Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2017 24.08.2007 yildagi 182-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2017
Hujjat 24.08.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy taʼminlash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash sharoitlarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatida qonuniylikni mustahkamlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash sifatini yaxshilash, yuridik xizmatning roli va javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining rahbarlari ushbu qaror talablariga rioya qilinishi hamda yuridik xizmat faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari, shuningdek ularning yuridik xizmatlari tomonidan ushbu qaror talablariga rioya qilinishi ustidan tegishli nazorat oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda, tanqidiy tahlil qilish asosida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish, shuningdek ularning malakasini oshirish tartibini takomillashtirish boʻyicha aniq takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda yuridik xizmatlar faoliyatida qoʻllash uchun shartnomalarni, normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiylashtirish, qonunchilikni tizimlashtirish, talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari yuzasidan xulosalar tuzish boʻyicha metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organlari va korxonalarida yuridik xizmat toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 2-martdagi 118-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 3-son, 8-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 24-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
182-son

Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 24-avgustdagi 182-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining (keyingi oʻrinlarda “davlat organlari” deb ataladi) yuridik xizmati faoliyatiga qoʻyiladigan talablarni, ularning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat organining yuridik xizmati — davlat organining faoliyatini huquqiy taʼminlash maqsadida tashkil etiladigan yoki joriy qilinadigan mustaqil tarkibiy boʻlinma yoki lavozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik xizmat bevosita davlat organining rahbariga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik xizmat yuridik departament, yuridik boshqarma, yuridik boʻlim, yuridik byuro shaklida tashkil qilinishi yoxud bitta shtatdan iborat bosh yuriskonsult, yetakchi yuriskonsult, katta yuriskonsult yoki yuriskonsult boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.

3. Davlat organining yuridik xizmati oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat organining yuridik xizmati xodimi yoxud yuriskonsult lavozimida oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan shaxs ishlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organining yuridik xizmati boshligʻi lavozimiga oliy yuridik maʼlumotga va kamida ikki yillik yuridik xizmat xodimi ish stajiga ega boʻlgan shaxs tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman va shahar hokimliklarining yuridik xizmati xodimlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari bilan kelishilgan holda tayinlanadi hamda tegishli hokimga va hududiy adliya organiga hisob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat organida yuriskonsult yordamchisi lavozimi joriy etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuriskonsult yordamchisi lavozimida oliy yoki oʻrta maxsus yuridik maʼlumotli shaxs, shuningdek “yurisprudensiya” mutaxassisligi boʻyicha tahsil olayotgan bakalavriat bosqichining bitiruvchi kursi talabasi yoki magistratura tinglovchisi ishlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar yuridik xizmat xodimi, yuriskonsult yordamchisi lavozimida ishlashi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yuridik xizmat xodimlari umumiy manfaatlarni ifodalash va himoya qilish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamoat birlashmalari tuzishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Yuridik xizmatning vazifalari va funksiyalari

