| T/r | Xizmatlar nomi | Bajarish uchun masʼullar |
|
1. |
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tuzilmasi, tarkibi, funksiyalari va asosiy faoliyati, ularda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | Vazirlar Mahkamasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari |
|
2. |
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish. | |
| 3. | Tugʻilganlikni, oʻlimni, nikohni roʻyxatdan oʻtkazish, nikohni bekor qilish, otalikni belgilash, farzandlikka olish, familiyani, ismni va ota ismini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | Adliya vazirligi |
| 4. | Oʻzbekiston Respublikasi FHDY hududiy organlari roʻyxatini taqdim etish. | |
| 4-1. | Davlat notarial idoralari reyestri toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etish | |
| 4-2. | Advokatlar, shuningdek advokatlik byurolari, advokatlik firmalari, advokatlar hayʼatlari, yuridik maslahatxonalar reyestri toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etish | |
| 4-3. | Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslar birlashmalari reyestri toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etish | |
| 4-4. | Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarini davlat roʻyxatiga olish reyestri toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etish | |
| 4-5. | Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestri toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etish | |
| 5. | Maktabgacha taʼlim, umumiy taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim tizimlari toʻgʻrisida axborotlar, Oʻzbekiston Respublikasining oliy oʻquv yurtlari, akademik litseylari, kasb-hunar kollejlari va maktablari roʻyxatini taqdim etish. | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
| 6. | Oʻzbekiston Respublikasi oʻquv yurtlariga oʻqishga kirish tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 7. | Bandlik masalalari boʻyicha axborotlar taqdim etish. | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
| 8. | Pensiya va nafaqalarni rasmiylashtirish masalalari boʻyicha axborotlar taqdim etish. |
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi |
| 9. | Jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha axborotlar taqdim etish. | Ichki ishlar vazirligi |
| 10. | Transport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish va texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 11. | Yuridik va jismoniy shaxslarning transport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish yuzasidan arizalarini koʻrib chiqish. | |
| 12. | Oʻzbekiston Respublikasida kommunal xizmatlar koʻrsatishda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | “Oʻzkommunxizmat” agentligi |
| 13. | Fuqarolarga tibbiy xizmatlar koʻrsatish tartibi va ularni tashkil etish toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| 14. | Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimi davlat muassasalari tomonidan bepul tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 15. | Roʻyxatdan oʻtkazilgan dori-darmonlar toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 16. | Davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 17. | Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimi oʻquv muassasalari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 18. | Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimi oʻquv yurtlariga oʻqishga kirish va oʻqish uchun davlat grantlari berish tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 19. | Sogʻliqni saqlash muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
|
19.1 |
Ota-onalar uchun bolalarni rejali vaksinatsiya va tibbiy koʻrikdan oʻtkazish zaruriyati toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| 20. | Soliq toʻlovchining soʻroviga koʻra budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmasi bilan oʻzaro hisob-kitoblar toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi |
| 21. | Soliq toʻlovchining soʻroviga koʻra nazorat organlarining tegishli davr uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirish reja-jadvalidan koʻchirmalar berish. | |
| 22. | Soliq toʻlovchini roʻyxatdan oʻtkazish yuzasidan arizalarini qabul qilish va shaxsiy tartib raqamlarini berish hamda soliq toʻlovchining roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarini oʻzgartirish (faqat shahar va tumanlar huzuridagi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar, shuningdek mintaqaviy adliya organlari uchun). | |
| 23. | Soliq solish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 24. | Elektron soliq hisobotini qabul qilish va qayta ishlash, elektron soliq hisobotini joʻnatish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish. | |
|
24-1. |
