OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Qarori
INVESTITSIYA VOSITACHILARINING EMITENTLARGA RASMIY DILER (MARKET-MEYKER)LIK XIZMATLARINI AMALGA OSHIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 26-mayda 1682-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”gi, “Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-son qarorini (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil 39-son, 387-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Investitsiya vositachilarining emitentlarga rasmiy diler (market-meyker)lik xizmatlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktori K. TOLIPOV
Toshkent sh.,
2007-yil 9-mart,
2007-03-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 9-mart,
33-son
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2007-yil 9-mart,
289-V-son
Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvining
2007-yil 9-martdagi 2007-03, 33, 289-V-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
2007-yil 9-martdagi 2007-03, 33, 289-V-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Investitsiya vositachilarining emitentlarga rasmiy diler (market-meyker)lik xizmatlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”gi, “Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida”gi, “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2006-yil 39-son, 387-modda) muvofiq investitsiya vositachilarining emitentlarga rasmiy diler (market-meyker)lik xizmatlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
savdolar tashkilotchisi — birja va birjadan tashqari qimmatli qogʻozlar savdosini tashkil qilish faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
market-meyker — market-meykerlarning rasmiy roʻyxatiga kiritilgan, qimmatli qogʻozlarning aniq bir turining ikkiyoqlama kotirovkasini doimo eʼlon qilish va qoʻllab turish hamda qimmatli qogʻozlarning uyushgan birja va birjadan tashqari bozorida mazkur xizmatlarni amalga oshirishdan kelib chiqadigan barcha majburiyatlarni amalga oshirish majburiyatini zimmasiga olgan investitsiya vositachisi;
Keyingi tahrirga qarang.
savdolar tashkilotchisining qoidalari — qimmatli qogʻozlarni muomalaga kiritish va muomaladan chiqarish, qimmatli qogʻozlar narxlari kotirovkasini aniqlash jarayonlariga doir tartiblarni oʻz ichiga oluvchi qimmatli qogʻozlar savdosi qoidalari, qimmatli qogʻozlarning savdosi tashkilotchisi tomonidan qatnashchilarga savdolarda ishtirok etishlariga ruxsat berish tartibi, maʼlumotlarni oshkor etish tartibi va qonun hujjatlarida koʻrsatilgan boshqa hujjatlar;
Keyingi tahrirga qarang.
market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirish haqidagi shartnoma (keyingi oʻrinlarda — Shartnoma) — investitsiya vositachisi va savdolar tashkilotchisining huquq va majburiyatlari va market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirishning boshqa muhim shartlarini nazarda tutuvchi savdolar tashkilotchisi va investitsiya vositachisi oʻrtasidagi yozma kelishuv;
market-meykerlarning rasmiy roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) — Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga muvofiq market-meykerlik xizmatlarini amalga oshiruvchi investitsiya vositachilarining hamma tanishib chiqishi uchun ochiq boʻlgan va savdolar tashkilotchisi tomonidan shakllantiriladigan rasmiy roʻyxati;
Keyingi tahrirga qarang.
ikkiyoqlama kotirovka — oʻzi eʼlon qilgan yoki qabul qilgan shartlar asosida bitimlarni tuzish majburiyatini olgan holda, market-meyker tomonidan bir vaqtning oʻzida eʼlon qilingan qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotish narxlari;
ochilish narxi — market-meyker tomonidan savdo sessiyasining ochilishi vaqtida eʼlon qilingan qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotish narxi;
yopilish narxi — market-meyker tomonidan savdo sessiyasining yopilishi vaqtida eʼlon qilingan qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotish narxi;
vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirish shartlari
2. Investitsiya vositachisi market-meykerlik xizmatlarini Roʻyxatiga kiritilganidan keyin amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Investitsiya vositachisi bir nechta emitentlarning qimmatli qogʻozlari boʻyicha market-meykerlik xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega. Bir emitentning qimmatli qogʻozlari ikki yoki undan ortiq market-meykerlar tomonidan, savdolar tashkilotchisining Qoidalarida belgilangan tartibda, kotirovka qilinishi mumkin.
