Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 8-iyuldagi PQ-117-son qarorini bajarish yuzasidan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini oshirish, ularning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish vositasida jismoniy va yuridik shaxslar bilan tezkor oʻzaro hamkorligini taʼminlash, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlardan keng foydalanilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reyestri 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Interaktiv davlat xizmatlari reyestrini yuritish Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
uch oy muddatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlash tadbirlari rejalarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish va koʻrsatilayotgan ana shunday xizmatlarni kengaytirish, yuridik va jismoniy shaxslarning interaktiv davlat xizmatlaridan sifatli foydalanishini taʼminlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllash yoʻli bilan davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga koʻrsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari boʻyicha axborot, shuningdek moʻljallanayotgan interaktiv davlat xizmatlari boʻyicha takliflarni ularni keyinchalik Interaktiv davlat xizmatlari reyestriga kiritish uchun taqdim etsinlar.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-avgustdagi 239-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 34-son, 374-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi zaruriyatga koʻra vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reyestriga oʻzgartirishlar kiritishga doir umumlashtirilgan takliflar kiritsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-avgustdagi 239-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 34-son, 374-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishni muvofiqlashtiruvchi kengash (A.N. Aripov) oʻz majlislarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish, shu jumladan davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining elektron hujjatlar aylanishi tizimlarini joriy etish va axborot tizimlarini integratsiyalash ishlarining ahvolini muntazam ravishda koʻrib chiqsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 23-avgust,
181-son
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisida
NIZOM
I.Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 8-iyuldagi PQ-117-son qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 22-noyabrdagi 256-son qaroriga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati (keyingi oʻrinlarda “idoralar” deb yuritiladi) tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda xizmatlar koʻrsatish tartibi va shartlarini belgilaydi.
2. Idoralar tomonidan idoralarning axborot tizimlari vositasida telekommunikatsiyalar tarmogʻi orqali jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv davlat xizmati koʻrsatish hisoblanadi.
3. Idoralar tomonidan interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish uchun tegishli axborot resurslari tashkil etilishi zarur.
4. Idoralarning interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish uchun tashkil etiladigan axborot tizimlari yagona standartlar va talablar asosida oʻzaro hamkorlik qilishi kerak.
5. Avtomatlashtirilgan axborot boʻyicha oʻzaro hamkorlikni taʼminlash maqsadida idoralar tomonidan axborot ayirboshlash boʻyicha yagona davlat standartlari va talablari asosida axborot tizimlari tashkil etiladi.
II. Maqsadi va vazifalari
6. Interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish:
axborot ayirboshlash va tarqatish tezkorligi darajasining oʻsishi hisobiga davlat funksiyalarini bajarish samaradorligi va tezkorligini oshirishga;
soʻrovlarni puxta ishlash hamda yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha davlat funksiyalari ijro etilishi ustidan nazoratni kuchaytirishga;
idoralarning yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro hamkorligi darajasini oshirishga;
idoralarning yuridik va jismoniy shaxslar hamda boshqa davlat organlari bilan oʻzaro hamkorligiga sarflanadigan chiqimlarni qisqartirishga;
aholining davlat boshqaruvida yanada faol ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida idoralar faoliyatining ochiq-oshkoraligi darajasini oshirishga;
axborot ayirboshlashning yangi mexanizmlariga oʻtishga yoʻnaltirilgan.
III. Interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish shart-sharoitlari
7. Interaktiv davlat xizmatlari umumiy foydalaniladigan, foydalanish qulay hamda barcha qatlamlar va guruhlar foydalanuvchilarining ustuvorliklari va ehtiyojlariga muvofiq boʻlishi kerak. Interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish eng yuqori darajada tez va qulay usulda taʼminlanishi kerak.
8. Interaktiv davlat xizmatlaridan kafolatli va xavfsiz foydalanish idoralar tomonidan taʼminlanishi kerak.
9. Interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonida taqdim etiladigan axborot dolzarb, ishonchli hamda ruxsatsiz foydalanish, yoʻq qilish, buzish, blokirovka qilishdan himoyalangan va qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
10. Idoralarning interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonida foydalaniladigan axborot tizimlari qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
IV. Interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi va ulardan foydalanishni taʼminlash
11. Interaktiv davlat xizmatlari:
umumiy foydalaniladigan axborotni eʼlon qilish (tarqatish) — tegishli axborot tizimlari, shu jumladan Internet orqali davlat axborot resurslaridan foydalanish boʻyicha xizmatlarni realizatsiya qilish;
bir tomonlama oʻzaro hamkorlik — elektron shakldagi hujjatlarning har xil formulyarlaridan foydalanish imkoniyatini berish;
ikki tomonlama axborot ayirboshlash — soʻrov boʻyicha qabul qilish, tahlil (koʻrib chiqish) va javob yuborishni oʻz ichiga oladigan idora xizmatlari (buyurtmanomalar va murojaatlarni taqdim etish, ularni qayta ishlash natijalarini taqdim etish va/yoki berish);
elektron shakldagi maʼlumotlar toʻliq ayirboshlanishini amalga oshirish, shu jumladan xizmatlar koʻrsatish va ularga haq toʻlash shaklida koʻrsatilishi mumkin.