Elektron soliq deklaratsiyalarini qabul qilish va ularni umumlashtirish | |
| 24.2 | Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarning budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar bilan oʻzaro hisob-kitoblari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish | |
|
24.3 |
Xususiy tadbirkorlarni tekshirish natijalari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish | |
| 25. | Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning amalda qaror topgan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi |
| 26. | Korxonalar va tashkilotlarning davlat registriga doir axborotlar taqdim etish. | |
| 26.1 | Davlat statistika hisobotlari blankalari shakllarini taqdim etish | |
| 26.2 | Statistik klassifikatorlar boʻyicha axborotlar taqdim etish | |
| 26.3 | Elektron arizalarni qabul qilish va ular bilan ishlash, shuningdek Internet tarmogʻi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining rasmiy saytida ochiq firma nomlarini zaxiralash va vaqtincha saqlash | |
| 26.4 | Elektron statistika hisobotlarini qabul qilish va ular bilan ishlash, Internet tarmogʻi orqali elektron raqamli imzolardan foydalangan holda elektron statistika hisobotlari yuborish xizmatlari koʻrsatish | |
| 27. | Deklarantlardan deklaratsiyalarning elektron nusxalarini qabul qilish va qayta ishlash. | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi |
|
27-1. |
Tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan olingan tovarlarning ayrim turlari eksport narxlari boʻyicha axborot berish | |
| 27.2 | Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturalari roʻyxatini taqdim etish | |
| 27.3 | Bojxona brokerlari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish | |
| 27.4 | Majburiy sertifikatlanishi lozim boʻlgan tovarlar toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish | |
| 28. | Biznesni rejalashtirish va boshqarish, tadbirkorlikni rivojlantirishni moliya-kredit boʻyicha qoʻllab-quvvatlash masalalariga doir axborotlar taqdim etish. | Mahalliy davlat hokimiyati organlari, Markaziy bank |
| 29. | Tadbirkorlikni litsenziyalash va davlat tomonidan tartibga solish masalalari boʻyicha axborotlar taqdim etish. | |
| 30. | Mol-mulk sotiladigan iqtisodiy nochor xoʻjalik yurituvchi subyektlar toʻgʻrisida axborot. | Davlat raqobat qoʻmitasi |
| 31. | Qimmatli qogʻozlar bozori, bank va sugʻurta sektorlari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | Davlat raqobat qoʻmitasi, Markaziy bank, Moliya vazirligi |
| 32. | Kommunal xizmatlar uchun tariflarni shakllantirish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. |
Moliya vazirligi |
| 33. | Tashqi savdo statistikasi boʻyicha axborotlar taqdim etish. | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi |
| 34. | Investitsiya loyihalari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish, investitsiya takliflarini qabul qilish. | |
| 35. | Davlat elektron xaridlarini tashkil qilish toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 36. | Mamlakatning transport-kommunikatsiya kompleksi: avtomobil yoʻllari va temir yoʻllar, fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari”, “Oʻzavtoyoʻl” DAK |
| 37. | Yoʻlovchi tashish temir yoʻl va aviatsiya transporti qatnovlari jadvalini, vokzallarning maʼlumotlar berish xizmatlari roʻyxatini taqdim etish. |
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” |
| 38. | Telekommunikatsiyalarning universal xizmatlari tariflari, Oʻzbekiston Respublikasi pochta indekslari roʻyxati, Oʻzbekiston Respublikasi telefon raqamlari zonalar kodlari, mamlakatlar kodlari, davlat organlari saytlari roʻyxati va manzillari boʻyicha axborotlar taqdim etish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
| 39. | Roʻyxatdan oʻtkazilgan Davlat axborot resurslari va tizimlari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 40. | Litsenziyalar olish yuzasidan arizalar qabul qilish. | |
| 40-1. | Radiochastotalarning taqsimlanishi boʻyicha axborot berish | |
| 40-2. | Davlat organlarining interaktiv davlat xizmatlari toʻgʻrisida axborot berish | |
| 40.3 | Abonentning statsionar telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanganlik uchun hisob-kitobi holati, shuningdek uning qarzdorligi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish | |
| 40.4 | Abonentning Internet tarmogʻi xizmatlaridan foydalanganlik uchun hisob-kitobi holati, shuningdek uning qarzdorligi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish | |
| 40.5 | Joʻnatuvchilarga va oluvchilarga xatlar va banderollar yetkazib berilganligi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish | |
| 40.6 | Dasturiy mahsulotlarning milliy ishlab chiquvchilari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish | |
