mukofot to‘lanadi. Dissertatsiya ishini muddatidan ilgari himoya qilgan aspirant 30 kalendar kundan iborat haq to‘lanadigan ta’til berilgandan so‘ng aspiranturadan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. OTMlarida ilmiy rahbarlarning aspirantlar bilan olib boradigan ishi har bir aspirant uchun 100 soat hajmida ularning umumiy dars soatlari hisobiga kiritiladi. ITMlarida esa ilmiy rahbarga har bir aspirant uchun davlat budjetining fan sohasi mablag‘laridan, aspirant shartnoma bo‘yicha tayyorlanayotgan bo‘lsa, shartnoma summasidan bir yilda 100 soat hisobidan haq to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Dissertatsiya ishini muddatidan ilgari yoki muddatida himoya qilgan aspirantning ilmiy rahbari OTM yoki ITM rahbariyati tomonidan budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan uch oylik maosh miqdorida moddiy rag‘batlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Aspirantning avtoreferatini chop etish va tarqatish bilan bog‘liq sarf-xarajatlari OTMlar tomonidan davlat budjetining maorif, ITMlar tomonidan davlat budjetining fan sohasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Aspiranturada o‘qish muddati aspirantura bitiruvchilarining umumiy, mutaxassisligi bo‘yicha va ilmiy-pedagogik stajiga qo‘shiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 2. Maqsadli aspirantura
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Maqsadli aspirantura — oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashning asosiy shakllaridan biri hisoblanib, idora ichida, vazirlik va idoralararo hamda davlatlararo bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idora ichida maqsadli aspirantura orqali kadrlar tayyorlash — biror OTM yoki ITM o‘z vazirligi yoki idorasi tasarrufidagi boshqa OTM yoki ITM uchun kadrlar tayyorlashidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoralararo maqsadli aspirantura orqali kadrlar tayyorlash — biror OTM yoki ITMning boshqa vazirlik yoki idora tasarrufidagi OTM yoki ITM uchun kadrlar tayyorlashidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlatlararo maqsadli aspirantura orqali kadrlar tayyorlash — bir mamlakatning OTM yoki ITM boshqa mamlakatning OTM yoki ITMlari uchun kadrlar tayyorlashidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aspirantlarni idora ichida (muassasalar filiallari bundan mustasno) va idoralararo maqsadli tayyorlash uchun ularni yo‘llovchi va qabul qiluvchi tashkilot o‘rtasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aspirantlarni davlatlararo maqsadli tayyorlash Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda o‘rnatilgan tartibda mamlakatlarga ajratilgan kvotalar doirasida yoki FA, vazirlik va idoralar yo‘llanmasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maqsadli aspiranturaga o‘rinlar yo‘llovchi va qabul qiluvchi tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi tegishli vazirlik va idoralarga taqdim etilgandan so‘ng ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ITM, OTMlari va tashkilotlar tomonidan yuboriladigan shaxslar maqsadli aspiranturaga yo‘llovchi hamda qabul qiluvchi tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq qabul qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Maqsadli aspiranturaga qabul tasdiqlangan reja bo‘yicha OTM va ITMlarining ommaviy axborot vositalarida bergan e’lonlariga muvofiq yilda bir marta sentyabr-oktyabr oyida amalga oshiriladi hamda noyabr oyidan rasmiylashtiriladi. Qabul to‘g‘risidagi hisobotlar yilning 15-noyabriga qadar FA, vazirlik va idoralarga taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Maqsadli aspiranturaga yuboriladigan nomzodlarni yo‘llovchi tashkilot tanlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirish imtihonlari qabul qiluvchi OTM yoki ITMda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maqsadli aspiranturaga mo‘ljallangan davlat budjeti mablag‘lari FA, vazirlik va idoralar orqali maqsadli aspiranturaga qabul qiladigan OTM va ITMlarga ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Maqsadli aspiranturaga qabul qilingan shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda stipendiya to‘lanadi hamda mazkur Nizomning 18-bandiga muvofiq ta’til beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 3. Aspiranturaga ega oliy ta’lim va ilmiy- tadqiqot muassasalarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Aspiranturaga ega OTM va ITMlar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ilmiy rahbarning aspirantni xorijiy yetakchi ilmiy markazlar yoki OTMlariga ilmiy xizmat safariga yuborish