12. Interaktiv davlat xizmatlari foydalanuvchi tomonidan idora bilan oʻzaro hamkorlik qilish doirasida yoki bir nechta idoralarning oʻzaro hamkorligi asosida amalga oshiriladi va koʻrsatiladi.
13. Internetning umumiy foydalaniladigan tarmogʻi vositasida koʻrsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari faqat idoralarning rasmiy saytlari orqali, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat hokimiyati portali orqali koʻrsatiladi.
14. Qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy interaktiv davlat xizmatlari majburiy hisoblanadi va idoralar tomonidan bepul koʻrsatiladi, koʻrsatilganligi (rasmiylashtirilganligi) uchun qonun hujjatlariga muvofiq yigʻimlar, bojlar va boshqalar shaklida toʻlov nazarda tutilgan xizmatlar bundan mustasno.
15. Qoʻshimcha interaktiv davlat xizmatlari idoralar tomonidan mustaqil belgilanadi va pulli asosda koʻrsatilishi mumkin.
16. Qoʻshimcha interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatilishidan olingan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qaroriga muvofiq davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan sarflanadi.
17. Interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi, shartlari va muddatlari har bir idora tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.
Reglamentda quyidagi asosiy qoidalar mavjud boʻlishi kerak:
koʻrsatilayotgan xizmatlarning tarkibi hamda mazmuni aniq va yorqin ifodalangan boʻlishi;
xizmatlar koʻrsatish turi/shakli va usuli, kutilayotgan aniq natija;
xizmatlar koʻrsatish muddati;
zaruriyat boʻlganda, xizmatlar koʻrsatish qiymati;
idora yoki mansabdor shaxsning xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan shikoyat qilish tartibi va muddatlari.
Idoralar tomonidan qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar belgilanishi mumkin.
V. Interaktiv davlat xizmatlari reyestrini yuritish
18. Interaktiv davlat xizmatlari reyestrini yuritish:
interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishda foydalanuvchilarga qulaylik yaratish;
interaktiv davlat xizmatlarini oqilona rivojlantirish;
elektron hujjatlar aylanishi tizimlarining oʻzaro aloqasini taʼminlash;
yangi interaktiv davlat xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish maqsadida amalga oshiriladi.
19. Interaktiv davlat xizmatlari reyestrini yuritish Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi interaktiv davlat xizmatlari reyestrining shakllantirilishi, foydalanilishi, oʻz vaqtida qoʻllab-quvvatlanishi va yangilanishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Axborot resurslari tashkil etish va interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirish
21. Axborot resurslari tashkil etish va interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar davlat xizmatlari koʻrsatadigan davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari uchun Davlat budjetida nazarda tutilgan mablagʻlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari
reyestri
Oldingi tahrirga qarang.
