Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QIMOR OʻYINLARINI TASHKIL ETISH VA OʻTKAZISHNI YANADA TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimor oʻyinlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq noqonuniy faoliyatning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 28-martdagi PQ-608-son qaroriga muvofiq, shuningdek qimor oʻyinlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish, noqonuniy qimor oʻyinlarini tashkil etishga hamda ularga oʻsmirlar va yoshlarni jalb etishga koʻmaklashuvchi shart-sharoitlarga barham berish, qimor biznesining rivojlanishi salbiy oqibatlarining oldini olish, noqonuniy qimor oʻyinlari tashkilotchilari va qatnashchilarining javobgarligini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2007-yil 1-sentabrdan boshlab:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qimor oʻyinlarini va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni (shu jumladan totalizatorlar) tashkil etish va oʻtkazish (tirajli, bir lahzali va raqamli lotereyalardan tashqari);
Keyingi tahrirga qarang.
qimor oʻyinlarini va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet butunjahon axborot tarmogʻi provayderlari tomonidan xizmatlar koʻrsatish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga pul yutugʻiga ega boʻlgan oʻyin avtomatlarini olib kirish taqiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga pul yutugʻiga ega boʻlgan oʻyin avtomatlarini olib kirishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qoʻyilsinki, noqonuniy tarzda qimor oʻyinlarini va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish holatlari aniqlangan taqdirda oʻyin anjomlari, shu jumladan oʻyin avtomatlari, oʻyinda stavka va yutuq boʻlgan boyliklar, shuningdek bunday oʻyinlarda qatnashish natijasida olingan boshqa daromad belgilangan tartibda olib qoʻyiladi va davlat daromadiga oʻtkaziladi.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Bosh prokuraturasi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda respublika hududida taqiqlangan qimor oʻyinlarini va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazishning, shuningdek ularga balogʻatga yetmaganlarni jalb qilishning oldini olish yuzasidan doimiy ish olib borsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qimor oʻyinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar tashkilotchilari va qatnashchilarining javobgarligini kuchaytirish, ularga balogʻatga yetmaganlarni jalb qilganlik, shuningdek bunday oʻyinlarni tashkil etish uchun telekommunikatsiya tarmoqlarida xizmatlar koʻrsatganlik, dasturiy taʼminotni nashr qilganlik, koʻpaytirganlik, tarqatganlik uchun javobgarlikni belgilash;
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 16-avgust,
176-son
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176 -son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalovchi organlar roʻyxatining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” boʻlimi uchinchi xatboshidagi “totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Pul-buyum lotereyalari oʻtkazishni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 15-noyabrdagi 396-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 70-modda):
a) 1-banddagi “va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 3, 4 va 7-bandlardagi “va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
Nizomning nomidagi va 1-banddagi “va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyin”, “stavkalar qabul qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshidagi “(yoki tikilgan pulga)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oltinchi va sakkizinchi xatboshidagi “va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni” soʻzlari chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshidagi “asosan” soʻzi chiqarib tashlansin;
“v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“v) passiv va aktiv lotereyalarga boʻlinadigan sonli lotereyalar. Passiv sonli lotereyada qatnashishni xohlovchi shaxs sonlar, belgilar yoki boshqa qaydlar kombinatsiyasi oldindan koʻrsatilgan oʻyin biletini belgilangan qiymati boʻyicha sotib oladi. Aktiv sonli lotereyada qatnashishni xohlovchi shaxs maxsus blankada yoki boshqa yoʻl bilan yoʻl qoʻyiladigan natijalar yigʻindisidan tirajning mumkin boʻlgan natijasini tanlaydi, u oʻyin tashkilotchisi tomonidan tanlangan variantlar roʻyxatdan oʻtkazilgandan va variantlarga muvofiq keluvchi tirajda qatnashishning qiymati tegishli variant boʻyicha toʻlangandan keyin lotereya qatnashchisiga aylanadi.
