Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.08.2017 11.06.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1688
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qarori, 11.06.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1688
Кучга кириш санаси
21.06.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.08.2017
Hujjat 30.04.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IShLAB ChIQARIShNI MODERNIZATSIYALASh, TEXNIK VA TEXNOLOGIK QAYTA JIHOZLAShNI AMALGA OShIRUVChI XOʻJALIK YuRITUVChI SUBYEKTLAR TOMONIDAN IMTIYOZLARNI QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 17-iyuldagi 110, 140, 2017-37 va 01-02/8-29-sonli “Mablagʻlarni investitsiyaga yoʻnaltiruvchi yuridik shaxslar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2918, 25.08.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisi”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-martdagi “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-3860-son Farmoniga muvofiq qaror qilamiz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilova qilinayotgan Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 27-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vaziri B. XOʻJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 27-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 27-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-29-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 27-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/8-11-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2007-yil 27-apreldagi 47, 21,2007-29,01-02/8-11-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 14-martdagi PF-3860-son Farmoniga muvofiq, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi texnologik jihoz – chiqarilgan sanadan boshlab uch yildan oshmagan texnologik jihoz;
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli qarori(roʻyxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
modernizatsiyalash — asosiy vositalar obyektini texnologik yoki xizmat maqsadini oʻzgartirish, ularning unumdorligini oshirish yoki boshqa sifat koʻrsatkichlarini yaxshilashga yoʻnaltirilgan ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik va texnologik qayta jihozlash — ilgʻor texnika va texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, maʼnan va jismonan eskirgan uskunalarni unumdorligi yanada yuqori boʻlganlari bilan yangilash asosida asosiy vositalar yoki ularning ayrim qismlarining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar majmui. Texnik va texnologik qayta jihozlash yangi ishlab chiqarishni tashkil etish hamda ishlab turgan ishlab chiqarishlarni kengaytirishni ham oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yangi texnologik jihozni sotib oluvchi, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlariga daromad soligʻi, yagona soliq toʻlovi va mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan texnologik jihozlarga bojxona toʻlovlari boʻyicha (qoʻshilgan qiymat soligʻi, import boj toʻlovlari) imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 211-moddasi va “Boj tarifi toʻgʻrisida”gi Qonunining 33-moddasiga muvofiq taqdim etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli (roʻyxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Lizing obyektini qoʻshimcha lizingga berishda, ushbu Nizomda belgilangan imtiyozlar (bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlardan tashqari) qoʻshimcha lizingni oluvchiga taalluqli boʻladi. Bu holda lizing obyektini qoʻshimcha lizingga beruvchi lizing oluvchiga ushbu Nizomda nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soliq imtiyozlari (mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar bundan mustasno) yangi jihoz ishlab chiqarishga joriy etilgan yoki oʻz ishlab chiqarishini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash amalga oshirilgan navbatdagi soliq davridan boshlab qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan tartibda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi kiritilayotgan texnologik jihoz boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash uchun daromad soligʻi, yagona soliq toʻlovi va mol-mulk soligʻi boʻyicha hisob-kitoblarga qayta kiritilayotgan yangi texnologik jihozni foydalanishga topshirish sanasi koʻrsatilgan, korxona rahbari yoki u tomonidan vakil qilingan shaxs tomonidan tasdiqlangan ixtiyoriy shakldagi Maʼlumotnoma ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Nizomni qoʻllash maqsadlarida hisobot soliq davri deganda chorak, yarim yil, 9 oy va yil tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar va ularni qoʻllash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 1. Daromad soligʻi boʻyicha imtiyozlar
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, yangi texnologik jihozlar xarid qilishga, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni uzishga, lizing obyekti qiymatining oʻrnini qoplashga, tegishli soliq davrida hisoblangan amortizatsiyani chegirgan holda yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasiga kamaytiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli (roʻyxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kreditni (lizingni) toʻlashda soliq solish bazasidan asosiy qarz summasini (lizing obyekti qiymatini) toʻlashga sarflangan summa chiqarib tashlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Soliq solish bazasini hisoblashda jihozlarni sotib olish uchun foydalanilgan mablagʻlar faqat bir marta chegirib tashlanadi. Masalan, agarda soliq solish bazasi kredit (lizing) hisobiga olingan jihoz qiymatiga kamaytirilgan boʻlsa, u holda ushbu kreditni (lizing obyekti qiymatini) toʻlashga sarflangan mablagʻlar soliq solish bazasidan chegirib tashlanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Soliq solinadigan bazani ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan maqsadlarga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasiga kamaytirish xarajatlar amalga oshirilgan soliq davridan eʼtiboran, texnologik jihozlar boʻyicha esa u foydalanishga topshirilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida amalga oshiriladi. Agar joriy soliq davrida yuqorida taʼkidlab oʻtilgan maqsadlar uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasi soliq bazasidan oshsa, qolgan summa kelgusi soliq davrlarida oʻrnatilgan muddatda chegirilib borishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, soliq solish bazasining kamaytirilishi har hisobot davrida oʻsib boruvchi yakun bilan amalga oshiriladi.
