Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 28.05.2007 yildagi PQ-643-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTONDA FUTBOLNI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 1-maydagi PQ-338-sonli Qarorining ijrosi yuzasidan va “Paxtakor” futbol klubi” qo‘shma korxonasi futbol bo‘yicha O‘zbekistonning milliy terma va yoshlar olimpiya jamoalarini o‘yinchilar bilan to‘ldiruvchi asosiy baza ekanligini inobatga olgan holda, shuningdek “Paxtakor” sport-mashg‘ulot o‘quv majmuasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi va Toshkent shahar hokimligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Paxtakor” OAJ” sport-mashg‘ulot o‘quv markazi (“Paxtakor” SMO‘M” OAJ) aksiyalari davlat ulushining 51 foizi Toshkent shahar hokimligi hisobida saqlanib qolishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddati ikki yil bo‘lgan, “Paxtakor” majmuasi sport inshootlarini rekonstruksiya qilish va ta’mirlashga yo‘naltirilgan 5 mln. AQSh dollariga teng investitsiya majburiyatlarini olgan holda “Paxtakor” SMO‘M” OAJ aksiyalari paketining 49 foizini “Paxtakor” futbol klubi” qo‘shma korxonasiga tekinga berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekinga berilgan aksiyalar paketining 49 foizini tasarruf etish huquqi “Paxtakor” futbol klubi” qo‘shma korxonasiga, uning tomonidan qabul qilingan investitsiya majburiyatlari to‘liq hajmda va belgilangan muddatlarda bajarganidan so‘ng beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Paxtakor” futbol klubi” qo‘shma korxonasi tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarilmay qolganda, davlat aktivlarining oldi-sotdi bo‘yicha tuzilgan shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinadi va keyinchalik ular Toshkent shahar hokimligiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Futbol federatsiyasi, “Paxtakor” SMO‘M” OAJ, “Paxtakor” futbol klubi” qo‘shma korxonasi bilan birgalikda uch oy muddatda “Paxtakor” majmuasi sport inshootlarini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha biznes-reja, loyiha hujjatlarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi “Paxtakor” majmuasi sport inshootlarini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining o‘z vaqtida ekspertiza qilinishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Davlat mulki qo‘mitasi investor tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, shuningdek, qurilishda ishlatiladigan materiallar, import qilinadigan jihozlar hamda bajariladigan ishlar qiymatining asosliligi ustidan nazorat o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va R.S. Qosimov zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 28-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-643-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 5-son, 242-modda)