OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
BUYRUGʻI
DAVLAT IJTIMOIY SUGʻURTASI BOʻYICHA NAFAQALAR TAYINLASH VA TOʻLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 28-iyulda 1136-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 26-avgustdagi 24-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3553, 27.08.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-532-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingandan soʻng oʻn kundan keyin amalga kiritilsin.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-iyun,
M-31-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b.
2007-yil 25-iyundagi M-31-sonli buyrugʻiga
ILOVA
2007-yil 25-iyundagi M-31-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandidagi “vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik uchun” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. 1-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“2007-yil 1-yanvardan boshlab vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlarga nafaqa toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar:
Budjet tashkilotlari tomonidan — mehnat haqi jamgʻarmasiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida;
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan — foyda soligʻini hisoblashda mazkur xarajatlar soliqqa tortiladigan bazadan chiqarib tashlangan holda shaxsiy mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”.
3. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri, Sogʻliqni saqlash vaziri, Markaziy bank raisi, Davlat soliq qoʻmitasi raisi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-iyun
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-iyun
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-iyun
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-iyun
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAXONGIROVA
Toshkent sh.,
2007-yil 25-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 31-32-son, 326-modda)