4. Investitsiya vositachisining Roʻyxatga kiritilishi uchun zarur sharti boʻlib quyidagilarning mavjudligi hisoblanadi:
qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya;
savdolar tashkilotchisi tomonidan belgilangan miqdordan kam boʻlmagan xususiy kapital;
qimmatli qogʻozlar emitenti bilan kelishuv (emitentning maxsus dileri xizmati koʻrsatilgan hollarda).
5. Investitsiya vositachisi Roʻyxatga kiritilishi uchun savdolar tashkilotchisiga savdolar tashkilotchisi tomonidan belgilangan shakldagi arizani taqdim etadi. Arizaga ushbu investitsiya vositachisi tomonidan tasdiqlangan, mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi.
6. Market-meykerlik xizmatlarini koʻrsatish maqsadi boʻlgan investitsiya vositachisi savdolar tashkilotchisidan market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirish shartlari va talablariga taalluqli boʻlgan maʼlumotlarni olish huquqiga ega.
Savdolar tashkilotchisi oʻzining Internetdagi saytida oʻzi tomonidan tasdiqlangan market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirishga qoʻyilgan talablar, ushbu talablarga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni muntazam ravishda eʼlon qilib borishi lozim.
7. Har bir arizani koʻrib chiqish natijasiga koʻra, savdolar tashkilotchisi besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda investitsiya vositachisini Roʻyxatga kiritish yoki Roʻyxatga kiritishni rad etish haqida asoslangan qaror qabul qiladi.
8. Investitsiya vositachisini Roʻyxatga kiritishni asossiz rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
9. Roʻyxatga kiritilishi rad etilgan taqdirda, investitsiya vositachisi savdolar tashkilotchisi tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etganidan keyin, Roʻyxatga kiritilishi uchun umumiy asoslarga tayangan holda takroran ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
10. Investitsiya vositachisini qimmatli qogʻozlarning aniq bir turi boʻyicha market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirish uchun Roʻyxatga kiritilishi, ushbu investitsiya vositachisiga qimmatli qogʻozlarning boshqa turlari boʻyicha hech qanday qoʻshimcha huquqni bermaydi va/yoki hech qanday qoʻshimcha cheklashlarni yaratmaydi.
11. Investitsiya vositachisini Roʻyxatga kiritish haqida qaror qabul qilingan taqdirda, savdolar tashkilotchisi:
qaror qabul qilingan kunning ertasidan kech boʻlmagan muddatda investitsiya vositachisi bilan Shartnoma tuzadi;
investitsiya vositachisi bilan shartnoma tuzilgan kuni investitsiya vositachisining nomi, emitentning nomi va kotirovkalanadigan qimmatli qogʻozlarning turini koʻrsatgan holda, investitsiya vositachisini Roʻyxatga kiritadi.
12. Shartnomaning shakli va mazmuni shartnomada koʻrsatilgan taraflar tomonidan qonun hujjatlari talablari va savdolar tashkilotchisi Qoidalariga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Shartnoma imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va investitsiya vositachisining Roʻyxatda boʻlishi davri mobaynida amal qiladi.
14. Shartnomaning bekor qilinishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, mazkur Nizom talablarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Market-meyker tomonidan pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlar limitlarini taʼminlash
15. Market-meyker savdolar tashkilotchisining pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlar limitlarini taʼminlash boʻyicha talablariga amal qilishi shart.
16. Qimmatli qogʻozlar va pul mablagʻlarining limitining minimal miqdori savdolar tashkilotchisi tomonidan qimmatli qogʻozlari market-meyker tomonidan kotirovka qilinayotgan emitentning ustav fondi miqdoridan kelib chiqqan holda, quyidagi tartibda belgilanadi:
pul mablagʻlari uchun — emitentning ushbu turdagi qimmatli qogʻozlarining umumiy nominal bahosiga nisbatan foiz hisobida;
qimmatli qogʻozlar uchun — emitentning ushbu turdagi qimmatli qogʻozlari umumiy soniga nisbatan foiz hisobida.
