22.06.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1692
ONLINE TRANSLATE
Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazining, Markaziy bank Boshqaruvining qarori, 22.06.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1692
Кучга кириш санаси
02.07.2007
Hujjat 03.03.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qogʻozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 22-iyunda 1692-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida” va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-sonli “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 39-son, 387-modda, 51-52-son, 507-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladilar:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 8-fevraldagi 2014-06, 290-V-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1692-2, 26.02.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 9-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi va Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 27-dekabrdagi 2006-16 , 284-V-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qogʻozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqidagi qarori bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qogʻozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab, oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktori K. TOLIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 4-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-04-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 4-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
290-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Markaziy banki Boshqaruvining
2007-yil 4-apreldagi 2007-04, 290-V-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qogʻozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”, “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlari va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qogʻozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qogʻozlarga (bundan keyingi oʻrinlarda — qimmatli qogʻozlar) nisbatan tatbiq etiladi.
(nizomning muqaddimasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi va Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 24-yanvardagi 2009-03, 290-V-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1692-1, 02.02.2009-y.) tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 60-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 1. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari yoki xorijiy davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar jumlasiga kiritilgan, qiymati chet el valyutasida ifodalangan hujjatlari;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi va Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 24-yanvardagi 2009-03, 290-V-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1692-1, 02.02.2009-y.) tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 60-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar muomalasi — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, qimmatli qogʻozlar egasining almashishiga olib keladigan chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotish hamda ular bilan bogʻliq boshqa harakatlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi oʻrinlarda — HKP) — oʻzaro majburiyatlarni (qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar boʻyicha axborotni toʻplash, solishtirish, tuzatish va ularga doir hujjatlarini tayyorlash) aniqlash hamda qimmatli qogʻozlarni yetkazib berish va ular yuzasidan hisob-kitoblar boʻyicha oʻzaro majburiyatlarni hisobga olish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi — qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs.
(1-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi va Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 24-yanvardagi 2009-03, 290-V-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1692-1, 02.02.2009-y.) tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi;
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 8-fevraldagi 2014-06, 290-V-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1692-2, 26.02.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 9-son, 96-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar tashkilotchisi — qimmatli qogʻozlar bilan birja va birjadan tashqari savdolarni tashkil etish boʻyicha faoliyatni belgilangan tartibda amalga oshiradigan va Markaziy depozitariy va HKP bilan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma tuzgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatuvchi bank — chet el valyutasida operatsiyalar oʻtkazish uchun litsenziyaga ega boʻlgan, HKP aʼzolari va mijozlarining pul mablagʻlarining hisobini yuritish va saqlashga moʻljallangan HKPning chet el valyutasidagi ikkilamchi talab qilinguncha depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzgan vakolatli bank;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar tashkilotchisining qoidalari — qimmatli qogʻozlarni muomalaga kiritish va muomaladan chiqarish qoidalarini, qimmatli qogʻozlarning kotirovka narxlarini belgilash, savdolar tashkilotchisi tomonidan qatnashchilarni savdoda ishtirok etishlariga ruxsat berish tartibini, axborotlarni oshkor qilish tartibini va qonunchilikda belgilangan boshqa hujjatlarni oʻz ichiga oluvchi savdolar tashkilotchisi tomonidan tasdiqlangan qimmatli qogʻozlar bilan savdo qilish qoidalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarning muomalasi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashtirish va ularning muomalasiga, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyingina yoʻl qoʻyiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi va Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 24-yanvardagi 2009-03, 290-V-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1692-1, 02.02.2009-y.) tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 60-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarning majburiy rekvizitlari roʻyxati qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda emitent mazkur chiqarilishdagi qimmatli qogʻozlar nominal qiymatining 0,01 foizi miqdorida respublika budjetiga yigʻim toʻlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatiga olishga doir hujjatlarni koʻrib chiqish uchun olinadigan yigʻim emitentlar tomonidan eng kam ish haqining ikki barobari miqdorida toʻlanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 8-fevraldagi 2014-06, 290-V-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1692-2, 26.02.