| 41. | Migratsiya va Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish masalalari boʻyicha axborotlar taqdim etish. | Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi |
| 42. | Kelayotgan chet elliklarga vizalar berish, ularni vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazishni uzaytirish, doimiy yashash uchun ruxsatnomalar olish, biron joyda yashash hujjati, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olish tartibotlari boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish borasidagi cheklashlar toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 43. | Oʻzbekiston Respublikasidagi chet el elchixonalari, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarning diplomatik missiyalari va vakolatxonalari, Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalari roʻyxatini taqdim etish. |
Tashqi ishlar vazirligi |
|
43-1. |
Viza anketalarini elektron tarzda qabul qilish | |
| 44. | Davlat arxivi fondlaridan axborotlar taqdim etish. | “Oʻzarxiv” agentligi |
| 45. | Ilm-fan, taʼlim, axborot va madaniyat boʻyicha qiziqishlarni tezkorlik bilan qondirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy axborot texnologiyalari asosida aholiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishga doir axborotlarni, Oʻzbekiston Respublikasining axborot resurslari va axborot-kutubxona markazlari, shuningdek ixtisoslashtirilgan kutubxonalari roʻyxatini taqdim etish. | Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
| 46. | Yer resurslari boʻyicha axborotlar taqdim etish. | Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi |
| 47. | Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 47.1 | Yer uchastkalariga huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim qilinayotgan hujjatlar tartibi va tarkibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish | |
| 47.2 | Binolar va inshootlarga huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim qilinayotgan hujjatlar tartibi va tarkibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish | |
| 48. | Oʻzbekiston Respublikasining tabiiy-jugʻrofiy sharoitlari va tarixiy-madaniy merosi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi |
| 49. | “Toshkent” xalqaro aeroportidagi samolyotlar qatnovi jadvali, reyslardagi mavjud oʻrinlar soni, aviakompaniya tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar tariflari, roʻyxati, samolyotlarning kelish va ketish vaqti tablosi. | “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi |
| 50. | Aviakompaniya tomonidan real vaqt rejimida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash uchun anketa. | |
| 50.1 | “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining aviachiptalarini band qilish va sotish, shuningdek band qilish va sotishni amalga oshirish boʻyicha axborotlar taqdim etish. | |
| 50.2 | Aviakompaniyaning mahalliy, xalqaro reyslarga beriladigan imtiyozlar, chegirmalar hamda ularni qoʻllash qoidalari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 51. | Olib kirilayotgan va olib chiqilayotgan ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan moddalar toʻgʻrisida axborot berish. | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi |
| 52. | Ekologiya sertifikati berish boʻyicha axborot berish. | |
| 52.1 | Davlat ekologiya ekspertiza xulosasini berish uchun zarur boʻlgan hujjatlar tarkibi boʻyicha axborotlar taqdim etish. | |
| 53. | Yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun berilgan litsenziyalar boʻyicha axborot berish. | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi |
| 54. | Mahsulotlar (xizmatlar)ni sertifikatlash boʻyicha akkreditatsiya qilingan organlar toʻgʻrisida axborot berish. | Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi |
| 55. | Akkreditatsiya qilingan sinov (oʻlchov) laboratoriyalari boʻyicha axborot berish. | |
| 55.1 | Standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha axborotlar taqdim etish. | |
| 55.2 | Mahsulotlarni sertifikatlash va majburiy sertifikatlanishi lozim boʻlgan mahsulotlar roʻyxati boʻyicha axborotlar taqdim etish. | |
| 55.3 | Oʻlchovlarni bajarish metodikasi davlat reyestri boʻyicha axborotlar taqdim etish. | |
| 55.4 | Akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari davlat reyestri boʻyicha axborotlar taqdim etish. | |
| 55.5 | Sifatni boshqarish sertifikatlashgan tizimi davlat reyestri boʻyicha axborotlar taqdim etish. | |
| 55.6 | Oʻlchov vositalari davlat reyestri boʻyicha axborotlar taqdim etish. | |
| 56. | Avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuk tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar berish boʻyicha axborot taqdim etish. | Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi |
