Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.05.2024 01.05.2006 yildagi PQ-338-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.05.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTONDA FUTBOLNI RIVOJLANTIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-maydagi PF-83-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqillik yillarida qabul qilingan futbolni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar Oʻzbekiston futbol jamoalariga xalqaro maydonda sezilarli yutuqlarga erishish imkonini berdi. Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi, “Paxtakor” (Toshkent), “Neftchi” (Fargʻona), “Nasaf” (Qarshi) klublari shular jumlasidandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga Sport inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturining amalga oshirilishi tufayli respublikada har yili zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan stadionlar soni koʻpaymoqda. Eng qobiliyatli yosh sportchilarni aniqlash va kelgusida ulardan yuqori malakali futbolchilar tarbiyalash imkonini beradigan iqtidorli sportchi yoshlarni qidirib topish va tayyorlash tizimi tobora takomillashtirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, keyingi yillarda milliy chempionat nufuzini va maqomini oshirish, yuqori klassli futbolchilarni va sport zaxirasini tayyorlashni tashkil etish va taʼminot ishlari susaydi, Oʻzbekiston futbol jamoalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mamlakatimiz homiylari va donorlarining faolligi pasaydi. “Doʻstlik” (Toshkent viloyati) va MHSK (Toshkent) futbol klublari faoliyatini toʻxtatdi. Koʻp yillik tarixga ega boʻlgan “Qoʻqon-1912”, “Surxon” (Termiz), “Zarafshon” (Navoiy) futbol jamoalari mashhurligini yoʻqotmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur kamchiliklar hozirgi vaqtda yetarli moddiy-texnika bazasiga, mablagʻ bilan taʼminlash manbalariga, shuningdek, malakali xodimlarga ega boʻlmagan bir qator viloyat futbol federatsiyalari ishlarining sustligi oqibatidir. Viloyatlarda bolalar-oʻsmirlar jamoalari oʻrtasida oʻquv mashgʻulotlari jarayonining va musobaqalarning past saviyada tashkil etilayotganligi tegishli futbol federatsiyalari ishlarining sustligi, ayrim mintaqalarda esa — ularning ishdan oʻzini chetga olishlari hamda bunga viloyat, shahar hokimliklari tomonidan eʼtibor berilmayotgani bilan bevosita bogʻliqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Futbolni rivojlantirish uchun yordam koʻrsatish va zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan futbol klublarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, stadionlarni FIFA talablariga muvofiqlashtirish, Oʻzbekiston Futbol federatsiyasini va futbol klublarini oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlashga va oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashga oʻtkazish, jahon va Osiyo qitʼasi chempionatlarida, xalqaro musobaqalarda Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilishga qodir boʻlgan yuqori klassli futbolchilar tayyorlashni taʼminlash, shuningdek, mamlakatimiz futbolining ommaviylik darajasini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat koʻrsatayotgan futbol klublarini qayta tashkil etish yoʻli bilan mulkchilikning turli shakllaridagi professional futbol klublarini tashkil etish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxira tayyorlash uchun professional futbol klublarining oʻz tuzilmasiga bolalar-oʻsmirlar futbol maktablarini kiritishni majburiy deb hisoblash haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar respublika maktabini tashkil etish, shuningdek Toshkent shahrida Rossiya trenerlar oliy maktabi filialini ochish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Futbolini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi filiallari bilan birga tashkil qilish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Futbolini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, professional futbol klublari tomonidan tashkil etilishi va u quyidagilarni taʼminlashi lozimligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz ommaviy va professional futbolini rivojlantirishga, professional futbol klublarini tashkil etish hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga har tomonlama koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
futbol jamoalarining alohida namuna koʻrsatgan iqtidorli oʻyinchilarini moddiy ragʻbatlantirish va taqdirlash tizimini yaratish, qobiliyatli yoshlarni futbolga jalb etish, futbolchilar yangi avlodining ishonchli zaxirasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba almashishda hamda Oʻzbekiston futbolchilari, trenerlar va hakamlar tarkibining professional mahoratlarini oshirishda chet el futbol klublari va federatsiyalari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori klassli futbolchilar va sport zaxirasini tayyorlashning samarali metodlarini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy-metodik tadqiqotlar oʻtkazishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz futbolini rivojlantirish maqsadida mahalliy va xorijiy homiylarni, manfaatdor korxonalar va jamoat tashkilotlarini hamkorlik qilishga jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, professional futbol klubini tashkil qilish mahalliy davlat hokimiyati organlari, sport tashkilotlari, shuningdek, tijorat tuzilmalari, yuridik va jismoniy shaxslardan iborat muassislar tomonidan ularning shakllantirilayotgan klublar tashkiliy va moliyaviy masalalarini hal etishdagi imkoniyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Futbol boʻyicha oliy sport mahorati respublika maktabini, uni moliyalashtirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda, Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi tasarrufiga oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga bolalar-oʻsmirlar futbol maktablarining ishlarini ragʻbatlantirish va moddiy-texnika bazasini yaxshilash yuzasidan takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar respublika maktabini tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat mulki qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Paxtakor” OAJning erkin sotish uchun moʻljallangan aksiyalarining 49 foizini “Paxtakor” Futbol klubi” qoʻshma korxonasiga uning tomonidan stadionni hamda kompleksning boshqa sport inshootlarini rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha aniq investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda belgilangan tartibda topshirish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Professional futbol klublari hamda Futbol federatsiyasi va uning hududiy boʻlinmalari 2006-yil 1-apreldan boshlab uch yil muddatga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada ishlab chiqarilmaydigan, stadionlarni rekonstruksiya qilish va futbol klublarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun zarur boʻlgan chetdan keltiriladigan jihozlar, asbob-uskunalar hamda materiallar uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar va yigʻimlarning barcha turlarini toʻlashdan (yagona ijtimoiy toʻlovdan tashqari) boʻshaydigan mablagʻlarni futbolni rivojlantirishga maqsadli yoʻnaltirgan holda ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi koʻrsatib oʻtilgan imtiyozlar berilishi munosabati bilan boʻshaydigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazoratni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, boshqa ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda mamlakatda ommaviy futbol harakati rivojlanishini, eng yaxshi futbol klublari, sport maktablari, jismoniy tarbiya jamoalari, mutaxassislar va trenerlar faoliyatini muntazam ravishda va keng yoritsin, rasmiy futbol oʻyinlari oʻtkazilishini targʻib etsin va reklama qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston chempionati hamda Oʻzbekiston terma jamoalari oʻyinlarini translyatsiya qilish uchun televizion huquqlarga ega boʻlish yuzasidan shartnoma tuzish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 1-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-338-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 18-son, 148-modda; 2017-y., 20-son, 354-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son; 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son)