to‘g‘risidagi iltimosnomasi va qabul qiluvchi tomonning taklifnomasi mavjud bo‘lgan holda Ilmiy kengashda ilmiy xizmat safariga yuborishning maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shaxsiy ish rejalarini bajarmagan va tegishli hisobotini topshira olmagan, OTM yoki ITM ichki tartib-qoidalarini buzgan aspirantni aspiranturaga qayta tiklanish huquqisiz aspiranturadan chetlatish va bu haqda mutaxassisni o‘qishga yo‘llagan OTM, ITM yoki tashkilotga xabar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) aspirantlarni shartnoma (idoralararo, davlatlararo) asosida o‘qitish uchun tushadigan mablag‘larni belgilangan tartibda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va chet ellarda o‘z mutaxassislarining malakasini oshirishga sarflash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Aspiranturaga ega OTM va ITMlar quyidagi majburiyatlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aspiranturaga ilmiy-tadqiqot olib borish qobiliyati, oliy ma’lumotli mutaxassis diplomiga yoki magistr darajasiga ega bo‘lgan shaxslarni tanlov asosida qabul qilishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ilmiy kengashlarda aspirantlarga fan, texnika, ta’lim va madaniyat sohalarining respublika uchun ustuvor yo‘nalishlari (Davlat ilmiy-texnika dasturlari)ni hisobga olgan holda ilmiy ishlar mavzusini, ish rejasini va ilmiy rahbarini 3 oydan kechiktirmay tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) aspirantlarning nomzodlik minimumlarini topshirishi, umumnazariy tayyorgarligi va tajribaviy tadqiqotlar o‘tkazishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish, shuningdek, tajribali olimlardan ilmiy rahbarlar tayinlash hamda ularni stipendiya bilan o‘z vaqtida ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) aspirantlarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyalari tanlovlarida va xorijiy mamlakatlarda mutaxassisligi bo‘yicha tashkil etiladigan ilmiy anjumanlarda ishtirok etishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) nomzodlik minimumi bo‘yicha imtihonlarni topshirish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) davriy hisobot orqali aspirantlar faoliyatini muntazam nazorat qilish, Ilmiy kengashlarda ilmiy rahbarlarning hisobotlarini muhokama qilish va tegishli qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) ilmiy rahbar tomonidan yetarli va malakali rahbarlik amalga oshirilmagan taqdirda Ilmiy kengashda aspirantning ilmiy rahbarni almashtirish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 4. Aspiranturaga yo‘llovchi oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasasi va tashkilotlarning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Aspiranturaga yo‘llovchi OTM, ITM va tashkilotlar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aspirantning ilmiy faoliyatini nazorat qilish hamda hisobot materiallarini so‘rab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aspirant shartnoma shartlarini bajarmaganda undan aspiranturada tayyorlash bilan bog‘liq sarf-xarajatlar qoplanishini o‘rnatilgan tartibda talab qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Aspiranturaga yo‘llovchi OTM, ITM va tashkilotlar quyidagi majburiyatlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qonun hujjatlarida belgilangan hollarda aspiranturaga qabul qilingan shaxslar bilan aspiranturaga qabul qilinganlik to‘g‘risidagi buyruq yoki undan tasdiqlangan ko‘chirma asosida mehnat shartnomasini bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shartnoma shartlarini bajarish hamda aspirantni o‘qishi va yashashi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash maqsadida tegishli mablag‘larni o‘z vaqtida aspirant tayyorlab berayotgan OTM yoki ITM hisob raqamiga o‘tkazib berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 5. Aspirantning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Aspirant quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) OTM va ITMning uskuna, laboratoriya, xona, kutubxona va boshqalaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy ekspeditsiya, konferensiya, seminar va boshqalarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari tanlovida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ilmiy xizmat safarlariga, shu jumladan, xorijiy mamlakatlarga borish (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lgan aspirantlar o‘qishni bitirgandan so‘ng uch yil mobaynida o‘qishni davom ettirish va tajriba orttirish uchun xorijga jo‘natishda imtiyozli huquqni saqlab qoladilar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ilmiy-tadqiqotlar