| 57. | Yangi ilmiy loyihalar boʻyicha tanlovga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalarida bajarilgan ilmiy ishlanmalar toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi haqida axborot berish. | Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi |
| 58. | Kredit tashkilotlari (banklar, lombardlar, mikrokredit tashkilotlari), shuningdek qimmatli qogʻozlar blankalarini tayyorlash huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxslar toʻgʻrisida axborot berish. | Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki |
| 58.1 | Bank faoliyatini amalga oshirish uchun tijorat banklarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 58.2 | Mikrokredit tashkilotlari hamda lombardlar faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish boʻyicha axborotlar taqdim etish. | |
| 59. | Kreditlar, mikrokreditlar berish boʻyicha, shuningdek xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy banklarning kredit liniyalari toʻgʻrisida axborot taqdim etish. | Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari |
| 60. | Bank omonatlari boʻyicha axborot berish. | |
| 61. | Bank kartalari berish boʻyicha axborot taqdim etish. | |
| 62. | Kartochkalar, terminallar, bankomatlardan foydalanish, terminallarni oʻrnatish, taʼmirlash va almashtirish boʻyicha axborot berish. | |
| 63. | Ilmiy loyihalar tanloviga berilayotgan buyurtmanomalarni roʻyxatdan oʻtkazish. | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi |
| 64. | Innovatsion ilmiy ishlanmalar, ilmiy loyihalar tanlovlari, shuningdek ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalari toʻgʻrisida axborot berish. | |
| 65. | Innovatsion mahsulotlar yarmarkasida qatnashish uchun buyurtmanomalarni roʻyxatdan oʻtkazish. | |
| 65.1 | Ilmiy va ilmiy-texnikaviy tadbirlar oʻtkazish rejasiga takliflarni elektron roʻyxatga olish. | |
| 65.2 | Ilmiy-tadqiqot ishlarni bajarish natijalarini elektron roʻyxatga olish. | |
| 66. | Qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi, qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilari toʻgʻrisida axborot berish. | Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi |
| 67. | Paxta mahsulotlari tashqi koʻrinishi standart namunalariga buyurtmalar qabul qilish toʻgʻrisida axborot berish. | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi |
| 68. | Aeroportlarda havo tashuvlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan havo kemalariga xizmat koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar berish boʻyicha axborot taqdim etish. | Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
| 68.1 | Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlarini sertifikatlash boʻyicha axborotlar taqdim etish. | |
| 68.2 | Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro havo kemalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha axborotlar taqdim etish. | |
| 68.3 | Oʻzbekiston Respublikasining havo kemalari ekspluatantlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha axborotlar taqdim etish. | |
| 68.4 | Aviatsiya texnikalariga texnik xizmat koʻrsatish tashkilotlarini sertifikatlash boʻyicha axborotlar taqdim etish. | |
| 68.5 | Oʻzbekiston Respublikasiga muntazam ravishda parvozlarni bajarish uchun xorijiy aviatashuvchilarga foydalanish ruxsatnomalarini berish boʻyicha axborotlar taqdim etish. | |
| 69. | Ichki va xalqaro yoʻnalishlarda temir yoʻl transportida yuk va yoʻlovchilar tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish yuzasidan axborot taqdim etish. | Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
| 70. | Yuridik shaxslarga obyektlarni, mahsulotlar va texnologiyalarni ularning belgilangan standartlarga muvofiqligi yuzasidan berilgan qabul qilish xulosalari boʻyicha axborot berish. | |
| 71. | Gʻallani, dukkakli donlarni, yogʻli ekinlar hosilini va ularni qayta ishlash mahsulotlarini sertifikatlash, gʻallani va uni qayta ishlash mahsulotlarini tekshirish tartibi, ushbu tarmoqda sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida axborot berish. | Davlat don inspeksiyasi |
| 72. | Isteʼmol obyektlarining energiya taʼminoti loyihalarini kelishib olish boʻyicha axborot berish. | Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi |
| 74. | Davlat kinostudiyalari tomonidan tayyorlangan audiovizual asarlar toʻgʻrisida axborot berish. | “Oʻzbekkino” milliy agentligi |
| 75. | Kino, videomahsulotlarni ishlab chiqarish, koʻpaytirish, dublyaj qilish, sotish va prokatga berish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish yuzasidan axborot taqdim etish. | |
