03.05.2007 yildagi 89-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI SOHASIDA KASB-HUNAR TAʼLIMINI RIVOJLANTIRISHGA KOʻMAKLASHISH” LOYIHASI DOIRASIDA GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI HUKUMATI IMTIYOZLI KREDITINING TEJALGAN MABLAGʻLARIDAN HAMDA KREDITNI TOʻLDIRISH MABLAGʻLARIDAN FOYDALANISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasini amalga oshirish uchun Germaniya taraqqiyot banki (KfW) tomonidan berilgan imtiyozli kredit mablagʻlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasini Germaniya Hukumatining imtiyozli kreditidan foydalangan holda amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 1-dekabrdagi 563-son qaroriga hamda “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasi doirasida Germaniya Hukumati imtiyozli kreditining tejalgan mablagʻlaridan foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 15-martdagi 46-son qaroriga muvofiq “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasini amalga oshirish uchun Germaniya taraqqiyot banki (KfW) tomonidan berilgan 7669,4 ming yevro miqdoridagi imtiyozli kreditni va 1023,0 ming yevro miqdoridagi grantni oʻzlashtirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KfW imtiyozli kreditining tejalgan mablagʻlari 746,619 ming yevroni tashkil etganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi 2004-yilda rivojlantirish sohasida ikki tomonlama hamkorlik toʻgʻrisidagi Hukumatlararo maslahatlashuvlar yakunlarining 2004-yil 1-apreldagi Protokoliga binoan koʻrsatib oʻtilgan loyiha mablagʻlarini 1200,0 ming yevro miqdorida toʻldirish nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining KfW imtiyozli kreditining 1946,6 ming yevro miqdoridagi tejalgan mablagʻlarini va kreditni toʻldirish mablagʻlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashni amalga oshiradigan kasb-hunar kollejlari qoʻshimcha sonini zamonaviy oʻquv-laboratoriya anjomlari bilan jihozlashga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi taklifiga 1 va 2-ilovalarga muvofiq rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga ilgari belgilangan tender shartlariga rioya qilgan holda tender savdolari oʻtkazmasdan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-texnologiya asbob-uskunalari yetkazib berish uchun — Fujitsu-Siemens kompaniyasi bilan 2005-yil 11-iyuldagi S'SEP/01/ /E/2005-son kontraktga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar kollejlarini oʻquv anjomlari bilan jihozlash va mebellar yetkazib berish uchun — Lucas Nuelle kompaniyasi bilan 2005-yil 23-avgustdagi SSEP/02/EM/2005-son kontraktga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsalting xizmatlari koʻrsatish uchun — GOPA kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar kollejlari oʻqituvchilarini texnik jihatdan oʻqitishda maslahat xizmatlari koʻrsatish uchun — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan 2006-yil 14-avgustda tuzilgan 03/CS-son kontraktga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar kollejlari oʻqituvchilarining texnik malakasini oshirishni tashkil etish xizmatlari koʻrsatish uchun — Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti bilan 2006-yil 18-sentabrda tuzilgan 04/O-son kontraktga qoʻshimcha bitimlar tuzishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi 2004-yilda rivojlantirish sohasida ikki tomonlama hamkorlik toʻgʻrisidagi Hukumatlararo maslahatlashuvlar yakunlarining 2004-yil 1-apreldagi Protokoliga binoan “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasini kengaytirish uchun jalb qilinadigan 1200,0 ming yevro miqdorida moliyalashtirish hajmini koʻpaytirish toʻgʻrisida Germaniya taraqqiyot banki (KfW) bilan shartnoma tuzsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning 3-bandida koʻrsatilgan qoʻshimcha bitimlarni belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Moliyalashtirish hajmi 1200,0 ming yevroga koʻpayganligini hisobga olgan holda kreditni qaytarish va Germaniya taraqqiyot banki (KfW) krediti boʻyicha foizlar toʻlash jadvali 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, asosiy qarzni qaytarish, vositachilik haqi, foizlar toʻlash, KfW imtiyozli kreditining 1200,0 ming yevro miqdoridagi toʻldirish mablagʻlariga oid boshqa chiqimlarni qaytarish bilan bogʻliq xarajatlar davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga kredit mablagʻlaridan oʻz vaqtida va samarali foydalanilishini taʼminlash yuzasidan javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 3-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 3-maydagi 89-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasi boʻyicha Germaniya taraqqiyot banki (KfW) imtiyozli kreditining tejalgan mablagʻlarini hamda kreditni toʻldirish mablagʻlarini qayta taqsimlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ (ming yevro)
T/r Kredit mablagʻlari hisobiga xarajatlar nomi Kredit boʻyicha rejalashtirilgan xarajatlar Kreditning foydalanilgan qismi Kreditning tejalgan qismi va uning toʻldirilishi Kreditning tejalgan qismi mablagʻlarini va kreditni toʻldirish mablagʻlarini qayta taqsimlash
‎ Kredit boʻyicha hammasi 8869,4‎ 6922‎ 1946,6‎ 1946,6‎
1.‎ Kreditning taqsimlangan qismi, shu jumladan: 7669,4‎ 6922,8‎ 746,6‎ ‎
1.1‎ asbob-uskunalar sotib olish 6963,3‎ 6594,7‎ 368,6‎ 1825,4*‎
1.2‎ axborot infratuzilmasini rivojlantirish 15,0‎ 15,0‎ 0,0‎ ‎
1.3‎ oʻquv materiallari sotib olish va nashr etish 208,4‎ 23,8‎ 184,6‎ 101,2*‎
1.4‎ oʻquv-laboratoriya anjomlari xarid qilish boʻyicha maslahat xizmatlari 289,3‎ 289,3‎ ‎ 20,0*‎
1.5‎ nazarda tutilmagan xarajatlar 193,4‎ ‎ 193,4‎ ‎
2.‎ Ushbu loyiha boʻyicha mablagʻlarni toʻldirish 1200,0‎ ‎ 1200,0‎ ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Loyiha amalga oshirilishi davomida uning qismlari qiymati Fujitsu-Siemens, Lucas Nuelle, GOPA Consultants firmalari bilan aloqa muzokaralari oʻtkazilishi natijalari boʻyicha hamda narxlar va xarajatlar maqbullashtirilishi hisobga olingan holda aniqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 3-maydagi 89-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Germaniya taraqqiyot banki (KfW ) imtiyozli kreditining tejalgan mablagʻlari va kreditni toʻldirish mablagʻlari hisobiga jihozlanadigan kasb-hunar kollejlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r