| T/r | Xizmatlar nomi | Bajarish uchun masʼullar |
|
1. |
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tuzilmasi, tarkibi, funksiyalari va asosiy faoliyati, ularda fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | Vazirlar Mahkamasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari |
|
2. |
Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish. | |
| 3. | Tugʻilganlikni, oʻlimni, nikohni roʻyxatdan oʻtkazish, nikohni bekor qilish, otalikni belgilash, farzandlikka olish, familiyani, ismni va ota ismini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | Adliya vazirligi |
| 4. | Oʻzbekiston Respublikasi FHDY hududiy organlari roʻyxatini taqdim etish. | |
| 4-1. | Davlat notarial idoralari reyestri toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etish |
|
| 4-2. | Advokatlar, shuningdek advokatlik byurolari, advokatlik firmalari, advokatlar hayʼatlari, yuridik maslahatxonalar reyestri toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etish | |
| 4-3. | Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslar birlashmalari reyestri toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etish | |
| 4-4. | Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarini davlat roʻyxatiga olish reyestri toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etish | |
| 4-5. | Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestri toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etish | |
| 5. | Maktabgacha taʼlim, umumiy taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim tizimlari toʻgʻrisida axborotlar, Oʻzbekiston Respublikasining oliy oʻquv yurtlari, akademik litseylari, kasb-hunar kollejlari va maktablari roʻyxatini taqdim etish. | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
| 6. | Oʻzbekiston Respublikasi oʻquv yurtlariga oʻqishga kirish tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 7. | Bandlik masalalari boʻyicha axborotlar taqdim etish. | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
| 8. | Pensiya va nafaqalarni rasmiylashtirish masalalari boʻyicha axborotlar taqdim etish. |
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi |
| 9. | Jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha axborotlar taqdim etish. | Ichki ishlar vazirligi |
| 10. | Transport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish va texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 11. | Yuridik va jismoniy shaxslarning transport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish yuzasidan arizalarini koʻrib chiqish. | |
| 12. | Oʻzbekiston Respublikasida kommunal xizmatlar koʻrsatishda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | “Oʻzkommunxizmat” agentligi |
| 13. | Fuqarolarga tibbiy xizmatlar koʻrsatish tartibi va ularni tashkil etish toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| 14. | Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimi davlat muassasalari tomonidan bepul tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 15. | Roʻyxatdan oʻtkazilgan dori-darmonlar toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 16. | Davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 17. | Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimi oʻquv muassasalari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 18. | Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimi oʻquv yurtlariga oʻqishga kirish va oʻqish uchun davlat grantlari berish tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 19. | Sogʻliqni saqlash muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 20. | Soliq toʻlovchining soʻroviga koʻra budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmasi bilan oʻzaro hisob-kitoblar toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | Davlat soliq qoʻmitasi |
| 21. | Soliq toʻlovchining soʻroviga koʻra nazorat organlarining tegishli davr uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirish reja-jadvalidan koʻchirmalar berish. | |
| 22. | Soliq toʻlovchini roʻyxatdan oʻtkazish yuzasidan arizalarini qabul qilish va shaxsiy tartib raqamlarini berish hamda soliq toʻlovchining roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarini oʻzgartirish (faqat shahar va tumanlar huzuridagi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar, shuningdek mintaqaviy adliya organlari uchun). | |
| 23. | Soliq solish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 24. | Elektron soliq hisobotini qabul qilish va qayta ishlash, elektron soliq hisobotini joʻnatish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish. | |
|
24-1. |
Elektron soliq deklaratsiyalarini qabul qilish va ularni umumlashtirish |
Davlat soliq qoʻmitasi |
| 25. | Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning amalda qaror topgan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | Davlat statistika qoʻmitasi |
| 26. | Korxonalar va tashkilotlarning davlat registriga doir axborotlar taqdim etish. | |
| 27. | Deklarantlardan deklaratsiyalarning elektron nusxalarini qabul qilish va qayta ishlash. | Davlat bojxona qoʻmitasi |
|
27-1. |
Tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan olingan tovarlarning ayrim turlari eksport narxlari boʻyicha axborot berish |
Davlat bojxona qoʻmitasi |
| 28. | Biznesni rejalashtirish va boshqarish, tadbirkorlikni rivojlantirishni moliya-kredit boʻyicha qoʻllab-quvvatlash masalalariga doir axborotlar taqdim etish. | Mahalliy davlat hokimiyati organlari, Markaziy bank |
| 29. | Tadbirkorlikni litsenziyalash va davlat tomonidan tartibga solish masalalari boʻyicha axborotlar taqdim etish. | |