| 76. | Elektron katalogdan, milliy va xorijiy elektron resurslardan foydalanishga ruxsat berish, adabiyotlarga buyurtma berish. | Oʻzbekiston milliy kutubxonasi |
| 77. | Shahar transporti yoʻnalishlari toʻgʻrisida axborot berish. | “Toshshahartrans-xizmat” uyushmasi |
| 77.1 | Shahar yoʻlovchi transportida yurish uchun oylik yoʻl kartochkalari turlari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 78. | Elektron temir yoʻl chiptalarini band qilish va sotish xizmatlari koʻrsatish, poyezdlarda yoʻl haqi narxi toʻgʻrisida axborot berish. | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi |
| 79. | Oʻzbekiston Respublikasi hududida temir yoʻlda yurishda imtiyozlar toʻgʻrisida axborot berish. | |
| 80. | Aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun tabiiy gazdan foydalanish tariflari hamda tabiiy gaz bilan taʼminlash tarmoqlariga servis xizmati koʻrsatish uchun arizalarning elektron shakllari toʻgʻrisida axborot berish. | “Oʻzbekneftgaz” MXK |
| 81. | “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi zavodlarida ishlab chiqarilayotgan neft mahsulotlari roʻyxatini taqdim etish. | |
| 82. | Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, shu jumladan isteʼmol tovarlari, shartnomalarning namunaviy shakllari, isteʼmol tovarlarining doimiy yangilab boriladigan prays-varaqlari toʻgʻrisida axborot berish. | “Olmaliq KMK” AJ |
| 83. | Rux va qoʻrgʻoshin konsentratini qayta ishlash xizmatlari koʻrsatish, yetkazib beriladigan konsentrat sifatiga, namunaviy kontrakt shakliga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida axborot berish. | |
| 84. | Lizing xizmatlari toʻgʻrisida axborot berish. | “Oʻzqishloqxoʻjalik-mashlizing” kompaniyasi |
| 85. |
Sugʻurtachilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini litsenziyalash tartibi, shuningdek litsenziya olish uchun tegishli blankalar va arizalarning elektron shakllari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi |
| 86. |
Auditorlik faoliyatini litsenziyalash tartibi, shuningdek litsenziya olish uchun tegishli blankalar va arizalarning elektron shakllari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 87. |
Malaka sertifikatiga ega boʻlgan auditorlar toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 88. |
Monopolistik korxonalar va tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga narxlar (tariflar)ni deklaratsiyalash (tasdiqlash) uchun arizalar qabul qilish. | |
| 89. |
Maktablarning 9-sinflari bitiruvchilarini oʻrta maxsus, kasb-hunar kollejlarida oʻqishga qamrab olish toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi |
| 90. |
Bank xizmatlari olish uchun zarur boʻlgan maxsus arizalar va boshqa shablonlar shakllarini elektron shaklda taqdim etish. |
Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari |
| 91. |
Bank schyotlarini masofadan xizmat koʻrsatish tizimiga ulash shartlari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 92. |
Bank schyotlarining masofadan xizmat koʻrsatish tizimi orqali shaxsiy schyotlar boʻyicha qoldiqlari va mablagʻlar aylanishi, berilgan kreditlarni qaytarish hamda mijozlarning omonatlari boʻyicha hisoblangan foizlar toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 93. |
Jismoniy va yuridik shaxslarning baholash, birja va rieltorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzuvchilar toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. |
Davlat raqobat qoʻmitasi |
| 94. |
Nizoli vaziyatlarda sud soʻrovnomalari boʻyicha materiallarni baholashni ekspertizadan oʻtkazish ekspert komissiyalari va ekspertlar tarkibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 95. |
Davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalarda (ustav kapitali 500 mln soʻmdan ortiq boʻlgan ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, banklar va sugʻurta tashkilotlaridan tashqari) tashqi auditni oʻtkazishiga ruxsat berilgan auditorlik tashkilotlari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 96. |
Baholash tashkilotlari va birjalar, rieltorlik faoliyati uchun litsenziyalar berish uchun ariza blankalari, shuningdek baholovchining malaka imtihonidan oʻtish hamda jismoniy shaxslarning birja savdolarida professional ishtirokchilar sifatida faoliyatni amalga oshirish huquqiga attestatsiyadan oʻtish uchun toʻldiriladigan anketalar taqdim etish. | |
| 97. |
Oʻzbekiston Respublikasida baholovchilar va birja savdolarining professional ishtirokchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanadigan mavjud oʻquv markazlari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 98. |
Jismoniy shaxslarni birja savdolari ishtirokchilari sifatida faoliyatni amalga oshirish huquqini olish uchun attestatsiyadan oʻtkazish tartibi va jadvali hamda oʻtkazilgan test natijalari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 99. |