9. Quyidagilar davlat organi yuridik xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) davlat organining huquq ijodkorligi va huquqni qoʻllash faoliyatida bevosita qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) davlat organi xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirishda, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va mohiyatini ularga yetkazishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) davlat organi va uning tizimiga kiradigan boʻlinmalar, ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni taʼminlashga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) davlat organining shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) sudlarda va boshqa idoralarda davlat organining mulkiy va boshqa manfaatlarini himoya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat organining yuridik xizmati oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) huquq ijodkorligi, huquqni qoʻllash amaliyoti va huquqiy madaniyatni oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat organining huquq ijodkorligi faoliyatining joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi yoki ularning ishlab chiqilishida amalga oshirilishi va bajarilishini nazorat qilishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat organi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi yoxud ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) davlat organining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqadi yoxud ishlab chiqishda hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va davlat roʻyxatiga olish uchun yuborishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mustaqil yoki boshqa boʻlinmalar bilan birgalikda ekspertizadan oʻtkazish va davlat organi bilan kelishish uchun taqdim qilingan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi, ularning qonunchilikka va qonunchilik texnikasi talablariga muvofiqligi yuzasidan huquqiy xulosalar tayyorlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari boʻyicha eʼtiroz va takliflar boʻlmasa, ularga viza qoʻyadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organining boshqa vakolatli tarkibiy boʻlinmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) davlat organi faoliyati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) davlat organiga kelib tushgan va davlat organining oʻzi tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritadi, ularning saqlanishini va nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) davlat organining normativ-huquqiy hujjatlar fondini toʻldirish, shu jumladan fondni kodekslar, qonunlar, sharhlar, axborotnomalar va boshqa huquqiy nashrlar bilan butlash choralarini koʻradi, davlat organi rahbariyatiga huquqiy nashrlarga obuna boʻlish haqida takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) davlat organi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonun hujjatlari toʻplamlarini nashr etishga tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) davlat organi rahbariyati uchun qonunchilik masalalari boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) davlat organi va uning tizimiga kiradigan boʻlinmalar xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish toʻgʻrisida takliflar kiritadi, ushbu tadbirlarni oʻtkazishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) davlat organi faoliyatiga tegishli qonunchilikni targʻib qilish ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) davlat organi xodimlarining murojaatlari boʻyicha ularga davlat organi faoliyatiga tegishli huquqiy hujjatlarni topishga koʻmaklashadi, zarur hollarda ularning qoidalari boʻyicha tushuntirishlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) davlat organi faoliyatida qonuniylikni taʼminlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat organida va uning tizimiga kiruvchi boʻlinmalarda qonun buzilishlarini, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida takliflar kiritadi, zarur hollarda ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat organi rahbariyatiga taqdim qilinadigan buyruqlar, farmoyishlar va huquqiy tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazadi hamda ular boʻyicha eʼtiroz va takliflar boʻlmasa, viza qoʻyadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organining boshqa vakolatli boʻlinmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mustaqil ravishda yoki boshqa boʻlinmalar bilan birgalikda davlat organining buyruqlari, farmoyishlari va huquqiy tusdagi boshqa hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) davlat organida va uning tizimiga kiradigan boʻlinmalarning huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi va rahbariyatga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) davlat organida va uning tizimiga kiradigan boʻlinmalarda mulk saqlanishi taʼminlanishining huquqiy mexanizmlarini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) davlat organining boshqa boʻlinmalari bilan birgalikda davlat organi, uning tizimiga kiradigan boʻlinmalar va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikning buzilishi koʻrsatilgan arizalar, shikoyatlar va boshqa murojaatlarni koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) davlat organida boshqaruv tizimini takomillashtirish, davlat organi tizimiga kiradigan boʻlinmalar va ularning mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlarini belgilash boʻyicha takliflar ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) davlat organida mehnat haqidagi qonunga rioya etilishini taʼminlashda, shu jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoaviy shartnoma, jamoaviy bitim va boshqalarni) ishlab chiqishda qatnashadi, ushbu hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi va huquqiy xulosa beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) shartnomaviy-huquqiy, talabnoma-daʼvo ishlari va huquqiy himoya qilish sohasida:

a) boshqa boʻlinmalar bilan birgalikda davlat organi tomonidan shartnomalar tayyorlanishi va tuzish ishlarida qatnashadi, ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi hamda shartnomalar loyihalariga, agar eʼtiroz va takliflari boʻlmasa, viza qoʻyadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organining boshqa vakolatli tarkibiy boʻlinmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qonunchilikda belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ikki yuz baravaridan ortiq summadagi shartnomalarning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan yozma xulosalarni tayyorlaydi va imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) shartnomalarni tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) davlat organi tomonidan tuzilgan shartnomalarni zarur darajada bajarish boʻyicha takliflar kiritadi, shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) davlat organining manfaatlarini himoya qilish boʻyicha talabnomalar tayyorlashda va davlat organiga nisbatan bildirilgan talabnomalarni koʻrib chiqishda qatnashadi, davlat organida talabnomalar bildirish va ularni koʻrib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) tegishli boʻlinmalar bilan birgalikda davlat organining debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini oʻrganadi, ularning miqdorini kamaytirish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan daʼvo ishlarini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) davlat organining mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlashda hamda belgilangan tartibda sud majlislarida qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) boshqa sohalarda:

a) davlat organi tizimiga kiradigan boʻlinmalarning huquqiy ishlariga metodik yordam koʻrsatadi, yuridik xizmat faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha tavsiyanomalar va koʻrsatmalarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirishlar haqidagi maʼlumotlarni, sud amaliyotini, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy ishlarga taalluqli koʻrsatmalarini davlat organi tizimiga kiradigan boʻlinmalarga yetkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.

11. Mahalliy davlat hokimiyati organining yuridik xizmati mazkur organning normativ tusdagi qarorlari loyihalarining hududiy adliya organlariga kiritilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yuridik xizmatga ushbu Nizomda yoki boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan funksiyalar yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yuridik xizmatning huquq va majburiyatlari

13. Davlat organining yuridik xizmati quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat organiga kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlarni tanishish, xizmatda foydalanish va ularning tizimlashtirilgan hisobini yuritish uchun birinchi navbatda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat organi va uning tizimiga kiradigan boʻlinmalarning mansabdor shaxslaridan yuridik xizmatga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) rahbariyat tomonidan chaqiriladigan huquqiy masalalarga tegishli yigʻilishlar, kengashlar va majlislarda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) rahbariyat topshirigʻiga koʻra yoki tegishli boʻlinma rahbarining roziligi bilan ularning xodimlarini normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun, huquqiy ishlarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarga jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qonunchilikka zid boʻlgan, qonunchilik texnikasi talablariga javob bermaydigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ijrochilariga puxta ishlash uchun qaytarish, oʻz eʼtirozlarini asoslagan holda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida huquqiy xulosalar berish, rahbariyat topshirigʻiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan boshqa boʻlinmalar bilan birgalikda ushbu loyihalarni puxta ishlashda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) davlat organi tizimiga kiradigan boʻlinmalarda davlat organi vakolatga kiradigan masalalar boʻyicha qonun hujjatlariga rioya qilinishi masalalarini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) davlat organi va uning tizimiga kiradigan boʻlinmalarning qonun hujjatlari bajarilishini taʼminlamayotgan yoxud ularni buzayotgan rahbarlari va xodimlarini javobgarlikka tortish haqida rahbariyatga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) davlat organida va uning tizimiga kiradigan boʻlinmalarda yoki davlat organi tomonidan oʻtkaziladigan tekshirishlar, taftishlar va xatlovlarda, shuningdek ularning yakunlari boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqishda qatnashish hamda aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan huquqiy xulosalar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik xizmat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

14. Yuridik xizmat xodimi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga ushbu Nizomda va boshqa qonun hujjatlarida yuklangan vazifalarni zarur darajada va samarali bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organida va uning tizimiga kiradigan boʻlinmalarda qonun buzilishi holatlari aniqlanganligi toʻgʻrisida zudlik bilan rahbariyatga xabar berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda va muddatlarda malaka oshirishi va attestatsiyadan oʻtishi shart.

Yuridik xizmat xodimi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.

IV. Yuridik xizmat xodimining javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yuridik xizmat xodimi oʻzi viza qoʻygan hujjatlar loyihalarining va oʻzi bergan xulosalarning qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yuridik xizmat xodimi oʻz vazifalari va funksiyalari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Ushbu Nizomning bajarilishini nazorat qilish