Sonli lotereyalar tiraji sonlar, belgilar, boshqa qaydlarni yoki ularning kombinatsiyalarini tasodifiy tanlash yoʻli bilan, shuningdek Shartlarda nazarda tutilgan u yoki bu voqealar natijasida amalga oshiriladi. Sonli lotereyalar tirajining televideniye orqali toʻgʻridan-toʻgʻri efirda translyatsiya qilmasdan oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Sonli lotereyalar boʻyicha yutuqli biletlar, shuningdek tegishli yutuqlar miqdori tiraj natijalarining oʻyin biletlarida belgilangan natijalarga toʻliq yoki qisman mos tushishiga qarab aniqlanadi”.
“e” kichik bandidagi “stavkalar qabul qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“j” kichik bandidagi “yoki boshqa oʻyinlar oʻtkazish, stavkalar qabul qilingan yoki garovlar tuzilgan voqealar natijalarini aniqlash” soʻzlari chiqarib tashlansin;
10-banddagi “va boshqa oʻyinlar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
11-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“sonli lotereyalar tiraji oʻtkazilishini toʻgʻridan-toʻgʻri efirda translyatsiya qilish yuzasidan televideniye bilan tuzilgan shartnomalar nusxalari”;
24-banddagi “va oʻyinlar” hamda “(stavkalar)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
V boʻlim nomidagi “stavkalarni qabul qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
31-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Lotereya biletlarini balogʻatga yetmagan shaxslarga tarqatish taqiqlanadi”;
32-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Lotereyalar reklamasida balogʻatga yetmagan shaxslarning reklama qilinayotgan lotereyada qatnashishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi ogohlantirish mavjud boʻlishi kerak”;
33-bandagi “(stavkalarni)” soʻzi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “(yoki qabul qilingan stavkalar, tanlangan kombinatsiyalar)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
43-banddagi “oʻyin boʻyicha stavkalarni qabul qilishdan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
46-bandning ikkinchi xatboshidagi “raqamli” soʻzi “sonli” soʻzi bilan almashtirilsin;
58-banddagi “qabul qilingan stavkalar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
62-banddagi “qabul qilingan stavkalar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Lotereyalar hamda tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ilovada:
ilovaning nomidagi va I boʻlimning 4-bandidagi “va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni” soʻzlari chiqarib tashlansin;
1-bandning oltinchi xatboshidagi “stavka” soʻzi chiqarib tashlansin;
2-bandning “a” kichik bandidagi “stavkalarni qabul qilish”, “stavkalarni qabul qilganlik” soʻzlari chiqarib tashlansin;
4-bandning ikkinchi xatboshidagi “stavkalar qabul qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Lotereyalar hamda tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 2-ilovada:
I boʻlimdagi “qabul qilingan stavkalar”, “stavkalar qabul qilishdan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
II boʻlimdagi “(stavkalar)”, “stavkalarning” soʻzlari chiqarib tashlansin;
III boʻlimdagi “qabul qilingan stavkalar”, “stavkalarni qabul qiluvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 16-iyuldagi 314-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 62-modda):
a) Nizomning nomidagi “totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 1 va 4-bandlardagi “totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) Lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomda:
Nizomning nomidagi, 1—8, 13, 33–bandlardagi “totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“b” kichik bandining uchinchi xatboshidagi “totalizatorlarda va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda qabul qilinayotgan stavkalar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“d” kichik bandidagi “stavkalarni” soʻzi chiqarib tashlansin;
“e” kichik bandidagi “stavkalarni qabul qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
4. Vazirlar Mahkamasining “Lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar oʻtkazishni tashkil etishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 2-avgustdagi 182-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 39-modda) nomi va matnidagi “totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-maydagi 78-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 28-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokreditlar berish va mikrolizing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida Vaqtinchalik nizomning 6-bandi toʻrtinchi xatboshidagi “totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 33-34-son, 344-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 26.04.2024-y., 06/24/68/0302-son)