17. Savdolar tashkilotchisi har bir savdo sessiyasi boshlanishidan avval hisob-kitob kliring operatsiyalarini amalga oshiruvchi tashkilot maʼlumotlari asosida pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlar limitining muvofiqligini belgilangan tartibda aniqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Market-meyker qimmatli qogʻozlar limitini taʼminlash maqsadida pul mablagʻlariga nisbatan savdolar tashkilotchisi tomonidan oʻrnatilgan limitning 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda qarz mablagʻlarini jalb qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Qimmatli qogʻozlarning limitini taʼminlash maqsadida market-meyker:
yetishmayotgan qimmatli qogʻozlar sonini emitentdan yoki boshqa qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilaridan sotib olish;
qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun repo-bitimini tuzish;
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa usullar bilan qimmatli qogʻozlarni sotib olish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Zarur miqdordagi pul mablagʻlari va/yoki qimmatli qogʻozlari mavjud boʻlmagan taqdirda, market-meyker savdolar tashkilotchisi tomonidan savdo sessiyasiga qoʻyilmaydi.
21. Pul mablagʻlari yoki qimmatli qogʻozlar limitini taʼminlash talablari muntazam ravishda buzilgan taqdirda, savdolar tashkilotchisi bu haqda market-meykerni yozma ravishda ogohlantiradi.
Investitsiya vositachisi tomonidan pul mablagʻlari yoki qimmatli qogʻozlar limiti talablari u bu haqda ogohlantirilganidan keyin ham buzilsa, savdolar tashkilotchisi uni Roʻyxatdan chiqarib yuborish huquqiga ega.
22. Roʻyxatdan chiqarilgan investitsiya vositachisi savdolar tashkilotchisiga oʻzini Roʻyxatga kiritilishini soʻrab ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Investitsiya vositachisini Roʻyxatga kiritish mazkur Nizomning 2-boʻlimida koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
4. Qimmatli qogʻozlarning market-meyker tomonidan ikkiyoqlama kotirovka qilinishi
23. Qimmatli qogʻozlarning ikkiyoqlama kotirovka qilinishining taʼminlanishi va realizatsiya qilinishi market-meyker tomonidan savdolar tashkilotchisining Qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Investitsiya vositachisi tomonidan market-meykerlik xizmatlari bir vaqtning oʻzida tashkillashtirilgan birja va birjadan tashqari bozorlarda koʻrsatilgan taqdirda, birja va birjadan tashqari bozorlarda u tomondan bir xil narx diapazoni belgilanadi.
24. Agar tashkillashtirilgan bozorda emitentning qimmatli qogʻozlari boʻyicha avval tuzilgan bitimlar mavjud boʻlmasa, market-meyker oʻzi kotirovka qiladigan qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotishning boshlangʻich narxlarini mustaqil ravishda belgilaydi, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Market-meyker quyidagilarni eʼlon qilishi shart:
har bir savdo sessiyasi boshlanishida — sotib olish va sotish uchun ochilish narxlari;
har bir savdo sessiyasi davomida — joriy vaqtdagi sotib olish va sotish narxlari;
har bir savdo sessiyasi soʻngida — sotib olish va sotish uchun yopilish narxlari.
26. Yopilish narxi keyingi savdo sessiyasining ochilish narxi hisoblanadi.
27. Market-meyker tomonidan eʼlon qilingan narxlar, u tomondan qimmatli qogʻozlarga boʻlgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
28. Kotirovka narxlarining shakllanishi haqqoniy bozor narxlarini belgilash tamoyillaridan va kotirovka qilinadigan qimmatli qogʻozlar likvidliligini taʼminlashdan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Qimmatli qogʻozlarning sotib olish va sotish narxlarini maʼlum qilishda market-meyker eʼlon qilingan narxlar taalluqli boʻlgan qimmatli qogʻozlarning sonini oshkor qilishi shart, shuningdek, eʼlon qilingan narxlarning amal qilish muddatini maʼlum qilish huquqiga ham ega.