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 9-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarning nominal qiymati chet el valyutasida yaxlit oʻlchamlarda koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar emitentlar tomonidan faqat hujjatsiz shaklda chiqariladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi va Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 24-yanvardagi 2009-03, 290-V-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1692-1, 02.02.2009-y.) tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 60-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni saqlash, ularning hisobini yuritish va chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni tasdiqlash, shuningdek chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar zimmasiga yuklangan majburiyatlarni va bunday yuklashlarni tugatish holatlari hisobi Markaziy depozitariyda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarning muomalasi va ularni joylashtirish, shu jumladan ularni Markaziy depozitariyda hisobga qoʻyish faqat qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organida ularni chiqarish davlat roʻyxatiga olingandan soʻng amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida qimmatli qogʻozlarning birja va birjadan tashqari bozorlarida muomalada boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarning joylashtirish boʻyicha oldi-sotdi bitishuvlari birja bozorlarida kabi birjadan tashqari bozorlarda ham amalga oshirilishi mumkin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 8-fevraldagi 2014-06, 290-V-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1692-2, 26.02.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 9-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarning muomalasi boʻyicha oldi-sotdi bitishuvlari faqat birja va tashkillashtirilgan birjadan tashqari bozorlarda amalga oshiriladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 8-fevraldagi 2014-06, 290-V-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1692-2, 26.02.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 9-son, 96-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Egasining almashishiga olib keladigan chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq boshqa operatsiyalar birjadan tashqari bozorda amalga oshirilishi mumkin va ular qonun hujjatlarida milliy valyutada muomalaga chiqaralayotgan qimmatli qogʻozlar uchun belgilangan tartibda va muddatlarda albatta roʻyxatdan oʻtkazilishi shart.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi va Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 24-yanvardagi 2009-03, 290-V-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1692-1, 02.02.2009-y.) tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 60-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitishuvlari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida norezidentlar tomonidan sotib olingan qimmatli qogʻozlarni chet el valyutasida toʻlash holatlaridan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha milliy valyutada amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 3. Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari chiqargan qimmatli qogʻozlarni norezidentlar tomonidan sotib olinishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish shartlari norezidentlarga ushbu qimmatli qogʻozlarga egalik qilishni taqiqlamagan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarishga yoʻl qoʻyilgan har qanday qimmatli qogʻozlarni norezedent xorijiy valyutada sotib olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Norezident tomonidan sotib olingan qimmatli qogʻozlar birja va birjadan tashqari bozorlarda qonun hujjatlarida milliy valyutadagi qimmatli qogʻozlar sotilishi uchun belgilangan tartibda sotilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Norezidentlar tomonidan sotib olingan qimmatli qogʻozlarni rezidentlarga sotish Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Norezidentlar tomonidan qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun pul mablagʻlarini deponentga qoʻyish tartibi, shuningdek toʻlov muddatlari HKP va savdolar tashkilotchilarining qoidalari bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tashkillashtirilgan birja bozorida rezidentlar tomonidan emissiya qilingan qimmatli qogʻozlar norezident tomonidan sotib olinayotgan yoki sotilayotganda, uning tomonidan vakolat qilingan qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi topshiriq (komissiya) shartnomasiga asosan, savdoda qimmatli qogʻozlarni sotib oladi yoki sotadi va qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilgan bitishuv toʻgʻrisida norezidentga hisobot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezidentlar chiqargan qimmatli qogʻozlarni tashkillashtirilgan birjadan tashqari bozorda sotib olinayotganda yoki sotilayotganda, norezident bitishuvni xuddi shu tartibda yoki mustaqil amalga oshirishi mumkin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi va Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 24-yanvardagi 2009-03, 290-V-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1692-1, 02.02.2009-y.) tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 60-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Norezidentning “depo” hisobvaragʻiga kelib tushgan qimmatli qogʻozlar hisobi norezident bilan belgilangan shaklda shartnoma tuzilgan depozitariyda yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Norezidentlar tomonidan davlat aktivlarini aksiya koʻrinishida sotib olish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 8-fevraldagi 2014-06, 290-V-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1692-2, 26.02.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 9-son, 96-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 8-fevraldagi 2014-06, 290-V-1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1692-2, 26.02.