Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
qarori
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN YoSh OILALARGA IMTIYOZLI ASOSDA KREDITLAR BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 18-iyulda 1697-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/12-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3208, 30.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida” hamda “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 18-maydagi PF-3878-son “Yosh oilalarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli asosda kreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan kundan oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 9-iyun,
17/2-son
Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli asosda kreditlar berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”, “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”, “Ipoteka toʻgʻrisida”, “Isteʼmol krediti toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yosh oilalarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 18-maydagi PF-3878-son Farmoniga muvofiq, tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli shartlar asosida mikrokreditlar, ipoteka va moliyaviy isteʼmol kreditlari berish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom maqsadlarida quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
yosh oila — er-xotinning ikkisi ham oʻttiz yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan oʻttiz yoshdan oshmagan yolgʻiz otadan yoki yolgʻiz onadan iborat boʻlgan oila, shu jumladan nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol);
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 8-oktabrdagi 32/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1697-3, 19.10.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 494-modda)
imtiyozli davr — kredit boʻyicha asosiy qarzni qaytarish muddati kechiktirilgan davr;
Oldingi tahrirga qarang.
mikrokredit — yosh oilalarga bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravaridan oshmaydigan miqdorda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan pul mablagʻlari;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 22-iyundagi 14/17-sonli qarori (roʻyxat raqami 1697-5, 04.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 10/19/1697-5/3378-son — 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
ipoteka krediti — yosh oilalarga sotib olinayotgan koʻchmas mulkni garovga olish orqali uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun beriladigan kredit;
Oldingi tahrirga qarang.
11. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentabrdagi 250-son “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlashni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan “Yoshlar” uylaridagi kvartiralarni sotib olishga ipoteka kreditlari berish boʻyicha munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 28-oktabrdagi 29/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1697-4, 13.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 10/17/1697-4/0248-son)
2. Kreditlar tijorat banklari tomonidan qaytarishlik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik, maqsadli foydalanish va muddatlilik shartlari asosida beriladi.
3. Tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hisobidan yosh oilalarga kreditlar quyidagi imtiyozli shartlar asosida beriladi:
oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun mikrokreditlar boʻyicha foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq boʻlmagan miqdorda oʻrnatiladi;
yosh oilalarga beriladigan ipoteka kreditlari uch yillik imtiyozli davr bilan foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq boʻlmagan miqdorda belgilanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
yosh oilalarga beriladigan moliyaviy isteʼmol kreditlari olti oylik imtiyozli davr bilan foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1697-1, 22.06.2012-y.) tahririda —OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 284-modda)
4. Imtiyozli davr oʻrnatilgan holda berilgan kreditlar asosiy qarzni toʻlash boʻyicha imtiyozli davr tugagandan keyingi oydan boshlanadi.
Imtiyozli davr kredit boʻyicha foizlar hisoblash va undirishga tatbiq etilmaydi. Bunda foizlar yosh oilaga kredit boʻyicha qarzdorlikning amaldagi qoldigʻiga kunlik hisoblab boriladi va oyda bir marta undiriladi.
II. Yosh oilalarga mikrokreditlarni berish va qaytarish tartibi
5. Yosh oilalarga mikrokreditlar quyidagi maqsadlarga beriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1697-1, 22.06.2012-y.) tahririda —OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 284-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer xoʻjaliklari, shuningdek yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan dehqon xoʻjaliklari dastlabki (boshlangʻich) sarmoyasini shakllantirish uchun;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1697-1, 22.06.2012-y.) tahririda —OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 284-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
yakka tartibdagi tadbirkorlik, mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer va dehqon xoʻjaliklarini kengaytirish va rivojlantirish uchun.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1697-1, 22.06.2012-y.) tahririda —OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 284-modda)
6. Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga mikrokreditlarning berilishi, monitoringi va qaytarilishi Oʻzbekiston Respublikasining “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi Qonuni va banklarning ichki kredit siyosatlari bilan tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 28-oktabrdagi 29/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1697-4, 13.11.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 10/17/1697-4/0248-son)
Bunda, bankning Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi hisobidan berilgan mikrokreditdan foydalanganlik uchun imtiyozli foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 50 foizi miqdorida oʻrnatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Davlat maqsadli jamgʻarmalari kredit liniyalari hisobidan yosh oilalarga imtiyozli foiz stavkalari boʻyicha mikrokreditlarning berilishi, monitoringi va qaytarilishi “Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamgʻarmalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga (roʻyxat raqami 2527, 2013-yil 19-noyabr)” asosan tartibga solinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 22-noyabrdagi 41/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1697-2, 02.12.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 49-son, 585-modda)
III. Uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va sotib olishga ipoteka kreditlari berish, monitoring qilish va qaytarish tartibi
9. Ipoteka kreditlari yosh oilalarga quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka tartibdagi va namunaviy loyiha asosida, qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilgan holda yakka tartibda uy-joy qurishga va rekonstruksiya qilishga;
yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʻp kvartirali uydagi kvartirani sotib olishga.
10. Tijorat banklari yoki boshqa kredit tashkilotlari tomonidan yosh oilalarga ipoteka kreditlari berish, monitoring qilish va qaytarish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 3-yanvardagi 2-son qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish toʻgʻrisida nizom” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 1-2-son, 9-modda) asosida, mazkur Nizomda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda tartibga solinadi.
11. Ipoteka kreditlari yosh oilalarga 15 yildan kam boʻlmagan muddatga beriladi.
Bunda, yosh oilalar vositachilik haqini toʻlamasdan kreditni muddatidan oldin qaytarishi hamda unga hisoblangan foizlar toʻlovini muddatidan oldin amalga oshirishi mumkin.
12. Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga beriladigan ipoteka krediti kredit resurslari manbasidan qatʼi nazar, quyidagi miqdorlarda beriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
yakka tartibdagi uy-joyni qurilishi va sotib olish uchun — qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 3000 baravarigacha;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 22-iyundagi 14/17-sonli qarori (roʻyxat raqami 1697-5, 04.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 10/19/1697-5/3378-son — 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish, shuningdek koʻp kvartirali uydagi kvartirani sotib olish uchun — qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 2500 baravarigacha.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 22-iyundagi 14/17-sonli qarori (roʻyxat raqami 1697-5, 04.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 10/19/1697-5/3378-son — 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
13. Yosh oila aʼzolari (er yoki xotin)ning ish beruvchisi boʻlgan yuridik shaxslar yosh oila tomonidan olinadigan uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va sotib olishga ipoteka krediti uchun dastlabki badalni bankka oʻtkazishlari mumkin.
Bunda, badal summasi yosh oila aʼzosi (eri yoki xotini)ning qaysi biri nomiga ipoteka krediti rasmiylashtiriladigan boʻlsa, uning nomiga bankda ochilgan jamgʻarma omonat hisobvaragʻiga ish beruvchi tomonidan oʻtkaziladi.
IV. Yosh oilalarga moliyaviy isteʼmol kreditlari berish, monitoring qilish va qaytarish tartibi
14. Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga moliyaviy isteʼmol kreditlari berish, monitoring qilish va qaytarish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmol krediti toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan ushbu Nizomda belgilangan xususiyatlar hisobga olingan holda tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
V. Yakuniy qoida
15. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(V bob Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1697-1, 22.06.2012-y.) asosan kiritilgan —OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 284-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 29-30-son, 308-modda; 2012-y., 25-son, 284-modda; 2014-y., 49-son, 585-modda; 2016-y., 42-son, 494-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 10/17/1697-4/0248-son, 04.07.2019-y., 10/19/1697-5/3378-son)