| 30. | Mol-mulk sotiladigan iqtisodiy nochor xoʻjalik yurituvchi subyektlar toʻgʻrisida axborot. | Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 31. | Qimmatli qogʻozlar bozori, bank va sugʻurta sektorlari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank |
| 32. | Kommunal xizmatlar uchun tariflarni shakllantirish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 33. | Tashqi savdo statistikasi boʻyicha axborotlar taqdim etish. | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi |
| 34. | Investitsiya loyihalari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish, investitsiya takliflarini qabul qilish. | |
| 35. | Davlat elektron xaridlarini tashkil qilish toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 36. | Mamlakatning transport-kommunikatsiya kompleksi: avtomobil yoʻllari va temir yoʻllar, fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari”, “Oʻzavtoyoʻl” DAK |
| 37. | Yoʻlovchi tashish temir yoʻl va avtomobil transporti qatnovlari jadvalini, vokzallarning maʼlumotlar berish xizmatlari roʻyxatini berish. | |
| 38. | Telekommunikatsiyalarning universal xizmatlari tariflari, Oʻzbekiston Respublikasi pochta indekslari roʻyxati, Oʻzbekiston Respublikasi telefon raqamlari zonalar kodlari, mamlakatlar kodlari, davlat organlari saytlari roʻyxati va manzillari boʻyicha axborotlar taqdim etish. | Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
| 39. | Roʻyxatdan oʻtkazilgan Davlat axborot resurslari va tizimlari toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 40. | Litsenziyalar olish yuzasidan arizalar qabul qilish. | |
| 40-1. | Radiochastotalarning taqsimlanishi boʻyicha axborot berish |
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
| 40-2. | Davlat organlarining interaktiv davlat xizmatlari toʻgʻrisida axborot berish | |
| 41. | Migratsiya va Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish masalalari boʻyicha axborotlar taqdim etish. | Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi |
| 42. | Kelayotgan chet elliklarga vizalar berish, ularni vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazishni uzaytirish, doimiy yashash uchun ruxsatnomalar olish, biron joyda yashash hujjati, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olish tartibotlari boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish borasidagi cheklashlar toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 43. | Oʻzbekiston Respublikasidagi chet el elchixonalari, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarning diplomatik missiyalari va vakolatxonalari, Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalari roʻyxatini taqdim etish. | Tashqi ishlar vazirligi |
|
43-1. |
Viza anketalarini elektron tarzda qabul qilish |
Tashqi ishlar vazirligi |
| 44. | Davlat arxivi fondlaridan axborotlar taqdim etish. | “Oʻzarxiv” agentligi |
| 45. | Ilm-fan, taʼlim, axborot va madaniyat boʻyicha qiziqishlarni tezkorlik bilan qondirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy axborot texnologiyalari asosida aholiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishga doir axborotlarni, Oʻzbekiston Respublikasining axborot resurslari va axborot-kutubxona markazlari, shuningdek ixtisoslashtirilgan kutubxonalari roʻyxatini taqdim etish. | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
| 46. | Yer resurslari boʻyicha axborotlar taqdim etish. | “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi |
| 47. | Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | |
| 48. | Oʻzbekiston Respublikasining tabiiy-jugʻrofiy sharoitlari va tarixiy-madaniy merosi toʻgʻrisida axborotlar taqdim etish. | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi |
| 49. | “Toshkent” xalqaro aeroportidagi samolyotlar qatnovi jadvali, reyslardagi mavjud oʻrinlar soni, aviakompaniya tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar tariflari, roʻyxati, samolyotlarning kelish va ketish vaqti tablosi. | “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK |
| 50. | Aviakompaniya tomonidan real vaqt rejimida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash uchun anketa | “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK |
| 51. | Olib kirilayotgan va olib chiqilayotgan ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan moddalar toʻgʻrisida axborot berish | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi |
| 52. | Ekologiya sertifikati berish boʻyicha axborot berish | |
| 53. | Yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun berilgan litsenziyalar boʻyicha axborot berish | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi |
| 54. | Mahsulotlar (xizmatlar)ni sertifikatlash boʻyicha akkreditatsiya qilingan organlar toʻgʻrisida axborot berish | Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi |
| 55. | Akkreditatsiya qilingan sinov (oʻlchov) laboratoriyalari boʻyicha axborot berish | |
| 56. | Avtomobil va daryo transportida yoʻlovchilar va yuk tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar berish boʻyicha axborot taqdim etish | Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi |
| 57. | Yangi ilmiy loyihalar boʻyicha tanlovga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalarida bajarilgan ilmiy ishlanmalar toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi haqida axborot berish | Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi |
| 58. | Kredit tashkilotlari (banklar, kredit uyushmalari, lombardlar, mikrokredit tashkilotlari), shuningdek qimmatli qogʻozlar blankalarini tayyorlash huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxslar toʻgʻrisida axborot berish | Markaziy bank |
| 59. | Kreditlar, mikrokreditlar berish boʻyicha, shuningdek xalqaro moliya tashk?lotlari va ?orijiy banklarning kredit liniyalari toʻgʻrisida axborot ?aqdim etish | Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari |
| 60. | Bank omonatlari boʻyicha axborot berish | |
| 61. | Bank kartalari berish boʻyicha axborot taqdim etish | |
| 62. | Kartochkalar, terminallar, bankomatlardan foydalanish, terminallarni oʻrnatish, taʼmirlash va almashtirish boʻyicha axborot berish | |
| 63. | Ilmiy loyihalar tanloviga berilayotgan buyurtmanomalarni roʻyxatdan oʻtkazish | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi |
| 64. | Innovatsion ilmiy ishlanmalar, ilmiy loyihalar tanlovlari, shuningdek ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalari toʻgʻrisida axborot berish | |
| 65. | Innovatsion mahsulotlar yarmarkasida qatnashish uchun buyurtmanomalarni roʻyxatdan oʻtkazish | |
| 66. | Qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi, qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilari toʻgʻrisida axborot berish | Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi |
| 67. | Paxta mahsulotlari tashqi koʻrinishi standart namunalariga buyurtmalar qabul qilish toʻgʻrisida axborot berish | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazi |
| 68. | Quyidagilar: ichki va xalqaro havo yoʻnalishlarida yoʻlovchilar va yuk tashish; havo yoʻnalishlarida yoʻlovchilar va yuk tashish bilan bogʻliq aeroportlarda havo kemalariga xizmat koʻrsatish; aviatsiya ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish yuzasidan axborot taqdim etish |
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
| 69. | Ichki va xalqaro yoʻnalishlarda temir yoʻl transportida yuk va yoʻlovchilar tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish yuzasidan axborot taqdim etish | Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
| 70. | Yuridik shaxslarga obyektlarni, mahsulotlar va texnologiyalarni ularning belgilangan standartlarga muvofiqligi yuzasidan berilgan qabul qilish xulosalari boʻyicha axborot berish | |
| 71. | Gʻallani, dukkakli donlarni, yogʻli ekinlar hosilini va ularni qayta ishlash mahsulotlarini sertifikatlash, gʻallani va uni qayta ishlash mahsulotlarini tekshirish tartibi, ushbu tarmoqda sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida axborot berish | Davlat don inspeksiyasi |
| 72. | Energetik tekshirish va ekspertiza oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish, shuningdek isteʼmol obyektlarining energiya taʼminoti loyihalarini kelishib olish boʻyicha axborot berish | Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi |
| 73. | Energetik tekshirish va ekspertiza oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxatini berish | |
| 74. | Davlat kinostudiyalari tomonidan tayyorlangan audiovizual asarlar toʻgʻrisida axborot berish | “Oʻzbekkino” milliy agentligi |
| 75. | Kino, videomahsulotlarni ishlab chiqarish, koʻpaytirish, dublyaj qilish, sotish va prokatga berish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish yuzasidan axborot taqdim etish | |
| 76. | Elektron katalogdan, milliy va xorijiy elektron resurslardan foydalanishga ruxsat berish, adabiyotlarga buyurtma berish | Oʻzbekiston milliy kutubxonasi |
| 77. | Shahar transporti yoʻnalishlari toʻgʻrisida axborot berish | “Toshshahartrans-xizmat” uyushmasi |
| 78. | Elektron temir yoʻl chiptalarini band qilish va sotish xizmatlari koʻrsatish, poyezdlarda yoʻl haqi narxi toʻgʻrisida axborot berish | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi |
| 79. | Oʻzbekiston Respublikasi hududida temir yoʻlda yurishda imtiyozlar toʻgʻrisida axborot berish | |
| 80. | Aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun tabiiy gazdan foydalanish tariflari hamda tabiiy gaz bilan taʼminlash tarmoqlariga servis xizmati koʻrsatish uchun arizalarning elektron shakllari toʻgʻrisida axborot berish | “Oʻzbekneftgaz” MXK |
| 81. | “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi zavodlarida ishlab chiqarilayotgan neft mahsulotlari roʻyxatini taqdim etish | |
| 82. | Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, shu jumladan isteʼmol tovarlari, shartnomalarning namunaviy shakllari, isteʼmol tovarlarining doimiy yangilab boriladigan prays-varaqlari toʻgʻrisida axborot berish | “Olmaliq KMK” AJ |
| 83. | Rux va qoʻrgʻoshin konsentratini qayta ishlash xizmatlari koʻrsatish, yetkazib beriladigan konsentrat sifatiga, namunaviy kontrakt shakliga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida axborot berish | |
| 84. | Lizing xizmatlari toʻgʻrisida axborot berish | “Oʻzqishloqxoʻjalik-mashlizing” kompaniyasi |
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 182-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 33-34-son, 348-modda; 2009-y., 34-son, 374-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda, 22-son, 175-modda, 23-son, 182-modda; 2012-y., 5-son, 47-modda, 44-son, 507-modda; 2013-y., 2-son, 23-modda, 23-son, 302-modda, 37-son, 485-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda; 2015-y., 13-son, 155-modda, 26-son, 338-modda; 2016-y., 14-son, 132-modda, 23-son, 269-modda, 52-son, 602-modda; 2017-y., 18-son, 325-modda, 19-son, 345-modda, 26-son, 593-modda, 34-son, 889-modda, 38-son, 1037-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)