Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.08.2016 27.06.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1694
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.08.2016
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PAXTA TOZALASh SANOATI KORXONALARINI MODERNIZATSIYA VA REKONSTRUKSIYA QILISh DASTURINI AMALGA OShIRISh UChUN MOʻLJALLANGAN MABLAGʻLARNI DAVLAT EHTIYoJLARI UChUN XARID QILINADIGAN QIShLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARINING HISOB-KITOB JAMGʻARMASI MAXSUS SUBHISOB RAQAMIDA JAMLASh VA ULARDAN FOYDALANISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 27-iyunda 1694-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 2-avgustdagi 58-sonli “Paxta tozalash sanoati korxonalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish uchun moʻljallangan mablagʻlarni Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi maxsus subhisob raqamida jamlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1694-1, 09.08.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2007—2011-yillarda paxta tozalash sanoati korxonalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturi toʻgʻrisida” 2007-yil 3-apreldagi 70-son qarorini (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 14-son, 143-modda) bajarish maqsadida, buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Paxta tozalash sanoati korxonalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish uchun moʻljallangan mablagʻlarni Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi maxsus subhisob raqamida jamlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 29-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirining
2007-yil 29-maydagi 62-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tozalash sanoati korxonalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish uchun moʻljallangan mablagʻlarni Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi maxsus subhisob raqamida jamlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2007—2011-yillarda paxta tozalash sanoati korxonalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturi toʻgʻrisida” 2007-yil 3-apreldagi 70-son qaroriga muvofiq (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 14-son, 143-modda) 2007—2011-yillarda paxta tozalash sanoati korxonalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturini (keyingi oʻrinlarda matnda dastur deb yuritiladi) amalga oshirish uchun moʻljallangan mablagʻlarni Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda matnda Jamgʻarma deb yuritiladi) maxsus subhisob raqamida jamlash va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Mablagʻlarni jamlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Paxta tozalash sanoati korxonalari (keyingi oʻrinlarda matnda korxonalar deb yuritiladi) choraklik moliyaviy hisobot tuzilganidan soʻng 5 kun ichida “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga hisobot davrida paxtani qayta ishlashdan olingan mahsulotlarning sotilgan qiymatidan Jamgʻarmaning maxsus subhisob raqamiga hisoblangan bir foiz miqdoridagi ajratmalar summasi toʻgʻrisida maʼlumotni taqdim qiladi. Hisoblangan ajratma summalari korxonalarning “davr xarajatlari” sifatida ishlab chiqarish xarajatlariga taalluqli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarmaning maxsus subhisob raqamiga, shuningdek, belgilangan tartibda budjetga “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining ustav fondlaridagi aksiyalarning davlat ulushi boʻyicha kelib tushgan dividendlar ham oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari paxta mahsulotlarini sotib oluvchilardan pul mablagʻlarining kelib tushishi bilan, 23208 — “Jamgʻarma va Moliya vazirligi bilan kliring transaksiyalari” maxsus hisob raqamidan paxtani qayta ishlashdan olingan mahsulotlarning sotilgan qiymatidan bir foiz miqdoridagi ajratmalarni Jamgʻarmaning maxsus subhisob raqamiga oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Mablagʻlardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan mablagʻlarning tushumi va ulardan foydalanish prognozi har yilning 1-sentabrigacha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim qilinadi va mazkur prognoz 10 kunlik muddatda Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi har yili belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha hujjatlariga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar tomonidan xoʻjalik yoʻli bilan, shuningdek pudrat yoʻli bilan amalga oshiriladigan ishlarning roʻyxatini aniqlash hamda tanlov asosida uskunalarni sotib olishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturga kiritilgan korxonalarni rekonstruksiya qilishga tanlov oʻtkazishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudrat ishlarini bajarishga va uskunalarni xarid qilishga