Baholovchilarni malaka imtihonidan oʻtkazish tartibi va jadvali hamda oʻtkazilgan test natijalari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 100. |
Yuridik shaxslarga sanoat alpinizmi usuli bilan balandliklarda taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar berishga axborotlar taqdim etish, arizalar qabul qilish va ularning reyestrini yuritish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi |
| 101. |
Yuridik shaxslarga xavfi yuqori boʻlgan obyektlar va potensial xavfli ishlab chiqarishlarda taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar berishga axborotlar taqdim etish, arizalar qabul qilish. | |
| 102. |
Yuridik shaxslarga mudofaa obyektlarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar berishga axborotlar taqdim etish, arizalar qabul qilish. | |
| 103. |
Yuridik shaxslarga koʻpriklar va tunnellar qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash | |
| 104. |
Tanlov savdolari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish, savdolarga elektron shaklda arizalar qabul qilish. | |
| 105. |
Ommaviy axborot vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish, shuningdek ularni roʻyxatdan oʻtkazish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish. |
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi |
| 106. |
Matbaa korxonalarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish, shuningdek guvohnoma olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish. | |
| 107. |
Noshirlik faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish, shuningdek litsenziya olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish. | |
| 108. |
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar mutaxassisliklari nomenklaturalari va pasportlarini taqdim etish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi |
| 109. |
Himoya qilingan dissertatsiya ishlarining ilmiy va ilmiy-amaliy ahamiyati toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 110. |
Dissertatsiya ishlarini himoya qilish uchun ruxsat berilgan mutaxassisliklar toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 111. |
Bajariladigan doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari mavzulari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 112. |
Ilmiy daraja va ilmiy unvon berilgan shaxslar toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 113. |
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida kadrlar tayyorlash amalga oshiriladigan mutaxassisliklar boʻyicha axborotlar taqdim etish. |
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi |
| 114. |
Xalq va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida pedagogik kadrlarga berilgan malaka toifasi va egallab turgan lavozimiga muvofiqligi toʻgʻrisidagi hujjatlar boʻyicha axborotlar taqdim etish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi |
| 115. |
Taʼlim muassasalariga berilgan akkreditatsiya guvohnomalari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 116. |
Nodavlat taʼlim muassasalariga berilgan litsenziyalar toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 117. |
Oʻzbekiston Respublikasidagi narkotik vaziyat rivojlanishining asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi |
| 118. |
Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha ob-havo maʼlumoti. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi |
| 119. |
Neft, gaz va gaz kondensati qazib chiqarish, ularni qayta ishlash va sotish, neft mahsulotlarini sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash boʻyicha axborotlar taqdim etish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
| 120. |
Avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari va moy almashtirish shoxobchalari orqali neft mahsulotlarini sotish faoliyatini litsenziyalash boʻyicha axborotlar taqdim etish. | |
| 121. |
Sanoat mulkchiligi obyektlari, seleksiya yutuqlariga muhofaza hujjatlari, EHM, maʼlumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalari uchun dasturlarni rasmiy roʻyxatdan oʻtkazishga buyurtmanomalar berishga arizalar qabul qilish va axborotlar taqdim etish. |
Intellektual mulk agentligi |
| 122. |
Sanoat mulkchiligi obyektlaridan, seleksiya yutuqlaridan, EHM, maʼlumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalari uchun dasturlardan foydalanish uchun huquqlar berish boʻyicha litsenziya shartnomalari, shuningdek ularning toʻliq yoki qisman voz kechish toʻgʻrisidagi shartnomalari haqida axborotlar taqdim etish. | |
| 123. |
Transport xizmatlarini tashkil etish boʻyicha mavjud yoʻnalishlar hamda fuqarolardan takliflar qabul qilish toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 124. |