bo‘yicha yetarli va malakali rahbarlik amalga oshirilmagan taqdirda, ilmiy rahbarni almashtirish to‘g‘risida Ilmiy kengashga ariza bilan murojaat etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) davlat grantlari hamda xo‘jalik hisobidagi ilmiy ishlarni bajarishda ishtirok etish, shuningdek, ilmiy rahbarning ruxsati bilan bir yilda 125 soatgacha bo‘lgan hajmda pedagogik faoliyat olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Aspirant quyidagi majburiyatlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) OTM yoki ITM Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan shaxsiy ish rejasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot olib borish va uni to‘liq bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kafedra, bo‘lim, laboratoriya va sektor majlislarida shaxsiy ish rejasining bajarilishi to‘g‘risida muntazam ravishda (yilda kamida ikki marta) hisobot berib borish hamda yil yakunida tegishli hisobot topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) OAK tomonidan tasdiqlangan talablarga muvofiq ravishda o‘z vaqtida nomzodlik imtihonlarini topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ilmiy ishlar natijalarini OAK reyestriga kiritilgan ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar shaklida e’lon qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) kasbiy bilimlar, mustaqil ilmiy-tadqiqot va pedagogik ish olib borish malakasi, ilmiy-tadqiqotlarni o‘tkazish uslubiyatini egallash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) nomzodlik dissertatsiyasini muddatida himoya qilish va Ixtisoslashgan kengashga himoya uchun taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) maqsadli aspiranturani tugatgandan so‘ng uni o‘qishga yuborgan ITM, OTM va tashkilot ixtiyoriga qaytish va kamida 3 (uch) yil ishlab berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 6. Ilmiy rahbarning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ilmiy rahbar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir vaqtning o‘zida ko‘pi bilan 3 (uch) nafar aspirantga ilmiy rahbarlik qilish. Ilmiy rahbar bir vaqtning o‘zida doktorantga ham ilmiy maslahatchi bo‘lsa, doktorant va aspirantlarning umumiy soni uch kishidan oshmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ilmiy kengashga aspirantni xorijiy yetakchi ilmiy markazlar va OTMlariga xizmat safariga yuborishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida asoslangan yozma iltimosnoma bilan murojaat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ilmiy rahbar quyidagi majburiyatlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aspirantning ilmiy ishiga samarali ilmiy rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aspirantning tasdiqlangan shaxsiy ish rejasini bajarishini muntazam nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) dissertatsiya ishining OAK talablariga muvofiq ravishda sifatli, o‘z vaqtida tugallanishi va himoyaga taqdim etilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Ilmiy kengashda aspirant hisobotining muhokamasida ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Dissertatsiya ishlarini muddatida himoya qilinishini ta’minlaydigan ilmiy rahbarlar Ilmiy kengash qarori bilan qo‘shimcha bir yoki ikki aspirantga ilmiy rahbarlik qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ilmiy rahbarligida bajarilayotgan dissertatsiyalar yuzasidan rahbarlik va nazoratni hamda o‘z muddatida ularning himoyaga taqdim etilishini muntazam ta’minlamaydigan ilmiy rahbarlarga nisbatan Ilmiy kengash qarori bilan aspirantlarga ilmiy rahbarlik qilish huquqidan mahrum etishgacha bo‘lgan choralar ko‘rilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida doktorantura faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 1. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Doktorantura nufuzli ilmiy maktablar va laboratoriya-tadqiqot bazalariga ega bo‘lgan yetakchi OTM va ITMlari qoshida fan va texnikaning eng muhim sohalari bo‘yicha oliy malakali ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash maqsadida hamda birinchi navbatda, fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish, davlat ilmiy-texnika dasturlarini, shuningdek, fan va texnikaning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish maqsadida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Doktorantura FA, vazirlik va idoralar tomonidan OAK bilan kelishilgan holda ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Tegishli ixtisosliklar bo‘yicha oliy malakali kadrlar (fan doktorlari) hamda