Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qarori, 11.06.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1688
Кучга кириш санаси
21.06.2007
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Joriy versiya | Hujjat 28.08.2017 sanasi holatiga |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING | OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING |
Qarori | Qarori |
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida | Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida |
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 11-iyunda 1688-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ] | [Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 11-iyunda 1688-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ] |
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisi”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-martdagi “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-3860-son Farmoniga muvofiq qaror qilamiz: | Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisi”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-martdagi “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-3860-son Farmoniga muvofiq qaror qilamiz: |
1. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | 1. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. |
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi. | 2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi. |
Moliya vaziri R. AZIMOV | Moliya vaziri R. AZIMOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2007-yil 27-aprel, | 2007-yil 27-aprel, |
47-son | 47-son |
Iqtisodiyot vaziri B. XOʻJAYEV | Iqtisodiyot vaziri B. XOʻJAYEV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2007-yil 27-aprel, | 2007-yil 27-aprel, |
21-son | 21-son |
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV | Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2007-yil 27-aprel, | 2007-yil 27-aprel, |
2007-29-son | 2007-29-son |
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV | Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2007-yil 27-aprel, | 2007-yil 27-aprel, |
01-02/8-11-son | 01-02/8-11-son |
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2007-yil 27-apreldagi 47, 21,2007-29,01-02/8-11-son qarori bilan TASDIQLANGAN | Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2007-yil 27-apreldagi 47, 21,2007-29,01-02/8-11-son qarori bilan TASDIQLANGAN |
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida | Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida |
NIZOM | NIZOM |
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-martdagi PF-3860-sonli “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibini belgilaydi”; | Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-martdagi PF-3860-sonli “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibini belgilaydi”; |
I. Umumiy qoidalar | I. Umumiy qoidalar |
1. Mazkur Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: | 1. Mazkur Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: |
yangi texnologik jihoz – chiqarilgan sanadan boshlab uch yildan oshmagan texnologik jihoz; | yangi texnologik jihoz – chiqarilgan sanadan boshlab uch yildan oshmagan texnologik jihoz; |
modernizatsiyalash — asosiy vositalar obyektini texnologik yoki xizmat maqsadini oʻzgartirish, ularning unumdorligini oshirish yoki boshqa sifat koʻrsatkichlarini yaxshilashga yoʻnaltirilgan ishlar; | modernizatsiyalash — asosiy vositalar obyektini texnologik yoki xizmat maqsadini oʻzgartirish, ularning unumdorligini oshirish yoki boshqa sifat koʻrsatkichlarini yaxshilashga yoʻnaltirilgan ishlar; |
texnik va texnologik qayta jihozlash — ilgʻor texnika va texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, maʼnan va jismonan eskirgan uskunalarni unumdorligi yanada yuqori boʻlganlari bilan yangilash asosida asosiy vositalar yoki ularning ayrim qismlarining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar majmui. Texnik va texnologik qayta jihozlash yangi ishlab chiqarishni tashkil etish hamda ishlab turgan ishlab chiqarishlarni kengaytirishni ham oʻz ichiga oladi. | texnik va texnologik qayta jihozlash — ilgʻor texnika va texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, maʼnan va jismonan eskirgan uskunalarni unumdorligi yanada yuqori boʻlganlari bilan yangilash asosida asosiy vositalar yoki ularning ayrim qismlarining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar majmui. Texnik va texnologik qayta jihozlash yangi ishlab chiqarishni tashkil etish hamda ishlab turgan ishlab chiqarishlarni kengaytirishni ham oʻz ichiga oladi. |
ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish — ishlab chiqarishni takomillashtirish va uning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini oshirish bilan bogʻliq boʻlgan hamda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, mahsulot (ishlar, xizmatlar) sifatini yaxshilash va nomenklaturasini oʻzgartirish maqsadlarida rekonstruksiya qilish loyihasi boʻyicha amalga oshiriladigan tovarlarni ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni koʻrsatish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan mavjud binolar va inshootlarni qayta qurish; | ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish — ishlab chiqarishni takomillashtirish va uning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini oshirish bilan bogʻliq boʻlgan hamda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, mahsulot (ishlar, xizmatlar) sifatini yaxshilash va nomenklaturasini oʻzgartirish maqsadlarida rekonstruksiya qilish loyihasi boʻyicha amalga oshiriladigan tovarlarni ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni koʻrsatish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan mavjud binolar va inshootlarni qayta qurish; |
ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish — mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat koʻrsatish jarayonida foydalanish maqsadida yangi bino va inshootlarning qurilishi. | ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish — mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat koʻrsatish jarayonida foydalanish maqsadida yangi bino va inshootlarning qurilishi. |
2. Yangi texnologik jihozni sotib oluvchi, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi va mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar ushbu Nizomda belgilangan tartibda taqdim etiladi. | 2. Yangi texnologik jihozni sotib oluvchi, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi va mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar ushbu Nizomda belgilangan tartibda taqdim etiladi. |
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan texnologik jihozlarga bojxona toʻlovlari boʻyicha (qoʻshilgan qiymat soligʻi, import boj toʻlovlari) imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 211-moddasi va “Boj tarifi toʻgʻrisida”gi Qonunining 33-moddasiga muvofiq taqdim etiladi. | Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan texnologik jihozlarga bojxona toʻlovlari boʻyicha (qoʻshilgan qiymat soligʻi, import boj toʻlovlari) imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 211-moddasi va “Boj tarifi toʻgʻrisida”gi Qonunining 33-moddasiga muvofiq taqdim etiladi. |
3. Lizing obyektini qoʻshimcha lizingga berishda, ushbu Nizomda belgilangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi va mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar qoʻshimcha lizingni oluvchiga taalluqli boʻladi. Bu holda lizing obyektini qoʻshimcha lizingga beruvchi lizing oluvchiga yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi va mol-mulk soligʻi boʻyicha nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi. | 3. Lizing obyektini qoʻshimcha lizingga berishda, ushbu Nizomda belgilangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi va mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar qoʻshimcha lizingni oluvchiga taalluqli boʻladi. Bu holda lizing obyektini qoʻshimcha lizingga beruvchi lizing oluvchiga yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi va mol-mulk soligʻi boʻyicha nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi. |
4. Soliq imtiyozlari (mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar bundan mustasno) yangi jihoz ishlab chiqarishga joriy etilgan yoki oʻz ishlab chiqarishini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish amalga oshirilgan navbatdagi soliq davridan boshlab qoʻllaniladi. | 4. Soliq imtiyozlari (mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar bundan mustasno) yangi jihoz ishlab chiqarishga joriy etilgan yoki oʻz ishlab chiqarishini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish amalga oshirilgan navbatdagi soliq davridan boshlab qoʻllaniladi. |
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha imtiyozlar foyda (tushum) qaysi faoliyat turidan olingan boʻlishidan qatʼi nazar, soliq solinadigan foydaning (soliq solinadigan bazaning) barcha summasiga nisbatan tatbiq etiladi; | Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha imtiyozlar foyda (tushum) qaysi faoliyat turidan olingan boʻlishidan qatʼi nazar, soliq solinadigan foydaning (soliq solinadigan bazaning) barcha summasiga nisbatan tatbiq etiladi; |
Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan tartibda taqdim etiladi. | Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan tartibda taqdim etiladi. |