17. Ushbu Nizomga rioya etilishini nazorat qilish adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya organlari oʻz vakolatlari doirasida ushbu Nizom va yuridik xizmatlar faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari talablarining yuridik xizmat xodimlari va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan buzilishining aniqlangan holatlarini bartaraf etishga, shuningdek aybdor shaxslarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortishga yoʻnaltirilgan choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya organlari yuridik xizmat faoliyatiga tegishli hujjatlarni va boshqa maʼlumotlarni davlat organlaridan soʻrab olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 24-avgustdagi 182-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladigan xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda “korxona” deb ataladi) yuridik xizmati faoliyatiga qoʻyiladigan talablarni, ularning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun ushbu Nizom tavsiyaviy xususiyatga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxonaning yuridik xizmati — korxona faoliyatini huquqiy taʼminlash maqsadida tashkil etiladigan yoki joriy qilinadigan mustaqil tarkibiy boʻlinma yoxud lavozim. Yuridik xizmat bevosita korxonaning rahbariga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yuridik xizmat yuridik departament, yuridik boshqarma, yuridik boʻlim, yuridik byuro shaklida tashkil qilinishi yoxud bitta shtatdan iborat bosh yuriskonsult, yetakchi yuriskonsult, katta yuriskonsult yoki yuriskonsultdan iborat boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik xizmat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Korxonaning yuridik xizmati xodimi lavozimida oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan shaxs ishlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik xizmat boshligʻi lavozimiga oliy yuridik maʼlumotga va yuridik xizmat xodimining kamida ikki yillik mehnat stajiga ega boʻlgan shaxs tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar yuridik xizmat xodimi lavozimida ishlashi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Yuridik xizmatning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar korxona yuridik xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) korxona va uning tarkibiy boʻlinmalari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni taʼminlashda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) korxona va uning tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining huquqiy madaniyatini oshirishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) korxona va uning tarkibiy boʻlinmalari mulkining saqlanishini huquqiy vositalar orqali taʼminlash ishlarini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) korxonada shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) sudlarda va boshqa idoralarda korxonaning mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Korxonaning yuridik xizmati oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qonuniylikni taʼminlash va huquqiy madaniyatni oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) korxona rahbariyatiga taqdim qilinadigan buyruqlar, farmoyishlar va huquqiy tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini amaldagi qonunchilikka muvofiqlik yuzasidan tekshiradi hamda eʼtiroz va takliflari boʻlmasa, ularga viza qoʻyadi. Bunda loyihaga yuridik xizmat tomonidan korxonaning boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) korxonada va uning tarkibiy boʻlinmalarida qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish hamda ularning oldini olish yuzasidan takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) korxonada mehnat haqidagi qonunlarga rioya etilishini taʼminlashda, shu jumladan mehnatga oid huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoaviy shartnoma, jamoaviy bitimlar va boshqalarni) ishlab chiqishda qatnashadi, ushbu hujjatlar loyihalarini qonunchilikka muvofiqlik yuzasidan tekshiradi va huquqiy xulosa beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) korxonaning kasaba uyushmasi va xodimlarning boshqa vakillik organlariga oʻz vakolatlarini amalga oshirishda yuridik yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) korxona va uning tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish toʻgʻrisida takliflar kiritadi, bunday tadbirlarni oʻtkazishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) korxona xodimlarining murojaatlari boʻyicha ularga korxona faoliyatiga tegishli huquqiy hujjatlarni topishda koʻmaklashadi, zarur hollarda ushbu hujjatlar boʻyicha tushuntirishlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) mulkning saqlanishini huquqiy vositalar orqali taʼminlash sohasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mulkni saqlash masalalari boʻyicha huquqiy tusdagi hujjatlar loyihalarining qonun hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boshqa tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda korxonada mulkning talon-taroj qilinishi, kamomad va noishlab chiqarish xarajatlarining kelib chiqishi sabablari va sharoitlarini tahlil qiladi hamda ularni bartaraf etish choralarini koʻradi, mulkning talon-taroj qilinishi va kamomad holatlari boʻyicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun rasmiylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) moddiy boyliklar va pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi hujjatlar loyihalari, shuningdek qonun buzilishlari va suiisteʼmollar aniqlangan auditorlik tekshiruvlari va xatlovdan oʻtkazish dalolatnomalari boʻyicha huquqiy xulosalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) shartnomaviy-huquqiy, talabnoma-daʼvo ishlari va huquqiy himoya qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqa tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda korxonaning shartnomalarini tayyorlash va tuzish ishlarida qatnashadi, ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi, shartnomalar loyihalariga, agar eʼtirozlari va takliflar boʻlmasa, viza qoʻyadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan korxonaning boshqa vakolatli tarkibiy boʻlinmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qonunchilikda belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan ortiq summadagi shartnomalarning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan yozma xulosalarni tayyorlaydi va imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) shartnomalarni tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi, korxona tomonidan tuzilgan shartnomalarning zarur darajada bajarilishi boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) korxonaning manfaatlarini himoya qilish boʻyicha talabnomalar tayyorlashda va korxonaga nisbatan bildirilgan talabnomalarni koʻrib chiqishda qatnashadi, korxonada talabnomalar bildirish va ularni koʻrib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tegishli boʻlinmalar bilan birgalikda korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini oʻrganadi, ularning miqdorini kamaytirish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha daʼvo ishlarini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) korxonaning mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlashda va belgilangan tartibda sud majlislarida qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) boshqa sohalarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tarkibiy boʻlinmalarning huquqiy ishlariga metodik yordam koʻrsatadi, yuridik xizmat faoliyatining turli yoʻnalishlari boʻyicha tavsiyanomalar va koʻrsatmalarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) normativ-huquqiy hujjatlarning saqlanishini va nazorat qilinishini taʼminlaydi, huquqiy nashrlarga obuna boʻlish haqida xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yuridik xizmatning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Korxonaning yuridik xizmati quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) korxona va uning tarkibiy boʻlinmalari mansabdor shaxslaridan yuridik xizmatga yuklangan funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) rahbariyat topshirigʻiga koʻra yoki tegishli tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari roziligi bilan ularning xodimlarini normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlashga va huquqiy ishlarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarga jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qonunchilikka zid boʻlgan hujjatlar loyihalarini puxta ishlash uchun ijrochilariga qaytarish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida, oʻz eʼtirozlarini asoslagan holda, xulosalar berish, rahbariyat topshirigʻiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan boshqa boʻlinmalar bilan birgalikda loyihalarni puxta ishlashda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) korxona va uning tarkibiy boʻlinmalarining qonun hujjatlari bajarilishini taʼminlamayotgan yoxud qonun buzilishga yoʻl qoʻyayotgan rahbarlari va xodimlarini javobgarlikka tortish haqida rahbariyatga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) korxona va uning tarkibiy boʻlinmalarida oʻtkazilayotgan tekshirishlar, taftishlar va xatlovlarda, shuningdek ularning yakunlari boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqishda qatnashish, aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan huquqiy xulosalar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik xizmat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yuridik xizmat xodimi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik xizmatga yuklangan vazifalarni zarur darajada va samarali bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonada va uning tarkibiy boʻlinmalarida aniqlangan qonun buzilishlari toʻgʻrisida zudlik bilan rahbariyatga xabar berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda va muddatlarda malaka oshirishi va attestatsiyadan oʻtishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik xizmat xodimi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yuridik xizmatning javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yuridik xizmat xodimi oʻzi viza qoʻygan hujjatlar loyihalari va oʻzi tomonidan berilgan xulosalarning qonun hujjatlariga muvofiqligi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yuridik xizmat xodimi oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Ushbu Nizomning bajarilishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu Nizomga rioya etilishini nazorat qilish adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya organlari oʻz vakolatlari doirasida ushbu Nizom va yuridik xizmatlar faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari talablarining yuridik xizmatlar xodimlari va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan buzilishlarining aniqlangan holatlarini bartaraf etishga, shuningdek aybdor shaxslarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortishga yoʻnaltirilgan choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya organlari yuridik xizmat faoliyatiga tegishli hujjatlarni va boshqa maʼlumotlarni korxonalardan soʻrab olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 35-36-son, 355-modda; 2012-y., 37-son, 429-modda; 2013-y., 50-son, 650-modda; 2015-y., 23-son, 302-modda)