zamonaviy ilmiy-tadqiqot bazasiga ega bo‘lgan OTM va ITMlari doktorantura ochishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi murojaatlari bilan idoraviy bo‘ysunuviga muvofiq tegishli vazirlik va idoralarga murojaat etadilar. Murojaat bilan birga OTM yoki ITM Ilmiy kengashining qarori hamda doktorantura ochilishi rejalashtirilayotgan ixtisosliklar bo‘yicha muassasada faoliyat ko‘rsatayotgan fan doktorlari to‘g‘risidagi ma’lumot kadrlar bo‘limi tomonidan tasdiqlangan holda mazkur Nizomda keltirilgan ilovaga muvofiq taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. FA, vazirlik va idoralar o‘z tasarrufidagi muassasalar doktoranturalari faoliyatini muvofiqlashtiradilar, ularning samaradorligi (doktorantlar tomonidan dissertatsiyalarning o‘z muddatida himoya qilinishi yoki Ixtisoslashgan kengashga taqdim etilishi) yuzasidan monitoring va nazorat ishlarini olib boradilar hamda ularga ilmiy-uslubiy rahbarlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Doktoranturaga davlat grantlari bo‘yicha yillik qabul rejalari loyihasi davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ixtisosliklar bo‘yicha FA, vazirlik va idoralar tomonidan muassasalardagi ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan real ehtiyoj, doktorantura samaradorligi (dissertatsiyalarni o‘z muddatida himoya qilish yoki Ixtisoslashgan kengashga taqdim etish ko‘rsatkichi), muayyan ixtisoslik bo‘yicha mavjud ilmiy maslahatchilar faoliyati samaradorligi hamda har bir ilmiy maslahatchiga bir vaqtning o‘zida biriktirilishi mumkin bo‘lgan doktorantlar soni bo‘yicha mazkur Nizomda belgilangan me’yorlardan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi va Moliya vazirligi ajratgan mablag‘ doirasida tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni doktorantura orqali shartnoma asosida tayyorlash, OTM va ITMlar tomonidan tegishli vazirlik hamda idoralar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Doktoranturaga doktorlik dissertatsiyasiga asos bo‘la oladigan salmoqli ilmiy yutuqlarga erishgan, fundamental tadqiqotlarni yuksak saviyada olib borish va muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy muammolarni hal qilishga qobiliyatli, fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan iste’dodli ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Doktoranturaga kirayotgan shaxslar OTM yoki ITMga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shaxsiy varaqa va tarjimai hol;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oliy ma’lumot, fan nomzodi diplomlari va dotsent (katta ilmiy xodim) attestatlari nusxasi (agar mavjud bo‘lsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va doktorlik dissertatsiyasining kengaytirilgan reja-loyihasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) chop etilgan ilmiy ishlari va ixtirolari ro‘yxati hamda ularning nusxalari, ilmiy-tadqiqot ishlari to‘g‘risidagi hisobotlar ro‘yxati (agar mavjud bo‘lsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ish joyidan tavsifnoma (boshqa tashkilotlardan yuboriladigan shaxslar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) tibbiy ma’lumotnoma (086-shakl);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) 4x6 o‘lchamdagi 4 dona fotosurat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
y) pasport va harbiy bilet (agar mavjud bo‘lsa) shaxsan ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Doktorantura faoliyat ko‘rsatayotgan OTM yoki ITMning Ilmiy kengashi tegishli kafedra, bo‘lim, laboratoriyaning doktoranturaga tavsiya etilgan nomzodning ilmiy ma’ruzasi va doktorlik dissertatsiyasining kengaytirilgan reja-loyihasi bo‘yicha xulosalarini ko‘rib chiqadi hamda bajarilgan tadqiqotlar hajmini hisobga olgan holda nomzodni doktoranturaga qabul qilish yoki qilmaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Ilmiy kengash qarorida doktoranturada o‘qish muddati tabaqalashtirilgan tarzda bir yildan uch yilgacha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Doktoranturaga qabul tasdiqlangan reja bo‘yicha OTM va ITMlarining ommaviy axborot vositalarida bergan e’lonlariga muvofiq yilda bir marta sentyabr-oktyabr oylarida amalga oshiriladi. Qabul to‘g‘risidagi hisobotlar yilning 15-noyabriga qadar FA, vazirlik va idoralarga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Doktorantlarga dissertatsiya tadqiqotlari o‘tkazishlarida yordam ko‘rsatish uchun zaruriyat tug‘ilganida OTM rektori yoki ITM direktori buyrug‘i bilan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar orasidan (akademik, fan doktori-professor) ilmiy