Yangi kiritilayotgan texnologik jihoz boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash uchun yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi va mol-mulk soligʻi boʻyicha hisob-kitoblarga qayta kiritilayotgan yangi texnologik jihozni foydalanishga topshirish sanasi koʻrsatilgan, korxona rahbari yoki u tomonidan vakil qilingan shaxs tomonidan tasdiqlangan ixtiyoriy shakldagi Maʼlumotnoma ilova qilinadi. | Yangi kiritilayotgan texnologik jihoz boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash uchun yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi va mol-mulk soligʻi boʻyicha hisob-kitoblarga qayta kiritilayotgan yangi texnologik jihozni foydalanishga topshirish sanasi koʻrsatilgan, korxona rahbari yoki u tomonidan vakil qilingan shaxs tomonidan tasdiqlangan ixtiyoriy shakldagi Maʼlumotnoma ilova qilinadi. |
II. Soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar va ularni qoʻllash tartibi | II. Soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar va ularni qoʻllash tartibi |
§1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar | §1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar |
6. Yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, yangi texnologik jihoz xarid qilishga, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni qaytarishga, lizing obyekti qiymatining oʻrnini qoplashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasiga, tegishli soliq davrida hisoblangan amortizatsiyani chegirib tashlagan holda, biroq soliq solinadigan foydaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda kamaytiriladi. | 6. Yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, yangi texnologik jihoz xarid qilishga, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni qaytarishga, lizing obyekti qiymatining oʻrnini qoplashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasiga, tegishli soliq davrida hisoblangan amortizatsiyani chegirib tashlagan holda, biroq soliq solinadigan foydaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda kamaytiriladi. |
61. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻllaniladi. | 61. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻllaniladi. |
7. Kreditni (lizingni) toʻlashda soliq solish foydasidan asosiy qarz summasini (lizing obyekti qiymatini) toʻlashga sarflangan summa chiqarib tashlanadi. | 7. Kreditni (lizingni) toʻlashda soliq solish foydasidan asosiy qarz summasini (lizing obyekti qiymatini) toʻlashga sarflangan summa chiqarib tashlanadi. |
8. Soliq solish bazasini hisoblashda jihozlarni sotib olish uchun foydalanilgan mablagʻlar faqat bir marta chegirib tashlanadi. Masalan, agarda soliq solish bazasi kredit (lizing) hisobiga olingan jihoz qiymatiga kamaytirilgan boʻlsa, u holda ushbu kreditni (lizing obyekti qiymatini) toʻlashga sarflangan mablagʻlar soliq solish bazasidan chegirib tashlanmaydi. | 8. Soliq solish bazasini hisoblashda jihozlarni sotib olish uchun foydalanilgan mablagʻlar faqat bir marta chegirib tashlanadi. Masalan, agarda soliq solish bazasi kredit (lizing) hisobiga olingan jihoz qiymatiga kamaytirilgan boʻlsa, u holda ushbu kreditni (lizing obyekti qiymatini) toʻlashga sarflangan mablagʻlar soliq solish bazasidan chegirib tashlanmaydi. |
9. Soliq solinadigan foydani ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan maqsadlarga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasiga kamaytirish xarajatlar amalga oshirilgan soliq davridan eʼtiboran, yangi texnologik jihoz boʻyicha esa u foydalanishga topshirilgan paytdan eʼtiboran besh yil ichida amalga oshiriladi. Agar joriy soliq davrida yuqorida taʼkidlab oʻtilgan maqsadlar uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasi soliq solinadigan foydaning 30 foizidan oshsa, qolgan summa kelgusi soliq davrlarida oʻrnatilgan muddatda chegirilib borishi mumkin. | 9. Soliq solinadigan foydani ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan maqsadlarga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasiga kamaytirish xarajatlar amalga oshirilgan soliq davridan eʼtiboran, yangi texnologik jihoz boʻyicha esa u foydalanishga topshirilgan paytdan eʼtiboran besh yil ichida amalga oshiriladi. Agar joriy soliq davrida yuqorida taʼkidlab oʻtilgan maqsadlar uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasi soliq solinadigan foydaning 30 foizidan oshsa, qolgan summa kelgusi soliq davrlarida oʻrnatilgan muddatda chegirilib borishi mumkin. |
Bunda, soliq solish foydasining kamaytirilishi har hisobot (soliq) davrida oʻsib boruvchi yakun bilan amalga oshiriladi. | Bunda, soliq solish foydasining kamaytirilishi har hisobot (soliq) davrida oʻsib boruvchi yakun bilan amalga oshiriladi. |