shartnomalar tuzishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilishning aniq moʻljallangan roʻyxatini tasdiqlanishini tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamgʻarmaning maxsus subhisob raqamida jamlangan mablagʻlardan foydalanish uchun “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi zarur hisob-kitoblar va tegishli hujjatlarni (qurilishning aniq moʻljallangan va titul roʻyxati, buyurtmachi va pudratchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxasi, pudratchi tashkilotlarning qurilish tavakkalchiliklarini sugʻurtalash yuzasidan shartnomasi nusxasi, “Davarxitekqurilish” qoʻmitasining qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatini) ilova qilgan holda mablagʻ ajratish toʻgʻrisidagi talabnomani Moliya vazirligiga taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda, Moliya vazirligi oʻn besh ish kunidan kechiktirmay “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasiga mablagʻ ajratish boʻyicha asoslantirilgan rad javobini yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamgʻarmaning maxsus subhisob raqamida jamlangan mablagʻlardan foydalanish Moliya vazirining mablagʻlarni oʻtkazish haqidagi buyrugʻiga asosan amalga oshiriladi. Mazkur buyruqda tegishli korxonaning “Paxta tozalash sanoati korxonalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” maxsus hisob raqamiga mablagʻlarni oʻtkazilishi muddati, summasi va maqsadli yoʻnalishi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamgʻarmaning maxsus subhisob raqamida jamlangan mablagʻlardan foydalanish obyekt qiymatining 70 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Uskunalarni yetkazib berish va ishlarni bajarishga avans berish uchun mablagʻlar belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar (kontraktlar) shartlaridan kelib chiqib oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Obyekt qiymatining 50 foizigacha miqdorida avans berish Jamgʻarmaning maxsus subhisob raqamida jamlangan mablagʻlar hisobidan bir oy davomida amalga oshiriladi. Import qilinayotgan uskunalarni yetkazib berilishi uchun toʻlov hisob-kitoblarning akkreditiv shaklini qoʻllagan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jamgʻarmaning maxsus subhisob raqamida jamlangan mablagʻlar hisobiga obyekt qabul qilingan kundan keyin bir oy ichida oʻn besh foiz toʻlov amalga oshiriladi, shartnomada qayd etilgan kafolat muddati tamom boʻlganidan keyin esa, toʻlovning qolgan qismi (besh foizgacha) amalga oshiriladi. Bunda obyekt qabul qilingandan keyin Jamgʻarmaning maxsus subhisob raqamida jamlangan mablagʻlar hisobidan toʻlovlar obyekt qiymatining oʻttiz foizidan kam boʻlmagan qismi modernizatsiya qilinayotgan korxona tomonidan oʻz mablagʻlari va tijorat banklari kreditlari hisobiga toʻliq moliyalashtirilganidan soʻng amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Dastur tugallanganidan keyin, shuningdek, buyurtmachilar va pudratchilar oʻrtasidagi hisob-kitoblar yakunlanganidan soʻng, Jamgʻarmaning maxsus subhisob raqamida jamlangan mablagʻlarning qoldigʻi budjetga va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga ulardan tushgan mablagʻlarning summasiga mos ravishda qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari Jamgʻarmadan qaytarilgan mablagʻlarni korxonalar oʻrtasida, ulardan kelib tushgan summaga mos ravishda taqsimlaydilar va korxonalarning hisob-kitob raqamlariga oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Korxonalarning “Paxta tozalash sanoati korxonalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” maxsus hisob raqamiga oʻtkazilgan mablagʻlar soliq solish obyekti hisoblanmaydi hamda soliq va soliq boʻlmagan majburiy toʻlovlar hisoblanadigan bazaga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Javobgarlik va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Jamgʻarmaning maxsus subhisob raqamiga paxtani qayta ishlashdan olingan mahsulotlarning sotilgan qiymatidan bir foizi miqdoridagi ajratmalarni oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazilishini nazorat qilish Jamgʻarmaning hududiy inspektorlari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jamgʻarmaning maxsus subhisob raqamiga “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari ustav fondlaridagi aksiyalarning davlat ulushi boʻyicha dividendlarni oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazilishini nazorat qilish Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Korxonalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish ustidan nazorat Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur Nizom “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi raisi F. OMONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 28-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 25-26-son, 276-modda)