Zamonaviy axborot texnologiyalarini qoʻllagan holda ochiq tanlovlar asosida davlat xaridlarini amalga oshirish. | |
| 125. |
Haj va Umra ziyoratiga borishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish, ularni tashkil qilish boʻyicha fuqarolar arizalarini qabul qilish. | |
| 126. |
Alkogolli mahsulotlar savdolarini amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish, shuningdek litsenziya olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish. | |
| 127. |
Avtomobil yonilgʻisi savdolarini amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish, shuningdek litsenziya olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish. | |
| 128. |
Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazer disklari ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, ularni koʻpaytirish va sotish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish, shuningdek litsenziya olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish. | |
| 129. |
Ulgurji savdolarni amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish, shuningdek litsenziya olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish. | |
| 130. |
Yer munosabatlarini tartibga solish boʻyicha axborotlar taqdim etish va yerga egalik qilish huquqini berish yuzasidan hujjatlar qabul qilish. | |
| 131. |
Ishlab chiqariladigan tarmoq mahsulotlarining turlari roʻyxati boʻyicha axborotlar taqdim etish. |
“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK |
| 132. |
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan farmatsevtika mahsulotlari boʻyicha axborotlar taqdim etish. |
Oʻzbekiston farmatsevtika sanoati davlat-aksiyadorlik konserni |
| 133. |
Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqariladigan dori-darmon vositalari nomenklaturasi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 134. |
Zamonaviy axborot texnologiyalarini qoʻllagan holda ochiq tanlovlar asosida xaridlarni amalga oshirish. |
“Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi |
| 135. |
Avtomobil tanlash va buyurtma berish boʻyicha axborotlar taqdim etish. | |
| 136. |
Kompaniya korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari, ularning tavsiflari va xususiyatlari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. |
“Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi |
| 137. |
Zarur formulyarlarni, shartnomalarni elektron shaklda taqdim etish. | |
| 138. |
Alkogolli mahsulotlarning haqiqiyligini avtomatlashtirilgan ravishda tekshirish imkoniyatini berish. |
“Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi |
| 139. |
U yoki bu sugʻurta mahsuloti qiymatining avtomatlashtirilgan hisob-kitobini amalga oshirishni nazarda tutuvchi “Sugʻurta kalkulyator” sugʻurta polisi hisob-kitobi boʻyicha axborot. |
“Oʻzbekinvest” milliy eksport-import sugʻurta kompaniyasi |
| 140. |
Kompaniya mijozlaridan sugʻurta hodisalari toʻgʻrisida arizalar qabul qilish. | |
| 141. |
Kitoblar yoki boshqa badiiy adabiyotlar tayyorlash va nashr qilish tartibi toʻgʻrisida, gazetalar, kitoblar va boshqa nashrlar turlarini, elektron shaklda faylning mazmunini tegishli ravishda himoya qilinishini taʼminlagan holda ishlab chiqarishga qabul qilish tarzidagi qoʻshimcha xizmatlar turlari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. |
“Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi |
| 142. |
Kitoblar va tayyorlashga imkoniyati boʻlgan qogʻozli toza tovarlar roʻyxatini taqdim etish. | |
| 143. |
Ishlar turlariga baholar, ishlab chiqarish shartlari, gazetalar va jurnallar (har oyda yangilash) haqidagi boshqa maʼlumotlar toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 144. |
Gazetalarni tarqatish va kuzatib borish, bosma nashrlarni savdo mintaqasining manzili bilan tarqatish tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 145. |
Tomosha-konsert faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish, shuningdek litsenziya olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish. |
|
| 147. |
Konsertlar va tomosha tadbirlari oʻtkazishga tomosha-konsert guvohnomasini olish tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish, shuningdek guvohnoma olish uchun arizalar qabul qilishni tashkil etish. | |
| 148. | Ishlab chiqariladigan xalq isteʼmol tovarlari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish hamda ularga Internet tarmogʻi orqali buyurtmanomalar qabul qilish. |
|
| 149. |
“Oʻzmetkombinat” OAJ tomonidan ishlab chiqariladigan rangli metallar toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish hamda ularga Internet tarmogʻi orqali buyurtmanomalar qabul qilish. | |
| 150. |
“Oʻzmetkombinat” OAJda ishlab chiqariladigan elektrodlar toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. |