maslahatchilar tayinlanadi. Ilmiy maslahatchi sifatida boshqa tashkilotlardan yetakchi olim va mutaxassislar ham jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Doktorantlarni idora ichida (muassasalar filiallari bundan mustasno) va idoralararo maqsadli tayyorlash uchun ularni yo‘llovchi hamda qabul qiluvchi tashkilot o‘rtasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma tuziladi. Doktorantlarni davlatlararo maqsadli tayyorlash Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda o‘rnatilgan tartibda mamlakatlarga ajratilgan kvotalar doirasida yoki FA, vazirlik va idoralar yo‘llanmasi asosida amalga oshiriladi. Maqsadli doktoranturaga o‘rinlar yo‘llovchi hamda qabul qiluvchi tomon o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi tegishli vazirlik va idoralarga taqdim etilgandan so‘ng ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Boshqa shahardan kelgan doktorantlar ularni o‘qishga yuborgan tashkilot mablag‘i hisobidan turar joy bilan ta’minlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Doktoranturada o‘qish muddati ilmiy-pedagogik stajiga qo‘shiladi. Doktoranturada o‘qish muddatiga har yili beriladigan 30 kalendar kundan iborat haq to‘lanadigan ta’til ham kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Doktorantlar uchun stipendiya va ularning ilmiy rahbarlari uchun to‘lovlar tasdiqlangan rejaga asosan tegishli OTM va ITMlarning xarajatlar smetasida ko‘zda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Doktorantlarga ilmiy-tadqiqot muassasalarida davlat budjetining fan, OTMlarida esa davlat budjetining maorif sohasi bo‘yicha ajratilgan mablag‘lar hisobidan mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi bo‘yicha belgilangan razryadlarga muvofiq stipendiya to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. OTMlarida ilmiy maslahatchilarning doktorantlar bilan olib boradigan ishi bir doktorant uchun bir yilda 100 soat hajmida ularning umumiy dars soatlari hisobiga kiritiladi. Ilmiy-tadqiqot muassasalarida esa doktorantlarning ilmiy maslahatchilari mehnatiga davlat budjetining fan sohasi bo‘yicha ko‘zda tutilgan mablag‘lardan, shuningdek, shartnoma summasidan har bir doktorant uchun bir yilda 100 soat hisobidan haq to‘lanadi. Doktorantning avtoreferatlarini chop etish va tarqatish bilan bog‘liq sarf-xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Ixtisoslashgan kengash faoliyat ko‘rsatayotgan OTMlar tomonidan davlat budjetining maorif, ITMlar tomonidan esa davlat budjetining fan sohasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Doktorantlarga mehnat qonunchiligiga muvofiq o‘rindoshlik bo‘yicha ishlashga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Doktoranturani muddatidan ilgari dissertatsiya himoyasi bilan tugatgan doktorantlarga OTM yoki ITMning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan besh oylik stipendiya miqdorida mukofot to‘lanadi. Dissertatsiyasini muddatidan ilgari himoya qilgan doktorant 30 kalendar kundan iborat ta’til berilgandan so‘ng doktoranturadan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Doktorantlar butun o‘qish davri davomida ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilinmaydilar, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Doktoranturada o‘qish muddati tegishli hujjatlar mavjudligida uzoq davom etgan kasallik, homiladorlik va tug‘ish ta’tili hamda boshqa favqulodda sabablarga ko‘ra uzaytiriladi, ularning moddiy ta’minoti esa qonunchilikda belgilangan tarzda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 2. Doktoranturaga ega oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Doktoranturaga ega OTM va ITMlar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ilmiy kengashda ilmiy maslahatchining asoslangan taklifiga ko‘ra doktorantni xorijiy yetakchi ilmiy markazlar yoki OTMlariga qabul qiluvchi tomonning taklifnomasi mavjud bo‘lgan holda ilmiy xizmat safariga yuborish masalasini ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shaxsiy ish rejalarini bajarmagan va tegishli hisobotni topshira olmagan, OTM yoki ITM ichki tartib-qoidalarini buzgan doktorantni doktoranturaga qayta tiklanish huquqisiz doktoranturadan chetlatish va bu haqda mutaxassisni o‘qishga yo‘llagan ITM, OTM yoki tashkilotga xabar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) doktorantlarni shartnoma (idoralar ichida, idoralararo, davlatlararo) asosida tayyorlash uchun tushadigan mablag‘larni belgilangan tartibda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va o‘z mutaxassislarining malakasini oshirishga