Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 23-dekabrdagi PF-3367-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 12-mart,
121-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim korxonalar va mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning baʼzi masalalari toʻgʻrisida” 1995-yil 4-dekabrdagi 448-son qaroriga 1-ilova III boʻlimining 8-bandi birinchi xatboshining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Biznes-fond”ning xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlashga doir tashabbusi toʻgʻrisida” 1996-yil 9-iyuldagi 240-son qarorida:
a) qarorning nomi “Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” deb atalsin;
b) muqaddimadagi “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”, “Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investorlarning faoliyati kafolatlari toʻgʻrisida” soʻzlari “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”, “Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida” va “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-banddagi “Biznes-fond” va” hamda “qoʻshma” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) 2-bandda:
“a” kichik band chiqarib tashlansin;
oxirgi xatboshidan “yoki “Biznes-fond” kreditlari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
e) 9-banddagi “Biznes-fondning” soʻzlari “Osiyo-Yevropa trast kompaniyasi” shoʻba korxonasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish tizimi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 19-sentabrdagi 446-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 9-son, 32-modda) 5-bandidagi “Mehnat vazirligi, Xorijiy investitsiyalar boʻyicha agentlik, Biznes-fond, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi” soʻzlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 21-apreldagi 166-son qarorida:
a) muqaddimadan “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 2-bandda:
uchinchi xatboshidagi “va oʻrta” hamda “Biznes-fond” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻztadbirkorbank” Boshqaruvi raisi lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisining oʻrinbosari hisoblanadi, “Oʻztadbirkorbank” viloyat boʻlimlarining boshliqlari esa — Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar hududiy palatasi boshqaruvi raisining oʻrinbosarlari hisoblanadilar”;
v) 9-banddagi “Biznes-fond” hamda “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) 1-ilovada:
“Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishga koʻmaklashish markazi blokidan “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“Biznes-fond” bloki chiqarib tashlansin;
d) 2-ilovaning toʻrtinchi xatboshidagi “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;
e) 2a-ilovadagi “Rais oʻrinbosari, Biznes-fond raisi” va “Biznes-fond” bloklari chiqarib tashlansin, Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ularning monitoringi boshqarmasi hamda Biznes-rejalarni, texnik-iqtisodiy asoslashlarni ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Palata raisining birinchi oʻrinbosariga boʻysundirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 27-maydagi 232-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 5-son, 20-modda):
a) 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Belgilab qoʻyilsinki, fermer va dehqon xoʻjaliklari tomonidan xorijiy kredit liniyasi boʻyicha garovni sugʻurtalash yuzasidan sugʻurta mukofotining 50 foizi sugʻurta kompaniyalariga Fermer va dehqon xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan toʻlanishi kerak.
Budjetdan tashqari jamgʻarmalar har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga xorijiy kredit liniyalari boʻyicha loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq mablagʻlarning harakati toʻgʻrisida hisobot taqdim etadilar”;
Keyingi tahrirga qarang.
b) 2-ilovada:
“Kichik biznesni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vazifalari” ustunining uchinchi pozitsiyasidagi “Biznes-fond” soʻzlari chiqarib tashlansin;
beshinchi pozitsiyadagi “Organning nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Budjetdan tashqari jamgʻarmalar”;
v) 3-ilovada:
11-bandning beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
16-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Kichik korxonalar, dehqon va fermer xoʻjaliklarini mablagʻ bilan taʼminlash, moddiy-texnik taʼminlash, ularga bojxona imtiyozlari berish, bank xizmatlari koʻrsatish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 10-sentabrdagi 366-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 9-son, 52-modda):
a) 1-bandda:
birinchi xatboshidagi “Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “Biznes-fond”ning davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar hisobiga shakllantiriladigan kredit resurslarining kamida 50 foizi, shuningdek” hamda “mikrofirmalar va kichik korxonalar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 5-banddagi “Biznes-fond va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining 2003—2007-yillar davrida Qoraqalpogʻiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi barqaror rivojlantirilishini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 1-avgustdagi 276-son qarorining 5-bandidagi “Biznes-fond”ga” soʻzlari “Oʻztadbirkorbank”ka soʻzi bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining kadrlar potensialini mustahkamlash va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 24-iyuldagi 325-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 67-modda):
Keyingi tahrirga qarang.
a) muqaddimaning ikkinchi xatboshidan va 3-bandning yettinchi xatboshidan “va oʻrta” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovaning “Kichik va oʻrta biznesni, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi” blokidagi “oʻrta biznesni” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Keyingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining “Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 24-dekabrdagi 563-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 12-son, 131-modda):
a) qarorga quyidagi mazmundagi 4-band qoʻshilsin:
“4. “Oʻztadbirkorbank” Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 9-iyuldagi 240-son qarori talablariga muvofiq mahalliy xom ashyodan eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida tadbirkorlarga lizing asosida zamonaviy chet el texnologiya liniyalari va asbob-uskunalari yetkazib berish yoʻli bilan xususiy tadbirkorlik va kichik biznes loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun “Raanani-Xolding” kompaniyasi bilan 50 mln. AQSh dollari summasidagi qoʻshma dasturning amalga oshirilishini taʼminlasin”;
b) 4—8-bandlar tegishli ravishda 5—9-bandlar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 11-son, 127-modda; 2005-y., 5-6-son, 34-modda; 32-33-son, 251-modda; 2006-y., 23-son, 210-modda; 2013-y., 1-son, 8-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)