Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining
Buyrugʻi
JISMONIY TARBIYA-SOGʻLOMLAShTIRISh VA SPORT INShOOTLARIDAN FOYDALANISh QOIDALARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 3-oktabrda 1286-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-sentabrdagi 455-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasining tugatilishi munosabati bilan buyuraman:
1. Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshoatlaridan foydalanish qoidalariga (roʻyxat raqami 1286, 2003-yil 28-noyabr) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtganidan soʻng kuchga kiradi.
Vazir A.A. AZIZXOʻJAYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 22-sentabr,
880-son
Oʻzbekiston Respublikasi
Madaniyat va sport ishlari vazirining
2005-yil 22-sentabrdagi 880-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Madaniyat va sport ishlari vazirining
2005-yil 22-sentabrdagi 880-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlaridan foydalanish qoidalariga kiritilayotgan
OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR
1. Muqaddimadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-maydagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi toʻgʻrisida”gi nizomga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-apreldagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi toʻgʻrisida”gi Nizomga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 3-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshoati belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan beriladigan sport inshoati pasporti va sertifikatiga ega boʻlishi lozim”.
3. 5-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sport inshoatlaridan foydalanish tartibini va ularning toifalarini va meʼyorlarini koʻrsatib beruvchi hujjatlar sport inshoatining pasporti va sertifikati hisoblanadi”.
4. 6-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4-toifadagi sport inshoati — sport inshoatining asosiy koʻrsatkichlari, oʻlcham va jihozlanganligi aholini jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va oʻquv-sport mashgʻulotlari oʻtkazilishini taʼminlab beradi. 4-toifadagi inshoatlar ulardan maqsadli va unumli foydalanilishini taʼminlash maqsadida ikki guruhga boʻlinadi: sport va oʻquv-mashq inshootlariga hamda jismoniy-tarbiya va sogʻlomlashtirish inshoatlariga”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 40-son, 308-modda)