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 9-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 4. Tijorat banklari aksiyalarini sotib olishning oʻziga xos xususiyatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan bank-rezidentlar aksiyalarini sotib olish boʻyicha bitishuvlar faqat Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining oldindan ruxsati olinganidan soʻng amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Respublikasi bank-rezidentlari aksiyalarini sotib olish uchun quyidagi shaxslar (bundan keyingi oʻrinlarda oluvchi deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning oldindan ruxsatini olishlari shart:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ellik foizdan ortiq aksiyalari (ishtirokchilar badallari) Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining egaligida, foydalanuvida va(yoki) tasarrufida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari — yuridik shaxslari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oluvchilarning mablagʻlarini tasarruf etuvchilari (ishonchli vakillari) boʻlib hisoblangan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari, shuningdek, oluvchilar uchun bank-rezidentlarning aksiyalarini sotib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning oldindan ruxsatini olishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Offshor zonalarda roʻyxatga olingan oluvchilar — yuridik shaxslar banklar-rezidentlar aksiyalarini sotib olishlari mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning oldindan ruxsatnomasini olish uchun bank-rezidentning aksiyalarini sotib olish uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisida ariza taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada oluvchilar toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlar aks ettirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning toʻliq firma nomi yoxud jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylashgan joy (pochta manzili) yoxud turar joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatga olinish sanasi, joyi va roʻyxatga olgan organ koʻrsatilgan holda yuridik shaxsning huquqiy maqomi yoxud jismoniy shaxsning fuqaroligi (tabaaligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalar miqdori va turi koʻrsatilgan holda oluvchining bank-rezident ustav kapitalidagi moʻljallanayotgan ishtirokining miqdori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oluvchi — yuridik shaxs tomonidan bank-rezident aksiyalari sotib olinayotganda mazkur arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oluvchining notarial tasdiqlangan taʼsis hujjatlari nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) norezident-oluvchining vakolatli organining uning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi bank ustav kapitalidagi ishtiroki toʻgʻrisidagi qarori nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) norezident-oluvchi yuridik shaxsning roʻyxatga olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarning (yoki undan koʻchirma) notarial tasdiqlangan nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oluvchi faoliyatining auditorlik xulosasi bilan tasdiqlangan oʻtgan uch yillik balanslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) agar norezident-oluvchining mamlakati qonunlari talab qilsa, norezident-oluvchi joylashgan mamlakat nazorat organining uning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi bank kapitalida ishtirok etishiga roziligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) norezident-oluvchining toʻlovga layoqatliligi toʻgʻrisida birinchi darajali chet el banki tomonidan berilgan tasdigʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) oluvchining taʼsischilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar uchun — firma nomi, roʻyxatga olingan sana va joyi, oluvchining ustav fondidagi (kapitalidagi) ishtirok etayotgan ulushi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi (toʻliq manzili), oxirgi ikki yil uchun ishbilarmonlik yoki professional faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, oluvchining ustav fondidagi (kapitalidagi) ishtirok etayotgan ulushi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) oluvchi ustav fondidagi ishtirokchilar (ustav fondining kamida 1 foiziga egalik qiluvchilar) toʻgʻrisida ularning joylashgan joyi va faoliyat yoʻnalishlarining qisqacha mazmuni koʻrsatilgan maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Oluvchi — jismoniy shaxs tomonidan bank-rezident aksiyalari sotib olinayotganda, arizaga uning toʻlovga layoqatliligini (ustav kapitalidagi oʻz ulushini toʻlashga layoqatligi) tasdiqlovchi birinchi darajali chet el banki tomonidan berilgan tasdigʻi, shuningdek jismoniy shaxsning ushbu mablagʻlarining qonuniyligi toʻgʻrisidagi xorijiy davlat vakolatli organining maʼlumotnomasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mazkur Nizom maqsadlarida birinchi darajali xorijiy bank boʻlib IBSA, Moodyʼs yoki Standard & Roorʼs klassifikatsiyasi boʻyicha qisqa muddatli majburiyatlariga AA, rrime-1 dan past boʻlmagan reytingi berilgan xorijiy bank tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Bank-rezident aksiyalari oluvchi nomidan ishtirok etayotgan nominal saqlovchi yoki boshqa shaxs tomonidan sotib olinayotganda, arizada va unga ilova qilinayotgan hujjatlar va materiallarda oluvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oshkor etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qaror qabul qilinishi uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlarni oluvchilar va boshqa shaxslardan talab qilishga va olishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Bank-rezidentning aksiyalarini sotib olish uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisida ariza va unga ilova qilingan materiallar va hujjatlarni koʻrib chiqish muddati ariza kelib tushgan sanadan boshlab oʻttiz kundan oshmasligi kerak. Arizani koʻrib chiqish muddatidan kechiktirmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki arizachini koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Bank-rezident aksiyalarini sotib olish uchun ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan yozma ravishda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Mazkur Nizom va qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda bank-rezident aksiyalarini sotib olgan oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq bank aksiyadorlari reyestriga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 5. Oʻzbekiston Respublikasi hududida norezidentlar ishtirokida qimmatli qogʻozlarning oldi-sotdisini amalga oshirishda oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tashkillashtirilgan bozorlarda chet el valyutasida tuziladigan qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitishuvlari boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda chet el valyutasidagi HKPning talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisobvaragʻi orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Oʻzbekiston Respublikasining tashkillashtirilgan bozorlarida norezidentlar, shuningdek xorijiy hisobvaraqlaridan foydalangan rezidentlar tomonidan qimmatli qogʻozlar bilan tuziladigan bitishuvlari boʻyicha pul mablagʻlarining hisob-kitobi Oʻzbekiston Respublikasi hududida HKP ishtirokida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qimmatli qogʻozlarni norezidentlar tomonidan xarid qilish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa bitishuvlar boʻyicha hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushbu bitishuvlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatga olinganidan soʻnggina amalga oshiriladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi va Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 24-yanvardagi 2009-03, 290-V-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1692-1, 02.02.2009-y.) tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 60-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Norezident tomonidan xarid qilingan qimmatli qogʻozlar toʻliq qiymatining toʻlov muddatlari milliy valyutadagi qimmatli qogʻozlar boʻyicha bitishuvlar uchun qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 8-fevraldagi 2014-06, 290-V-1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1692-2, 26.02.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 9-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Oʻzbekiston Respublikasi hududida norezidentlar tomonidan joylashtirilgan chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitishuvlari boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar HKPning talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisobvaragʻi orqali milliy valyutada naqd pulsiz shaklda, shuningdek agar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa, chet el valyutasida ham amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 6. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromadlarni toʻlash, chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni soʻndirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar boʻyicha barcha daromadlar toʻlov kuniga, agar ularni chiqarish shartlarida boshqacha shartlar belgilangan boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni soʻndirish, qiymati milliy valyutada ifodalangan qimmatli qogʻozlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni chiqaruvchi emitent chiqarish toʻgʻrisidagi qarorida va emissiya risolasida qimmatli qogʻozlarni soʻndirish (sotib olish) valyutasini koʻrsatishi lozim.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi va Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 24-yanvardagi 2009-03, 290-V-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1692-1, 02.02.2009-y.) tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 60-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Norezidentlarning qimmatli qogʻozlarni sotishdan tushgan milliy valyutadagi mablagʻlari zaruriyat boʻlganda, chet el banklarining “loro” vakillik hisobvaraqlariga milliy valyutada kiritilishi, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanilishi, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun ham.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 7. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar boʻyicha axborotlarni oshkor qilish va hisobotlarni taqdim qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari va savdo tashkilotchilari chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar boʻyicha oʻzlari amalga oshirayotgan barcha operatsiyalar va bitimlar hisobini yuritadilar va ular boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga maʼlumotlar taqdim etadilar.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi va Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 24-yanvardagi 2009-03, 290-V-1-sonli qarori tahririda (roʻyxat raqami 1692-1, 02.02.2009-y.) — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 60-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar emitenti qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga hisobotlarni qimmatli qogʻozlarni milliy valyutada chiqaradigan emitentlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar emitenti axborotlarni oshkor etilishini, qimmatli qogʻozlarni milliy valyutada chiqargan emitentlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi, va oshkor etilishi lozim boʻlgan maʼlumotlarni ingliz tilida, shuningdek emitentning xohishiga koʻra har qanday boshqa chet tilida qoʻshimcha ravishda respublika matbuotida chop etishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 8. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Norezidentlar ishtirokidagi bitishuvlarni, shu jumladan, muddatida toʻlovi amalga oshirilmagan bitishuvlarni bekor qilish va ularni haqiqiy emas deb topish shartlari va tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari mazkur Nizom talablariga rioya etmaganliklari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ushbu Nizom talablariga rioya qilinmaganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻrishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 25-26-son, 274-modda; 2009-y., 6-son, 60-modda; 2014-y., 9-son, 96-modda, 18-son, 204-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/1692-4/2871-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)