Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“QIMMATLI QOGʻOZLAR BILAN AMALGA OShIRILADIGAN OPERATSIYALARDAN OLINADIGAN SOLIQ TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalardan olinadigan soliq toʻgʻrisida”gi Qonuni oʻz kuchini yoʻqotganligi munosabati bilan ushbu qaror ham amalda oʻz ahamiyatini yoʻqotdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan opersiyalardan olinadigan soliq toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 1994-yil 1-iyundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oylik muddat ichida:
qonunlarni “Qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalardan olinadigan soliq toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish haqidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga kiritsin;
Hukumatning qarorlarini “Qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalardan olinadigan soliq toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, respublika vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari oʻzlarining mazkur Qonunga zid boʻlgan normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishi va bekor qilishini taʼminlasin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, qonunlar “Qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalardan olinadigan soliq toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirilgunga qadar amaldagi qonun hujjatlarining mazkur Qonunga zid boʻlmagan qismi qoʻllanilaveradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi vazifasini bajaruvchi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1994-yil 5-may,
1057-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 133-modda)