30. Sotib olish va sotish narxlarini eʼlon qilish market-meyker tomonidan tegishli maʼlumotlarni savdo tizimiga kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Eʼlonda (qimmatli qogʻozlarni sotib olish/sotish uchun arizada) boshqa shartlar boʻyicha koʻrsatmalar koʻzda tutilmaganda, market-meyker oldi-sotdi bitimlarini savdo qatnashchilari tomonidan taklif qilingan shartlar boʻyicha tuzishga majbur.
32. Market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirishi davomida investitsiya vositachisi oʻzi kotirovkasini olib borayotgan qimmatli qogʻozlarni sotish va sotib olish boʻyicha kelib tushayotgan buyurtmalar, u tomonidan eʼlon qilinayotgan sotish va sotib olish narxlari, shuningdek amalga oshirilgan va rad etilgan bitimlar toʻgʻrisida savdo tizimida aks ettirilgan axborotlarning qogʻoz va/yoki elektron koʻrinishdagi alohida hisobini olib borish jurnalini (keyingi oʻrinlarda — Jurnal) yuritadi.
Jurnalning shakli savdolar tashkilotchisi tomonidan belgilanadi.
33. Investitsiya vositachisi market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirishining butun davri davomida Jurnalga kiritilgan maʼlumot va axborotlarning saqlanishini taʼminlashi lozim. Market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirishi tugatilgandan soʻng investitsiya vositachisi Jurnalni savdolar tashkilotchisiga saqlash uchun topshirishi lozim.
5. Market-meykerning huquq va majburiyatlari
34. Market-meyker quyidagi huquqlarga ega:
savdolar tashkilotchisidan oʻz xizmatlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni soʻrab olish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda emitent bilan kelishuvni bekor qilish yoki uning muddatini uzaytirish;
Keyingi tahrirga qarang.
savdolar tashkilotchisiga oʻzining xizmatlarini amalga oshirish shart-sharoitlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
oʻz huquqlarini chegaralaydigan harakatlar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
agar sotib olingan qimmatli qogʻozlarning soni, sotilgan qimmatli qogʻozlar sonini ayirganda, savdo sessiyasi davomida savdolar tashkilotchisi tomonidan ushbu turdagi qimmatli qogʻoz boʻyicha belgilangan majburiy kotirovkaning minimal miqdoridan ikki baravar koʻp boʻlsa, majburiy sotib olish kotirovkasini belgilashni rad etish;
agar sotilgan qimmatli qogʻozlarning soni, sotib olingan qimmatli qogʻozlar sonini ayirganda, savdo sessiyasi davomida savdolar tashkilotchisi tomonidan ushbu turdagi qimmatbaho qogʻoz boʻyicha belgilangan majburiy kotirovkaning minimal miqdoridan ikki baravar koʻp boʻlsa, majburiy sotish kotirovkasini belgilashni rad etish;
savdolar tashkilotchisining Qoidalari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Market-meyker quyidagilarni bajarishga majbur:
market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirishning butun davri davomida xususiy kapital miqdoriga nisbatan qoʻyiladigan talablarni bajarish;
mazkur Nizom, Shartnoma va savdolar tashkilotchisining Qoidalariga muvofiq zimmasiga olgan barcha majburiyatlarni bajarish;
faqatgina oʻz nomidan va oʻz hisobidan bitimlar tuzish, mazkur Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan hollarda esa, qarz mablagʻlari hisobiga bitimlar tuzish;
savdolar tashkilotchisi tomonidan oʻrnatilgan narx diapazonlaridan chiqmagan holda, talab va taklif asosida, oʻzi kotirovkasini amalga oshirayotgan qimmatli qogʻozlarning ikkiyoqlama kotirovkasini taʼminlash;
har bir savdo sessiyasi uchun oʻrnatilgan qimmatli qogʻozlar va pul mablagʻlari miqdori limitlarini doimiy ravishda taʼminlash;
har bir savdo sessiyasining boshlanishida qimmatli qogʻozlarning qatʼiy belgilangan boshlangʻich sotib olish va sotish narxlarini eʼlon qilish;
oʻzi tomonidan savdo tizimiga kiritilgan qatʼiy belgilangan sotib olish va sotish narxlari asosida bitimlar tuzish;
mazkur Nizom va qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan tartibda maʼlumotlarni oshkor etish;
Keyingi tahrirga qarang.