(9-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli (roʻyxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agar hisobot soliq davrida hisoblangan amortizatsiya summasi ishlab chiqarishini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni qaytarishga, lizing obyekti qiymatini toʻlashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasidan yuqori boʻlsa, ushbu hisobot soliq davri uchun daromad soligʻi boʻyicha soliq solish bazasini kamaytirilishi amalga oshirilmaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli (roʻyxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 2. Yagona soliq toʻlovi boʻyicha imtiyoz
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq solinadigan baza yangi texnologik asbob-uskunalar olishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasiga, lekin soliq solinadigan bazaning koʻpi bilan 25 foiziga kamaytiriladi. Soliq solinadigan bazani kamaytirish texnologik asbob-uskunalarni foydalanishga joriy etilgan soliq davridan boshlab besh yil mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona soliq toʻlovi boʻyicha imtiyoz texnologik jihozga uning xarid qilish manbaidan (oʻz mablagʻlari, yoki qarzga olingan mablagʻlar, shu jumladan lizing) qatʼi nazar, beriladi.
(12-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Soliq solish bazasining kamaytirilishi texnologik jihoz ishlab chiqarishga kiritilgan hisobot soliq davridan boshlab amalga oshiriladi. Bunda, har bir hisobot soliq davrida soliq solish bazasidan chegirilishi lozim boʻlgan mablagʻ summasi soliq solish bazasining 25 foizidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qayta kiritilayotgan jihozning qiymati joriy soliq davrda soliq solish bazasining 25 foizidan oshib ketsa, u holda ortgan summa kelgusi soliq davrlarida oʻrnatilgan muddat doirasida, belgilangan cheklashlarni hisobga olib chegirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 3. Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyoz
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyoz qayta kiritilayotgan yangi texnologik jihoz ishlab chiqarishga kiritilgan paytdan boshlab besh yil muddatga ozod etish koʻrinishida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mol-mulk soligʻi hisob-kitobiga ilova qilinadigan soliq solinmaydigan mol-mulk roʻyxatida alohida satrda ishlab chiqarishga qayta kiritilayotgan yangi texnologik jihozning qoldiq qiymati belgilangan imtiyoz davri davomida koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 4. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyoz
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyoz texnologik jihoz va unga tegishli butlovchi va ehtiyot qismlarning qoʻshilgan qiymat soligʻi va import bojxona bojlaridan ozod qilish koʻrinishida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Texnologik jihozni qoʻshilgan qiymat soligʻi va import bojxona bojlaridan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan texnologik jihozlar roʻyxatiga muvofiq qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Olib kirilayotgan texnologik jihozga tegishli boʻlgan butlovchi va ehtiyot qismlar qoʻshilgan qiymat soligʻi va import bojxona bojlaridan texnologik jihozlarni yetkazib berish boʻyicha shartnoma shartlarida butlovchi va ehtiyot qismlar texnologik jihoz bilan bir toʻplamda yetkazib berish koʻzda tutilgan hollarda ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar tatbiq etiladigan texnologik jihoz olib kirilayotganda, bojxona yuk deklaratsiyasining (BYuD) “Preferensiylar” nomli 36-ustunida bojxona toʻlovlaridan ozod qilinishining tegishli kodlari koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Texnologik jihozlar xarid (import) qilingan paytdan boshlab uch yil ichida sotib yuborilgan yoki tekinga berilgan boʻlsa, foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi va mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi va qonunchilikda belgilangan tartibda ularni toʻlash boʻyicha majburiyatlar tiklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar faqatgina import qilingan texnologik jihoz olib kirilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida eksportga realizatsiya qilingan yoki bepul berilgan taqdirda bekor qilinadi. Bunda toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlarni toʻlash boʻyicha majburiyat texnologik jihozni eksport qiluvchiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import qilingan texnologik jihoz eksport qilinganda eksportyor bojxona organlariga texnologik jihozni import qilishda bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgan BYuDning nusxasini taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Import qilingan texnologik jihoz Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilingan yoki bepul berilgan taqdirda bojxona toʻlovlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlar yuzaga kelmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda import qilingan texnologik jihozni berayotgan tomon (importyor, sotuvchi, egasi) xaridorga texnologik jihozni import qilishda bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgan BYuDning nusxasini taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur Nizomda belgilangan imtiyozlarning toʻgʻri qoʻllanishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(III-bob Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 1-apreldagi 39, 66, 2009-3 va 01-02/8-1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1688-1-son, 20.04.2009-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 17-son, 218-modda)