Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 18.05.2007 yildagi PQ-639-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-YILGI BOShOQLI DON EKINLARI HOSILIDAN BO‘ShAGAN YERLARNI ShUDGORLAShNI TAShKIL QILISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yilgi boshoqli don ekinlari hosilidan bo‘shagan yerlar o‘z vaqtida va sifatli shudgor qilinishini ta’minlash, kelgusi yil hosili uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2007-yilgi boshoqli don ekinlari hosili o‘rib-yig‘ib olingandan keyin o‘tkaziladigan shudgorlash ishlarining ilovaga* muvofiq hajmlari va muddatlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyat hokimliklari bilan kelishilgan taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “Yergeodezkadastr” Davlat qo‘mitasi, “O‘zagromashservis” uyushmasi rahbarlari shudgorlash ishlarining o‘z vaqtida tashkil etilishi va sifatli o‘tkazilishi, hisobot buzib ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi uchun shaxsan javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshoqli don ekinlari o‘rib-yig‘ib olingandan keyin shudgorlash ishlari mazkur Qarorning ilovasiga qat’iy muvofiq belgilangan hajmlar va muddatlarda o‘tkazilishi ustidan nazorat o‘rnatsin. Aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan qattiq javobgarlik choralari ko‘rilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “O‘zagromashservis” uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda 2007-yilgi boshoqli don ekinlari hosili yig‘ishtirib olingandan keyin shudgorlash ishlarini o‘tkazish to‘g‘risida mashina-traktor parklari va fermer xo‘jaliklari o‘rtasida shartnomalar tuzilishini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagromashservis” uyushmasi, “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda zarur resurslar bilan ta’minlanganlik va yer fondidan yanada samarali foydalanishni hisobga olgan holda tumanlar hamda xo‘jaliklar bo‘yicha shudgorlash ishlarini o‘tkazish jadvalini tuzsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shudgorlash ishlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan maydonlarda poxol yig‘ishtirib olinishini tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, shartnoma asosida boshqa korxonalar hamda tashkilotlarning haydov agregatlarini jalb etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydov traktorlarining ikki smenada ishlashini va ulardan otryadlar tashkil etish usuli bilan samarali foydalanishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jaliklar va mashina-traktor parklarining buyurtmanomalari asosida ehtiyot qismlar yetkazib berishni, shuningdek ko‘chma ta’mirlash ustaxonalarining uzluksiz ishlashini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerni shudgorlashning sifat ko‘rsatkichlariga erishishni rag‘batlantirishga alohida e’tibor berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi yonilg‘i-moylash materiallarining zarur zaxirasini yaratsin hamda shudgorlash ishlarida qatnashuvchi mashina-traktor parklariga, qishloq xo‘jalik korxonalariga dizel yonilg‘isi qiymatining 30 foizi oldindan to‘langandan keyin ularga yonilg‘i-moylash materiallari uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 18-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-639-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 5-son, 240-modda)