savdo tashkilotchisining qoidalari va qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa talablarni bajarish.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirishdagi cheklashlar
36. Market-meyker oʻzi kotirovkasini amalga oshirayotgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha broker sifatida ishtirok etishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
37. Ushbu qimmatli qogʻozlar egalarini oʻzgartirmasdan turib bitimlar tuzilishiga olib keladigan buyurtmalarni qanoatlantirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
38. Market-meyker buyurtmalarni ularning kelib tushishi navbati boʻyicha bajarishi shart va bir narxdagi, bir partiyadagi sotib olish va sotish uchun buyurtmalarni birlashtirishga haqli emas.
39. Market-meyker market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirish uchun qarz mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasining rezident jismoniy shaxslaridan, shuningdek norezident yuridik va jismoniy shaxslaridan jalb qilishga haqli emas.
7. Maʼlumotning oshkor etilishi
40. Savdolar tashkilotchisi oʻzining Internetdagi saytida market-meykerlar majburiyatlarini bajaruvchi investitsiya vositachilarining nomlarini, ularning har biri mazkur majburiyatlarni bajarayotgan qimmatli qogʻozlarni koʻrsatgan holda, har bir market-meyker majburiyatining miqdori (shu jumladan, narx diapazoniga nisbatan), savdolar tashkilotchisi tomonidan har bir market-meykerga uning majburiyatlarini amalga oshirishi uchun berilayotgan imtiyozlarni oshkor etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Har chorak yakunidan soʻng ikki ish kunidan kechiktirmasdan market-meyker savdolar tashkilotchisiga ikkiyoqlama kotirovkalarni amalga oshirish uchun mazkur qarz mablagʻlarini bergan yuridik shaxslar tomonidan tasdiqlangan, jalb qilingan qarz mablagʻlarining miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim qiladi.
42. Market-meyker tomonidan mazkur Nizomning 41-bandida koʻzda tutilgan maʼlumotlarning taqdim qilinmasligi Shartnomaning bekor qilinishiga olib kelishi mumkin.
8. Market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirishni toʻxtatish, tugatish
43. Market-meykerlik xizmatlarini amalga oshirish quyidagi hollarda toʻxtatiladi yoki tugatiladi:
qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyasining amal qilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatilganda, tugatilganda yoki bekor qilinganda;
Keyingi tahrirga qarang.
qimmatli qogʻozlar bozoriga oid qonun hujjatlari, ushbu Nizom yoki savdolar tashkilotchisining Qoidalari talablari buzilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
sud qarori asosida;
vakolatli davlat organining koʻrsatmasi boʻyicha;
savdolar tashkilotchisi bilan tuzilgan Shartnoma shartlarining market-meyker tomonidan buzilganida;
market-meyker eʼlon qilingan narxlar boʻyicha bitimlar tuzishdan bir necha bor bosh tortganda;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Market-meyker oʻz xohishiga koʻra, Shartnomani bekor qilinishi kutilayotgan kundan kamida bir oy oldin Shartnomani bekor qilish toʻgʻrisida yozma xabarnoma yuborish orqali oʻz xizmatlarini amalga oshirishni tugatish huquqiga ega.
9. Nazorat va javobgarlik
45. Qonun hujjatlarini buzganlik holatlari aniqlangan taqdirda savdolar tashkilotchisi ikki ish kuni mobaynida vakolatli davlat organini yozma ravishda xabardor etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
46. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
47. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULASHOV
Toshkent sh.,
2007-yil 5-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 22-son, 227-modda; 2009-y., 8-son, 80-modda; 2014-y., 50-son, 600-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/1682-3/2448-son, 15.04.2019-y., 10/19/1682-4/2941-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)