Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.04.2019 31.07.2007 yildagi 159-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.04.2019
Hujjat 31.07.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

ETIL SPIRTINING SIFATI USTIDAN NAZORATNI TAʼMINLAShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 7-noyabrdagi PQ-505-son qarori bajarilishini taʼminlash, shuningdek ishlab chiqarilayotgan etil spirtining sifati ustidan nazoratning samarali tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzstandart” agentligi ikki hafta muddatda “Qoʻqon spirt”, “Andijon biokimyo zavodi” va “Yangiyoʻl biokimyo” ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining spirt sifatini aniqlash boʻyicha ishlab chiqarish laboratoriyalari, shu jumladan tegishli binolari, asbob-uskunalari, jihozlari, oʻlchov vositalari, maʼlumotnoma materiallari va spirtning toʻlaqonli sinab koʻrilishi uchun zarur boʻlgan boshqa materiallari “Oʻzstandart” agentligining tegishli hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari balansiga bepul, belgilangan tartibda qabul qilinishi-topshirilishini amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoʻqon spirt”, “Andijon biokimyo zavodi” va “Yangiyoʻl biokimyo” ochiq aksiyadorlik jamiyatlari koʻrsatib oʻtilgan laboratoriyalarning normal ishlashi, shu jumladan “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi xodimlarining korxonalar hududida toʻsiqsiz boʻlishlari uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzstandart” agentligi boshqaruv xodimlarining shtatdagi soni olti nafarga koʻpaytirilsin, ular Andijon, Fargʻona va Toshkent viloyatlari standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari boʻyicha ikki nafardan taqsimlansin, “Oʻzspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasining “Qoʻqon spirt”, “Andijon biokimyo zavodi” va “Yangiyoʻl biokimyo” ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv xodimlari soni tegishli ravishda qisqartirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi koʻrsatib oʻtilgan qoʻshimcha shtat birliklari mehnatiga haq toʻlash uchun budjetdan zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzstandart” agentligi laboratoriyalarining ishlab chiqaruvchi korxonalarda etil spirtining sifatini aniqlash boʻyicha xarajatlari ishlab chiqarilgan etil spirtining sifatini aniqlash boʻyicha ular tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarga haq toʻlash hisobidan qoplanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzstandart” agentligi laboratoriyalarining ishlab chiqarilgan etil spirti turkumlarining sifatini aniqlash boʻyicha xizmatlariga cheklangan tariflar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, 2007-yil 1-sentabrdan boshlab spirt ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarilgan etil spirti-rektifikat faqat “Oʻzstandart” agentligining spirt sifatini aniqlash laboratoriyalarida Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan standartlarga muvofiqligi boʻyicha tekshirishdan oʻtgandan keyin tayyor mahsulotlar omboriga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlashtirish va metrologiya hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi hamda standartlashtirish va metrologiya hududiy boshqarmalari xodimlarining cheklangan soni 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzstandart” agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ hujjatlarning mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va Q.S. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 31-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
159-son

Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 31-iyuldagi 159-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 31-iyuldagi 159-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Andijon, Fargʻona va Toshkent viloyat hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari huzurida etil spirti sifatini aniqlash laboratoriyalari faoliyat koʻrsatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 31-iyuldagi 159-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari (SMB) xodimlarining cheklangan soni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‏T/r Hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari Xodimlarning cheklangan soni shu jumladan:
boshqaruv xodimlari xizmat koʻrsatuvchi xodimlar texnik xodimlar
1.‎ Qoraqalpogʻiston SMB 11‎ 8‎ 2‎ 1‎
2.‎ Andijon SMB 12‎ 10‎ 1‎ 1‎
3.‎ Buxoro SMB 12‎ 9‎ 2‎ 1‎
4.‎ Jizzax SMB 8‎ 6‎ 1‎‎ 1‎
5.‎ Qashqadaryo SMB 15‎ 11‎ 2‎ 2‎
6.‎ Navoiy SMB 8‎ 6‎ 1‎ 1‎
7.‎ Namangan SMB 10‎ 8‎ 1‎ 1‎
8.‎ Samarqand SMB 20‎ 15‎ 3‎ 2‎
9.‎ Surxondaryo SMB 9‎ 7‎ 1‎ 1‎
10.‎ Sirdaryo SMB 9‎ 7‎ 1‎ 1‎
11.‎ Fargʻona SMB 22‎ 18‎ 2‎ ‎2
12.‎ Xorazm SMB 9‎ 7‎ 1‎ 1‎
13.‎ Toshkent viloyati SMB 22‎ 18‎ 2‎ 2‎
14.‎ Toshkent shahar SMB 27‎ 21‎ 4‎ 2‎

Hammasi

194‎ 151‎ 24‎ 19‎
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 31-iyuldagi 159-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 2000-yil 17-yanvardagi 13-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-banddagi “1 va 2-ilovalarga muvofiq” soʻzlari “1-ilovaga muvofiq” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻi lavozimiga koʻra ayni bir paytda Standartlar va oʻlchovlarning yagonaligi taʼminlanishini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat bosh inspektorining alkogolli mahsulotlar va spirt sifatini nazorat qilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari hisoblanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarilgan etil spirtining har bir turkumidan namunalarni ularning sifati normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida sinab koʻradilar hamda sinab koʻrish natijalari boʻyicha etil spirti turkumining muvofiqligi yoxud ishlab chiqarish sikliga uni qoʻshimcha ishlov berish uchun qaytarish zarurligi toʻgʻrisida xulosa beradilar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2-ilova chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-avgustdagi 373-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 77-modda) 2-bandining beshinchi xatboshi va qarorga 4 va 4a-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 31-32-son, 319-modda; 2011-y., 18-son, 178-modda, 2017-y., 23-son, 473-modda)