10. Agar hisobot (soliq) davrida hisoblangan amortizatsiya summasi ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni qaytarishga va lizing obyekti qiymatining oʻrnini qoplashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasidan oshsa, ushbu hisobot (soliq) davrida yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha soliq solish foydasining kamaytirilishi amalga oshirilmaydi. | 10. Agar hisobot (soliq) davrida hisoblangan amortizatsiya summasi ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni qaytarishga va lizing obyekti qiymatining oʻrnini qoplashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasidan oshsa, ushbu hisobot (soliq) davrida yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha soliq solish foydasining kamaytirilishi amalga oshirilmaydi. |
§ 2. Yagona soliq toʻlovi boʻyicha imtiyoz | § 2. Yagona soliq toʻlovi boʻyicha imtiyoz |
12. Yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq solinadigan baza yangi texnologik asbob-uskunalar olishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasiga, lekin soliq solinadigan bazaning koʻpi bilan 25 foiziga kamaytiriladi. Soliq solinadigan bazani kamaytirish texnologik asbob-uskunalarni foydalanishga joriy etilgan soliq davridan boshlab besh yil mobaynida amalga oshiriladi. | 12. Yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq solinadigan baza yangi texnologik asbob-uskunalar olishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasiga, lekin soliq solinadigan bazaning koʻpi bilan 25 foiziga kamaytiriladi. Soliq solinadigan bazani kamaytirish texnologik asbob-uskunalarni foydalanishga joriy etilgan soliq davridan boshlab besh yil mobaynida amalga oshiriladi. |
Yagona soliq toʻlovi boʻyicha imtiyoz texnologik jihozga uning xarid qilish manbaidan (oʻz mablagʻlari, yoki qarzga olingan mablagʻlar, shu jumladan lizing) qatʼi nazar, beriladi. | Yagona soliq toʻlovi boʻyicha imtiyoz texnologik jihozga uning xarid qilish manbaidan (oʻz mablagʻlari, yoki qarzga olingan mablagʻlar, shu jumladan lizing) qatʼi nazar, beriladi. |
13. Soliq solish bazasining kamaytirilishi texnologik jihoz ishlab chiqarishga kiritilgan hisobot soliq davridan boshlab amalga oshiriladi. Bunda, har bir hisobot soliq davrida soliq solish bazasidan chegirilishi lozim boʻlgan mablagʻ summasi soliq solish bazasining 25 foizidan oshmasligi lozim. | 13. Soliq solish bazasining kamaytirilishi texnologik jihoz ishlab chiqarishga kiritilgan hisobot soliq davridan boshlab amalga oshiriladi. Bunda, har bir hisobot soliq davrida soliq solish bazasidan chegirilishi lozim boʻlgan mablagʻ summasi soliq solish bazasining 25 foizidan oshmasligi lozim. |
Agar qayta kiritilayotgan jihozning qiymati joriy soliq davrda soliq solish bazasining 25 foizidan oshib ketsa, u holda ortgan summa kelgusi soliq davrlarida oʻrnatilgan muddat doirasida, belgilangan cheklashlarni hisobga olib chegirilishi mumkin. | Agar qayta kiritilayotgan jihozning qiymati joriy soliq davrda soliq solish bazasining 25 foizidan oshib ketsa, u holda ortgan summa kelgusi soliq davrlarida oʻrnatilgan muddat doirasida, belgilangan cheklashlarni hisobga olib chegirilishi mumkin. |
§ 3. Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyoz | § 3. Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyoz |
15. Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyoz qayta kiritilayotgan yangi texnologik jihoz ishlab chiqarishga kiritilgan paytdan boshlab besh yil muddatga ozod etish koʻrinishida beriladi. | 15. Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyoz qayta kiritilayotgan yangi texnologik jihoz ishlab chiqarishga kiritilgan paytdan boshlab besh yil muddatga ozod etish koʻrinishida beriladi. |
16. Mol-mulk soligʻi hisob-kitobiga ilova qilinadigan soliq solinmaydigan mol-mulk roʻyxatida alohida satrda ishlab chiqarishga qayta kiritilayotgan yangi texnologik jihozning qoldiq qiymati belgilangan imtiyoz davri davomida koʻrsatilishi lozim. | 16. Mol-mulk soligʻi hisob-kitobiga ilova qilinadigan soliq solinmaydigan mol-mulk roʻyxatida alohida satrda ishlab chiqarishga qayta kiritilayotgan yangi texnologik jihozning qoldiq qiymati belgilangan imtiyoz davri davomida koʻrsatilishi lozim. |
§ 4. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyoz | § 4. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyoz |
17. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyoz texnologik jihoz va unga tegishli butlovchi va ehtiyot qismlarning qoʻshilgan qiymat soligʻi va import bojxona bojlaridan ozod qilish koʻrinishida beriladi. | 17. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyoz texnologik jihoz va unga tegishli butlovchi va ehtiyot qismlarning qoʻshilgan qiymat soligʻi va import bojxona bojlaridan ozod qilish koʻrinishida beriladi. |