Mintaqalar boʻyicha kasb-hunar kollejlari

Tashkil etilgan yili

Oʻquvchi oʻrinlari soni

‎

Andijon viloyati

1.‎ Andijon kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji 2002‎ 750‎

Jizzax viloyati

2.‎‎ Jizzax kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji 2006‎ 720‎
‎

Qashqadaryo viloyati

3.‎ Shahrisabz kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji 2007‎ 540‎
4.‎ Gʻuzor kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji 2007‎ 540‎
‎

Namangan viloyati

5.‎ Uychi kompyuter texnologiyalari va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji 2006‎ 720‎
‎

Samarqand viloyati

6.‎ Samarqand informatika va aloqa kasb-hunar kolleji 2005‎ 720‎
7.‎ Ishtixon kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji 2007‎ 720‎
‎

Fargʻona viloyati

8.‎ Qoʻqon kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji 2006‎ 720‎
‎

Xorazm viloyati

9.‎ Urganch aloqa va kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji 2003‎ 750‎
10.‎ Xiva kasb-hunar kolleji 2006‎ 720‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Germaniya taraqqiyot banki (KfW) imtiyozli kreditining tejalgan mablagʻlari va kreditni toʻldirish mablagʻlari hisobiga jihozlanadigan kasb-hunar kollejlari roʻyxatiga yetkazib beriladigan anjomlar va mebelning kontrakt narxlari maqbullashtirilishi hisobga olingan holda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.