sarflash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Doktoranturaga ega OTM va ITM quyidagi majburiyatlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) fan, texnika, ta’lim va madaniyat sohasining respublika uchun ustuvor yo‘nalishlari (Davlat ilmiy-texnika dasturlari)ni hisobga olgan holda doktorantning dissertatsiya mavzusi, ish rejasi va (zaruriyatga ko‘ra) ilmiy maslahatchisini uch oydan kechiktirmay tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) doktorantlarning faoliyatini muntazam nazorat qilish hamda Ilmiy kengashlarda ilmiy maslahatchilar, kafedra, bo‘lim, sektor, laboratoriya mudirlarining doktorantlarni tayyorlash bo‘yicha faoliyatlari to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish. Doktorantlar faoliyati bo‘yicha yilda bir marta hisobot qabul qilish, muhokamadan o‘tkazish va tegishli qaror qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 3. Doktorantning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Doktorant quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) laboratoriyalar, uskunalar, xonalar, kutubxonalar va boshqalardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ilmiy safarlarga, shu jumladan, chet mamlakatlarga borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ilmiy ekspeditsiyalar, konferensiyalar, seminarlar va boshqalarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) doktoranturani muvaffaqiyatli tugatgach, uni doktoranturaga yuborgan OTM, ITM yoki tashkilotga qaytish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Doktorant quyidagi majburiyatlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har yili muassasa Ilmiy kengashida shaxsiy ish rejalarining bajarilishi to‘g‘risida hisobot berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) dissertatsiya ishini OAK talablariga muvofiq o‘z muddatida tugallash, dastlabki ekspertizadan o‘tkazish va Ixtisoslashgan kengashda himoya qilish yoki himoyaga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) maqsadli doktoranturani tugatgandan so‘ng uni doktoranturaga yuborgan OTM, ITM yoki tashkilot ixtiyoriga qaytish va kamida 3 (uch) yil ishlab berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 4. Ilmiy maslahatchining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Ilmiy maslahatchi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) OTM rektori yoki ITM direktori tomonidan tasdiqlangan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash rejasini hisobga olgan holda, bir vaqtning o‘zida ko‘pi bilan ikki doktorantga ilmiy maslahatchilik qilish. Agar ilmiy maslahatchi bir vaqtning o‘zida aspirantning ham ilmiy rahbari bo‘lsa, doktorant va aspirant (ad’yunkt)larning soni 3 (uch) kishidan oshmasligi lozim. Dissertatsiya ishlarining o‘z vaqtida himoyaga taqdim etilishini ta’minlaydigan ilmiy maslahatchiga OTM yoki ITM Ilmiy kengashining qarori bilan qo‘shimcha ravishda bir yoki ikki doktorantga ilmiy maslahatchilik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) OTM yoki ITM Ilmiy kengashiga doktorantni xorijiy ilmiy markazlar va OTMlariga ilmiy safarga yuborishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida asoslangan yozma iltimosnoma bilan murojaat etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Ilmiy maslahatchi quyidagi majburiyatlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) doktorantning ilmiy ishiga samarali ilmiy maslahatchilik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) doktorantning tasdiqlangan shaxsiy ish rejasini bajarishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) OAK talablariga muvofiq ravishda dissertatsiya ishining o‘z vaqtida sifatli tugallanishi va himoyaga taqdim etilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) har yili Ilmiy kengash oldida doktorant bilan birga hisobot berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Muntazam ravishda dissertatsiya ishlarining o‘z vaqtida himoyaga taqdim etilishini ta’minlamaydigan ilmiy maslahatchiga nisbatan OTM yoki ITM Ilmiy kengashining qarori bilan doktorantlarga ilmiy maslahatchilik qilish huquqidan mahrum qilishgacha bo‘lgan choralar ko‘rilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Aspirantura va doktoranturalar faoliyatini shartnoma asosida tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan OTM va ITMlari oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash maqsadida fuqarolarni, shu jumladan, xorij fuqarolarini, tanlangan ixtisoslik bo‘yicha aspirantura, ad’yunktura, doktoranturaga shartnoma asosida qabul qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘qish fuqaroning istagiga ko‘ra davlat yoki rus tilida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Xorijiy davlatlar fuqarolarini aspirantura, ad’yunktura va doktoranturaga qabul qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar o‘rtasidagi hukumatlararo bitimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jamoa va yakka tartibdagi shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Xorijiy davlatlar aspirantlar, ad’yunktlar, doktorantlarning O‘zbekiston Respublikasida o‘qish muddati ushbu Nizomga muvofiq ular qabul qilingan kundan boshlab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash uchun haq to‘lash turi, miqdori va tartibi, stipendiya bilan ta’minlash, turar joy sharoitlarini yaratib berish, tibbiy xizmat ko‘rsatish va fors-major vaziyatlari natijasida yetkaziladigan zararni qoplash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Aspirantura, ad’yunktura yoki doktoranturada o‘qishga kirayotgan xorij fuqarolari quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aspirantura, ad’yunktura yoki doktoranturaga qabul qilish to‘g‘risida ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) o‘rganilgan fanlar hamda ular bo‘yicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) ko‘rsatilgan holda ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tibbiyot muassasasi xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 4x6 o‘lchamdagi 6 dona fotosurati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) milliy pasport amaldagi viza hujjatlari bilan shaxsan ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Aspirantura, ad’yunktura va doktoranturada o‘qishni istagan, o‘zbek yoki rus tilini bilmaydigan xorij fuqarolari mavjud Til markazlarida o‘qitiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. OTM va ITM ichki tartib-intizomini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan boshqa qoidalarni buzgan xorij fuqarolari aspirantura, ad’yunktura va doktoranturadan chetlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Mustaqil tadqiqotchilik orqali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash aspirantura yoki doktoranturadan tashqari, mustaqil tadqiqotchilik shaklida ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun mustaqil tadqiqotchilikka oliy ma’lumotga yoki magistr darajasiga ega bo‘lgan, nomzodlik dissertatsiyasi ustida mustaqil izlanishlar olib borayotgan, fan va texnikaning tegishli sohasida yetarli bilimga hamda tanlagan ixtisosligi bo‘yicha kamida bir yillik stajga ega bo‘lgan shaxslar da’vogarlik qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun mustaqil tadqiqotchilikka da’vogarlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK tomonidan o‘rnatilgan tartibga muvofiq nomzodlik minimumi imtihonlarini topshirish, dissertatsiyani tayyorlash hamda himoya qilish maqsadida tegishli ixtisosliklar bo‘yicha aspiranturaga ega bo‘lgan OTM va ITMlarga 3 yilgacha muddatga biriktiriladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun mustaqil tadqiqotchilikka doktorlik dissertatsiyasi ustida mustaqil izlanishlar olib borayotgan, fan va texnikaning dolzarb muammolari hamda nazariy masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlari yuzasidan salmoqli natijalarga erishgan, shuningdek, tegishli fan va texnika sohasida chuqur bilimlarga ega bo‘lgan fan nomzodlari da’vogarlik qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun mustaqil tadqiqotchilikka da’vogarlar tegishli ixtisosliklar bo‘yicha doktorantura faoliyat ko‘rsatayotgan, taniqli ilmiy maktab va yetarli moddiy-texnika bazasiga ega bo‘lgan yetakchi OTM va ITMlarga 4 yilgacha muddatga biriktiriladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Mustaqil tadqiqotchilikka da’vogar OTM va ITMlarga quyidagilarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ish joyidan tavsifnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shaxsiy varaqa va tarjimai hol;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ilmiy ishlari, patentlari va ilmiy hisobotlari ro‘yxati (agar mavjud bo‘lsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oliy ma’lumoti yoki magistr darajasini tasdiqlovchi diplom nusxasi (fan nomzodi ilmiy darajasiga da’vogar mustaqil tadqiqotchi uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) fan nomzodi diplomi (fan doktori ilmiy darajasiga da’vogar mustaqil tadqiqotchi uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) nomzodlik imtihonlarini topshirganligi to‘g‘risida guvohnoma (agar topshirgan bo‘lsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) dissertatsiyaning