18. Texnologik jihozni qoʻshilgan qiymat soligʻi va import bojxona bojlaridan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan texnologik jihozlar roʻyxatiga muvofiq qoʻllaniladi. | 18. Texnologik jihozni qoʻshilgan qiymat soligʻi va import bojxona bojlaridan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan texnologik jihozlar roʻyxatiga muvofiq qoʻllaniladi. |
19. Olib kirilayotgan texnologik jihozga tegishli boʻlgan butlovchi va ehtiyot qismlar qoʻshilgan qiymat soligʻi va import bojxona bojlaridan texnologik jihozlarni yetkazib berish boʻyicha shartnoma shartlarida butlovchi va ehtiyot qismlar texnologik jihoz bilan bir toʻplamda yetkazib berish koʻzda tutilgan hollarda ozod etiladi. | 19. Olib kirilayotgan texnologik jihozga tegishli boʻlgan butlovchi va ehtiyot qismlar qoʻshilgan qiymat soligʻi va import bojxona bojlaridan texnologik jihozlarni yetkazib berish boʻyicha shartnoma shartlarida butlovchi va ehtiyot qismlar texnologik jihoz bilan bir toʻplamda yetkazib berish koʻzda tutilgan hollarda ozod etiladi. |
20. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar tatbiq etiladigan texnologik jihoz olib kirilayotganda, bojxona yuk deklaratsiyasining (BYuD) “Preferensiylar” nomli 36-ustunida bojxona toʻlovlaridan ozod qilinishining tegishli kodlari koʻrsatiladi. | 20. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar tatbiq etiladigan texnologik jihoz olib kirilayotganda, bojxona yuk deklaratsiyasining (BYuD) “Preferensiylar” nomli 36-ustunida bojxona toʻlovlaridan ozod qilinishining tegishli kodlari koʻrsatiladi. |
III. Yakuniy qoidalar | III. Yakuniy qoidalar |
21. Texnologik jihozlar xarid (import) qilingan paytdan boshlab uch yil ichida sotib yuborilgan yoki tekinga berilgan boʻlsa, yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi va mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi va qonunchilikda belgilangan tartibda ularni toʻlash boʻyicha majburiyatlar tiklanadi. | 21. Texnologik jihozlar xarid (import) qilingan paytdan boshlab uch yil ichida sotib yuborilgan yoki tekinga berilgan boʻlsa, yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi va mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi va qonunchilikda belgilangan tartibda ularni toʻlash boʻyicha majburiyatlar tiklanadi. |
22. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar faqatgina import qilingan texnologik jihoz olib kirilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida eksportga realizatsiya qilingan yoki bepul berilgan taqdirda bekor qilinadi. Bunda toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlarni toʻlash boʻyicha majburiyat texnologik jihozni eksport qiluvchiga yuklatiladi. | 22. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar faqatgina import qilingan texnologik jihoz olib kirilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida eksportga realizatsiya qilingan yoki bepul berilgan taqdirda bekor qilinadi. Bunda toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlarni toʻlash boʻyicha majburiyat texnologik jihozni eksport qiluvchiga yuklatiladi. |
Import qilingan texnologik jihoz eksport qilinganda eksportyor bojxona organlariga texnologik jihozni import qilishda bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgan BYuDning nusxasini taqdim etishi lozim. | Import qilingan texnologik jihoz eksport qilinganda eksportyor bojxona organlariga texnologik jihozni import qilishda bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgan BYuDning nusxasini taqdim etishi lozim. |
23. Import qilingan texnologik jihoz Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilingan yoki bepul berilgan taqdirda bojxona toʻlovlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlar yuzaga kelmaydi. | 23. Import qilingan texnologik jihoz Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilingan yoki bepul berilgan taqdirda bojxona toʻlovlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlar yuzaga kelmaydi. |
Bunda import qilingan texnologik jihozni berayotgan tomon (importyor, sotuvchi, egasi) xaridorga texnologik jihozni import qilishda bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgan BYuDning nusxasini taqdim etishi lozim. | Bunda import qilingan texnologik jihozni berayotgan tomon (importyor, sotuvchi, egasi) xaridorga texnologik jihozni import qilishda bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgan BYuDning nusxasini taqdim etishi lozim. |
24. Mazkur Nizomda belgilangan imtiyozlarning toʻgʻri qoʻllanishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. | 24. Mazkur Nizomda belgilangan imtiyozlarning toʻgʻri qoʻllanishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. |