12.07.2007 yildagi PQ-670-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.07.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BANKLARNING KAPITALLASHUVINI YANADA OSHIRISH VA IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASHDAGI INVESTITSIYA JARAYONLARIDA ULARNING ISHTIROKINI FAOLLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarining kapitallashuv darajasini yanada oshirish, ularning investitsiya jarayonlarida, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirishda, ishlab chiqarishni modernizatsiyalashda, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashda keng ishtirok etishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar bank-moliya tizimida islohotlarni yanada chuqurlashtirish va erkinlashtirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklarning nizom jamgʻarmasini koʻpaytirish, ularning kapitaliga aholi, tadbirkorlik subyektlari va ehtimol tutilgan investorlar, shu jumladan xorijiy investorlarning boʻsh pul mablagʻlarini jalb qilish uchun aksiyalar chiqarish va ularni fond bozorida faol joylashtirish hisobiga banklarning kapitallashuv darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining oʻz kapitali hisobidan yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish hamda mavjud korxonalarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashdagi investitsiya jarayonlarida keng ishtirok etishi, shu asosda raqobatbardosh, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish va aholi bandligini oshirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqd pulning bankdan tashqari aylanishini yanada qisqartirish, mijozlarni birinchi talabi boʻyicha naqd pul bilan uzluksiz va soʻzsiz taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mini-banklar tarmogʻini kengaytirish va banklar tomonidan koʻrsatilayotgan xizmat turlarini koʻpaytirish, mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarini yuqori malakali professional kadrlar bilan mustahkamlash, banklarning xizmat koʻrsatish masʼuliyati va madaniyatini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Moliya vazirligi tomonidan 2006-yil yakunlari boʻyicha davlat budjeti hisobiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan Markaziy bank foydasining bir qismini quyidagi banklarning nizom jamgʻarmasini koʻpaytirish va investitsiyalash resurs bazasini kengaytirishga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining taklifi maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mikrokreditbank”ka — 42 milliard soʻm, shu jumladan 32 milliard soʻm nizom jamgʻarmasini koʻpaytirish va 10 milliard soʻm kichik biznes subyektlarining investitsiya loyihalarini moliyalash maqsadida kredit liniyasi ochish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Paxtabank”ka — 25 milliard soʻm hajmida, shu jumladan 15 milliard soʻm nizom jamgʻarmasini koʻpaytirish va 10 milliard soʻm meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini toʻliq qayta ishlash boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida kredit liniyasi ochish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ipotekabank”ka — 25 milliard soʻm, shu jumladan 15 milliard soʻm nizom jamgʻarmasini koʻpaytirish va 10 milliard soʻm ipoteka kreditlari hajmini oshirish maqsadida kredit liniyasi ochish uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklariga, yil yakuni boʻyicha barcha soliqlar va toʻlovlar toʻlanganidan soʻng, bank foydasining kamida 30 foizini bank aksionerlik kapitalini koʻpaytirishga yoʻnaltirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tijorat banklariga 2012-yilning 1-yanvarigacha daromad (foyda) soligʻi boʻyicha soliqqa tortiladigan bazani tasdiqlangan maqsadli dasturlarga muvofiq iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun uch yildan ortiq muddatga berilgan kreditlardan olingan daromadlar summasiga teng miqdorda kamaytirish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Sh. Mirziyoyev) bir oy muddatda mazkur soliq imtiyozlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagi tartib oʻrnatilsin va unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining aksiyalarini fond birjasida birlamchi ochiq joylashtirish muomalaga yangi chiqarilayotgan aksiyalar hajmining 25 foizidan kam boʻlmagan miqdorda amalga oshiriladi (xususiy banklar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari aksiyalari majburiy tarzda fond birjasi listingiga kiritiladi va muntazam birja kotirovkalari matbuotda eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Ipoteka kreditlashni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratiladigan mablagʻlarni banklararo bozordan Jamgʻarma tomonidan jalb qilingan mablagʻlar boʻyicha foiz stavkasi va Jamgʻarma tomonidan imtiyozli kreditlash dasturini qoʻllab-quvvatlash uchun tijorat banklariga berilgan imtiyozli kredit liniyalari boʻyicha foiz stavkasi oʻrtasidagi salbiy marjani qoplash uchun maqsadli yoʻnaltirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tijorat banklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz filiallariga tovar-moddiy boyliklar, daromadlar va boshqa resurslarni berganda — qoʻshilgan qiymat soligʻi va daromad (foyda) soligʻidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun xorijiy moliya institutlarining jalb qilingan kredit liniyalari boʻyicha tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan foizlar va boshqa toʻlovlar boʻyicha — toʻlov manbaidan olinadigan soliqlardan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Plastik kartochkalar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishda foydalaniladigan plastik kartochkalar, toʻlov terminallari, dasturiy taʼminot, bankomatlar, oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish axborot kiosklari va boshqa uskunalar hamda zarur materiallarni import qilish va ulardan foydalanishda Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-sentabrdagi “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 445-sonli qaroriga asosan berilgan bojxona va soliq imtiyozlarining amal qilish muddati 2010-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston banklari uyushmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagilar boʻyicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari, moliya institutlari, emitentlarni va ular tomonidan chiqarilayotgan qimmatbaho qogʻozlarni yakka tartibda reytingli baholash milliy tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari tomonidan xalqaro reyting agentliklarining kreditga layoqatlilik reytinglarini olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari R. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F. Mullajonov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 12-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-670-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 27-28-son, 284-modda; 2009-y., 10-11-son, 107-modda, 25-son, 282-modda; 2011-y., 22-23-son, 225-modda)