kengaytirilgan ish rejasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun mustaqil tadqiqotchilikka da’vogarlar arizalari va shaxsiy hujjatlarini ko‘rib chiqish, ularni OTM yoki ITMga biriktirish hamda ilmiy maslahatchilarni tayinlash ushbu Nizomning 50, 77, 78 va 79-bandlariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun mustaqil tadqiqotchilikka da’vogarlarni biriktirish mo‘ljallanayotgan ilmiy rahbar bilan suhbat natijasi va tegishli kafedra (bo‘lim) xulosasi asosida, mustaqil tadqiqotchilikka biriktirish muddati va ilmiy rahbar ko‘rsatilgan holda OTM yoki ITM rahbari buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Fan nomzodi ilmiy darajasiga da’vogar mustaqil tadqiqotchilar bir oylik muddatda ilmiy rahbar bilan kelishilgan holda tayyorlangan shaxsiy ish rejalarini tasdiqlash uchun kafedra (bo‘lim)ga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Mustaqil tadqiqotchilarning dissertatsiya mavzulari fundamental tadqiqotlar rivojini inobatga olgan holda hamda fan va texnikaning Respublika uchun ustuvor yo‘nalishlari doirasida shakllantirilib, uch oylik muddatda muassasa Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Fan doktori va nomzodi ilmiy darajasiga da’vogar mustaqil tadqiqotchilar mazkur Nizomning mos ravishda 35, 36, 63 hamda 64-bandlarida ko‘rsatilgan huquq va majburiyatlarga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Shaxsiy ish rejalarini muvaffaqiyatli yakunlagan va Nizomning tegishli talablarini bajargan mustaqil tadqiqotchilar Ixtisoslashgan kengashlarda dissertatsiya himoyasiga qo‘yiladilar. Shaxsiy ish rejasini bajarmayotganlar esa mustaqil tadqiqotchilar safidan qayta tiklanish huquqisiz chetlashtiriladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Mustaqil tadqiqotchilar faoliyati yuzasidan tashkiliy, nazorat va monitoring ishlari aspirantura hamda doktorantura bo‘limi (mutasaddi xodimlar) tomonidan olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Bir vaqtning o‘zida bir nechta muassasaga mustaqil tadqiqotchi sifatida biriktirilishga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Aspirantura (doktorantura)ni to‘liq tamomlagan shaxslarga mustaqil tadqiqotchi sifatida biriktirilishga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. OTMlarda ilmiy rahbar yoki maslahatchilarning mustaqil tadqiqotchilar bilan olib boradigan ishi bir mustaqil tadqiqotchi uchun 50 soat hisobidan ularning umumiy (o‘quv) yuklamasiga kiritiladi. ITMlarda esa mazkur faoliyat yuzasidan ilmiy rahbar yoki maslahatchi mehnatiga davlat budjetining fan sohasi bo‘yicha ko‘zda tutilgan mablag‘lardan, shuningdek, shartnoma summasidan har bir mustaqil tadqiqotchi uchun 50 soat hisobidan haq to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. O‘zlarining ishlab chiqarishdagi yoki pedagogik faoliyatlarini ilmiy ishlari bilan birga muvaffaqiyatli olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilarga dissertatsiyalarini yakunlash va himoyaga taqdim etish uchun doktorlik dissertatsiyalari bo‘yicha 6 oygacha, nomzodlik dissertatsiyalari bo‘yicha esa 3 oygacha o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ijodiy ta’til beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda quyidagi vazirlik va idoralar bilan kelishilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. SALIXOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 6-avgust
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 6-avgust
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi v.b. K. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 6-avgust
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aspirantura (doktorantura) to‘g‘risida nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎_________________________________________________________________ da

‎‎‎(muassasaning nomi)

‎‎‎‎_________________________________ ochilishi rejalashtirilayotgan ‎‎

‎‎‎‎(aspirantura (ad’yunktura) yoki doktorantura)

‎‎____________________________________________________________________

‎‎‎(ixtisoslik shifri va nomi)

To‘liq F.I.Sh.‎‏ Tug‘ilgan yili‎‏ Doktorlik (nomzodlik) dissertatsiyasi bo‘yicha ixtisosligi shifri va nomi‎‏ Ilmiy darajasi, unvoni‎‏ Ish joyi va lavozimi‎‎ Ixtisosligi bo‘yicha so‘nggi 5 yildagi asosiy ilmiy ishlari ro‘yxati (monografiya, maqola) ‎‏
asosiy stavkada‎ o‘rindoshlik asosida‎

‎‎‎__________________________

‎‎‎(muassasaning nomi)

‎kadrlar bo‘limi boshlig‘i

‎‎‎(imzo)

‎______________________

‎M.O‘.‎

‎‎‎‎(F.I.Sh.)

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 35-36-son, 365-modda)